Referat baxtiyorov Baxrom
Download 67.09 Kb.
|
Referat
Qadimgi Xorazmning mil avv 6-5 asrlardagi tarixi arxeologik va yozma manbalar asosida o‘rganilgan. Qadimgi Xorazm to‘g‘risidagi ma’lumotlar Avestoda, Behustun, Persopol yodgorliklarida, qadimgi yunon avtorlaridan-Geradot, Arrian, Kvinsiy Ruf asarlarida saqlanib qolgan. Qadimgi Xorazm davlati tarixini arxeologik jihatdan o‘rganish XX asrning 30 yillaridan boshlangan. Bunda Xorazm arxeologik-etnografik ekspeditsiyasining o‘rni kattadir. Xorazm tarixini o‘rganishda S.P.Tolstov, M.G.Vorobva, B. Andrianov, O.Vishnevskayalar katta hissa qo‘shganlar. Bugungi kunda esa, Ya.Yagodin, M.Mambetullaev, G‘.Xodjaniyozov,S.Bolelov, S.Baratovlarning xizmatlari katta bo‘lmoqda. Qadimgi Xorazm davlati tarixini yoritishda XX asr oxiri XXI asr boshlari alohida ahamiyat kasb etadi. Xuddi shu davrda Xorazm davlati tarixiga oid bir qator yangiliklar qo‘lga kiritildi.
Mil.avv. 4 asrdan 2 asrning oxirgi choragigacha Xorazm davlatida tangalar zarb qilinmagan. Shuning uchun ham fanda Xorazm hukmdorlari nomlari Farasman, Frataferndan boshqa nomlari saklanib qolmagan. Mil.avv. 2 asrning oxirgi choragidan Xorazmda Yevratid tetradraxmalariga taqlid qilib zarb qilina boshlanadi. Unda o‘ziga xos tamg‘a bo‘lgan. Bu esa, Xorazmda dinastiya o‘zgarishi sodir bo‘lganligi anglatadi. Tangalarning zarb etilishi bu davrda Xorazmda yangi iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlar boshlanganligini ham anglatadi. Nima uchun bunday tangalar zarb etilgani no’malum. Lekin yunon-baktriya tangalariga o‘xshash tangalarni ko‘chmanchi qabilalar zarb etishgan. Ular yunon baqtriya davlatini ular bosib olgach, Baqtriyada Demetriy, Yevratid, Geoliokl tangalariga xos, Sug‘dda ham Yevratid tangalariga o‘xshash tangalar zarb etilgan. Bunday tangalarning topishi Xorazmning buyuk ipak yo‘li orqali savdo orqali kelgan bo‘lishi mumkin. Tangalarning savdolarni rivojlantirishdagi ahamiyatini bilgan holda Xorazmda yangi sulola tangalar zarb qildirgan. Bu tangalarning bir tomonida otliq suvoriy aks ettirilgan. Ikkinchi tomonida esa, podsho bosh qismi tasvirlangan. S.P.Tolstov fikricha, bu Beruniy tomonidan yozib qoldirilgan Xorazmliklar sulolasi asoschisi Siyovush deb talqin qiladi. Mil.avv. 12 asrda bo‘lgan. va Xorazm Kanxa davlatining markazi bo‘lgan degan fikrni bergan. Lekin keiyngi davrlarda olib borgan tadqiqotlar V.I.Vaynberg ularni yuejilar degan xulosa beradi. Xuddi shu davrda Sug‘dni ham yuechjilarning egallagan edilar. Tangalarda yozuv oromiy asosga ega bo‘lgan qadimgi Xorazm yozuvida yozilgan. Ulardan birida Artav shoh nomi o‘qilgan. Bu sulolaga mansub milodiy 2 asr oxiri va 3 asr boshlarida Artarmush nomi ham o‘qilgan. Xorazm axamoniylar hukmronligidan ozod bo‘lgach, qadimgi davr davomida unda 3 ta sulola hukmron bo‘lganligi yozma manba va tangalarni o‘rganish asosida aniqlangan. 1 sulola- Farasman (Fratafern) boshchiligidaga sulola. U mil.avv. 6 asrning ikkinchi yarmida Shimoli-G‘arbiy Baqtriya xududidan quyi Amudaryo bo‘yicha kelib o‘rnashganlar va bu xududga o‘z nomini berganlar. Xorazmda ilk davlatchiliga asos solganlar. 2- sulola kelib chiqishi yuechji bo‘lgan sulola vakillari. Ular Mil.avv. 2 asr oxirlarida Yevratid tetradaraxmasiga o‘xshash o‘ziga xos tamg‘a bilan tangalarni zarb qilganlar. Undagi podsho so‘zi ham grekcha so‘z asosida ifodalangan. `rtw 3-sulola davrida ijtimoi-siyosiy hayot tubdan o‘zgargan. Tangalar sulolaviy tamg‘a S shakliga kelgan. Qadimgi Horazm yozuvi asosida yozilgan. Va tangadagi Podsho so‘zi ham oromiylarga xos so‘zda ifodalangan. MLK` Milodiy 1 asr boshida Parfiya hududida Artaban 1 (10-30 yy) ham grek yozuvlarini parfiya yozuvi bilan almashtiradi. Kushonlarda ham Kanishka milodiy 2 asrning birinchi yarmida grek yozuvini baqtriya yozuvi bilan almashtiradi. Download 67.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling