Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/159
Sana01.04.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1316682
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   159
Bog'liq
OAK qaraqalpoq

Ключевые слова: политический образ молодежи, общество, государство, перспектива, 
средневековые мыслители, современные ученые, представители модернизма, современные 
политики, передовые идеи, взгляды, общественно-политическое сознание, мировоззрение, жиз-
ненная позиция, гражданская позиция, политические процессы, историческое развитие.
Key words: political image of youth, society, state, perspective, medieval thinkers, modern 
scientists, representatives of modernism, modern politicians, advanced ideas, views, socio-political 
consciousness, worldview, life position, civic position, political processes, historical development.
Kirish. Ma’lumki kishilik jamiyatining siyosiy hayoti masalalariga doir qarashlarning 
vujudga kelishi uzoq taraqqiyotning natijasidir. Bunday siyosiy qarashlar yer yuzining 
barcha davlat va xalqlari tarixida majassamdir. O‘z davrining yetuk a’zolari jamiyatning 
siyosiy hayotida bo‘layotgan voqea va hodisalarga o‘z munosabatlarini u yoki bu 
darajada bildirganlar hamda o‘z qarashlarini turli shakllarda izohlab berganlar. Bu siyosiy 
qarashlar davlat va jamiyat rivojlanishida o‘ziga xos ahamiyatga ega bo‘lib, jamiyat, uning 
taraqqiyotidagi g‘oyalarda, mafkuralarda bir tomonlamalikni yoki turg‘unlikni oldini 
olishga xizmat qilgan. 


МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
97
O‘z davrining ilg‘or g‘oyalari va qarashlari jamiyat, davlat tarqqiyotida, jumladan
yoshlarning jamiyat taraqqiyotidagi pozitsiyasini oshirishga ham xizmat qilgan. Bu 
boradagi ko‘plab ijtimoiy-siyosiy qarashlar tarixiy taraqqiyot bosqichlarida ham o‘z ma’no-
mazmuni yo‘qotmagan hamda hamma davrlar uchun ham ahamiyatli bo‘lib qolmoqda.
Mamlakatning istiqboldagi taraqqiyotini ta’minlovchi yoshlar, ularning siyosiy qiyofasi 
to‘g‘risidagi qarashlarni o‘rganish, bu qarashlarning bugungi kundagi ahamiyatini tahlil 
qilish hamda o‘ziga xos jihatlarini ochib berish dolzarb masala hisoblanadi. Chunki, 
O‘zbekistonda 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar va bolalar soni 18 milliondan oshdi. Bu esa 
mamlakatimiz aholisining 54 foizini[1] tashkil etadi. Yoshlarning miqdor jihatidan o‘sishi 
rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarga nisbatan ham yuqori ko‘rsatkichga ega. Shu 
nuqtai-nazardan yondashadigan bo‘lsak, aholining ko‘pchilik qismini tashkil etayotgan 
yoshlarni sotsial-siyosiy qiyofasining shakllanganlik darajasi ham katta ahamiyat kasb etadi. 
Bugungi yoshlar O‘zbekistonni keyingi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga olib 
chiqadigan avlod bo‘lishi mumkin. Bu borada birinchi prezidentimiz Islom Karimov shunday 
degan edi, “... har qaysi davlat, har qaysi millat avvalo o‘z farzandlarini qiyofasida, unib 
o‘sib kelayotgan yosh avlod timsolida shu halqqa mos xususiyat va fazilatlarni namoyon 
etadigan, uning azaliy orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqaradigan buyuk kuchni ko‘radi. 
Farzandlarimiz, yoshlarimiz bizning nafaqat ishonchimiz va kelajagimiz, yoshlarimiz 
bugungi va ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchidir”.[2]

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling