Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары
МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
OAK qaraqalpoq
МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
117 Hozirgi kunda bastakorlarimizdan O‘zbekiston xalq artisti Baxtiyor Aliyev, Oʻzbekiston va Qoraqolpogiston xalq artisti Abduxoshim Ismoilov, Ortiq Otajonov, Sultonali Mannopov, O‘zbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar Shavkat Mirzayev, Ahmadjon Dadayev, Halimjon Jo‘rayev, Shermat Fayzullayev, Qo‘ldosh Mamirov, Tuyg‘un Otaboyev, Rahmatjon Tursunov, Ravshan Hamraqulov, Orif Atoev, Payziqul Zokirov va boshqa bastakorlar ijod qilgan kuy va qoʻshiqlar xalqimizga manzur boʻlmoqda. Bu iste’dodli bastakorlarning musiqiy ijodini tahlil qilar ekanmiz, haqli ravishda o‘zbek milliy bastakorlik sanʼatining munosib davomchilari borligiga turli ishonch hosil qilamiz. O‘zbek bastakorlik sanʼatida hududiy uslublar. O‘zbek bastakorlik merosi ijodida shakllangan asosiy 4 ta hududiy uslublar mavjud. Ular quyidagicha nomlanadi. 1. Buxoro- Samarqand musiqa uslubi. 2. Fargona- Toshkent uslubi. 3. Xorazm uslubi. 4. Surxondaryo- Qashqadaryo uslubi. Har bir hududiy uslub oʻziga xos musiqaviy ijod, xususiyatlariga ega. Har birining, oʻz navbatida ijodiy maktablarga bo‘linishi diqqatga sazovordir. Masalan, Buxoro,Samarqand bastakorlik maktabi, Andijon, Farg‘ona, Toshkent bastakorlik maktabi va Xorazm bastakorlik maktabidir. Ushbu hududiy uslublar har bir bastakor ijodining “Oltin beshik” asosini tashkil etadi. O‘zbek va Tojik professiyanal musiqa madaniyatining atoqli namoyondasi Ota Jalol (Jaloliddin) Nosirov 19-asrning ikkinchi yarmi- 20-asrning boshida yashagan taniqli musiqa arboblaridan biridir. Maqomdon ustoz Ota Jalol Nosirov Shashmaqomning barcha shu’ballari va tarona yo‘llarini puxta bilardi. U shu sababli xalq orasida obro‘ qozongan, ashula shinavandalarini oʻzining keng diapazonli ovozi bilan maftun etgan ajoyib xonanda edi. Buxoroda birinchi musiqa maktabi, Samarqandda musiqa bilim yurtining yuzaga kelishida Ota Jalolning xizmati katta. Usta Shodi Azimov, Domla Halim Ibodov, Levi Boboxonov, Boboqul Fayzulloyev kabi maqomdon xonandalar ham otajonovdan taʼlim olishgan edi. O‘zbek va Tojik professional musiqa san’atining durdonalaridan Shashmaqomini yozib olinishi va saqlab qolinishida Ota Jalolningon qoʻshgan hissasi katta. Ota Jalol nomini tilga olganimizda ustozlar ustozi, Shashmaqom bilimdoni, murakkab usullar ustasi, ajoyib tadbircha va xushovoz xonanda koʻz oldimizga keladi. Shu sababli Oʻzbekiston va Tojikistonning turli vohalarida Ota Jalolning nomi hurmat bilan tilga olinadi. Darhaqiqat, maqomdonlar tili bilan aytganda u “Ustoyi kulliy” edi. Bu ibora arabcha “Ustoz ul-kulliy” yaʼni hamma narsa (kuy) tillarni mukammal va to‘kis- tugal biluvchi maqomdon ustozlarga nisbatan ishlatilardi. O‘zbek xalq musiqiy merosini milliy qadriyatlarimizning bir boʻlagi sifatida oʻrganish hozirgi davrda dolzarb masalalardan biridir. O‘zbek musiqiy merosimizga nazar tashlar ekanmiz, otmishda xalq ichida yetishib chiqqan oʻzlarining ijro mahoratlari, murabbiyliklari bilan xalq dilidan joy olgan sanʼatkorlarimiz ko‘z oldimizda gavdalanadilar. Ular ichida musiqa sanʼatimizning birinchi akademigi Yunus Rajabiyning alohida oʻrinlari borligi, shakshubhasiz. U kishi yashagan davr ijodining takrorlanmas qirralari mavjudki, ularning merosini oʻrganish kelgusida yaratilajak cholg‘uchilik mahoratini rivojlantirishda ijobiy bosqich boʻlib xizmat qiladi. O‘zbek mumtoz musiqa janrlari tasnifi. Asirlar osha davr tahririga uchrab, sayqallashib, oʻziga xos murakkab shakllari, teran mazmuni, jozibali va ohangdor kuylari bilan bizgacha yetib kelgan mumtoz musiqa namunalari hanuzgacha eng sevimli, eng ardoqli xalq asarlari boʻlib kelmoqda. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling