5
Kirish
Mamlakatimizda ta’lim sohasidagi keng ko’lamli islohotlarni
amalga oshirilishi
“Ta’lim
to’g’risida” gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning sifat bosqichini ta’minlashda Oliy va
o’rta maxsus, kasb - hunar ta’limini rivojlantirishga alohida e’tibor berilgan.
Bu sohani rivojlantirish
uchun esa yangicha fikrlaydigan, o’qitishning
zamonaviy metod, shakl va usullaridan samarali foydalana
oladigan yuqori malakali pedagog kadrlarni tayyorlashdan iborat.
Yuqoridagilarni amalga oshirish uchun ta’lim jarayoniga yangi
axborot- kommunikastiya va
pedagogik texnologiyalarni elektron darsliklar, multimedia vositalarini
keng joriy etish orqali
mamlakatimiz kasb – hunar kollejlari, listeylari va Oliy o’quv yurtlarida o’qitish
sifatini tubdan
yaxshilash, ta’lim muassasalarining o’quv laboratoriya bazasini zamonaviy turdagi o’quv va laboratoriya
uskunalari, komp’yuter texnikasi bilan etarli darajada ta’minlash zarur. Bu esa muxandis-
pedagoglarda
mutaxassislik fanlarini ilg’or – pedagogik texnologiyalar asosida o’qitish, dars berish amaliy
ko’nikmalarini hosil qilishga yordam beradi.
Yurtimizda hozirgi zamon talablariga har tomonlama javob beradigan
etuk mutaxassis kadrlarni
tayyorlash, yosh talabalarni vatanga muhabbat tuyg’usi ruhida, milliy g’urur va milliy iftixorni o’ziga
singdirgan, vatan ravnaqi, yurt tinchligi va halq farovonligi yo’lida fidokor bo’lgan, o’zini
mutaxassisligini chuqur bilgan o’z fikrini tran ifodalay oladigan barkamol insonni tarbiyalash oliy o’quv
yurtining eng dolzarb vazifasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: