Malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi. Hozirgi paytda KXK lari talabalarini malakali
mutaxassis etib tayyorlash va ularni kasb – hunarga yo’naltirishda zamonaviy o’qitish metodining
ahamiyati benihoya kattadir. «Qishloq xo’jaligi mashinalari» fanidan paxta terish mashinalari mavzusini
o’qitishda bumerang texnologiyasi asosida o’qitish metodikasi hozirgacha ishlab chiqilmagan. Ushbu
mavzuni bumerang texnologiyasidan foydalanib o’qitishni dolzarbligi shundan iboratki, hozirgi kunda
kollej o’quvchilari uchun mutaxassislik fanlari bo’yicha etarli darajada ilg’or pedagogik texnologiya
usullari mavzuda keng yoritilmaganligidir. Bundan tashqari O’zbekistonda ishlab chiqilgan va chet
ellardan kirib kelayotgan yangi, zamonaviy qishloq xo’jaligi mashinalarining tuzilishi, turlari, vazifalari
bo’yicha adabiyotlar mavjud ammo ushbu adabiyotlar hamma kollejlarda ham etarli emas.
Shularni xisobga olib ushbu vazifani amalga oshirish uchun mavzuni yangi materiallar bilan
boyitish hamda didaktik vositalarni qo’llash dolzarb masala hisoblanadi.
Mavzuning ob’ekti. Paxta terish mashinalari.
Bitiruv malakaviy ishini maqsadi. KHKlarda paxta terish mashinalari mavzusini o’qitishda bumerang
texnologiyasi asosida o’qitish metodikasini ishlab chiqish.
Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi. paxta terish mashinalarining vazifasi, tuzilishi va
ishlashi hamda ularga qo’yiladigan agrotexnik talablar asosida mavzuni bumerang texnologiyasi usulidan
foydalanib o’qitish uslubini ishlab chiqildi.
Amaliy ahamiyati. paxta terish mashinalarining vazifasi, tuzilishi va ishlashi hamda ularga
qo’yiladigan agrotexnik talablarni o’rganishda bumerang texnologiyasi usulidan foydalanish natijasida
talabalarni mustaqil fikrlash qobiliyati oshadi hamda mavzuni mukammal o’zlashtirish holatlari kuzatiladi.
Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi. Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi, kirish,
umumiy qism, texnologik qism, metodik qism, malakaviy ishning samaradorligi, hayot faoliyati
havfsizligi, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat. Ishning mazmuni 80 bet 3 jadval, rasm
va adabiyotlar ro’yxatini o’z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |