Referat Bajardi; Martavaliyev H
Download 33.46 Kb.
|
1 2
Bog'liqHasanjon 32-20
Farg`ona politexnika instituti Mexanika- mashinasozlik fakulteti 32-20 guruh talabasi Martavaliyev Hasanjonnning Avtomobillarda tashish va harakat xavfsizligini tashkil etish asoslari fanidan Referat Bajardi; Martavaliyev H.____ Qabul qildi ; Axunov J._____ Mavzu; Yo`l transport hodisalarini tahlil qilish usullari. Yo`l transport hodisalarini grafik,jadval va topografik ko`rinishlarda tahlil qilish. Reja;
1.Yo`l transport hodisalarini tahlil qilish usullari. 2. Yo`l transport hodisalarini grafik va jadval ko`rinishlarda tahlil qilish. 3. Yo`l transport hodisalarini topografik ko`rinishlarda tahlil qilish. 1.Yo`l transport hodisalarini tahlil qilish usullari. Birinchi uslubda ko‘plab YTH lari matematik statistika aparati yordamida tahlil qilinadi va ularning asosiy qonuniyatlari, sabablari va xolati oldindan aniqlanadi. Masalan, ko‘rilayotgan davr oralig‘ida YTH ning necha foizi transport vositalarining konstruksiyasidagi kamchiliklar, texnik nosozliklar, haydovchi va piyodalarning harakat xavfsizligi bo‘yicha qonun me’yorlarini buzilishlari yoki yo‘l sharoitini belgilangan talablarga javob bermasligi oqibatida sodir etilgani. Bu uslub yordamida YTH sonining o‘zgarishini bashorat qilish, ularni keltirib chiqargan omillar orasidagi bog‘liqlikni va boshqa ko‘rsatkichlarni aniqlash mumkin. Bunday tahlil Respublika, viloyat, shahar yoki korxonalar miqyosida sodir etilgan YTH ni bir-biri bilan solishtirish, ularni keltirib chiqargan sabablarini aniqlash va bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda tadbirlarning samaradorligini baholash uchun xizmat qiladi. Ayni damda birinchi uslubni maqsad va vazifalariga qarab YTHni tahlil qilishning miqdoriy, sifat va topografik usullariga ajratiladi.. YTHni miqdoriy usul bilan tahlil qilishda halokatlarning absolyut, nisbiy va solishtirma ko‘rsatkichlari o‘rganiladi. Halokatlarning absolyut ko‘rsatkichlariga quyidagilar misol bo‘ladi: YTHning umumiy (yillik, oylik, choraklik) soni; YTHda jarohat olganlar (halok bo‘lganlar) soni; jarohat olganlarning yoki halok bo‘lganlarning yoshiga, kasbiga qarab YTHdagi soni; haydovchilarning aybi bilan o‘lganlar, jarohat olganlar soni; avtomobil yoki ular holatining nosozligi bilan bo‘lgan YTH soni va h.k. Nisbiy halokatlilik ko‘rsatkichlari. Nisbiy halokatlilik ko‘rsatkichlarini hisoblashda bitta absolyut ko‘rsatkich boshqa absolyut ko‘rsatkichga nisbatan olinadi. Solishtirma halokatlilik ko ‘rsatkichi. YTH biron-bir absolyut ko‘rsatkichidan boshqa YTH qancha qismini tashkil qilishi tushuniladi va odatda foiz ko‘rsatkichida keltiriladi. Masalan, jami YTH sonidan to‘ntarilish (to‘qnashish, piyodalarni bosib ketish yoki YTH halok bo‘lganlar, jarohat ko‘rganlar va h.k.) necha foizni tashkil qiladi. YTHni tahlil qilishning sifat usuli hodisalarning nima sababdan vujudga kelganini aniqlashga qaratiladi.Bu usul bilan yo‘l harakatini tashkil etuvchilar «Avtomobil-haydovchi-yo‘l-piyoda-muhit» tizimidagi elementlarning qaysi birining aybi bilan yoki birgalikdagi ta’siri natijasida vujudga kelgan YTHni tahlil qilish odat tusiga kirgan. Masalan, avtomobil yo‘lining ma’lum chorraha bo‘lagida yo‘l sharoitiga bog‘liq ravishda YTH vujudga kelishi, unda piyodalarning o‘rni yoki ma’lum yoshdagi haydovchilar sodir etadigan YTH turi, vaqti va h.k. Yo‘l-transport hodisalarining vujudga kelish joylarini aniq ko‘rsatish uchun topografik usuldan foydalaniladi. Hozirda asosan uch turdagi topografik tahlil o‘tkaziladi: xaritada, chiziqli grafikda (yo‘l-ko‘cha bo‘yicha) va masshtabli sxemada. SHahar, tuman yoki viloyatning masshtabli xaritasida bir yoki bir necha yillar ichida sodir etilgan YTHni ko‘cha-yo‘l, maydonlarda aniq joylarini shartli belgilar yordamida ko‘rsatiladi. Bunday YTH xaritasi yordamida YTHni ko‘p bo‘ladigan joyi, turi, vaqti va hokazolar aniqlanib, ularni tahlil qilish natijalariga tayangan holda harakat xavfsizligini oshirish borasida aniq tadbirlar belgilanadi. YTHning chiziqli grafigi ko‘cha va yo‘lning butun uzunasi bo‘yicha yoki ma’lum qismi uchun xaritaga nisbatan katta masshtablarda YTHni joylanishini ko‘rsatadi. Masshtab katta bo‘lganligi sababli YTH yo‘lning qanday elementlarining kamchiligi bilan sodir bo‘lganligini yoki boshqa sabablarni aniq topishda bu usul ijobiy natijalar beradi. 2. Yo`l transport hodisalarini grafik va jadval ko`rinishlarda tahlil qilish.
Download 33.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling