Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары


МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/159
Sana01.04.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1316682
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   159
Bog'liq
OAK qaraqalpoq

МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
71
bolalar sog`ligini, maʼnaviy axloqiy jixatdan normal rivojlanishini ijtimoiy ximoya kilishdan 
iboratdir. Olib borilgan ilmiy tadqiqotlar davomida tarbiyalanuvchilar shaxsiy xujjatlaridan 
shu narsa ko`zga tashlanadiki. 65 foiz miqdordagi bolalarda somantik va ruxiy kasalliklar 
borligi ko`rsatib o`tilgan. Organizmning funktsional chekinishi 1-3 sinflarda 10 foizgacha, 
IV-VIII sinflarda 30 foiz, IX-XI sinflarda 70 foizgacha bo`lgan surunkali kasalliklar 
bilan kasallangan bolalar uchraydi. Yuqoridagi 3 guruxdagi tarbiyalanuvchilarni oilada 
tarbiyalanayotgan bolalar bilan solishtirib ko`rilganda bunday kasallikka chalingan bolalar 
nisbati 10 foizni tashkil etadi. bu xam bo`lsa. asosan organizmning funktsional buzilishi kabi 
kasalliklardan iboratdir. Shu yoshdagi tarbiyalanuvchilarda esa 70 foizida ko`pincha oliy 
va nerv sistemasi faoliyatining izdan chiqqanligi sababli ruxiy kamchiliklardan tashvish. 
qurqinch. xadiksirash. alaxsirash, badjaxillik kabi asoratli asab kasalliklari uchrashligi 
aniqlangan. Аyniqsa bu xolatlar o`smir yoshdagilarda 35 foizni. o`spirinlarda esa 18-22 
foizni tashil qiladi.Jamiyatning barcha soxalari faol qayta qurilayotgan xozirgi davrda 
tarbiyalanuvchilar jamoasida sog`lom ruxiy muxit yaratish sanʼatini egallagan odamlarga 
katta extiyoj sezilmoqda. А.S.Makarinko jamoaning majburiy ko`rsatkichlari sifatida uning 
uslubi, oxangini kiritgan edi. Uslub va oxang soxasi xar doim nazariya tomonidan inkor etib 
kelingan edi. vaxolangki bu jamoa tarbiyasining eng jiddiy. eng muhim bo`limidir. Uslub - 
eng nozik va tez buzuluvchan narsadir. uni doim parvarish kilish. xar kuni kuzatish kerak. 
u xuddi gulzor kabi sinchkovlik bilan g`amxo`rlik qilishni talab etadi. Uslub juda sekinlik 
bilan barpo etiladi. shuning uchun uni anʼanalar. yaʼni sof ong bilan emas. butun jamoaning 
buyuk obrusiga ongli xurmat bilan qabul qiladigan qoidalar va odatlarsiz tasavvur qilib 
bo`lmaydi.[8]
Maʼlumki. yetim va qarovsiz bolalar oiladagi bolalardan keskin farq qiladi. 
Tarbiyalanuvchilar xarakter xislatlaridagi tajovuzkorlik (agressivlik) ni keltirib chiqaruvchi 
omillardan biri - onalik mehriga zorlik, ota-onalar tarbiyasiga muxtojlikdir. Аnglyalik 
psixolog olim R.Bernis onalik mexriga tashnalikni taxlil qila turib. shunday deb yozadi: 
Salbiy (dalilsiz) men kontsepsiyasining rivojlanishi va xissiz tajavuzkorlik bolaning ota- 
onalarga va ota-onalik rolini bajaruvchi kishilarga nisbatan qupolligi natijasidir. Bolada 
xech kimga qo`shilmaslik odamovilik. tundlik xissi paydo bo`la boshlaydi. Bular esa 
salbiy men kontsepsiya- sini keltirib chiqaradi.А.M.Prixojan. N.N.Tolstixlarning ko`rsatib 
o`tishicha bolalar uyi tarbiyalanuvchilari uchun kundalik xayot,axloqiy meʼyorlar,o`qish 
rejimiga itoat etish bilan bog`liq bo`lgan dominantlik istagi xarakterli xisoblanadi. Oddiy 
oilada tarbiyalanuchilarni esa kundalik xayot tashvishlari bilan birga ko`pgina umuminsoniy 
muammolar xam qiziqtiradi. O`qishdan. oilaviy ishlarga qarashishdan tashqari, bo`sh 
vaqtlarini qanday o`tkazish va xokazolarni mustaqil xal qilishadi.[9]. Xozirgi paytda 
Аmerikalik psixolog olimlari oldida butun dunyoda bo`lgani kabi qator dolzarb muammolar 
turibdi. Bolalar uylaridagi intizomning keskin buzilib ketishi yildan-yilga bolalar orasida 
jinoyatchilikning avj olishi,yiliga 1 milliondan ortiq bola uyidan ketpib qolishi, 200 ming 
bola foxisha va 500 ming o`smir qizlar nikohsiz farzandlarni dunyoga keltirayotganligi va 
ko`pincha axloqiy meʼyorlarning buzilishini psixologik tadqiq qilingan.[9]
Afsuski XXI-asrga kelib ba`zi qo`shtirnoq ichidagi kimsalar,xalqimiz o`zining tarixida 
va tanasida bo`lmagan o`ziga yarashmagan ishlarni qilmaqdalar. Bolalarni tug`riqxonalarga 
tashlab ketish biroz ko`proq ko`zga tashlanmoqda. Xalqimizga xos bo`lmagan bolani 
tug`ruqxonalarga tashlab ketish yoki pulga sotish, o`z farzandini vahshiylarcha qiynoqqa 
solish, bolani uydan bezdirish uni o`g`ir yoshiga va jinsiga to`g`ri kelmaydigan mehnatga 
jalb qilish, uning mehnatidan majburiy foydalanish bir so`z bilan aytganda bolaning 
bolaligini o`g`irlash holatlari ko`payib borayotgani hech kimga sir emas. Ayni shunday 
vaziyatda bolaparvarlikni boshlashga xalqimizni da`vat etayotgan yurtboshimizga raxmat. 



Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling