Реферат 26-бик-12 гурух талабаси Наманган 2015 йил Д. Муминова асс. Р. Мавлонов


Download 165.19 Kb.
bet3/7
Sana26.02.2023
Hajmi165.19 Kb.
#1233261
TuriРеферат
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
oldindan-zo0riqtirilgan-temir-beton-buyumlari

Ikkinchi usul: Betonga taranglik berish usuli asosan qurilish maydonchasida yirik o'lchamli konstruktsiyalar tayyorlashda yoki zavodda tayyorlangan elementlarda konstruktsiyalar yig'ishda qo'llaniladi. Bunda dastlab betonning o'zidan armaturasiz yoki qisman armaturalangan element tayyorlab olinadi, beton ma'lum mustahkamlikka erishgandan keyin betonlanayotganda maxsus shlanglar yoki trubalar yordamida hosil qilingan kanallarga armatura kirgiziladi. So'ngra uni domkrat bilan zo'riqtiriladi. Bunda tayanch o'rnida beton elementining o'zidan foydalaniladi. Armatura bilan beton o'rtasidagi tishlashishni yaxshilash maqsadida armaturani zo'riqtirish protsessi tugagandan keyin kanallarni 5-6 atmosfera bosim ostida loyihaviy klassi V25 yoki undan yuqori bo'lgan mayda donali beton bilan in'ektsiyalash kerak. Oldindan zo'riqqan konstruktsiyalar uchun imkoni boricha mustahkamlik xaraktiristikasi yuqori bo'lgan armatura ishlatilishi kerak.
2.Oldindan zo'riqtirilgan temirbeton elementlarni konstruktsiyalash

2-rasm. 18 ta simdan tashkil topgan armatura tutami:

1 - taranglangan armatura; 2 - diametri 2 mm bo'lgan spiralb sim; 3 - diametri 1 mm bo'lgan sim bog'lama; 4 - kanal ishlash; 5 - dastak; 6 - qopqoq (probka); 7 - kanalni to'ldirish teshigi; 8 - element uchiga qo'yilgan sim to'r.

Ч'/ЧЧ'Г
Oldindan zo'riqtirilgan elementlar uchun armatura po'latlari konstruktsiya turi, beton klassi, ta'sir etuvchi kuchlarning tavsifi (xarakteri) atrof muhitning harorati va zararliligi, ishlash sharoiti va boshqa omillarga bog'liq holda tanlanadi. Iloji boricha mustahkamligi yuqoriroq bo'lgan armatura tanlashga harakat qilish kerak. Betonning klassi konstruktsiyaning turi, betonning xili, taranglangan armaturaning klassi va diametri, ankerlarning bor-yo'qligiga qarab belgilanadi.
Elementlar diametri 5 mm bo'lgan Vr-II klassli sim va ankersiz armaturalansa, betonning klassi V20 dan, diametri 6 mm va undan ortiq bo'lsa, V30 dan kam bo'lmasligi lozim. K-7 va K-19 klassli arqonsimon armatura qo'llanilgan elementlardagi betonning klassi kamida V30 olinadi.
Agar A-V (At-V) va At-VI klassli sterjenli ankersiz armatura ishlatilsa, armatura diametri 18 mm gacha bo'lganda beton klassi kamida V20 va V30, armatura diametri 20 mm va undan ortiq bo'lganda V25 va V30 dan kam bo'lmasligi kerak.

12.3-rasm. Taranglangan sterjenli armaturaga vaqtincha qo'yilgan texnologik ankerlar.

4-rasm. Markaziy cho'zilgan oldindan zo'riqtirilgan elementlarni armaturalash: 1 - zo'riqtirilgan armatura; 2 - zo'riqtirilmagan armatura; 3 - himoya qatlami.
Betonning uzatish mustahkamligi Rbp, ya'ni siqish daqiqasidagi
mustahkamligi uning klassini 50% dan, hamda 11,5 MPa dan kam bo'lmasligi, A- IV, At-VI, K-7, K-19, Vr-II singari o'ta mustahkam armaturalarda esa 15,5 MPa dan kam bo'lmasligi zarur.
Taranglangan armaturani betonga yaxshi birikuvi va zo'riqishlarnig betonga uzatilishini ta'minlash maqsadida armaturaning uchiga anker deb atalgan maxsus mahkamlovchi moslama o'rnatiladi. Armaturani tirgaklarga tirab taranglaganda, agar armatura bilan beton o'zicha puxta biriksa, masalan, armatura davriy profilli po'latdan yoki sim arqonlar (kanat) dan tashkil topgan bo'lsa, anker qo'ymasa ham bo'ladi. Biroq buning uchun beton yuqori darajada mustahkam bo'lishi, bundan tashqari maxsus konstruktiv choralar qo'llanilgan (qo'shimcha ko'ndalang armaturalar o'rnatilgan, himoya qatlamining qalinligi oshirilgan) bo'lishi lozim.
Armaturani betonga tortilganda uning uchiga anker moslama o'rnatish lozim, ammo tayanchga tortilganda maxsus ankerlar o'rnatish shart emas.
Binokorlikda alohida ingichka simlarni to'plab dastalangan armaturalardan ham foydalaniladi (12.2-rasm); tutamlama armatura aylanma-karkas ikki atrofida paralel joylashgan va uzunasiga har bir metrda beldamchilar bilan bog'langan ingichka simlar 1 dan tashkil topadi. Tutamlama armatura ikki tomonlama ishlaydigan domkrat bilan taranglanadi.
Sterjenli armaturani betonga yoki tayanchga tortilganda uning uchiga (12.3- rasm,a), qistirma xalqa (12.3-rasm,b) yoki payvandlangan taxtakach (12.3-rasm, v) ko'rinishida vaqtinchalik texnologik ankerlar o'rnatiladi. SHu maqsadda ko'chma qisqichlar, masalan, uch mushtumli qisqichlardan ham foydalaniladi.
Aylana kesimli konstruktsiyalar (rezeruvuarlar, quvurlar va hokazo) o'ta mustahkam sim bilan uzluksiz ravishda armaturalansa, simning bir uchi o'rama spiralb ostiga mahkamlanadi va ikkinchi uchi siquvchi boltga o'ralib, betonda qoldirilgan metall taxtakachga burab tig'izlanadi.
Oldindan zo'riqtirilgan temirbeton konstruktsiyalarda taranglangan armatura ta'sir etuvchi kuchga qarab joylashtiriladi. Markaziy cho'ziladigan elementlarda (fermalarning quyi belbog'lari, tortqichlar va hokazo) taranglangan armatura kesim bo'ylab bir tekisda joylashtiriladi (12.4-rasm). Rezervuar va quvurlarning devorlari maxsus mashinalar yordamida o'ta mustahkam sim bilan armaturalanadi yoki xalqa simlar o'ralib, domkrat yoki tortuvchi muftalar yordamida taranglanadi.
Egiluvchi, nomarkaziy cho'ziluvchi va yelkasi katta bo'lgan nomarkaziy siqiluvchi elementlarning kesimi qo'shtavr, tavr va qutisimon shakllarda loyihalanadi. Egiluvchi elementlarda taranglangan asosiy armaturaning cho'zilish zonasiga joylashadi, ba'zan kesim yuzasi A'sp=(0,15...0,25)Asp bo'lgan taranglangan armatura siqilish zonasiga ham o'rnatiladi (12.5-rasm,a-v). Taranglangan armaturaning siqilish zonasiga joylashdan maqsad shuki, u nomarkaziy siqilgan (tayyorlash jarayonida) betonni yorilishdan asraydi, chunki egiluvchi to'sinning siqilish zonasi bunday paytda cho'zilishga ishlay boshlaydi va to'sinda yorilish xavfi paydo bo'ladi.
5-rasm, g da siquvchi kuch va tashqi yoyiq yuk ta'sirida to'sinda vujudga keladigan kuchlanishlar epyurasi tasvirlangan; bu yerda yelka eop o'zgarmas bo'lib, kuchlanish momentlar epyurasiga muvofiq ravishda parabola bo'yicha o'zgaradi. Epyuralarning algebrik yig'indisini olganda (yig'indi epyura 12.5-rasm, g da shtrixlab ko'rsatilgan) to'sinning pastki qirrasidagi cho'zuvchi kuchlanishlar ancha kamayadi, agar siquvchi kuch R va uning yelkasi to'g'ri tanlansa, usha kuchlanish butunlay yo'qolishi mumkin. To'sinning tayanch yaqinidagi yuqori qismida siquvchi R kuchdan hosil bo'lgan cho'zuvchi kuchlanish saqlanib qoladi, to'sinning shu uchastkasi yemirilishi ham mumkin. Element uchidagi kuchlanishlarning kamaytirish maqsadida pastki taranglangan armaturaning bir qismi bukib qo'yiladi (12.5-rasm, a). Bunda yelka eop hamda siquvchi kuch R, demak, cho'zuvchi kuchlanish ham elementning uchi tomon kichrayib boradi. Tayanch yaqinidagi og'ma kesimda hosil bo'ladigan bosh cho'zuvchi kuchlanishlarni qabul qilishda ham taranglangan armaturani bukish foydadan xoli emas.
Egiluvchi elementlarga ta'sir etuvchi ko'ndalang kuchni qiymati salmoqli bo'lsa, to'sinning tayanchga yaqin qismida zarurat bo'lgan holda bo'ylama armaturadan tashqari, ko'ndalang armatura - xomutlar ham taranglanadi. Tayanch atrofida to'sinning ikki o'q yo'nalishida oldindan zo'riqtirilish og'ma kesimlar bo'yicha yorilishni oldini oladi.
Oldindan zo'riqtirilgan konstruktsiyalarda ayniqsa armatura betonga tortilgan hollarda, zo'riqtiriladigan armaturalar Asp va A'sp dan tashqari zo'riqtirilmagan oddiy armaturalar As va A's ham joylashtiriladi. Bunday armaturalarning kesim yuzalari elementni tayyorlash, tashish va o'rnatish jarayonida yetarli mustahkamlikka ega bo'lishi shartidan kelib chiqib tanlanadi. Zo'riqtirilmagan armatura tashqi sirtlarga yaqin o'rnatiladi, zo'riqtirilgan armatura ichkarida qoladi. Alohida sterjenlar, tutamlamalar, sim arqonlar, tuynuklar orasidagi masofalar beton aralashmasini yotqizish va zichlashtirish, anker va taranglovchi uskunalarni joylashtirish ishlarini
hisobga olgan holda belgilanadi. Bu masofalar pastki armaturalar uchun armatura diametrdan yoki 25 mm dan, tuynuklar orasidagi masofalar esa tuynuk diametridan yoki 50 mm dan kam bo'lmasligi lozim

5-rasm. Oldindan zo'riqtirilgan egiluvchi elementlarni armaturalash
1-4 - zo'riqtirilgan armatura; 5,6 - zo'riqtirilmagan armatura; 7 - siquvchi zo'riqishdan hosil bo'lgan kuchlanishlar epyurasi; 8 - tashqi yuklar ta'sirida hosil bo'lgan kuchlanishlar epyurasi.

Konstruktsiya sim bilan uzluksiz armaturalanganda simlar orasida joy qoldirish shart emas. Sim uchini mahkam bog'lash (ankerlash, hamda himoya qatlamini ko'chib tushmaslik choralarini masalan, sim to'r o'rnatish) lozim. Beton sirtiga o'rnatiladigan anker uskunalari qalinligi 5 mm dan kam bo'lmagan beton yoki qorishma bilan himoyalanib, zanglashga qarshi moddalar bilan qoplanishi lozim. Oldindan zo'riqtirilgan konstruktsiyalarni loyihalash jarayonida kuch ko'p tushadigan ayrim joylarni kuchaytirish talab etiladi. Ankerlar va tortish moslamalari o'rnatilgan joylar ana shunday joylardan sanalib, bu joylar qo'shimcha ko'ndalang armatura yoki metall taxtakach qo'yish yoki o'sha uchastkada element kesimini kattalashtirish yo'li bilan kuchaytiriladi.
3.Oldindan zo'riqishning yo'qolishi
Armaturada oldindan uyg'otilgan dastlabki kuchlanishlarning qiymati doimiy emas, vaqt o'tishi bilan kuchlanishlar kamayadi. Kamayishning birlamchi va ikkilamchi deb ataluvchi turlari bor.

Download 165.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling