Referat bajardi: mirzaakbarov samandar tekshirdi: abdullayev tursunboy andijon 2023


Download 90.26 Kb.
bet5/9
Sana25.04.2023
Hajmi90.26 Kb.
#1395990
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
nemis klassik falsafasi tabiat jamiyat va tafakkurning talqini haqida

Tomas Gobbs (1588-1679 yy.) Bekon materializmini bir tizimga solib, uning ta'limotini rivojlantirgan mexanistik usulga asoslanuvchi faylasufdir. Materiyani birlamchi, ongni esa ikkilamchi, deb hisoblagan Gobbs faqatgina bor jismlar mavjud, qolganlari esa to'qib chiqarilgan tasavvurlardir, deb hisoblaydi. U
«Tafakkurni fikr qiluvchi materiyadan ajratish mumkin emas» degan g'oyat muhim fikrni ilgari suradi.
Materiya abadiy, ayrim jismlar esa vaqtinchalik ko'rinishga ega, ular vujudga keladi va yo'q bo'ladi. Gobbsning fikricha, olam mexanik harakat qonunlariga bo'ysundirilgan jismlar majmuidir. Gobbs din insonlarga ta'sir etishning alohida uslubidir, deb hisoblaydi. U matematik edi, shuning uchun ham har qanday to'g'ri chiziq nuqtalardan iborat deb, materiyaning rang-barangligini hisobga olmay, tabiatdagi barcha narsalarni geometriya fani nuqtai-nazaridan tushuntirar edi.
Bilim to'g'risidagi ta'limotida Gobbs Dekartning «tug'ma g'oyalar» nazariyasini tanqid ostiga olib, barcha bilimlarni sezgilardan keltirib chiqaradi. «Kishi aqlida bironta tushuncha yo'qki, dastavval u sezgi a'zolarimizda qisman yoki to'la vujudga kelgan bo'lmasin», deydi Gobbs.
Gobbs jamiyat hayotini tahlil qilishga urinib, davlatning kelib chiqishi va uning mohiyatini tushuntirishga harakat qiladi. Uning fikricha, davlat paydo bo'lishining asosiy sababi xususiy mulkchilikning kelib chiqishi oqibatida kishilar o'rtasidagi kurashning keskinlashib ketishidadir. Jamiyat kishilar bir-birini o'ldirib yubormasliklari, talamasliklari uchun ijtimoiy shartnoma asosida davlatni barpo etadi va o'z huquqlarini himoya qilish uchun unga o'tkazib beradi. Gobbs mutlaq monarxiyani davlatning eng yaxshi shakli deb hisoblaydi.
XVII asrning eng yirik mutafakkirlaridan yana biri fransiyalik Rene Dekart (1596-1650 yy.) edi. Dekart ikki xil substantsiya: materiya va ruh o'zaro yonmayon ravishda mavjud bo'lib, ular xudoga bo'ysunadilar, deb tushuntirgan holda dualistik nuqtai nazarda turdi. U cheksiz va abadiy bo'lgan tabiat inson tafakkuriga bog'liq bo'lmagan holda rivojlanadi va mavjud, deb hisoblaydi.
Dekart o'zining “Usul haqida mulohazalar” nomli asarida matematika, mexanika va geometriyaga asoslanib bilishning deduktiv usulini ishlab chiqishga harakat qildi. U ratsionalizm usulining asoschisi hisoblanadi. Uningcha, bizning sezgi a'zolarimiz hamma narsaga shubha qilishi mumkin, biroq mening fikr qilayotganimga shubha qilish mumkin emas, deb hisoblab, “Men fikr qilayapman, demak men mavjudman”, deb xulosa chiqaradi. Dekart tomonidan yaratilgan deduktiv usulning talablari quyidagilardan iborat:
1.Bilish aniq, shubhaga o'rin qoldirmaydigan darajada bo'lishi kerak.
2.Tekshiriladigan muammolarni imkoni boricha mayda qismlarga bo'lib o'rganish lozim. 3. Fikr yuritganda eng oldin oddiy narsadan boshlab so'ng murakkabiga o'tishi kerak. 4.Bilish jarayonida tadqiqotlarning sharhini to'la olib borish kerak, hech narsani qoldirish mumkin emas.


Download 90.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling