Referat guliston davlat universiteti


Download 34.4 Kb.
Sana31.01.2023
Hajmi34.4 Kb.
#1142724
TuriReferat
Bog'liq
referat



REFERAT
Guliston davlat universiteti
Pedagogika Fakulteti
Amaliy psixologiya taʼlim yo'nalishi
2-bosqich 64_21- guruh talabasi
Zaripova Madinaning
Umumiy psixologiya
Fanidan yozgan referati

Fan o'qituvchisi: Eshqulov Shavkat


Mavzu: O'quv va kasbiy faoliyat motivatsiyalari


REJA:
1.Motivatsiya va faoliyat samaradorligi
2.Inson motivatsiyaning vaziyatlilik va shaxslilik jabhalari
3.Xukmronlik motivini shakllanish bosqichlari tahlili

O‘quv faoliyatining asosida mavjud motivlar:


1) ta'lim mazmuni bilan bog‘liq motivlar:o‘quvchini yangi faktlarni bilish-o‘rganishga, bilimlarni egallashga, turli vositalar asosida o‘rganilayotgan jarayonning tub mazmun-mohiyatini bilish, anglab yetishga yo‘naltiradi.
2) o‘quv jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan motivlar: o‘quvchida ta'lim jarayonida turli xarakterdagi topshiriqlarni bajarish paytida intellektual faollik namoyish etishga, tafakkur qilish, mushohada yuritish, shuningdek, ta'lim jarayonida topshiriqlarni bajarish chog‘ida uchraydigan qiyinchiliklarni yengib o‘tish, ya'ni bolani natija bilan emas, balki ta'lim jarayonidagi faoliyatning qiziqarliligi bilan band qilib qo‘yish.
II. Ta'lim faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan motivlar.
Keng ko‘lamdagi ijtimoiy motivlar: vatan, jamiyat, ota-ona va pedagoglar oldidagi burch motivlari.
O‘zligini anglash motivlari (ta'limning kelajakdagi ahamiyatini his qilish, bo‘lajak kasbiy faoliyatga o‘zini tayyorlash va b.) va o‘z-o‘zini takomillashtirish, rivojlantirish ( ta'lim asosida o‘z shaxsini kamol toptirish).
Tor doiradagi xususiy motivlar: maqtovga sazovor bo‘lish, yaxshi baho olishga intilish, tengqurlari orasida ajralib turish (xotirjamlik va farovonlik motivsiyasi), birinchi o‘quvchi bo‘lish, o‘z tengqurlari orasida munosib o‘ringa ega bo‘lish istagi (istiqbol motivatsiyasi).
Salbiy motivlar: ota-onasi, o‘qituvchilari, tengqurlari orasidagi ko‘ngilsizliklardan qochish (ko‘ngilsizliklardan qochish motivatsiyasi)44.
A.K. Markovaning fikriga ko‘ra, motivlar sirasiga asosan bilish-anglash hamda ijtimoiy motivlarni kiritish mumkin. Agar ta'lim jarayonida o‘quvchilarda o‘quv fani mazmunini o‘zlashtirishga intilish kuchli bo‘lsa, u holda bolada bilish motivlarining mavjudligini e'tirof etish mumkin. Agar o‘quvchida fanga nisbatan atrofdagilarga bo‘lgan qiziqish ustun bo‘lsa, demak, unda ijtimoiy motivlar yetakchi ahamiyat kasb etadi45.
Bilish motivlariga bolaning ta'lim jarayonidagi o‘zini rivojlantirishga qaratilgan boshqalar bilan hamkorligi, hamjihatligi, noma'lumni, yangilikni bilishga bo‘lgan intilishlari nazarda tutiladi.
Yanada kuchliroq tashqi muhit bilan belgilanadigan quyidagi motivlar mavjud:
ta'limning majburiy xarakterga egaligi;
ta'lim jarayonining kundalik odatiy holat ekanligi;
ta'limning shaxsiy manfaatlar omili ekanligi;
diqqat markazda, e'tiborda bo‘lishga intilish.
Biz fikr yuritayotgan motivlar ta'lim jarayoni natijalari va uning xarakteriga o‘zining salbiy ta'sirini ham o‘tkazishi mumkin. Ayniqsa, o‘quvchining ta'lim motivlari maqtov eshitish yoki moddiy manfaatdorlik asosiga qurilganligi tashqaridan qaraganda yaqqol namoyon bo‘lsa bu ta'sir kuchli bo‘ladi.
O‘qituvchining asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilarning barcha motivlari orasida ichki ta'lim motivatsiyalarini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi muhim ahamiyatga ega.
A.K.Markovaning fikriga ko‘ra, bilish va ijtimoiy motivlar turli xil darajaga ega.
Bilish motivlari darajalari:
Keng ko‘lamli bilish motivlari(yangi bilim, fakt, hodisa va qonuniyatlarni o‘zlashtirishga qaratilgan);
O‘quv-bilish motivlari(bilimlarni o‘zlashtirish yo‘llarini hamda mustaqil ta'lim olish usullarini o‘zlashtirishga qaratilgan);
Mustaqil ta'lim motivlari (qo‘shimcha bilimlarni egallash asosida o‘z bilim, ko‘nikma va malakalarini oshirish borasida o‘z shaxsiy dasturiga ega bo‘lish).
Ijtimoiy motiv darajalari:
keng ko‘lamli ijtimoiy motivlar (burch va majburiyat, ta'limning ijtimoiy ahamiyatini anglab yetish);
tor doiradagi yoki xususiy ijtimoiy motivlar (atrofdagilarga nisbatan ma'lum bir tarafga mansub bo‘lishlikka intilish hamda ularning e'tiborini qozonishga harakat qilish);
ijtimoiy hamkorlik motivlari(boshqa insonlar bilan hamkorlik qilishning barcha vositalarini ishga solishga intilish).
A.K.Markova ta'kidlaganidek, ta'lim jarayonida turli motivlar namoyon bo‘lishi bir xil xususiyatga ega emas. Masalan, keng ko‘lamdagi ijtimoiy motivlar ma'lum bir qaror qabul qilish jarayonida, o‘qituvchidan qo‘shimcha ma'lumotlar olish chog‘ida, o‘quv-bilish motivlari masalaning yechimini topishga qaratilgan mustaqil faoliyat, savollarga javob berish yoki o‘qituvchiga savol berish jarayonida, mustaqil ta'lim motivlari esa bevosita mustaqil ta'lim faoliyati chog‘ida, shuningdek, o‘quvchining ta'lim tarkibini o‘zgartirishga qaratilgan takliflarini ifodalash paytlarida namoyon bo‘ladi46.Keng ko‘lamdagi ijtimoiy motivlar o‘quvchining o‘z burch va mas'uliyatini his qilishi bilan bog‘liq xatti-harakatlarida o‘z aksini topadi. Ijtimoiy hamkorlik motivlari jamoat ishlaridagi faollikka intilishi va uni samarali tashkil qilish yuzasidan bergan takliflaridan bilinib turadi.Ta'lim motivlarining tasnifi va vazifalari.
Ta'lim motivlari o‘quv motivlarining kuchi va ishonchli-mustahkamligi bilan tasniflanadi. Ta'lim motivlari kuchi o‘quvchining bilim olish yo‘lidagi qiyinchiliklarni yengib o‘tishga bo‘lgan intilishilari, motivning ehtiyoji, uning davomiyligi bilan belgilanadi. Motiv kuchi ham fiziologik, ham psixologik omillarga bog‘liq. Fiziologik omillarga motivatsion qo‘zg‘atish kuchi kirsa, psixologik motivlarga o‘quv-anglash faoliyatining natijalari, uning mohiyatini anglab yetish, ma'lum ma'nodagi ijod erkinligi kabilar kiradi. Bundan tashqari, motivlarning kuchini bolalikda kuchliroq namoyon bo‘ladigan emotsiyalar ham belgilab beradi.O‘quv motivlarining mustahkamligi deyilganda butun ta'lim faoliyati jarayonida o‘quvchining turli ta'limiy topshiriqlarni bajarishda namoyon bo‘ladigan iroda kuchi hamda uning o‘quv materiallarini o‘zlashtirish, esda saqlab qolish va amalda ulardan foydalana olish qobiliyatlari nazarda tutiladi. Mohiyatan olib qaraganda, o‘quvchining o‘zini ta'lim olishga ongli yo‘naltira olishi, maqsad va vazifalarni to‘g‘ri belgilay bilishi va ularga amal qilishi anglaniladi.O‘quv motivlarining quyidagi vazifalarini ajratib ko‘rsatish mumkin:a) qo‘zg‘atuvchi funksiya o‘quvchi motivlari energetikasi, boshqacha aytganda, motiv o‘quvchining faoliyati va o‘zini tutishidagi faolligini ta'minlab beradi.b) yo‘naltiruvchi funksiya o‘quvchi energiyasi, maqsad va vazifalarining yo‘naltirilgan obektini ko‘rsatadi, chunki o‘quvchi ta'lim jarayonida o‘z faoliyatini konkret bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashga yo‘naltiradi. Yo‘naltiruvchi funksiya motiv mustahkamligi bilan chambarchas bog‘liq.v) tartibga soluvchi funksiya bolaning xulqi va faoliyatini tartibga solish, ularning xarakterini belgilash vazifasini bajaradi. Bunda mazkur funksiya ijtimoiy motivlar bilan xususiy motivlar orasidagi muvozanatni tartibga soladi. Vazifa (funksiya) ning bu shaklida barcha motivlar baravar ishtirok etadi. Tartibga solishdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad qay bir motiv aynan qaysi o‘rinda ko‘proq samara berishini belgilab berishdan iborat.Yuqorida e'tirof etilgan funksiyalar bilan bir qatorda motivning rag‘batlantiruvchi, boshqaruvchi hamda tashkillashtiruvchi,tarkibli, ma'no anglatuvchi, mazmun kasb etuvchi, nazorat qiluvchi, himoyalanuvchi funksiyalari ham mavjud.Motivatsion sohadagi qiziqish.Aslida qiziqish juda katta va keng ko‘lamdagi tushunchalarni qamrab oladi. Shu bois ham ta'lim jarayonida yuzaga keladigan yoki namoyon bo‘ladigan qiziqishning o‘zini bir necha tarkibiy qism hamda turlarga bo‘lib o‘rganish zarurati mavjud. A.K.Markovaning ta'kidlashicha, qiziqishni rejalashtiruvchi, natijali, mazmunli, samarali, o‘quv-biluv anglashga qaratilgan, o‘zgartiruvchi kabi turlarga bo‘lish mumkin.Qiziqish (lat.interesum - muhim ahamiyatga ega bo‘lmok ) - shaxsning muayyan narsa yoki hodisaga ega bo‘lishga, bilishga aktiv va barqaror yo‘nalishidan iborat individual xislati. Qiziqish mazmuni, hajmi, teranligi va barqarorligiga qarab turlicha 49 bo‘ladi. Qiziqish har qanday faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirishning asosiy omillaridan biridir.Bilim olishga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish va shakllantirishning muhimligi muammolari ko‘pgina olimlarning tadqiqotlarida o‘z aksini topgan. Ularning ishlarini tahlil qilish asosida S.M.Bondarenko ta'lim, bilim olish jarayonining o‘quvchi uchun qiziqarli bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etadigan omillarni ajratib ko‘rsatadi.50 Ta'lim mazmuniga hamda bilim olish jarayoniga nisbatan bo‘lgan qiziqishlarni o‘quvchilarda shakllantirishda ularning bilim olish jarayonida mustaqillik, tashabbuskorlik va ijodkorlikni namoyon etishlariga ahamiyat qaratiladi. Ta'lim metodlari qanchalik faol bo‘lsa, o‘quvchida bilim olishga bo‘lgan qiziqish shunchalik ortib boradi. O‘quvchilarda bilim olishga bo‘lgan mustahkam va ishonchli qiziqishni shakllantirishning asosiy vositasi - o‘quvchilarga beriladigan savol va topshiriqlar mazmuni, murakkablik va qiziqarlilik darajasi bilan belgilanadi. Savol tug‘iladi. Nima uchun o‘quvchilarda, aynan kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda atrofdagi real voqe’liklar, hodisa va predmetlardan ko‘ra to‘qima obrazlar, xayoliy voqyealar, mavhum tushunchalar ko‘proq qiziqish uyg‘otadi? Buning asosiy sababi shundaki, ular real voqea-hodisa va predmetlarning asl mohiyatiga tushunmaydi. Ularni bolalar o‘z ongida to‘liq aks ettira olmaydi. Bolalar uchun ma'lum hayotiy qonuniyatlarga bo‘ysunmaydigan, o‘zlari tomonidan yoki ular uchun to‘qib chiqarilgan voqea-hodisalar ko‘proq tushunarli. Bu esa ularda qiziqishning paydo bo‘lishiga olib keladi. Masalan, ertaklarda mavjud “Yalmog‘iz kampir” obrazini ular istalgan darajada vahshiy ko‘rinishda tasavvur qilishlari mumkin. Ular uchun insonning fiziologik-genetik rivojlanish qonuniyatiga bo‘ysunishi umuman yot narsa. Bundan tashqari qachonki o‘quvchi ma'lum bir savol va topshiriqni mustaqil izlanish, aktiv faoliyat bilan amalga oshirsa va to‘g‘ri yechimni topa olsa, ana shundagina bolada bilim olishga bo‘lgan chinakam qiziqish shakllanadi.Ta'limga bo‘lgan bolalarning qiziqishlarini shakllantirishda muammoli ta'lim muhim rol o‘ynaydi . Bunday xarakterdagi ta'lim faoliyatida bola muayyan qiyinchilik va to‘siqlarga duch keladi va shu bois o‘zidagi bilim zahiralariga murojaat etadi. Agar mavjud bilim, ko‘nikma va malakalari darajasi belgilangan topshiriqni to‘g‘ri amalga oshirishga yetsa, unda qoniqish hissi va amalga oshirgan ta'limiy faoliyati samarasi natijasida shu muvaffaqiyatga erishganligini anglab yetadi. Aksincha, muammoli topshiriqni bajara olmasa, uning yechimini topa olmasa, o‘zida mavjud bilim, ko‘nikma va malakalari darajasining zamon va talab darajasidan ortda qolib ketganligini teran anglab yetadi va ongli tarzda bilimlarini oshirishga kirishadi. Ma'lum bir aqliy faoliyat, mehnatni talab qilmaydigan o‘quv materali bolani hech qachon qiziqtirmaydi. Ta'lim jarayonida bolaning ma'lum bir ta'limiy qiyinchiliklarni yengib o‘tishi bilim olish jarayonining qiziqarli bo‘lishi shartidir. Lekin shuni unutmaslik kerakki, har qanday ta'limiy qiyinchilik bolaning yosh va fiziologik xususiyatlarini inobatga olgan holda qo‘yilishi lozim, aks holda, o‘quv topshirig‘ining haddan tashqari murakkabligi bolaning ta'lim jarayoni va bilim olish faoliyatidan tezda bezishiga olib keladi.Bundan tashkari, an'anaviy ta'limda darslarni tashkil etish davomida "fokusirovka" ya'ni, o‘quvchilar diqqatini to‘plash, da'vat bosqichi (2-3 daqiqa ajratiladi) ham o‘quvchilarni darslarga qiziqtirishda muhim ahamiyatga ega.O‘quvchilarning ta'lim jarayoniga qiziqishini shakllantirishning yana bir yo‘li bolada maqsadlar, havas, shaxsni ijtimoiy hayotda o‘z munosib o‘rnini topishga bo‘lgan qiziqishning tayyor "shakl"laridan foydalangan holda amalga oshirish xisoblanadi. Bunda o‘quvchining bilim olish jarayonida ta'lim materiallari mazmunidan kelib chiqqan holda jamiyatda o‘z o‘rnini topishga bo‘lgan ongli intilishni tarbiyalaydi.Bu yo‘l ishontirish, ta'sir etish, tushuntirish, axborot berish, namuna metodlariga asoslanadi. Bu jarayonda muhim vazifani bevosita o‘quvchi yashayotgan va faoliyat yuritayotgan jamoa, ijtimoiy muhit va ularda yaratilgan qarashlar, an'analar, sharoit va boshqalar o‘taydi. Qachonki o‘quvchi ota-onasi, mahalla, tengqurlari va boshqa jamiyat a'zolarining bilim, ta'lim olishning mohiyatini teran anglab unga nisbatan hayotiy zarurat sifatida qarasagina, uning bevosita ta'limga nisbatan e'tibori kuchayadi. Shu orqali o‘quvchida ta'limning jamiyat va ijtimoiy hayotdagi roli va o‘rniga ijobiy munosabat shakllanadi va unga jiddiy munosabatda bo‘la boshlaydi, boshqacha aytganda, uning mustahkam qiziqishlari orta boradi.Demak, qiziqishni oshirish bir qancha omillarga bog‘liq:
-o‘qituvchi mahoratiga;
-o‘quvchilarning o‘quv-biluv motivlariga;
-o‘quvchilarning yosh va fiziologik xususiyatlari hisobga olinganligiga;
-uzatilayotgan materiallarning izchilligi ta'minlanganligiga;
-o‘quv materiallari (mazmun-mohiyati, amaliy ahamiyati) ga;
-didaktik va texnik vositalar (ta'limda AKT) samaradorligiga va h.k.
Bola uchun aynan uning diqqat va e'tiborini doimiy tarzda tortib turadigan faoliyat yoki ish turigina qiziqarli ekanligini unutmaslik lozim.
O’quvchilarda ta'limning jamiyat va ijtimoiy hayotdagi roli va o‘rniga ijobiy munosabatni shakllantirish orqali uning mustahkam qiziqishlari orta boradi. L.M.Fridmanning e'tiroficha, o‘qituvchi o‘zining ta'lim faoliyatida o‘quvchilarda motivlarni shakllantirishning har ikkala yo‘l va usullaridan foydalanishi maqsadga muvofiq.O‘quv motivatsiyasining muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lgan qiziqishga tavsif berishda shuni aytish kerakki, “qiziqish” so‘ziga ta'lim sohasi vakillari ta'limning deyarli barcha bosqichlarida motiv so‘zining sinonimi sifatida qaraydilar. Buning isboti sifatida aksariyat hollarda tez-tez eshitib turadigan “uning bilim olishga qiziqishi yo‘q, unda ilm olishga bo‘lgan qiziqishni tug‘dirish lozim”, degan gapni keltirish mumkin. Bu kabi terminlarni aralashtirib yuborishning o‘ziga xos izohi mavjud bo‘lib, u ta'lim motivatsiyalarini o‘rganishda birinchi ob'ekt qiziqish bo‘lganligi bilan xarakterlanadi. Ikkinchidan, qiziqishning o‘zi juda katta va keng ko‘lamdagi tushunchalarni qamrab oladi. Shu bois ham ta'lim jarayonida yuzaga keladigan yoki namoyon bo‘ladigan qiziqishning o‘zini bir necha tarkibiy qism hamda turlarga bo‘lib o‘rganish zarurati mavjud.Bundan tashqari, motivlarni shakllantirishga ta'lim mazmuni, ta'lim jarayonini tashkil etish darajasi, sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil qilish, o‘qituvchi shaxsi kabi omillar ham bevosita o‘zining ta'sirini o‘tkazadi (Masalan, bolaning oilasidagi ta'lim-tarbiyaga bo‘lgan munosabat va boshqalar). Bu o‘rinda maktabda mavjud an'analarning o‘rnini alohida ta'kidlash lozim; maktabdagi hayot xarakterining o‘ziga xosligi, o‘qituvchilarning bolalar ta'limi va tarbiyasi hisoblanadigan murakkab jarayoniga bo‘lgan munosabati, qiziqishlari kabilar. Bir o‘qituvchining loqaydligi, ko‘plab o‘qituvchilarning faolligiga nisbatan yuqumliroq ekanligini unutmaslik lozim. A.N.Leontevning yozishicha: “Ta'lim jarayonida ham o‘quvchi tomonidan o‘quv materialining mukammal o‘zlashtirilishi uchun o‘quvchi bevosita ta'lim jarayonining ichida yashashi va ta'lim uning hayoti mazmunining ajralmas tarkibiy qismiga aylanishi lozim. Hatto bu jarayonda o‘zlashtirilayotgan ko‘nikma yoki malaka kichik bir xarakter-ahamiyatga ega bo‘lsa ham.”A.N.Leontevning bu fikrlari tahlili “agar o‘quvchi o‘z hayoti mazmuni-maqsadiga ega bo‘lmas ekan, o‘zini kelajakdagi hayotiy faoliyatga tayyorlamas ekan, unda bilim olishga bo‘lgan ongli motivatsiyani shakllantirish to‘g‘risida gap ham bo‘lishi mumkin emas”. O‘quvchining ijtimoiy hayotda o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi aksariyat hollarda ta'lim motivatsiyalarini belgilashda muhim omil vazifasini o‘tashini yodda tutishimiz lozimO‘quv motivlari nafaqat mazmun, balki jamiyat a'zolari tomonidan nisbatan teran anglanganligi bilan ham ajralib turadi. O‘quvchilar tomonidan esa motivlarning ta'limdagi yaqin istiqbolni ta'minlashga xizmat qiladiganlari ko‘proq namoyon bo‘ladi.Sharoitlardan kelib chiqqan holda o‘quv motivlari yashiringan yoki mohiyatini aniqlash imkoniyati qiyin bo‘lgan ko‘rinishlarga ham ega.Shaxsning o‘ziga xos xususiyatlari bilan uning motivatsiyasi orasida bog‘liqlik mavjud. Shaxsning mavjud o‘ziga xos xususiyatlari uning motivatsiyalariga bevosita o‘zining ta'sirini o‘tkazadi. Motivatsiyalarning o‘ziga xosligi va qatiyligi esa insonning o‘ziga xos xususiyatiga aylanadi.O‘quv motivatsiyasi har bir shaxsning xususiy motivatsiyasi sifatida e'tirof etiladi va o‘z ichiga shaxs faoliyati faolligi va mazmunini belgilab berishga xizmat qiladigan maqsadlar, bilishga bo‘lgan ehtiyojlar, qiziqishlar, g‘oyalar, intilish, motivatsion ko‘rsatmalarni qamrab oladi. Sanab o‘tilgan motivlar tizimi o‘quvchining bilishga bo‘lgan o‘quv motivining asosini tashkil qiladi va uning darajasini hamda uning dinamikasi va mustahkamligini belgilab beradi.Mutaxassislar o‘quvchi shaxsi faolligining quyidagi ichki, tashqi va xususiy singari uch xil shakli mavjudligini e'tirof etadilar.Nomlari yuqorida sanab o‘tilgan faollik manbalari orasidan mutaxassislar ijtimoiy, bilishga qaratilgan anglash hamda xususiy (shaxsiy )motivlarni alohida e'tirof etishadi.O‘quv motivlarining quyidagi; undovchi (qo‘zg‘atuvchi), yo‘naltiruvchi, tartibga soluvchi funksiyalarini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin.O‘quv motivlari har bir shaxsda mavjud ta'lim motivlarining kuchliligi hamda mustahkamligi bilan xarakterlanadi.Demak, barcha darajadagi motiv tiplari o‘zining shakllanish jarayonida quyidagi bosqichlarni bosib o‘tadi: odatiy motivlarning dolzarbligi, mavjud motivlar asosida yangi g‘oyalarning qo‘yilishi, muayyan maqsadlarga erishishda mavjud motivlarning ish berishi natijasida ularning mustahkamlik darajasining ortishi, aynan shu motivlar asosida yangi bir motivlarning yuzaga kelishi, turli motivlarning yagona bir motiv asosida birlashishi, bir qator motivlarda yangi (mustaqillik, ishonchlilik) sifatlarning paydo bo‘lishi va boshqalar. Bu jarayon esa shaxs shakllanishining ko’rinishini ifoda etadi.
Faoliyat - odamga xos bo‘lgan, ong tomonidan boshqariladigan, ehtiyojlarni qondirishda yuzaga keladigan, tashqi olam va insonni bilish, shuningdek, ularni o‘zgartirishga qaratilgan faollik
.Interiorizatsiya - tashqi real ishdan ichki ideal ishga o‘tish jarayoni.
Eksteriorizatsiya – oldin ichida o‘ylab, so‘ngra bevosita tashqi munosabatga o‘tish jarayoni.
Harakat – maqsadni amalga oshirishga yo‘naltirilgan jarayon.
Ehtiyoj – tirik organizmlar faolligining boshlang‘ich shakli.
Maqsad – inson faoliyati so‘nggi natijasining obrazi sifatida namoyon bo‘lib, ehtiyojlarni amalga oshirilishi.
Motiv – harakatning nima sababdan amalga oshirilishi.
Faoliyatning psixologik nazariyasi umumjahon psixologiyasida yaratilgan edi. SHuningdek, u L.S. Vigotskiy, S.L. Rubinshteyn, A.N. Leontev, A.R. Luriya, A.V. Zaporojets, P.YA. Galperin va boshqa ko‘pchilik ruhshunoslarning asarlarida yoritib berilgan.
Faoliyat – bu sub’ektning olam bilan o‘zaro ta’sirlashuvining rivojlanuvchi tizimi. Bunday o‘zaro ta’sir jarayonida psixik tasvirning yuzaga kelishi va uning ob’ektda ifodalanishi, shuningdek, sub’ektning voqelik bilan o‘z munosabatlarini ro‘yobga chiqarishi sodir bo‘ladi. Faoliyatning istalgan oddiy akti sub’ekt faolligining ifodalanish shakli bo‘lib hisoblanadi, bu esa, har bir faoliyatning undovchi sabablarga ega bo‘lishi va ma’lum natijalarga erishishga yo‘naltirilishini bildiradi.Shunday qilib, faoliyatni odamga xos bo‘lgan, ong tomonidan boshqariladigan, ehtiyojlarni qondirishda yuzaga keladigan, tashqi olam va insonni bilish, shuningdek, ularni o‘zgartirishga qaratilgan faollik sifatida ta’riflash mumkin.
Faoliyat predmetlilik va sub’ektlilik xususiyatlariga ega. Faoliyat predmeti deb, u bevosita shug‘ullanadigan hodisalarga aytiladi. Masalan, bilish faoliyatining predmeti bo‘lib, har xil turdagi axborotlar xizmat qiladi, o‘quv faoliyatining predmeti – bilim, malaka va ko‘nikmalar, mehnat faoliyatining predmeti – yaratilgan muayyan moddiy mahsulot hisoblanadi. Faoliyat sub’ekti bo‘lib odam, individ hisoblanadi.Faoliyat nazariyasi to‘laligicha A.N. Leontevning ilmiy ishlarida, xususan, «Faoliyat. Ong. SHaxs» asarida (M., 1982) bayon etilgan.Faoliyatning tuzilishi haqidagi tasavvurlar faoliyat nazariyasini to‘liq tushuntirib bermasada, uning asosini tashkil etadi.
Inson faoliyati murakkab tartibli zinapoyali ketmaketlik tuzilishiga ega. U bir necha qatlam yoki darajalardan iborat. YUqoridan quyiga harakatlanib, ularni nomlab chiqamiz: alohida faoliyatlar darajasi (yoki faoliyatning alohida turlari); harakatlar darajasi; muolajalar darajasi; psixofiziologik vazifalar darajasi. SHunday qilib, faoliyat tuzilishining tarkibiy qismlariga motiv, maqsad, harakat (tashqi, predmetli va ichki, aqliy; interiorizatsiya va eksteriorizatsiya jarayonlari), muolajalar, psixofiziologik vazifalar kiradi. Motiv – bu faoliyatga undovchi sabab. Maqsad – bu istalgan, ya’ni, faoliyatni bajarish bilan erishiladigan natijaning tasviri.Harakat – bu faoliyat tahlilining asosiy birligi. Ta’rifga ko‘ra harakat – bu maqsadni amalga oshirishga yo‘naltirilgan jarayon. «Harakat» tushunchasiga oid quyidagi xususiyatlarni keltirish mumkin.Birinchi xususiyat: harakat zarur tarkibiy qism sifatida maqsad qo‘yish va uni ushlab qolish ko‘rinishidagi ong aktini o‘z ichiga oladi.Ikkinchi xususiyat: harakat – bu bir vaqtning o‘zida hulqatvor akti ham bo‘lib hisoblanadi Shunday qilib, faoliyat nazariyasi avvalgi konsepsiyalardan (bixeviorizm) tafovutlari ko‘rsatilgan birlamchi ikki xususiyatlarining ong va hulqatvorning uzluksiz birligini tan olishidan iborat.Uchinchi, juda muhim xususiyat: faoliyat nazariyasi faollik tamoyilini «harakat»tushunchasi orqali ta’sirchanlik tamoyiliga qarama-qarshi qo‘ygan holda tasdiqlaydi. Faollik va ta’sirchanlik tamoyillarining alohida har biridan kelib chiqqan holda faoliyat tahlilining boshlang‘ich nuqtasi tashqi muhitga yoki sub’ekt organizmiga joylashtirilishi lozim.To‘rtinchi xususiyat: harakat tushunchasi odam faoliyatini ijtimoiy va jismli dunyoga «olib chiqadi».Harakat doimo maqsad bilan bog‘liq bo‘ladi. Maqsad harakatni belgilaydi, harakat esa maqsadning amalga oshishini ta’minlaydi. Maqsadning xususiyati orqali harakat xususiyatini aniqlash mumkin. Inson maqsadlarini tahlil qilib, nimalarni aytish mumkin? Avvalambor, ularning juda xilma-xilligini, muhimi esa keng hajmliligini keltirish mumkin.Yirik maqsadlar maydaroq, xususiy maqsadlarga bo‘linadi, ular ham o‘z o‘rnida bulardan ham xususiyroq maqsadlarga bo‘linishi mumkin va h.k. SHunga mos ravishda har bir etarli darajadagi yirik harakat quyi tartibli ketma-ketlikning harakatlar tizimida turli darajalarga o‘tib turishidan iborat. Masalan, boshqa shahar bilan telefon orqali bog‘lanmoqchisiz. Bu harakatni amalga oshirish uchun (I tartib) siz bir qator xususiy harakatlarni bajarishingiz kerak (II tartib): shaharlararo so‘zlashuv telefon tarmog‘iga borib, zarur avtomatni topib, navbatga turishingiz lozim va h.k. Kabinaga kirgandan so‘ng, abonent bilan bog‘lanishingiz kerak. Lekin buning uchun qator mayda ishlarni bajarishingizga to‘g‘ri keladi (III tartib): tanga tashlab, tugmachani bosib turib, ma’lum sonlarni terish kerak bo‘ladi va h.k.Muolaja – bu faoliyat bajarilishining navbatdagi quyiroq darajasi. Muolaja deb, harakat bajarilishining usuliga aytiladi. Masalan, ikkita ikki xonali sonlarni ko‘paytirish amalini xotirada va misolni ustuncha shaklida yozgan holda echish mumkin. Bu bir xildagi matematik misolning ikki turlicha usuli yoki ikki xil amal bo‘ladi.Faoliyat nazariyasida ma’lum sharoitlardan ko‘zlangan maqsad masala deb ataladi. Masala echish jarayonini tasvirlashda ularni amalga oshiruvchi harakatlarni ham, muolajalarni ham ko‘rsatish lozim.Har bir murakkab harakat harakatlar ketma-ketligi va «to‘shaluvchi» muolajalar qatlamidan iborat. Har bir murakkab harakatda dolzarb bo‘lgan ongli va anglanmagan faoliyatlar o‘rtasidagi chegaraning belgilanmaganligi harakatlar ketma-ketligini muolajalar ketma-ketligidan ajratib turuvchi chegaraning harakatchanligini bildiradi. Bu chegaraning yuqoriga yo‘nalgan harakati muolajadagi ba’zi harakatlarning (asosan, eng soddalarining) o‘zgarishini anglatadi. CHegaralarning pastga harakatlanishi esa, aksincha, muolajalarning harakatga aylanishini, ya’ni, faoliyatning maydaroq birliklarga bo‘linishini bildiradi. Quyida shunga mos misol keltiramiz. Munozara vaqtida sizda yangi g‘oya tug‘ildi, va siz ifodalanish usulini hisobga olmagan holda, asosan, mazmunidan kelib chiqib, uni bayon qildingiz, deb tasavvur qilamiz. Siz ko‘plab, ya’ni, aqliy, nutqli va h.k. muolajalar bilan ta’minlangan harakatni amalga oshirgan bo‘lasiz. Ularning barchasi birgalikda g‘oyani bayon qilish faoliyatini amalga oshirgan bo‘ladilar.Faoliyat tuzilishidagi eng quyi daraja – psixofiziologik vazifalarni ko‘rib chiqamiz. Faoliyat nazariyasida bu vazifalarga psixik jarayonlarning fiziologik ta’minoti kiradi. Ularga odam organizmiga xos bo‘lgan his etish, o‘tmish taassurotlarining qoldiqlarini hosil qilish va qayd etish layoqatlari, motor layoqati va boshqalar kiradi. Mos ravishda sensor, mnemik, motor vazifalar haqida so‘z yuritish mumkin. Bu darajaga shuningdek, asab tizimi morfologiyasida mustahkam o‘rin tutgan tug‘ma va hayotning birinchi oylarida yuzaga keladigan mexanizlar kiradi. Barcha layoqat va mexanizmlar insonga tug‘ilishi bilanoq beriladi, ya’ni ular irsiyat tomonidan belgilangan bo‘ladi.Psixofiziologik vazifalar psixik vazifalarni amalga oshirish uchun faoliyat vositalarini zarur dastlabki shart-sharoitlar bilan ta’minlaydi. Masalan, biror ma’lumotni xotiramizda saqlab qolish uchun tez va sifatli yodda saqlab qolishning maxsus usullaridan foydalanamiz. Lekin agarda biz yodda saqlab qolish layoqatidan iborat mnemik vazifalarga ega bo‘lmaganimizda, bu faoliyatni amalga oshira olmagan bo‘lardik. Mnemik vazifalar tug‘ma bo‘ladi. Bola tug‘ilishi bilanoq katta miqdordagi ma’lumotni yodida saqlay boshlaydi. Dastlab, bu oddiy axborot bo‘lib, keyinchalik rivojlanish jarayonida xotirada saqlanishi zarur bo‘lgan axborot hajmidan tashqari, yodda saqlashning sifat ko‘rsatkichlari ham o‘zgaradi.Faoliyatning taraqqiy etib va o‘zgarib borishi bilan tashqi tarkibiy qismlarning ichkilariga tizimli o‘tishi amalga oshiriladi. Bunda interiorizatsiya, avtomatizatsiya va eksteriorizatsiya ham kuzatiladi.Harakatlarni miyada «aylantirib chiqish» ularni oldindan o‘ylab olishga kiradi. Qanday harakat qilishni o‘ylayotgan inson qanday yo‘l tutadi? Qandaydir harakatning ro‘yobga chiqqanligini tasavvur qilib, uning oqibatlarini ko‘rib chiqadi. Ularga qarab, o‘zining holatiga mos keladigan harakatni tanlaydi. YOki boshqa misol, ko‘p hollarda inson qandaydir quvonchli hodisani kutganida, vaqtdan o‘zib, o‘sha hodisani bo‘lib o‘tganday tasavvur qiladi. Natijada o‘zini yuzida baxtli tabassum bilan o‘tirganini ko‘radi. Bu misollar insonning ichki faoliyatiga misol bo‘la oladi. U o‘zining ikki asosiy xususiyati bilan farqlanadi. Birinchidan, ichki faoliyat tashqi faoliyat kabi tuzilishga ega, ular bir-biridan faqat codir bo‘lish shakli bilan tafovutlanadi. Bu ikki faoliyat motivlar yordamida uyg‘otilishini, hissiy kechinmalar bilan birga kuzatilishini, o‘zining muolajaviy texnik tarkibi mavjudligini bildiradi. Ichki faoliyatning tashqi faoliyatdan farqi harakatlar real jismlar bilan emas, ularning xayoliy tasviri bilan amalga oshirilishidan, real mahsulot o‘rniga g‘oyaviy natija hosil bo‘lishidan iborat. Ikkinchidan, ichki faoliyat tashqi faoliyatdan mos harakatlarning ichki holatga o‘tkazilish yo‘li bilan paydo bo‘lgan. Biror-bir harakatni samarali ravishda fikran amalga oshirish uchun uni avvalo amaliyotda o‘zlashtirib olib, real natija olish lozim. Masalan, shaxmat o‘yinida donalarning yurishi o‘zlashtirilib, ularning oqibatlari idrok etilgandan keyingina shaxmat yurishini o‘ylab olish imkoniyati tug‘iladi.Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, faoliyat nazariyasining mualliflari ichki faoliyat tushunchasi orqali ong va psixik jarayonlar tahlili muammosi bilan to‘qnashdilar. Faoliyat nazariyasi mualliflarining fikriga ko‘ra, psixik jarayonlar faoliyat nuqtai nazaridan tahlil qilinishi mumkin, chunki istalgan psixik jarayon o‘z vazifalari va muolajaviy-texnik tuzilishiga ega bo‘lib, ma’lum maqsadda amalga oshiriladi. Masalan, ta’mni idrok qilish ta’m sifatlarining o‘zaro farqlari va mos kelish darajalarini aniqlash bilan bog‘liq perseptiv maqsad va vazifalariga ega. Perseptiv vazifaga yana bir misol sifatida aniqlash jarayonini keltirish mumkin. Bunday vazifalarni kundalik hayotimizda muntazam holatda ko‘z bilan chamalash masalalarini hal etishda, chehralarni, ovozlarni tanib olishda va h.k.da bajarishga to‘g‘ri keladi. Barcha vazifalarni hal etish uchun har biriga mos ravishda farqlash, aniqlash, o‘lchash, tanish va boshqa harakatlar ko‘rinishidagi perseptiv harakatlar amalga oshiriladi. Psixik jarayonlar (idrok, diqqat, xotira, tafakkur va h.k.)ni faoliyat nazariyasi nuqtai nazaridan faoliyatning alohida shakli sifatida o‘rganib, ma’lum axborotlar – faoliyatning umumiy tuzilishi, darajalari, kechish shakllari va h.k.ni qo‘llash mumkin va zarurdir.
perseptiv – ya’ni, bular shunday harakatlarki, ularning oqibatida atrofdagi predmetlar va hodisalar to‘g‘risida yaxlit obraz shakllanadi;
n mnemik faoliyat, narsa va hodisalarning mohiyati va mazmuniga aloqador materialning eslab kolinishi, esga tushirilishi hamda esda saqlab turilishi bilan bog‘liq murakkab faoliyat turi;
n fikrlash faoliyati - aql, faxm-farosat vositasida turli xil muammolar, masalalar va jumboqlarni echishga qaratilgan faoliyat;
n imajitiv - («image» -obraz so‘zidan olingan) faoliyati shundayki, u ijodiy jarayonlarda hayol va fantaziya vositasida hozir bevosita ongda berilmagan narsalarning xususiyatlarini anglash va hayolda tiklashni taqozo etadi.
2.Shaxsiy motivatsiya Bizni harakatga undaydigan impuls. Motivatsiya deganda, shuningdek, shaxsning o'z ehtiyojlarini samarali va faol ravishda qondirish qobiliyati tushuniladi.Psixologiyada shaxs motivatsiyasi dinamik jarayon bo'lib, u inson xatti-harakatlarini boshqaradigan va uning barqarorligini, yo'nalishini, tashkiliyligini, faolligini belgilaydigan psixofiziologik mexanizmlarni o'z ichiga oladi. Maslouning motivatsiyasi va shaxsiyati Avraam Maslou o'z asarlarida motivatsiya munosabatlari to'g'risida insonning abadiy orzu qiluvchi mavjudot ekanligiga ishora qiladi. U kamdan-kam hollarda to'liq qoniqish hissini his qiladi va agar shunday bo'lsa, u uzoq davom etmaydi. Bir istakni qondirgandan so'ng, ikkinchisi darhol paydo bo'ladi, uchinchisi va shuning uchun cheksiz. Uzluksiz istaklar paydo bo'ladi xarakterli xususiyat shaxs, shuningdek, hayot davomida motivatsiya vazifasini bajaradi. Muayyan motivning tashqi namoyon bo'lishi ko'pincha umumiy qoniqishga, shuningdek tananing ehtiyojlaridan noroziligiga bog'liq. Masalan, odam och yoki chanqasa, har kuni zilzila yoki suv toshqini tahdidiga uchrasa, u doimo boshqalarning nafratini his qilsa, unda rasm chizishga, chiroyli kiyinishga, uyini bezashga ishtiyoq qolmaydi.Shaxsiy xatti-harakatlar motivatsiyasi Muayyan asab tuzilmalarini qo'zg'atishga bo'lgan ehtiyoj bilan bog'liq bo'lgan shaxsning xatti-harakatlarining motivatsiyasi organizmning yo'naltirilgan faoliyati bilan qo'zg'atiladi. Shunday qilib, kognitiv, ozuqaviy, jinsiy, himoya va boshqa turdagi motivatsiya paydo bo'lishi mumkin. Miya yarim korteksida hissiy qo'zg'alishlarning paydo bo'lishi, shuningdek, ularning zaiflashishi yoki kuchayishi shaxsning xatti-harakatlaridagi motivatsiyaga bog'liq.Agar biz inson hayotini uning rivojlanish yo’lidagi oldinga siljishi deb hisoblasak, demak, hayot bu yangi chegaralarni doimiy ravishda engib o’tish, yaxshi natijalarga erishish, o’z-o’zini rivojlantirish va shaxsiy o’sish jarayoni . Va bu jarayonda etakchi rollardan birini inson bajaradigan barcha harakatlar va ishlarning ma’nosi masalasi o’ynaydi. Inson faoliyati va xulq-atvoriga nima ta’sir qiladi? Nega u umuman hech narsa qilmayapti? Unga nima turtki beradi? Sizni nima undaydi? Axir, har qanday harakat (va hatto harakatsizlik) deyarli har doim o’z sababiga ega.Shunday qilib, biz bir-birimiz bilan yaxshiroq muloqot qilishimiz uchun, atrofimizdagi odamlarni va o’zimizni, boshqalarning va o’z harakatlarimizni tushunishimiz osonroq bo’lishi uchun biz motivatsiya nima ekanligini gaplashishimiz kerak. Bu savol psixologiya uchun, masalan, uning asoslari yoki usullari kabi muhimdir . Shu sababli biz motivatsiya mavzusiga alohida dars bag’ishlaymiz, uni o’rganish jarayonida motivatsiyani shakllantirish jarayoni, motivatsiya tizimi, motivatsiya nazariyalari, uning turlari (ish, o’rganish, o’zini o’zi) bilan tanishamiz. – motivatsiya). Biz mehnat va xodimlar, talabalar, maktab o’quvchilari va o’zimiz mehnat motivatsiyasini boshqarish usullari haqida bilib olamiz; Motivatsiyani rag’batlantirish va oshirish usullari haqida batafsil to’xtalamiz.
Motivlar va ularning xususiyatlari
Motivlar shular ichki kuch Bu shaxsning ehtiyojlari bilan bog'liq va uni muayyan faoliyatga undaydi.
Sabab - bu ehtiyojni namoyon qilish usuli, uning mavjudligining psixologik shakli.
Motivatsiya Bu odamni faollikka undaydigan motivlar to'plami.
Biror narsaga muhtoj bo'lgan odam, uni qondirish uchun imkoniyat qidiradi. Ehtiyojni faqat faoliyat uchun, ma'naviy yoki jismoniy faoliyat bilan qondirish mumkin. Motiv ham ehtiyojni qondirishning oraliq vositasi bo'lib, odamni bunga undaydi aniq tadbirlar.
Faoliyat bilan bog'liq holda, motivatsiya amalga oshiriladi uchta asosiy tartibga solish funktsiyalari .
Rag'batlantirish funktsiyasi - bu shaxsning motorli turtki, hissiy-irodali intilishi Motivatsiyaning tashkiliy funktsiyasi maqsadlarni belgilashga qaratilgan. Olingan motiv maqsadni aniqlash va belgilashga yordam beradi, ya'ni. kutilgan natija.
Semantik funktsiya - bu faoliyatga chuqur shaxsiy ma'no berish. Motivlarni tasniflash uchun asos, odatda, motivning predmetli mazmuni hisoblanadi. Bu pozitsiyalardan kelib chiqib, motivlar ikkiga bo'linadi katta guruhlar: umumlashtiruvchi motivlar, barqaror tarkib - dispozitsion; o'ziga xos o'zgaruvchan tarkibga ega bo'lgan motivlar funktsionaldir.
Shaxs uchun dispozitsion motivlar barqarordir, ular har xil vaziyatlarda va faoliyat turlarida namoyon bo'ladi, ular haddan tashqari turg'unlik va shaxsiyat xulqining o'ziga xosligini ta'minlaydi. Bu qobiliyatda ular shaxsiyat xususiyatlariga aylanadi, ya'ni. uning asosiy xususiyatlari. Bunday motivlar shaxsiyatga moyillik deb ataladi. Masalan, muvaffaqiyat motivlari, mansublik (boshqa odamlardan qabul qilish zarurati), kuch (hukmronlik, ta'sirga bo'lgan ehtiyoj), yordam (altruistik motivlar) va boshqalar.

Funktsional motivlar insonning o'ziga xos faoliyati bilan bog'liq. Masalan, ta'lim faoliyati bilan, kasbiy, ijtimoiy-siyosiy va boshqalar.


Motivlar ko'p yoki kamroq bo'lishi mumkin ongli yoki umuman hushidan ketgan.
Ongli motivlar - odam o'zini nimaga undaydi, uning ehtiyojlari nimadan iboratligini biladi. Xarakterli: qiziqishlar, e'tiqodlar, ideallar.
Ongsiz sabablar - odam o'zini nima harakatga undayotganini, uning ehtiyojlari mazmunini bilmaydi.
Xarakterli: munosabat, qiziqish.
Shaxsiyat yo'nalishi- bu uning aqliy mulki bo'lib, u o'z hayoti va faoliyatining ehtiyojlari, motivlari, dunyoqarashi, munosabati va maqsadlarini ifodalaydi.
Shaxsning yo'nalishi har doim ijtimoiy shartli va ta'lim orqali shakllanadi. Yo'nalish - bu shaxsiyat xususiyatlariga aylangan munosabatlar. Yo'nalish bir nechta bog'liq ierarxik shakllarni o'z ichiga oladi : jalb qilish, xohish, intilish, qiziqish, moyillik, ideal, dunyoqarash, ishonch. Shu bilan birga, shaxsga yo'naltirishning barcha shakllari uning faoliyatining motivlari hisoblanadi.
Tanlangan yo'nalish shakllarining har biriga qisqacha tavsif beraylik:
diqqatga sazovor joy- yo'nalishning eng ibtidoiy biologik shakli;
istak ongli ehtiyoj va aniq bir narsaga jalb qilish;
ta'qib qilish- ixtiyoriy komponent istak tarkibiga kirganda paydo bo'ladi;
qiziqish- ob'ektlarga e'tiborni qaratishning kognitiv shakli;
ixtiyoriy komponent foizga kiritilganda, u bo'ladi giyohvandlik;
tasvirda yoki tasvirda aniqlangan moyillikning ob'ektiv maqsadi ideal;
dunyoqarash - falsafiy, estetik, axloqiy, tabiiy fanlar va boshqa qarashlar tizimi dunyo;
e'tiqod - yo'nalishning eng yuqori shakli - bu uning qarashlari, tamoyillari, dunyoqarashiga muvofiq harakat qilishga undaydigan shaxs motivlari tizimi.
Nima uchun odamlar shunday yo'l tutishadi, ba'zida olijanob ishlar qilishadi, ba'zida esa xudbinlik yoki undan ham yomoni, shafqatsizlik qiladi? Ularning tanloviga nima turtki beradi? Siz aytdingizmi - maqsad? Ammo, siz maqsadga turli yo'llar bilan borishingiz mumkin, va odam o'zi maqsadlarini tanlaydi. Psixologlarning aytishicha, motivlar odamlarning xatti -harakatlarini boshqaradi. Shaxsning motivatsiyasini bilib, uning nima uchun u yoki bu tarzda harakat qilishini tushunamiz.Har qanday tirik mavjudotning faoliyati bilan bog'liq. Buni odam haqida aytish mumkin, faqat uning ehtiyojlari hayvonlarga qaraganda ancha boy va xilma -xildir. Inson o'z xohishini anglab, uni qondirishga intiladi, ya'ni o'z oldiga maqsad qo'yadi va unga erishishni tashkil qiladi.Ammo siz ehtiyojni turli yo'llar bilan qondira olasiz va maqsadga bir necha yo'l bilan borishingiz mumkin. Aytaylik, xohlaysiz. Bunga turli yo'llar bilan erishish mumkin: sport bilan shug'ullaning va chempion bo'ling, ajoyib kitob yozing va taniqli yozuvchi bo'ling, o'z biznesingizni tashkil qiling, barcha raqobatchilarni mag'lub qiling va mashhur bo'ling, avtostopga boring va o'z yozuvlaringizni o'zingiz joylashtiring.

XULOSA
Odamning xulq -atvori odatda bir nechta motivlarga bog'liq bo'lganligi sababli, motivatsiya haqida gapirish odat tusiga kiradi. Motivatsiya muammosi psixologiyadagi eng qiyin muammolardan biridir, chunki odamning o'zi ko'pincha biron bir harakatni amalga oshirishda qanday motivlarni boshqarishi haqida hisobot bermaydi. Yashirin motivlarni ong ostidagi chuqur xotiralar, istaklar bilan bog'lash mumkin. Psixikaning bu chuqur darajasida saqlanadigan ma'lumotlarga ongli ravishda kirish imkoni yo'q, biz bu motivlardan xabardor emasmiz, biz faqat muayyan harakatlar qilish orqali engishga intilayotgan stress va noqulayliklarni boshdan kechiramiz.


Demak, maqsad biz intilayotgan narsadir va motiv bu maqsadga erishish biz uchun muhim bo'lishining sababidir. Psixologiyada motivatsiya ikkita ma'noga ega: odamlarning xulq -atvorini boshqaruvchi motivlar majmui va bu boshqaruv jarayonining o'zi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Motiv_(psixologiyada)
2.https://elib.buxdu.uz/index.php/pages/referatlar-mustaqil-ish-kurs-ishi/item/14516-faoliyat-va-motivatsiya
3.https://tahobaza.ru/uz/motivaciya-motiv-eto-to-radi-chego-osushchestvlyaetsya-deyatelnost-l-i-bozhovich-motivaciya-slozhny/
4.https://fayllar.org/rahbar-faoliyatdagi-motivlarning-turlari-va-vazifalari-motivla.html?page=2
5.https://koreajob.ru/uz/usloviya-i-prichiny-pobuzhdayushchie-k-deyatelnosti-nazyvayutsya-chto-takoe-motivaciya/
6.https://goaravetisyan.ru/uz/motivaciya-obucheniya-v-vuze-mify-i-realnost-struktura-i-dinamika-motivacii/
7.https://spbttp.ru/uz/motivaciya-povedeniya-lichnosti-v-processe-truda-motivaciya-v-processe-trudovoi/



Download 34.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling