Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары


МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/159
Sana01.04.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1316682
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   159
Bog'liq
OAK qaraqalpoq

МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
111
Xolmirzayev O. E.
 Jizzax Davlat pedagogika universitetining Musiqa madaniyati fakulteti 
Musiqa ta’limi kafedrasi o’qituvchisi 
OʻZBEK XALQ CHOLGʻUSI CHANG TARIXIDAN
Tayanch soʻzlar: chang, ansambl, oʻzbek cholgʻulari, changsimon.
Ключевые слова: чанг, ансамбль, узбекские музыкальные инструменты, чангсим.
Key words: chang, ensemble, uzbek musical instruments, changsim.
Chang sozini va undan taraladigan taronalarni xalqimiz sevib tinglaydi. Uning 
ohanglariga mehr bilan quloq beradi. Chang cholg‘usining to‘la va tiniq sadosi, yoqimli 
navosi, tovushlarining jarangdorligi, qolaversa, ba’zi rivoyatlarga qaraganda, bemor 
kishilarni davolash qudratiga ega bo‘lganligi uchun undagi ohang taratish san’ati xalqimiz 
tomonidan avaylab, e’zozlanadi. Chang cholg‘usining ba’zan mungli va mayus, ba’zan 
esa quvnoq va sho‘xchan taronalari kishilarga yaxshi kayfiyat va yengil ruhiy holat 
bag‘ishlaydi. Bular haqida biz uzoq o‘tmishda yashab, o‘lmas asarlarni yozib qoldirgan 
olimlar va shoirlarimiz merosiga nazar tashlab, fikrimizga yetarlicha dalil topamiz. 
Jumladan, Abu Nasr al-Forobiy (873-951) “Kitob al-musiqiy al-Kabr” (Musiqa haqida katta 
Kitob) risolasida cholg‘u asboblariga, xususan chang, rubob, nay kabi sozlarga alohida o‘rin 
ajratadi. Forobiy chang cholg‘usining jo‘r bo‘lish xususiyati haqida eslatib o‘tar ekan, bu 
sozning har xil adabiy majlislar va tantanavor marosimlarda cholg‘u ansambli tuzilmalarida 
muvaffaqiyatli qo‘llanilganini mamnuniyat bilan qayd qiladi. Al-Forobiy yaratgan asarlar 
uning zamondoshlari va undan keyingi davr olimlarining musiqa ilmi nazariyasi bo‘yicha 
ilgari surilgan fikrlari va risolalari uchun asos bo‘ldi. Jumladan, Ibn Sino (980-1037) Umar 
Hayyom (1040-1123), Ma’sud Sheroziy (1236-1310), Muhammad al-Amuliy (1354 yildan 
so‘ng vafot etgan), Alisher Navoiy (1441-1501), Al-Husayniy (XV asr), Mavlono Kavkabiy 
hamda XVII asr mashhur sozandasi va musiqiy nazariyotchisi Darvish Ali Changiy soz va 
sozandalarni, ularning ijrochilik san’atini o‘z risolalarida tarannum etadilar.[2]
Alloma Umar Hayyom o‘z ruboiylarida mag‘rurlanib, hayotning har bir tongini quvonch 
va shodlik bilan kutib olish motivlariga hamohang qilib cholg‘u asboblari va ijrochilik 
san’atiga ham zo‘r e’tibor beradi.
Typ, e dil, chang chalib bazm quraylik,
Riyo shishasini toshga uraylik.
Shu kabi misralar va boshqa bir qancha ruboiylarda bu ikki shoir tabiat manzaralari, 
bulbul nolasi, cholg‘u asboblaridan chang ovozini va unga bo‘lgan munosabatini mohirona 
tasvirlaydi, jo‘shqin hayotga chaqiradi.
She’riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy ham cholg‘u asboblarining deyarli 
barchasiga o‘z tuyg‘ularini bildiradi, ayniqsa chang soziga bo‘lgan mehru muhabbatini 
zavq-shavq bilan tarannum etadi:
Chang olib torini tuzor erdi,
Lek jon rishtasin uzor erdi.
Changining hay’atin sog‘ingan dam, 
Egri qaddin fig‘on aylab ham.
Har zamon ko‘ngli bir havo qilibon
Changdek o‘zga bir navo qilibon.
Chang torig‘a chun fig‘on berdi, 
Kimki o‘ltirmish erdi - jon berdi.
Changini qo‘lga olib ayladi soz 



Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling