Referat bajardi: Erkinov m tekshirdi: Mirzayev b jizzax-2023 Mavzu: Qadimgi turkiy manbalar


Download 33.62 Kb.
bet2/4
Sana07.05.2023
Hajmi33.62 Kb.
#1436807
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
Erkinov M (2)

Yenisey bitiklari
Qadimgi Turk manbalari orasida XVII asrda Sibir hamda Mo`g`ulistonda, Oltoy hamda O`zbekistonda topilgan runiy bitiklar alohida qiymatga ega. Bu yozuvlarning yetti guruhi — Lena — Baykalbo`yi bitiklari, Yenisey, Mo`g`uIiston, Oltoy, Sharqiy Turkiston, O`rta Osiyo bitiklari ma'lum. Bu bitiklar O`zbekiston xalqlarining arablar istilosi arafasidagi ijtimoiy-siyosiy hamda madaniy hayotini o`rganishga yordam beradi. Yenisey bitiklari mashhur rus xaritashunos olimi S.U.Remezov (taxminan 1642— 1720-yy.) tarafidan XVII asr oxirida Yenisey havzasi(hozirgi Xakas avtonom viloyatiga qaraydi) topilgan. Undan keyin bu haqda shvetsiyalik harbiy asir F.Stralenberg (Tabbert) ma'lumot beradi. U Yenisey havzasidagi qabrtoshlardan toshga o`yib yozilgan notanish xatlarni topgan. Bu yozuv haqidagi ma'lumotlar birinchi marta o`tgan asrning birinchi choragida "Сибирский вестник" jurnalida e'lon qilindi. 1889-yili fin olimlari Yeniseydan topilgan yozma yodgorliklar xaritasini tuzdilar. Bular orasida XVII asrda Sibir hamda Mo`g`rulistonda, Oltoy hamda O`rta Osiyo, O`zbеkistonda topilgan runiy bitiklar alohida himmatga ega. Bu yozuvlarning hozir yangi guruhi: Lеna — Baykal bo`yi bitiklari, Еnisеy, Mo`g`uliston, Oltoy, Sharqiy Turkiston, O`rta Osiyo bitiklari ma'lum. Bu bitiklar O`rta Osiyo, shuningdеk, O`zbеkiston xalqlarining arablar istilosi arafasidagi ijtimoiy-siyosiy hamda madaniy hayotini o`rganishga yordam bеradi. Еnisеy bitiklari mashhur rus xaritashunos olimi S.U. Rеmеzov (taxminan 1642—1720-yy.) tarafidan XVII asr oxirida Еnisеy havzasida (hozirgi Xakas avtonom viloltiga haraydi) topilgan. Undan kеyin bu haqda shvеtsiyalik harbiy asir F. Stralеnbеrg (Tabbеrt) ma'lumot bеradi. U Еnisеy havzasidagi habrlardan toshga o`yib yozilgan notanish xatlarni topgan. Bu yozuv haqidagi ma'lumotlar birinchi marta o`tgan asrning birinchi choragida «Sibirskiy vеstnik» jurnalida e'lon qilindi. 1889 yili fin olimlari Еnisеydan topilgan yozma yodgorliklar xaritasini tuzdilar.

To'nyuquq bitikdoshi
Bu yozuv yodgorligi ikkinchi turk xoqonligiga asos solgan Eltarish xoqonning (asl oti Qutlug‘, Xitoy manbalarida Gudulu) maslahatchisi va sarkarda To‘nyuquqqa bag‘ishlanib, 712-716-yillar orasida toshga o‘yib yozilgan. To‘nyuquq bitikni o‘zi tirikligida yozdirgan. Bu shaxs Xitoy yilnomalarida Yuanchjen deb berilgan. Yilnomalardagi sharq turklariga oid materiallarni ikki tom qilib «Die chinishen Naxrishtenzur Geshixt der ost-Turken» (Sharqiy turklar tarixiga oid xitoy manbalari, Visbaden, 1958) nomi Bilan nashr qilgan Liu Mautsay To‘nyuquq boshqa shaxs degan fikrni bildirgan edi. Biroq leningradlik olim S.G.Klyashtorniy Yuanchjen Bilan To‘nyuquqning bir shaxs ekanligini tarixiy va til nuqtai nazaridan isbotlab berdi.
Bitiktosh Ulan-Batordan 66 km janubi sharqdagi Bain Tsokto manzilida topilgan va hozir ham o‘sha erda saqlanadi. Bitik 62 satrdan iborat bo‘lib, janub va shimol tomonlariga bir-biriga qaratib qo‘yilgan ikkita to‘rt qirrali tosh ustunga yuqoridan pastga qarab yozilgan. Janubdagi ustunning balandligi 170 sm, shimoldagisiniki 160 sm. Bitikning 1-7-satrlari toshlardan birining g‘arbga, 8-17-satrlari janubga, 18-24-satrlari sharqqa, 25-35-satrlari shimolga qaragan tarafiga yozilgan. Bitikning 36-44-satrlari ikkinchi toshning g‘arbga, 45-50-satrlari janubga, 51-58-satrlari sharqqa va 59-62-satrlari shimol tarafiga bitilgan.
Bitiktoshni Elizaveta Klements 1897 yilda Shimoliy Mo‘g‘uliston ekspeditsiyasiga Eri Dmitriy Klements bilan birga borganda topgan. Dastlab bitiktoshning fotosuratini, retushsiz va retushlangan estampajlarini, transkriptsiya va nemischa tarjimasini V.V.Radlov 1899 yilda nashr etdi. Vilgelьm Tomsen «Fin-ugor madaniyati yodgorliklari» (Xelsingfors, 1916, 77-son)da bosilgan asarida V.V.Radlovning transkriptsiya va tarjimasiga tuzatishlar kiritgan va so‘ngra bitikni dan tiliga tarjima qilib, tadqiqotchi bilan 1922 yilda Kopengagenda nashr qilgan. Buni dan tilidan nemis tiliga X.Sheder tarjima qilib, «Nemis sharqshunoslari jamiyati to‘plami» (Leyptsing, 1924-25, 78-jild)da va D.Ross ingliz tiliga tarjima qilib, «Sharq bilimlari maktabi byuletteni» (London, 1930-32, 6-jild)da nashr qildilar. Keyinchalik bu bitikni turkcha tarjimasida H.N.Orqun, ruscha tarjimasida S.E.Malov, nemischa tarjimasida fin olimlari G.Ramstedt, I.Grano va P.Aalto, inglizcha tarjimasida T.Tekin nashr etdilar. Bitikning oxirgi ilmiy nashrini frantsuzcha tarjimasi bilan 1961 yilda R.Jiro amalga oshirdi. Qozoq olimi G.Aydarov ham urxun yodgorliklari tiliga bag‘ishlangan kitobiga bu bitikni ruscha tarjimasi bilan kiritgan.
Bu asar tekstining shuncha nashri va tarjimasi bo‘lishiga qaramay, hanuz uning o‘qilishi va mazmuniga oid noaniqliklar bor. Quyida To‘nyuquq bitikining estampaji, bosma teksti, trankriptsiyasi hamda uning mazmunini beramiz.
TO‘NYUQUQ BITIKTOSHI TRANSKRIPTSIYASI VA TARJIMASI
(1) Bilgə Tonyuquq bən өzum Tabg‘ach iliңə qïlïntïm. Tүrk budun Tabg‘achqa kөrүr ərti.
Ya’ni:

Download 33.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling