Referat Bajaruvchi: Rustamov Ramazon Qabul qiluvchi: Ashrab Abdualimov
Download 180.37 Kb.
|
Bank tizimi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yevropa markaziy banki.
Yaponiya banki.Yaponiya Banki 1882 yilda tashkil topgan. Monetar siyosatni hukumat tomonidan tayinlanadigan va parlament tomonidan tasdiqlanadigan, rais, uning ikkita o‘rinbosari, hamda oltita tashqi a’zolardan tashkil topgan, Siyosiy Kengash olib boradi; ularning hammasi lavozimlarini besh yil davomida egallaydilar.
Ohirgi paytgacha, Yaponiya Banki rasman, u erdagi asosiy rol Moliya vaziriga tegishli bo‘lgan, hukumatdan mustaqil holda faoliyat yuritar edi. Biroq, 1998 yilning aprel oyidan amal qilayotgan, Yaponiya Banki haqidagi yangi Qonun 55 yil davomida ilk marotaba uning vakolatlariga o‘zgartirish kiritdi. Avvalom bor, yangi qonunga binoan, monetar siyosatning maqsadi – narx barqarorligini saqlab qolish. Bundan tashqari, qonun Bankga instrumentlarni va maqsadni tanlashda ko‘proq mustaqillikni ta’minladi. Bundan oldin hukumat Siyosiy Kengashda ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan ikkita vakilga ega edi, Moliya vazirligi va Iqtisodiy rejalashtirish bo‘yicha Agentlikdan bittadan. Endi esa hukumat ushbu ikkita idoraning ikkita vakilini kengash majlislariga yuborishi mumkinligi bilan, ular ovoz berish huquqiga ega emas, faqat monetar siyosat bo‘yicha qarorlarning ijrosini keyinga qoldirishni so‘rashlari mumkin. Bundan tashqari, Moliya vazirligi Bankning ko‘plab operatsiyalarini nazorat qilish imkoniyatini yo‘qotdi, hususan, oliy rahbariyatni ishdan bo‘shatishni. Biroq, Moliya vazirligi Yaponiya Banki byudjetining, monetar siyosatga aloqasi bo‘lmagan, bir qismini nazorat qilishda davom etadi, bu holat Bank mustaqilligini bir oz darajada kamaytiradi. Yevropa markaziy banki. Maastrixt shartnomasi orqali ta’sis etilgan, Evropa markaziy banki (EMB) va Evropa markaziy banklar tizimi o‘z faoliyatini 1999 yilning yanvar oyida boshladilar. Markaziy bank tuzilmasi AQSH FZT tuzilmasi bilan o‘hshash. Alohida davlatlarning banklari, AQSH federal zahiraviy banklari singari, huddi o‘sha pozitsiyalarni egallaydilar. Evropa markaziy bankining ijroiya organi tarkibiga prezident, vitse-prezident va sakkiz yillik muddatga saylanadigan to‘rtta qolgan a’zolar kiradi.Monetar siyosat bo‘yicha kengash ijroiya kengashining oltita a’zosi va barcha evropa davlatlari markaziy banklarining raislaridan tashkil topgan; ularning hammasi kamida 5 yil ishlagan bo‘lishi kerak. Yevropa markaziy banki – dunyodagi eng mustaqil markaziy bank – hattoki Germaniya markaziy banki (Bundesbank) bilan solishtirganda, ko‘proq darajada mustaqil. Yevropa markaziy banki monetar siyosatni to‘liq boshqarib, maqsad va instrumentlarni tanlashda mustaqillikka ega – ham Evropa ittifoqidan, ham boshqa milliy hukumatlardan. Bundan tashqari, EMB narhlarning barqarorligi uchun javob beradi. Markaziy bankning asosiy maqsadi bo’lib milliy valyuta kursini barqaror holatda saqlash va shu orqali mamlakat hududida baholar barqarorligini ta’minlash hisoblanadi. Bugungi kunda har qanday davlatning moliya-kredit tizimida eng asosiy va muhim o’rinni rasmiy pul-kredit siyosatini yurgizuvchi - Markaziy bank egallaydi. O’znavbatida pul-kredit siyosati byudjet siyosati bilan birgalikda iqtisodiyotni butun mamlakat miqyosida tartibga solishning asosi bo’lib hisoblanadi. Banklar paydo bulishining boshlangich davrlarida ular markaziy emissiya yoki tijorat banklari tariqasida yuzaga kelgan emas, ya’ni ular o’rtasida xozirgidek bo’linish bulmagan. Bank ishi ivojlanishining birinchi bosqichlarida rivojlantan mamlakatlarda ijorat banklari kapitallarni yig’ish maksadida muomalaga banknotalar chiqarganlar. Banklarning yiriklashuvi, bank ishining rivojlanishi natijasida banknotalarni muomalaga chikarish yirik tijorat banklar qo’liga o’ta borgan va keyinchalik biror yirik bank ixtiyoriga berilgan. Bu bank milliy yoki emission bank keyinchalik Markaziy bank deb atalgan. Markaziy bank ya’ni kredit tizimini boshqarib turuvchi, barcha banklar faoliyatini nazorat qilib turuvchi kredit instituta sifatida namoyon bo’ladi. Jaxon amaliyotida Markaziy banklar vujudga kelishining ikki asosiy yo’li mavjud. Birinchi yo’l - bu uzoq davr davomida tijorat banklarining rivojlanishi natijasida, ularni milliylashtirish yo’li bilan Markaziy banklarning tatkil tsilinishi. Bunga misol kilib Angliya bankini 1844yil, Frantsiya bankini 1848 yil, Ispaniya banki 1874 yil, Germaniya Reyxsbanki - 1875 yil, Italiyada 1893 yilda, Ispaniyada 1874 yilda mavjud banklarning emission markaz sifatida faoliyat ko’rsatishga moslashganligini keltirish mumkin. Ikkinchi yo’l - tashkil qilingadayok Markaziy bank -emission markaz sifatida qabul qilingan banklar. Bunday banklarga AKShning Federal banklari, 1913 yillarda kupgina Lotin Amerika mamlakatlarda tashkil kilingan banklar, Avstriya banki va boshqalarni misol keltirish mumkin. AQShda Markaziy bank funktsiyasini 12 federal rezerv bankdan iborat Federal Rezerv tizimi bajaradi. Federal rezerv banklar aktsioner banklar bo’lib, bu banklarning aktsionerlari sifatida milliy tijorat banklari faoliyat ko’rsatadi. Tijorat banklar aktsioner sifatida dividend olishadi. Dividend miqdori 6% dan oshmasligi kerak. Federal rezerv Konuni va boshka konuniy xujjatldarni urgangan paytda biz FZTning rasmiy tuzilishi va monetar siyosatga tegishli karorlarni kim kabul kilishini kuramiz. Ammo konunchilikdagi belgilangan faoliyat karorlarni kabul kilinish tartibi va xukmronlikni xakikiy bulinmasini tulik kursatmaydi. FZT yaratuvchilari 1913 yilda bu tizim 12ta aloxida uzaro alokador markaziy bnklarni birlashtiruvchi butunlay nomarkazlashgan tizim bulishi kerarkligi xakida fikr berishgan. Boshlangich rejada FZT foiz stavkalarini boshkarib, pul massasini nazoratini olib borishda iktisodiyotni axvoliga umuman ma’sul emasligi belgilangandi. Keyinchalik FZT iktisodni barkarorlashishiga javob bera boshladi vash u bilan uzini yagona markaziy bank bulib aylanishiga yordam berdi. 1913 yilda federal zaxira Konuni mualiflari FZT monetar siyosatni boshqarishda faqat bitta instrument ya’ni FZTga kiruvchi banklarning diskont ssudalarini boshqarish orqali ishlatadi. Ochiq bozordagi operatsiyalarni ishlatilishi oxirgacha tushunasiz edi, chunki zaxira talablari Federal zaxira Konuni bilan mustaxkamlanardi. Diskont ssudalar federal zaxira banklari va Federal zaxira Kengashi karori bilan birgalikda berilardi, shuningdek ikkalasi xam monetar siyosatni belgilashi mumkin. Ammo, kengashning diskont stavkani «tekshirib tasdiklash» karori, shu siyosatni belgilashda viloyat banklari ustidan xukmronlik kilishga xukuk berardi. Download 180.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling