Referat fakultet: elektronika va elektrotexnika gurux: eaicht 15-21 fan


Download 1.69 Mb.
bet2/2
Sana17.06.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1547215
TuriReferat
1   2
Bog'liq
qurilmalarni avtomatik boshqarish

Boshqarish elementlari - bu tugmalar, ishga tushirish maydoni va qurilmalaridir.
Indikatorlar- bu grafiklar, shkalalar, chiroqlar, matnli maydon va shunga kabilardir.
Foydalanuvchi interfeys yaratilgandan so’ng, old paneldagi obyektlarni boshqarish uchun dasturiy kod qo’shiladi. Bu kod (blok diagram) sxemasida joylashadi. Bu kod blok-sxemani eslatadi, lekin undan ancha farq qiladi.
LabVIEW dasturidan ma’lumotlarni yig’ish qurilmalari, turli-xil datchiklar, kuzatish qurilmalari, harakatlantiruvchi (masalan: qadamli motorlar) va GPIB, PXI, VXI, RS-232 b RS-484 qurilmalarni boshqarishda foydalaniladi.

LabVIEW dasturida yana LabVIEW Web Server va turli standart protokol va


vositalar TCP/IP va ActiveX lardan foydalanib, yaratilgan dasturlarni tarmoqqaga
ulash ham mumkin.
LabVIEW dasturining afzalliklari:

  • mukammal dasturlash tili;

  • grafik dasturlashning aniq jarayoni;

  • ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish, uskunalarni boshqarish va
    ma’lumotlarni tarmoqli inerfeys orqali almashinishining mavjudligi;

  • drayverlari 2000 dan ortiq asboblarga mo’ljallangan;

  • mingdan ortiq ilovalar shablonli misollar;

  • Windows2000/NT/XP, Mac OS X, Linux va Solaris operatsion tizimlariga mos kelishi.
    LabVIEW o’zida turli xil ishlab chiqaruvchilarning katta spektrdagi uskunalarini va ko’p sonli kutubxona komponentlarini mujassamlashtiradi:
    • keng tarqalgan interfeys va protokol (RS-232, GPIB 488, TCP/IP va boshq.) ni
    tashqi qurilmaga ulash;
    • tajriba ishlarini masofadan turib boshqarish;
    • mashina doirasida robot va tizimlarni boshqarish;
    • signallarni raqamli qayta ishlash va generatsiyalash;
    • ma’lumotlarni qayta ishlashda turli xil matematik usullarni qo’llash;
    • ma’lumot va natijalarni vizual holati va ularni qayta ishlash (3D-modelni qo’shib);
    • murakkab tizimlarni modellashtirish;
    • ma’lumotlar ba’zasida ma’lumotlarni saqlash.
    Ayni vaqtda LabVIEW juda oddiy va tushunish mumkin bo’lgan tizim hisoblanadi.

LabVIEW muhtida yetti segmentli indikatorning ishini modellashni o„rganish; “yordam beruvchi qurilmalarni” indikatsiya uchun yaratish; ushbu elementlarning kichik dasturi kutubxonasini yaratish; strukturalarni o„rganish; «Shift Register» siljuvchi registrlarni o„rganish. Raqamli displey nollar va birlar raqamli olamini inson ishlatadigan sonlar orasidagi bog„lovchi vosita hisoblanadi. Eng oddiy asboblarda raqamli yettita indikatordan (segmentdan) iborat bo„lgan dispeylardan foydalaniladi, noldan to„qqizgacha bo„lgan sonlarni namoyish qilish uchun. Har bir segment bitta ulangan bit bilan boshqariladi va ulanmagan segmentlar kombinatsiyasidan noldan to„qqizgacha bo„lgan sonlarni yana bir qator harflarni A, B, S, D, E va F kabilarni tasvirlash mumkin. Yetti segmentli indikator. Yetti segmentli displeylarda yettita mustaqil yorug‟lik nurlovchi diodlardan foydalaniladi, ular 8 soni ko‟rinishida ko’rsatilgan




1- rasm. Yetti segmentli displey yettita svetodiodli indikatorda yig‟ilgan Mustaqil segmentlar soat strelkasi bo„yicha joylashgan va a, b, s, d, e, f, g xarflar bilan belgilangan. Oxirgi segment (g) markaziy to„sin vazifasini bajaradi. Qachonki svetodiodga to’gri siljish qo‟yilgan bo„lsa u yorug‟likni nurlaydi. Segmentning o„zi esa svetodiodni vetikal yoki gorizontal bo„yicha joylashuvini hosil qiladi. Ko’pchilik chiqish qurilmalari, kompyuterning parallel portlari kabi, sakkiz razryadli signallar bilan ishlaydi. Ularda yetti segmentli displeylarda sakkizinchi svetodioddan foydalaniladi, u nuqta shaklida bo’lib, o’nlik razryadlarni bo„linishini ko’rsatish uchun xizmat qiladi.
Yetti segmentli indikatorlarni LabVIEW muhtida modellash uchun har qanday svetodiodli“Boolean” elementlar guruhidagi indikatorlardan foydalanishimiz mumkin

Yetti segmentli deshifrator. Ko„pchilik yetti segmentli displeylar yetti segmentli


deshifratorlar tomonidan boshqariladi, ular ikkilik – kodlangan yarim baytni mos
keluvchi yetti segmentli kodga aylantiradi. O„ndan o„n beshgacha bo„lgan sonlar uchun
o„n oltilik ko„rinishdagi A dan F gacha xarflardan foydalaniladi.
LabVIEW muhitida yetti segmentli deshifratorni yaratish uchun ko„plab variantlar
mavjud. Uning ishlashi uchun chinlik jadvalini tuzish mumkin, unga ko„ra tayanch
mantiqiy elementlaridan foydalanib sxemani yig’ish mumkin. Ammo “Variant”
strukturasidan foydalanish ancha oson. Yetti segmentli deshifratorni yaratishning
variantlaridan biri 3- rasmda ko’rsatilgan.
Trigerrlar va registrlar. Ular odatda yetti segmentli indikatorda aks ettiriladi va
ushbu qurilmada bir erda saqlanadi. Umumiy holatda bu operativ hotira qurilmasi (OHQ)
yoki registr bo„lishi mumkin. Turli signallarni o„lchashda o„lchash natijalari ham ishlov
berilgan va qurilmada saqlanganlari keyinchalik ularni indikatorlarda aks ettirish yoki
boshqa qurilmaga berilishi mumkin. Barcha holatlarda biz hotira qurilmasi haqida
gapiramiz – trigerrlar, registrlar, OHQ lari.

Oldingi ishimizda kombinasiyalashgan sxemalarni ko’rib chiqdik, ularda kirish holatlari chiqish holatlarini to’liq aniqlar edi. Bunday sxemalarning o’zini tutishi oldingi tarifga bog’liq bo’lmaydi yoki boshqachasiga aytganda biz qaysi yo’l bilan kundalik holatni yaratdik shunday ishlaydi. Bu shuni bildiradiki bunday sxemalar yordamida eslab qolish funksiyalarini qurib bo’lmaydi. Eslab qolish qurilmalarining eng oddiysi bo„lib ma‟lumotlarni “qulfi” hisoblanadi yoki D xildagi registr ishlatiladi. Bunday qurilmaning sinxronlovchi kirishiga signal kelganda o’zining kirishidagi holatni eslab qoladi va bu holatni chiqishga beradi, ana shu holatda ham agar kirishdagi signal o„zgarsa chiqishdagi holat shu vaqtgacha o’zgarmay qoladiki, yangilash uchun so’rov kelmaguncha, odatda D registrni kirishi D xarfi bilan belgilanadi, chiqishi esa Q xarfi bilan. Yangilanish haqida buyruq sinxronlovchi kirish orqali signal darajasining o’zgarish shaklida keladi, yuqoridan pastga yoki pastdan yuqoriga. Bunday qurilmalar kirish signali taktlovchi frontga ega qurilma deyiladi (sinxron dinamik D trigger). Sinxron statik triggerlar axborotli signalni S kirishiga mantiqiy nol yoki bir shaklida beriladi. LabVIEW paketida D xildagi registrlarni modellay olamiz siljuvchi registorlarning shart bo’yicha siklidan foydalanib («While loop», «Shift register»). D triggerining ishini modellovchi virtual asbobga misol 4- rasmda ko’rsatilgan.

Agar siz raqamli texnika qonunidan foydalanishni xohlasangiz tayanch mantiqiy elementlardan D triggerni yig„ish uchun teskari bog„lanish chiziqsini kiritishingiz kerak, bo„lmasa sizda hech narsa chiqmaydi. LabVIEW muhiti bunday xildagi birikmani ulanishiga ruxsat bermaydi. Bu “cheklanishni” virtual asbobda 4- rasmda tasvirlangan chetlab o„tish uchun “shartga ko„ra sikl” strukturasidan foydalanamiz («While loop»), u ushbu strukturaning ichida iterasion bajarilishni berilgan shart bajarilgunicha amalga oshiradi (5- rasm ).

«While loop» strukturadan foydalanganimizda alohida o„rinni «Shift register» siljuvchi registr egallaydi, u o’zgaruvchilarni hisoblash natijalarini kuzatish uchun ishlatiladi, kundalik iterasiyadan keyingisiga yoki undan oldingisiga. Uzatish yo„nalishi uch burchakli beligi va uni belgilanishi bilan aniqlanadi, o’ziga xos natijalarini uzatishni ko’rsatuvchi strelkalar bilan.
6- rasmdagi virtual asbobda “chiqishdagi siljish registri”ga («While loop strukturani o„ng qismidagi strelka) signal beriladi va unda trigger o’rnatiladi va u D va S kirishlar holatiga bog’liq bo’ladi, shuningdek triggerning oldingi holatiga “siljuvchi registor kirishidn olingan” («While loop strukturani chap qismidagi strelka) “Select” tanlash qismida (6- rasm) o’sha signalning triggerni chiqishiga keladigan D va S kirishlarni oldingi holatiga bog‟liq ravishda bevosita tanlash sodir bo’ladi.


Registrni LabVIEW muhitida yaratish uchun triggerlarni yaratishdagi yuqoridagi tamoyillardan foydalaniladi. Asboblarning funksional sxemalari faqat siljuvchi registrlarning soni «Shift register» va terminallarning kirish va chiqishlari miqdori bilan farq qiladi. To'r bitli registorni qurilishiga misol 7- rasmda ko'rsatilgan.



Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling