Reduktor korpusi konstruksiyasini o`rganish
Download 45 Kb.
|
REDUKTOR KORPUSI
REDUKTOR KORPUSI KONSTRUKSIYASINI O`RGANISH. Reduktor korpusi asosan quyma shaklda, donalab tayyorlanganda payvandlash yo’li bilan tayyorlash mumkin. Material sifatida SCh15 markali cho’yan ishlatiladi, agarda og’irligini kamaytirish kerak bo’lsa solishtirma og’irligi kam bo’lgan (silumin) materialdan tayyorlanadi. Uzatma devorining qalinligini uzatilayotgan burovchi momentning eng katta qiymatiga nisbatan qiyidagi formula, yani mm yordamida aniqlash mumkin yoki 1 – jadvaldan burovchi momentga nisbatan tanlash mumkin. 1–jadval
Hozirgi zamon qutilarining tashqi yuzasi bir tekisda bo’lib, bikrligini oshirish uchun ishlatiladigan qovurg’alar, boltlarni o’rnatish uchun ishlatiladigan o’yiqchalar (lapa), uzatmani ko’tarish uchun ishlatiladigan maxsus teshikchalar (moslamalar) shu korpus bilan birga quyma shaklida hosil qilinib devorning tashqi uzasi bilan bir tekis qilib tayyorlanadi. Bir pog’onali silindrsimon, konusimon hamda chervyakli uzatmalarning qutisi 1–3-rasmlarda ko’rsatilgan. Quti ikki bo’lakdan, ya’ni qutining asosi va uning qopqog’idan iborat, yig’ishni osonlashtirish uchun asosan val o’qi bo’yicha ajraladigan qilib tayyorlanadi. Qutini yig’ish uchun har xil diamertli boltlar ishlatiladi. Bu boltlarni hamda shu bolt bog’liq bo’lgan o’lchamlarni bir – biridan ajratish uchun 1, 2, 3, 4, 5 indekslar bilan belgilanadi, masalan d1 , d2 … C1 , C2 … K1 , K2 … 1. Yopiq uzatmalarni fundamentga mahkamlash uchun ishlatiladigan fundament boltlar diametri d1 ni 2 – jadvaldan a , de2 qiymatlariga nisbatan tanlanadi.
Shu boltlar o’rnatilgan o’yiqchalarni, bolt uchun qabul qilingan indekslar bilan belgilangan, masalan d1 uchun C1 , K1 va xokazo. Fundament bolt o’rnatilgan o’yiqchaning o’lchamlari d1 ga bog’liq bo’lib: bolt bilan mahkamlansa h01=2,5(d1+), vint bilan mahkamlansa h01=(2,0-2,5)d1 olinadi. Bolt o’rnatilgan teshikchaning balandligi h1=2,5 olinadi (rasm). O’yiqchaning boshqa o’lchamlarini boltning diametriga nisbatan 3 – jadvaldan olish mumkin. 3 – jadval
2. Tayanchlarga o’rnatilgan podshipniklarni mahkamlash uchun diamerti d2 bo’lgan bolt ishlatilinadi, o’lchami 2 – jadvaldan, o’yiqchani o’lchami 3 – jadvaldan olinadi. O’rnatilgan boltlar orasidagi masofa L2(Dp +2d2)+6…10 mm, olinadi (rasm) bunda d2 bolt bilan podshipnik qopqog’ni mahkamlash uchun ishlatiladigan bolt orasidagi masofa 3...5 mm bo’lishi kerak (rasm). Bolt d2 o’tqazilgan teshikchaning balandligi h2 grafik ravishda aniqlanadi, bunda bolt kallagi joylanishi uchun h2 masofada 3 – jadvaldan K2 o’lcham olinadi (rasm). Podshipnik uyasining o’lchamlari uyaga hamma detallar o’rnatilgandan keyin grafik ravishda aniqlanadi. Bunda har xil tayanchlarda uyaning uzunligi har xil bo’lishi mumkin (rasm). 3. Yopiq uzatma qopqog’ining asosi bilan mahkamlash uchun diametri d3 bo’lgan bolt ishlatilinadi, o’lchami Download 45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling