Referat 1-kurs talabasi Djurayeva Dilnoza Toshkent-2022 yil
Download 43.66 Kb.
|
Fonetika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
topshiriq. Lug’at diktant tarkibidan bo’g’in soni birdan ortiq bo’lsa-da, bo’g’in ko’chirilmaydigan so’zlarni ajratib yozing.
O’qituvchi tomonidan o’rtacha 20-25 so’zdan iborat lug’at diktant o’qib beriladi. O’quvchi ular orasidan topshiriq shartiga mos so’zlarni tanlab, ajratib daftariga yozishi zarur. Lug’at diktant quyidagi so’zlardan iborat bo’lishi mumkin: Tabiat, akajon, onasiga, mudofaa, egalik, samimiyat, ichida, sabzavot, jizza, amaki, xomaki, akademik, ko’klam, ulama, uxlamoq, ola, sababiyat, oliyjanob, burj, aziz, ovozdor, uvada, egik, ozoda, urug’ topshiriq. Lug’at diktant tarkibidan daftaringizga ajratib yozilgan so’zlardan qatnashtirib kichik bog’lanishli matn tuzishga harakat qiling va tuzgan matningizga sarlavha toping. Ko’klam Ko’klamda tabiat yashnaydi. Oliyjanob bobodehqon yerga sabzavot urug’larini qadaydi. Gullar ochiladi. Bolalar aziz onasiga gul taqdim etishga oshiqishadi. Aslida, o’uvchiga tarqoq so’zlardan bog’lanishli matn tuzdirish orqali ularning so’z ma’nosini tushunish darajasi, bir-biriga mazmunan ko’pam yaqin bo’lmagan so’zlarni bir ma’no ipiga tizib, kichik matn yarata olish qobiliyati sinovdan o’tkaziladi. topshiriq. Lug’at diktant tarkibidagi har bir so’zning muqobili(ma’nodoshi)ni toping. Tabiat, borliq, atrof-muhit..... Bu kabi ijodiy-amaliy topshiriqlar o’quvchilarni qiziqtiradi, asosiysi, ularning so’z zahirasiga yangi-yangi so’zlarni qo’shadi. Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar: 1.“Fonetika” bo’limi ta’limi orqali o’quvchilarda ijodiy tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish mumkinmi? Maktabda “Fonetika” bo’limi ta’limining maqsad va vazifalari nimalardan iborat? Maktabda “Fonetika” bo’limi ta’limining mazmuni nimalardan iborat? Maktabda “Fonetika” bo’limi ta’limi uchun belgilangan mavzularga, sizningcha, yana nimalarni qo’shimcha qilish zarur? Maktabda “Fonetika” bo’limi ta’limida o’quvchilar so’z boyligi ustida ishlash imkoniyatlari nimalarda ko’rinadi? Maktabda “Fonetika” bo’limi ta’limida integrativ yondashuv zarurmi? Nega? Maktabda “Fonetika” bo’limi ta’limida o’quvchiga nima uchun anatomiyadan xabardorlik zarur? Maktabda “Fonetika” bo’limi ta’limida o’quvchiga nima uchun fizikadan xabardorlik zarur? Maktabda “Fonetika” bo’limi ta’limida o’quvchiga nima uchun informatikadan xabardorlik zarur? Maktabda “Fonetika” bo’limi ta’limida yana qanday ijodiy-amaliy topshiriqlardan foydalanish mumkin? “Fonetika” o’qitishning grafika bo’limi bilan uzviy bog’liqligini dalillang. “Fonetika” o’qitishning orfoepiya bo’limi bilan uzviy bog’liqligi qachon ko’proq seziladi? Download 43.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling