Referat bajardi: Erkinov m tekshirdi: Mirzayev b jizzax-2023 Mavzu: Qadimgi turkiy manbalar


TO‘NYUQUQ BITIKTOSHI TRANSKRIPTSIYASI VA TARJIMASI


Download 33.99 Kb.
bet3/3
Sana17.06.2023
Hajmi33.99 Kb.
#1536468
TuriReferat
1   2   3
Bog'liq
Erkinov M

TO‘NYUQUQ BITIKTOSHI TRANSKRIPTSIYASI VA TARJIMASI
(1) Bilgə Tonyuquq bən өzum Tabg‘ach iliңə qïlïntïm. Tүrk budun Tabg‘achqa kөrүr ərti.
Ya’ni:
Bilga To‘nyuquq men o‘zim Tabg‘ach davlatida tarbiyalandim. Turk xalqi Tabg‘achga qarar edi.

(2) Tүrk bodun, qanïn bolmaïyn. Tabg‘achda adrïltï, qanlantï. Qanïn qodup. Tabg‘achqa yana ichikdi. Təngri ancha təmish ərinch: qan bərtim.


Ya’ni:

Turk xalqi xoni bilan bo‘lmayin, Tabg‘achdan ayrildi. Xonlik bo‘ldi. Xonini qo‘yib, Yana Tabg‘achga qo‘shildi (taslim bo‘ldi). Tangri shunday degan shekilli: Xon berdim.
(62) Tүrүk Bilgə qag‘an Tүrүk sir bodunug‘ Oguz bodunug‘ igidү olurur
Ya’ni:
Turk Bilga xoqon Turk sir xalqini, O‘g‘uz xalqini tarbiyat qilib turibdi.





Kultegin bitikdoshi
Bu bitiktosh Eltarish o‘g‘li Bilga hoqonning inisi Kul tigin sharafiga qo‘yilgan. Kul tigin 731 yil 27 fevralda 47 yoshida vafot qiladi. Bitiktoshni Bilga hoqon bitiktoshi bilan birga 1889 yilda rus ziyolisi N.M.Yadrintsev (1842-1894) Mo‘g‘ulistonning Kosho Tsaydam vodiysida Ko‘kshin urxun daryosi qirg‘og‘ida topgan. Bu joy Ulan Batordan 400 km janubda Qorabalg‘asun shahrining xarobalaridan 40 km shimolda joylashgan. Kul tigin bitiktoshi Bilga xoqonnikidan 1 km shimoli-sharqda o‘rnatilgan. Bitiktoshlarni 1890 yilda A.Xeykel rahbarligidagi Fin-ugor jamiyati ekspeditsiyasi tekshiradi va 1892 yilda bitiktoshlarning fotosuratini va estampajlarini nashr etadi. Bitiktoshlarni 1891 yilda V.V.Radlov boshchiligidagi rus ekspeditsiyasi ham shu yili topgan Ungin bitiktoshi bilan birga tekshiradi va natijada Peterburgda ham Urxun bitiklari nashr etiladi. V.Tomsen urxun harflarini o‘qib aniqlangandan so‘ng V.V.Radlov mazkur bitiklarning transkriptsiyasi Bilan nemischa tarjimalarini nashr qiladi. 1896 yilda V.Tomsen o‘z ilmiy tadqiqotlarini bitiklarning franzutscha tarjimasi Bilan nashr qiladi. 1897 yilda shu tarjima va V.V.Radlovning to‘rtinchi tarjimasi asosida P.M.Melioranskiy bitiklarni ruschaga ham tarjima qilib (V.V.Radlovning iltimosi bilan) uning bitiktoshlariga bergan tavsifi, bitikning bosma nashri va transkriptsiyasi Bilan birgalikda nashr etadi. 1922 yilda V.Tomsen bitiklarning dancha nashrini amalga oshiradi. Buni nemischaga tarjima qilib 1924 yilda H.Sheder ham chop qiladi. 1923 yilda Najib Osim «Urxun obidalari» (Istanbul, 1341 h.) nomli kitobida bitikni arab harflari bilan, 1936 yilda H.N.Urqun turkcha tarjimasi bilan, 1951 yilda S.E.Malov, 1971 yilda G.Aydarov ruscha tarjimasi bilan nashr etdi. T.Tekin o‘zining «Egramer ofo‘rxo‘n turkik» (Blumingto‘n, 1968) deb atalgan asariga mazkur bitiklarni inglizcha tarjimasi bilan kiritgan.
Kul tigin bitiktoshi marmardan taroshlangan, qalinligi 41 sm, balandligi 3 m 15 sm, kengligi tub qismida 1 m 24 sm bo‘lib, yuqoriga torayib borgan. Marmar taxta ustuni o‘rtasiga besh burchakli qalqon shaklida, balandligi 64 sm, kengligi 40 sm lavha o‘rnatilgan. Lavhaning yuz tomoniga arxar surati tasvirlangan xoqonlik tamg‘asi naqsh qilingan, orqa tomoniga xitoycha qilib, bitiktoshning o‘rnatilish tarixi (Ulug‘ Tan sulolasi, Kay-Yuanning yigirmanchi yili ettinchi oyning ettinchi kuni – 732 yil avgustining 14-kuni) va yana o‘n to‘rt satr xitoycha yozuv bitilgan. Bi bitikdagi olti belgi lavhadagi mazkur tarixning takroridan iborat. Xitoycha bitikning frantsuzcha, nemischa, inglizcha, ruscha va turkcha tarjimalari bor. Xitoycha bitikdan o‘ngroqda ikki satr turkcha bitik bor. Buni, xunukroq yozilganini hisobga olib, V.V.Radlov naqqoshdan oldin Bilga xoqonning o‘zi (ya’ni Kul tiginning og‘asi) siyoh bilan yozib bergan bo‘lsa kerak deb taxmin qilgan. Bitiktoshning yuz tomoniga 40 satr, o‘ng tomonida 13 satr va chap tomoniga Yana 13 satr, taroshlangan to‘rtta yon qirrasiga to‘rtta turkiy yozuv bitilgan. Qirralarning bittasidagi bitik butunlay o‘chib ketgan, oldingi qirq satrning beshinchisidan boshlab, satr oxirlari bitiktoshning pastki qismining nurashi natijasida o‘chib ketgan (satrlar yuqoridan pastga va o‘ngdan chapga qarab yozilgan). Birining boshqa erlarida ham o‘chib ketgan erlari bor. V.V.Radlov dastlabki 40 satrni «K» deb, uning davomi deb hisoblangan 13 satrni Kb (lotincha) deb belgilangan. Bu ikkovi «ulug‘ bitik» (bolьshaya nadpisь) deb ataladi. Chap yondagi 13 satrdan iborat alohida kichik bitik (malaya nadpisь)ni esa «Ka» deb belgilangan. Hozirgi paytda olimlar ulug‘ bitikni «Ktb» va kichik bitikni «Ktm» deb ko‘rsatmoqdalar (chet el olimlari Xeykal sigllarini ishlatadilar). Qirra bitiklariga V.V.Radlov K 1, K 2, K 3 deb sigl qo‘ygan.
Biz quyida Kul tigin bitikining yuz tomonining fotonusxasini, bitikning S.E.Malov nashridagi bosma nusxasini, bitikning transkriptsiyasi va mazmunini tegishli izohlar bilan beramiz.


Bilga Xoqon bitikdoshi
Bu marmar bitiktosh Eltarish xoqonning o‘g‘li, Kul tiginning og‘asi Bilga xoqon (asl oti Xitoy yilnomalarida Mo‘g‘ilon deb berilgan) sharafiga 735 yilda qo‘yilgan. Bilga xoqonni 734 yilda ellik yoshida o‘z urug‘laridan biri zaharlab o‘ldiradi.
Bu bitiktosh Kul tiginnikidan 1 km janubi g‘arbga o‘rnatilgan bo‘lib, ikkovi bir vaktda topilgan va bitikining nashri va tarjimalari Kul tiginniki bilan birga amalga oshirilgan. Faqat S.E.Malov alohida, lekin boshqa bitiklar bilan birga nashr qilgan. Bilga xoqon bitiktoshining shakli ham Kul tiginniki singari bo‘lib, hajmda farq bor. Bo‘yi – 3 m 45 sm, eni – 1 m 74 sm, qalinligi 72 sm. Btigtosh ag‘darilib uch bo‘lak bo‘lgan va Kul tigin bitiktoshiga nisbatan ko‘proq nurab, bitiki ham ko‘proq zararlangan.
Bitik 80 satrdan iborat bo‘lib, 41 satri toshning yuz tomoniga, 30 satr (Xa Xv) ikki yon tomoniga (15 satrdan), 7 satri orqa – xitoycha yozuv bir tomoniga, ikki satr (X1 X2) toshning taroshlangan ikki qirrasiga bitilgan. Qolgan ikki qirrasidagi bitik o‘chib ketgan. Ammo bitiktoshning o‘ng yoniga yozilgan. Kul tiginnikida chap yonida. Quyida yuqoridagi tartibda bitiktoshning rasmini va asl tekstini beramiz. Bilga xoqon kichik bitikining (Xa) 1-7 satrlari Kul tigin kichik bitikining 1-11 satrlarining, Bilga xoqon ulug‘ bitikining 3-23 satrlari esa Kul tigin ulug‘ bitikining 1-30 satrlarining aynan takroridir.

XULOSA
Turkiy xoqonlik ulkan hudud ichida zarur tinchlikni ta'minlaganligi natijasida «Buyuk Ipak yo`li» samarali ishlashda davom etdi. O`lkaning asosiy savdo hamkorlari Eron, Xitoy, Hindiston va Vizantiya edi. Bu mamlakatlarga to`qimachilik, ipakchilik mahsulotlari, qimmatbaho toshlar va ulardan ishlangan buyumlar, taqinchoqlar, dorivorlar, nasldor arg`umoqlar, bir nеcha xil tuz, sharob, bog`dorchilik maxsulotlari, qazilma boylik va hokazolar olib borilgan. Ayniqsa Sug`d savdogarlarining mavqеi kuchli bo`lgan. Shu ma'noda xitoylik muallifning quyidagi guvoxligi e'tiborga sazovordir. «(Sug`diyonalik) erkaklar yigirma yoshga to`lishlari bilan qo`shni mamlakatga oshiqadilar va (savdo-sotiqda) qaеrda (qulaylik) va manfaat bo`lsa (albatta) u еrga qadam ranjida etadilar». O`rta Osiyoning shu davrdagi Marv, Poykand, Buxoro, Samarqand, Shosh, Isfijob, Suyob kabi shaharlari savdo-sotiqning markazlari edi.




FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Azamat Ziyo. «O`zbеk davlatchilik tarixi». T:. 2001y.


2. Abdullaеv R. «Milliy siyosiy g`oyalar tarixidan». T:. 1991y.
3. Shoniyazov K.Sh. «O`zbеk xalqlarining shakllanish jarayoni». T:.2001y.
4. Axmеdov B. «Tarixdan saboqlar». T:. 1994y.
5. Axmеdov B. «O`zbеkiston tarixiy manbalari». T:. 2001y.
6. Sa'dullaеvA.S. «Qadimgi O`zbеkiston tarixiy manbalari». T:. 1996y.
Download 33.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling