Referat bajardi: 5230100 Iqtisodiyot
Asosiy vositalar haqidagi ma’lumotlarni hisobotlarda aks ettirish
Download 118.62 Kb.
|
Referat
7. Asosiy vositalar haqidagi ma’lumotlarni hisobotlarda aks ettirishBuxgalteriya hisobining xalqaro vamilliy standartlari talablariga ko’ra moliyaviy hisobotlarda uzoq muddatli aktivlarning, shu jumladan, asosiy vosita-larning har bir toifasiga nisbatan quyidagilarni ochib berish kerak: balans qiymatini aniqlashda foydalanilayotgan hisoblash tamoyillari. Bir necha bazalardan foydalanilaetganda bu baza uchun balans qiymati har bir toifa bo’yicha yoritilishi zarur; foydalanilayotgan amortizatsiyani hisoblash usullari; foydali faoliyat muddatlari va qo’llanilayotgan amortizatsiya me’yorlari; hisobot davrining boshi va oxiridagi balans qiymati va hisoblangan amortizatsiya summasi; hisobot davrining boshi va oxirida quyidagilarni ifodalovchi asosiy vositalarning balans qiymatini solishtirish: asosiy vositalarning o’sishi; chiqib ketishi; kompaniyalarning birlashishi orqali sotib olish; kayta baholash natijasida vujudga keladigan ko’payish yoki kamayish; balans qiymatini qoplanadigan qiymatga etguncha qisman hisobdan chiqarish va bunday hisobdan chiqarishni tuzatuv yozuvi bilan ras-miylashtirish hollari; amortizatsiya; chet el kompaniyalarining moliyaviy hisobotini milliy valyutaga o’t-kazishda yuzaga keladigan valyuta kurslarining sof tafovutini; balans qiymatidagi boshqa o’zgarishlar. Agarda aktivlar hisobot davri mobaynida qayta baholangan bo’lsa, qo’yidagi ma’lumotlarni yoritish zarur: aktivlarni qayta baholashda foydalanilgan asos; oxirgi baholash o’tkazilgan sana; qayta baholashda foydalanilgan indekslarning tavsifi; agar aktivlar baholashga jalb qilinmagan takdirda, moliyaviy hisobot-larga kiritiladigan har bir toifadagi aktivlarning balans qiymati; hisobot davri mobaynidagi o’zgarishlarni ko’rsatuvchi qayta baholash natijalari. Moliyaviy hisobot shu bilan birga quyidagilarni yoritishi kerak: asosiy vositalarga hamda majburiyatlarning ta’minoti sifatida beril-gan asosiy vositalarga bo’lgan mulkiy huquq cheklanishlarining mavjud-ligi va hajmi; qurilish jarayonida asosiy vositalarga qilingan kapital qo’yilma-larining summasi; asosiy vositalarni xarid qilish bo’yicha shartnoma majburiyatlaridagi summasi; Download 118.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling