Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары


МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ


Download 1.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/207
Sana06.10.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1693302
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   207
Bog'liq
Муғалим журнал 6-2 2022

МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
18
nisbatan oʻzicha turli xil shaklda bilidiradigan ichki munosabatlardir». His-tuygʻuni boshdan 
kechirishning turli formulalari – emotsiya, effekt, kayfiyat, kuchli hayojanlanish. Ehtiros va 
nihoyat tor maʼnodagi soʻz bilan aytganda, his-tuygʻular – shaxsning emotsional sohasini 
tashkil etadiki, ular kishi hulq-atvorini tartibga solib turadi, bilishning jonli manba, odamlar 
oʻrtasidagi murakkab va koʻp qirrali munosabatlarning ifodasi boʻlib hizmat qiladi. [3]
Shuningdek, nutq his-tuygʻulari shaxsning maʼnaviy faoliyatida, kundalik hayotida, 
axloqiy jarayonida ham namoyon boʻladi. Nutq his-tuygʻulari kishilar xohish-irodasini 
axloqiy ong, axloqiy bilim asosida ifodalaydi. Nutq his-tuygʻulari insonlarning oʻz-oʻziga, 
jamiyatga, hayotga boʻlgan munosabatlarida koʻzga tashlanadi. Sevgi, ishonch, his qilish, 
qaygʻurish, koʻra olmaslik, oʻz-oʻzini sevish, gʻurur, manmanlik, oʻziga bino qoʻyish kabi 
ijobiy va salbiy xususiyatlarga ega boʻlgan nutq his-tuygʻulari kundalik turmushimizda 
koʻplab uchraydi. Demak, nutq his-tuygʻulari oʻzining kelib chiqishi va ahamiyati bilan 
ijtimoiy xarakterga ega. Ular ijobiy va salbiy sifatlari bilan ajralib turadi va har bir insonning 
maʼnaviy qiyofasini namoyon etadi. Nutq his-tuygʻulari oʻz mazmuniga koʻra ishonch, 
axloq, ong, bilim bilan chambarchas bogʻliqdir.
Nutq his-tuygʻulari jarayonida intilish, yaxshi koʼrish, burch, masʼuliyat, or-nomus 
kabi hislar kamol topadi. Bunday voqea-hodisalar kishilarning tajribalarida, kundalik 
faoliyatlarida koʻplab uchraydi. Nutq his-tuygʻulari shaxsda odob masalalarining erkin 
rivojlanishiga, nutq madaniyatining shakllanishiga imkoniyat yaratadi.
Shuni aytish kerakki, nutq his-tuygʻularini shakllantirish har bir kishining shaxs sifatida 
rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Inson oʻzini bilish yoki anglashda, boshqarishda 
faqatgina uning bilimi yoki odobi yetarli emas, his-tuygʻular kishi faoliyatiga nisbatan aniq 
bilimlarni qoʻllashga suyanishni taqozo qiladi.
Nutq his-tuygʻulari insonni bilish, tushunish, tasavvur qilish kabi kishi faoliyatidagi 
turli-tuman ruhiy jarayonlar bilan chambarchas bogʻliq boʻlib, shaxsning faolligini, bilimini 
oshiradi. Nutq his-tuygʻularini tarbiyalash oʻqituvchilardan maxsus ish olib borishni
oʻquvchi shaxsiga taʼsir etishning oʻziga xos usullaridan foydalanishni, bolalarning turmush 
tarzi, hayoti va nutq odobini tashkil etishni talab qiladi. Taʼlim-tarbiya jarayoni, nutq faoliyati 
oʻquvchi his-tuygʻularini shakllantirishning asosiy vositalari hisoblanadi. Oʻquvchilarning 
nutq his-tuygʻularini tarbiyalashda sogʻlom muhitni vujudga keltirish muhimdir. Chunki, 
shunday sharoitda oʻquvchilarda odamiylik, mehribonlik, gʻamxoʻrlik, ittifoq, xayrixohlik 
kabi fazilatlar kamol topadi. Inson oʻz hayotida namoyon boʻladigan xatti-harakatlarini, 
nutq madaniyatini onggi orqali taqqoslaydi. Shuni aytish kerakki, nutq his-tuygʻulari 
oʻquvchining xohish va irodasi, hayoti, jamoada oʻzini tutishi, oʻqituvchi talablarini amalga 
oshirishi, oʻquvchining oʻz oʻrni va mavqeini anglashida ifodalanishi bilan nutq faoliyatining 
asosini tashkil etadi. Bu oʻrinda oʻqituvchilarning oʻquvchilar bilan oʻtkazadigan samimiy 
muloqotlari muhim ahamiyatga ega. Chunki muloqot davomida oʻquvchilar nutq 
madaniyatiga oid bir qancha maʼlumot oladilar. Oʻquvchilar oʻqituvchilar bilan muloqotga 
kirishar ekanlar, oʻz onglarida kishilarning nutq his-tuygʻularini, xulqlaridagi muayyan 
namunalarni tasavvur qiladilar. Ijobiy va salbiy tomonlarini namuna sifatida olib oʻz xatti-
harakatlari va munosabatlarini, axloqiy norma va qoidalarini shakllantiradilar.
Nutq madaniyatini shakllantirishda kishining xulq-atvori muhim oʻrinni egallaydi. 
Xulq-atvor nutq madaniyatining muhim qismi boʻlib, u tartib-intizomda, hayot normalarini 
bajarishda, jamiyatga, mehnatga, odamlarga nisbatan bildiriladigan munosabatda namoyon 
boʻladi.
Xulq-atvor va odatni shakllantirish maʼlumki, odam ongining yuksak belgilaridan biri-
uning oʻzini anglashidir. Odamning oʻzini anglashi oʻz navbatida shaxsning muhim belgisi 
hisoblanadi. Odam oʻz tevarak atrofidagi olamni biluvchi va shu olamga taʼsir etuvchi 



Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling