Referat bajardi: Quvondiqov Furqat Moliyaviy Rejalashtirish va tartibga solish


Download 42.62 Kb.
bet1/9
Sana15.09.2023
Hajmi42.62 Kb.
#1678519
TuriReferat
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
furqat



Moliyaviy rejalashtirish va tartibga solish fanidan

REFERAT

Bajardi: Quvondiqov Furqat



Moliyaviy Rejalashtirish va tartibga solish

Reja:


1.Moliyaviy Rejalashtirish va bashoratlash
2. Sosial-iqtisodiy jarayonlarni Moliyaviy tartibga solish
3.Moliyaviy Rejalashtirish va bashoratlash

Har qanday sosial-iqtisodiy jarayonlarni boshqarish tizimining asosiy bosqichlaridan biri Rejalashtirishdir. Iqtisodiy adabiyotlarda, eng umumiy shaklda, Rejalashtirish istiqbolga yо‘naltirilgan qarorlarni qabul qilish bо‘yicha faoliyat dyeb talqin qilinadi.

“Rejalashtirish” tuShunchasining ma’no-mazmunini yanada umumiyroq bо‘lgan va xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar faoliyatini muvofiqlashtirishning ob’yektiv zarurligi va imkoniyatini anglatuvchi “Rejalilik” orqali aniqlash mumkin. Haqiqatdan ham Rejalashtirish amaliyotda Rejalilikni amalga oshirishni, ya’ni balanslilik (muvozanat) va proporsionallilikka (mutanosiblikka) erishish bо‘yicha ongli faoliyatni bildiradi. Shu ma’noda, Moliyaviy resurslarning balansliligini (muvozanatini) va prorporsionalliligini (mutanosibligini) ta’minlashga qaratilgan faoliyatga Moliyaviy Rejalashtirish deyiladi.

Bunda balanslilik (muvozanat) davlatning ixtiyorida bо‘lgan Moliyaviy resurslar va xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlarning ixtiyorida (qо‘lida) qolgan daromadlar о‘rtasidagi optimal nisbatni bildiradi. Proporsionallik (mutanosiblik) esa korxonalar, xо‘jalik tarmoqlari, mintaqalar va davlat sub’yektlari bо‘yicha daromadlarning soliq tо‘languncha va soliq tо‘langandan kyeyingi о‘lchamlari (miqdorlari) о‘rtasidagi oqilona nisbatdan iborat. Ana Shu nisbatni kо‘paytirish yoki kamaytirish orqali davlat ularning rivojlanishini rag’batlantirish yoki cheklab qо‘yishi mumkin.

Umumiy va oddiy kо‘rinishda, Moliyaviy Rejalashtirish deyilganda Moliyaviy Rejalarni tuzish va amalga oshirish jarayoni nazarda tutiladi. Moliyaviy Rejani, xuddi uni ishlab chiqish, yaratish yoki tuzish jarayoni kabi Moliyaviy kо‘rsatkichlarni ijodiy tahlil qilish, umumlashtirish va о‘zaro bog’lash tizimi sifatida qarash kerak. Amaliyotda tyez-tyez foydalaniladigan Rejalashtirish ma’lumotlarini, masalan, korxona faoliyatining shakliy modyelini ishlab chiqish va Shu asosda Moliyaviy kо‘rsatkichlarning Rejali tizimini aniqlashni, Moliyaviy Rejalashtirishning ishchi sxemasi sifatida qarash mumkin. Shuni nazarda tutish kerakki, Moliyaviy Rejalashtirish jarayonida u yoki bu sub’yekt faoliyat kо‘rsatishi Moliyaviy ta’minlanishining hayotiychanligini oshiruvchi noshakliy omillar inobatga olinishi kerak.


Download 42.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling