Referat Adabiyotlar sharhi
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Ozbek tilining sohada qollanishi Mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Izoh! Har bir talaba ro’yxatdagi barcha mavzularni o’zlashtirib chiqqan holda ixtiyoriy mustaqil ta’lim
Mustaqil ta’lim bo’yicha uslubiy ko‘rsatma Referat Adabiyotlar sharhi Glossariy Test savollari Taqdimot 10-15 betdan iborat Referatda foydalanilgan adabiyotlar keltiriladi. (kamida 5 ta) Mavzuga oid muhim atamalar izohi (kamida 5 ta atama) 10 ta test savollari Mavzu bo’yicha taqdimot tayyorlash. Izoh! Har bir talaba ro’yxatdagi barcha mavzularni o’zlashtirib chiqqan holda ixtiyoriy mustaqil ta’lim mavzusini tanlaydi va yuqoridagi talablarga binoan javob taqdim etadi. Hurmatli talabalar! Barcha topshiriqlar listga yoziladi hamda pdf holatida Ism familiyangiz yuqori qismida ko’rsatilgan holatda yuborishingiz so’raladi. Noto’g’ri javob taqdim etgan yoki boshqa talabaning javobini yuborgan, ism familiyasi qayd qilinmagan, shartlar bo’yicha javob taqdim etmagan talabalarning javoblari baholanmaydi. Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular: 1.O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonunlari hamda “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” kabi davlat hujjatlarida o‘zbek tilini Davlat tili sifatida o‘qitish masalalari bo‘yicha ma’lumot to‘plash. 2.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora- tadbirlarito‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan vazifalarning amalda bajarilishi bo‘yicha tilshunos va adabiyotshunos olimlarning fikr va mulohazalari bayon etilgan maqolalari bilan tanishish. 3.O‘zbek tilining imlo qoidalari va soha egalarining savodxonligi. “Raqamli iqtisodiyot” mavzusida ijodiy matn yaratish. 4.O‘zbek tili leksikasining boyish manbalari. Kimyo texnologiyasiga oid o‘z va o‘zlashgan so‘zlar tasnifi. 5.O‘zbek leksikologiyasi. Bir tilli va ikki tilli lug‘atlar bilan tanishish. O‘zbek tilining izohli lug‘atida berilgan sohaga oid so‘zlar izohi bilan tanishish. 6.Kimyoviy texnologiyaga oid terminlar bo‘yicha nostandart testlar tuzish. 7.Kimyoviy texnologiyaga oid ilmiy maqola ustida ishlash. Maqoladagi sohaga oid atamalar va kalit so‘zlar tahlili. 8.Kimyogar olimlarning ilmiy asarlari bilan tanishish, shu asar asosida reproduktiv testlar tuzish. 9.Badiiy, so‘zlashuv, publisistik uslublarda matn tayyorlash. 10.Ixtiyoriy badiiy yoki ilmiy asar mutoalasi, o‘qilgan asarlar jadvalini tuzish. 11.Og‘zaki va yozma savodxonlikni o‘stirishda asar mutoalasining o‘rni haqida esse yozish. 12.So‘zlashuv nutq uslubi. Nutqiy kompetentlikka rioya qilish. Kimyoviy texnologiyaga oid ilmiy mavzuning og‘zaki taqdimoti. 13.Publitsistik nutq uslubi. Publitsistik maqolalar bilan tanishish va tahlil qilish. “Men tanlagan soha va OAV” mavzusida esse yozish. 14.Soha bo’yihca terminlarga bo‘lgan talabni o‘rganish, yangi terminlar ustida ishlash. 15.Sohaga oid ilmiy maqolalarning biriga taqriz yozish. 16.Sohaga oid ixtiyoriy ilmiy mavzuda tezis tayyorlash. 17.Sohaga oid ixtiyoriy maqolaga rezyume tayyorlash. 18.Sohaga oid ixtiyoriy ilmiy asarga annotatsiya tayyorlash. 19.“Mashxur kimyogar olimlar” mavzusida rasmli ko‘rgazmali vosita tayyorlash va uni taqdim etish. 20.“Mutaxassis va davlat tili” mavzusini “Nima uchun?” grafik organayzeri asosida ochib berish. 21.“Mutaxassislik tarixidan” mavzusini Klaster uslubida yoritib berish. 22.Sohaga oid xujjatlar bilan tanishish. 23.Kasbga oid hujjat namunalari bilan ishlash.(rezyume, ariza, tavsifnoma, ma’lumotnoma) 24.Kasbga oid hujjat namunalari bilan ishlash.(bildirishnoma, hisobot, xizmat yozishmalari) 25.Mavzuga oid tadqiqot va uni olib borish jarayonlari. 26.Kimyoviy texnologiyasiga oid innavatsion yangiliklar haqida taqdimot tayyorlash. 27.Dastlabki ilmiy tadqiqot yozishda til imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanish. 28.Ilmiy tadqiqod mavzusi bo‘yicha adabiyotlar bilan tanishish, ularda soha terminlarining qo‘llanilishiga e’tibor qaratish. 29.Bibliografiyani shakllantirish mezonlari bilan tanishish. 30.Ilmiy tadqiqotning tarkibiy qismlarini ishlab chiqish va himoyaga tayyorlash va himoya nutqi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling