Referat bajardi: guruhi talabasi. Qabul qildi


Ishlab chiqarish zaxiralarini hisoblash


Download 314.95 Kb.
bet3/6
Sana29.03.2023
Hajmi314.95 Kb.
#1305860
TuriReferat
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
titul varog`i (2)

3.3. Ishlab chiqarish zaxiralarini hisoblash


Ishlab chiqarish zaxiralari — korxonadagi hali i.ch. jarayonlariga jalb etilmagan va ish oʻrniga yetib kelmagan aylanma vositalarining bir qismi: I.ch.z. xom ashyo, asosiy va qoʻshimcha materiallar, yoqilgʻi, sotib olinadigan yarim tayyor mahsulotlar, detallar, ehtiyot qismlar, asboblar va b. ishlab chiqarish vositalaridan ibo-rat boʻladi. I.ch.z. ishlab chiqarish ja-rayonining uzluksiz kechishini taʼminlashga xizmat qiladi. Bunda ularning ortiqcha boʻlishi (i.ch.ga zarur boʻlmagan zaxiralar)ga ham yoʻl qoʻymaslik zarur. I.ch.z. natural koʻrsatkichlar (ogʻirlik, hajm, dona, oʻlcham,) da aniqlanadi. Uning hajmi korxonada muayyan davr (kun, oy, kvartal, yil) uchun belgilanadi.
Vazifasiga koʻra, I.ch.z. joriy zaxiralar, kafolatli zaxiralar va tayyorgarlik zaxiralariga boʻlinadi. Joriy zaxiralar har kuni muayyan maqsulot birligini i.ch. uchun ombordan (yoki toʻgʻridan-toʻgʻri yetkazib beruvchidan) yetkazib beriladi. Kafolatli zaxiralardan, asosan, joriy zaxiralar tugab, navbatdagi I.ch.z.ni yetkazib berish toʻxtab qolganda i.ch. uzluksizligini taʼminlash uchun foydalaniladi. Uning darajasi shoshilinch berilgan buyurtmani bajarishga ketgan vaqt va oʻtgan davrda yetkazib berilgan I.ch.z. bilan kelgusida yetkaziladigan zaxiralar orasidagi tafovut bilan belgilanadi. Bunda zaxiralarni yetkazib berish ma-sofasi, ularning ishonchliligi, ma-teriallarni tashib berish harakteri va usuli, ularni yaqin joylashgan bazalardan olish imkoniyatlari va b. hisobga olinadi. Kafolatli zaxirani yaratish uchun zarur zaxiralarni har besh kunda yetkazib berishga erishish, shu bilan bir qatorda moddiy-texnika taʼminotini kengaytirish kerak boʻladi. Tayyorgarlik zaxiralari yetkazib berilgan zaxirani qabul qilib olish, ularni sifatini tekshirish, saralash, joylash, korxonaning sexlariga yetkazib berish va b.ni talab qiladi. Odatda, joriy, kafolatli va tayyorgarlik zaxiralari birgalikda ombor zaxirasini hosil qiladi. Bundan tashqari, i.ch.ning boshi va oxirida vujudga keladigan vaqtinchalik (bunda zaxira faqat qisqa muddatga yuzaga keladi) zaxiralar bor. Oziq-ovqat sanoati korxonalarida mavsumiy zaxiralar hosil qilinadi. Ularning hajmi mavsumiy tanaffuslarning uzunligiga bogʻliq.
Zaxiralarni haddan tashqari oshirib yubormaslik, ularni i.ch. harakteri va hajmiga qarab, meʼyor darajasida yaratish zarur. Umuman zaxiralar maʼlum darajada mablagʻlarni band qilib, i.ch. samaradorligini pasaytiruvchi omil hisoblanadi.
3.4.Qurilish maydonining elektr ta’minoti

Qurilish ishlab chiqarishini elektr energiyasiz tasavvur ham qilib bo‘lmaydi. Chunki qurilishda ishlatiladigan aksariyat ko‘pchilik mashina-mexanizmlar, asbob-uskunalar (yuk ko‘tarish kranlari va mexanizmlari, titratgichlar, qorishma tayyorlovchi uskunalar va h.k.) elektr energiyasi yordamida harakatga keltiriladi va ishlatiladi. Tungi smenalarda ish joyini yoritish, qurilish maydonini qo‘riqlash maqsadida yoritish, vaqtinchalik bino va inshootlardan foydalanishda ichki yoritish chiroqlaridan foydalanish va boshqalar qurilishda elektr energiyasining qay darajada ahamiyatga ega ekanligidan yana bir bor dalolat beradi.


Shuning uchun qurilish maydonida elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojni hisoblab topish, vaqtinchalik elektr ta’minoti tizimini loyihalash va vaqtinchalik elektr tarmoqlarini qurilish bosh tarxida aks ettirishga juda katta e’tibor berish kerak.
Loyihalashtirishning bu yo‘nalishida quyidagi masalalarni hal qilish zarur:
- elektr energiyasi sarflanadigan iste’molchilar, ularning quvvati va qurilish maydonida joylashtirilishi tartibi aniqlanadi;
- elektr energiyasini qaerdan olish masalasi hal qilinadi (mavjud elektr tarmoqlaridan transformator yordamida yoki ko‘chma elektr stansiyasi yordamida);
- transformatorning yoki ko‘chma elektr stansiyasining zaruriy quvvati hisoblanadi;
- qurilish maydonini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi tarmoqning sxemasi loyihalanadi.
Elektr energiyasiga bo‘lgan talab, unga ehtiyoj eng ko‘p bo‘lgan smena uchun quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
R=1,1 [ ], kVt
bu yerda: Rm – mashina va mexanizmlarga o‘rnatilgan elektr dvigatelining quvvati, kVt;
Rt - texnik maqsadlar uchun foydalaniladigan elektr quvvati (payvandlash, betonning qotishi uchun isitish va shu kabilar), kVt;
Rich - ichki yoritishga sarflanadigan elektr quvvati, kVt;
Rtash - tashqi yoritishga sarflanadigan elektr quvvati, kVt;
K1 , K2 , K3 , K4 - elektr energiyasiga bo‘lgan talab koeffitsiyentlari;
Cos Ψ - quvvat koeffitsiyenti.
Talab etilayotgan umumiy elektr quvvati (R)ning qiymatini hisoblashda K1 , K2 , K3 , K4 va CosΨ koeffitsiyentlarning qiymatini aniqlashda va transformator tanlashda maxsus jadvallardan foydalaniladi.
Qurilish maydonini qo‘riqlash maqsadida tungi chiroqlar (yoritkichlar) bilan yoritish zarur. Bu chiroqlarning soni quyidagicha hisoblab topiladi:
n =
bu yerda: Yer - qurilish maydonining yoritilganligi, Yer=0,2 lk;
S – yoritilishi lozim bo‘lgan maydon, m2 ;
m - yorug‘likning tarqalish koeffitsiyenti, m=1,2;
k - koeffitsiyent, K=1,3;
Fl - chiroqning foydali ish koeffitsiyenti;
ή = 0,8 - chiroq lampasining quvvati, Fl=500-1000 Vt.



Download 314.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling