FAN NOMI:
TAYYORLADI:
TEKSHIRDI:
MAVZU: O'ZBEK TILIDAN DASTLABKI ILMIY TADQIQOT YOZISHDA TIL IMKONIYATLARIDANTO'G'RI FOYDALANISH
REFERAT
Dastlabki ilmiy tadqiqot yozishda til imkoniyatlaridan to`g`ri foydalanish
Reja:
Dastlabki ilmiy tadqiqotlar haqida ma’lumot.
Kirish va asosiy qism haqida.
Xulosalar.
Havola, sitata va abzats.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Dastlabki ilmiy tadqiqotlar haqida ma’lumot.Ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanish mashaqqatli va ayni vaqtda sharafli mehnat. Olim bo‘lishni havas qiluvchi yoshlar ko‘p bo‘ladi, shular orasida o‘z umrini ilm yo‘liga bag‘ishlaganlari ham uchraydi. Olim bo‘lishni orzu qilgan kishida ma’lum imkoniyatlar va bu imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish uchun ma’lum shart-sharoitlar mavjud bo‘lshni lozim. 1. Ilmiy tadqiqot olib borish uchun birlamchi shart chuqur bilim sohibi bo‘lish. Bilim odatda o‘qish-o‘rganish orqali egallanadi. Talaba o‘rta maktabda olgan bilimini oliy maktabda o‘zi tanlagan fanlar bo‘yicha chuqurlashtiradi. Yosh tadqiqotchining bilim poydevorini oliy o‘quv yurtida umumta’lim predmetlari bo‘yicha, maxsus kurslarda o‘zlashtirgan bilimlari tashkil qiladi. Ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanuvchi ana shu bilim poydevorini o‘z mustaqil mehnati, o‘qib-o‘rganishi bilan boyitadi. Buning uchun o‘zi tanlagan soha, mavzu bo‘yicha mavjud ilmiy-metodik adabiyotni chuhur o‘rganishi zarur
Do'stlaringiz bilan baham: |