Referat guruh: 612 19 Bajardi: Ubaydullayev Sh Farg’ona 2022


Aniqlanganlikka bo'igan moyillik samarasini


Download 35.53 Kb.
bet2/3
Sana18.11.2023
Hajmi35.53 Kb.
#1784103
TuriReferat
1   2   3
Bog'liq
intelekt mustaqil

Aniqlanganlikka bo'igan moyillik samarasini (ko'zguli aks etirish samarasini e ’tiborga olgan holda) quyidagicha ifodalash mumkin: insonlar foydani kafolatlovchi natijalar orasidan tanlash vaqtida aniqlanganlikni afzal ko‘rishadi. Xuddi shunday ular yutqazish (zarar) vaqtida, hatto qo'shimcha xarajat ketish ehtimolligi juda kichik
bo‘lsa ham aniqlanganlikdan qochishadi. Birinchi misolga qaytamiz, ikkala boshlang'ich muqobildan ham savolning yangi variatsiyasini olish uchun bir xil ehtimollik bor. Almashtirish natijasida tanlov o'zgardi. Bu tanlov bizning fikrlash imizni muhim tashkil etuvchilaridan biri bo'lib, izolyatsiya samarasi deb ataladi. U ehtimollik qanday berilishiga qarab, tanlovning o'zgarishini bildiradi. Izolyatsiya samarasi ham kutilgan foydalilik nazariyasini inkor etadi.
Keltirilgan samaralarga asoslanib, Kaneman va Tverski, inson ongi solishtirish nuqtasiga ko‘ra qiymatlilikni turlicha baholashga asoslanganligini tasdiqlashdi. Insonlar aniqlanmaganlikdan qochishmaydi, shunchaki ular yo'qotishlardan qochishadi. Masalan, biz 50 ga 50 imkon bilan yo 200 dollar yo hech nimalik bo'lishdan ko'ra 100 dollarlik bo’ lishni afzal ko'ramiz. Xulosalarga tayanib, Kaneman va Tverski afzallikni e’tiborga oluvchi qiymatlilik funksiyasini taklif etishdi.
Bu funksiya yuqorida ko‘rib o'tilgan ba’zi momentlarni aks ettiradi.
1. Yutuqdan «qoniqish», xuddi shunday koiam dagi yutqazishdan chekilgan «azob» dan kam. Texnik nuqtai nazardan aynan shu xossa yo'qotishlar Jan qaytish (lossa version) deb nomlanadi. Shu sababli, yutuq funksiyasining grafigi yutqazish funksiyasi grafigiga qaraganda qiyaroq.
2. Yutuq qanchalik katta bo'lsa, har keyingi o'sish birligidan olinadigan «qoniqish» shunchalik kichik bo'ladi. Xuddi shunday. zarar qanchalik katta bo'lsa, uning o'sishi unchalik kuchli «og'riq» keltirib chiqarmaydi. Hatto qo'shimcha xarajatlar bo'lishini anglagan holda ham insonlar ikkinchi yo'qotishda birinchisidan kamroq hayajonlanishadi.
3. Natijada, yutuq grafigi qavariq, yutqazishniki esa botiqbo'ladi.
4. Solishtirish nuqtasi (reference point) tahlil natijasiga kuchli ta’sir ko'rsatadi.
Demak, yuqorida keltirilgan samaralar (har biri o'zicha) kutilgan foydalilik nazariyasidan og'ishga bo'lgan moyillikni ifodaladi va natijada imkoniyatlar nazariyasi unga to'g'i ilashlar kiritishni taklif etadi.
Shunday qilib, subyektiv omillarni kiritilganligi sababli, natijalar kutilgan foydalilik nazariyasida qabul qilingan obyektiv chtimolliklardan og'ishi kuzatiladi. Masalan, talaba 5 dollar tejab, kalkulyatorni 15 dollarga emas 10 dollarga olish uchun vaqt sarflashga tayyor, ammo u kostyumni 125 dollarga emas, 120 dollarga olish uchun shuncha vaqt sarflamaydi. Boshqacha aytganda, ikkinchi variantda 5 dollar tejash unchalik sezilmaydigan qiymat. Shu sababli ham kam subyektiv qiymatga ega.
Boshqa misol - «rus ruletkasi». Ikki variant mavjud: bittasida miltiqda to'rtta o'q, ikkinchisda ikkita o'q bor. Qaysi vaziyatda siz bitta o'qni olib tashlash uchun boringizni tikardingiz? Deyarli barcha so'ralganlar ikkinchi variantni tanlashadi. Chunki, nisbiy qiymat to'rtdan uchga tushishida, ikkidan birga tushishga qaraganda kamroq.
Demak. kutilayotgan boylikning o'lchami emas. uning qanchaga o'zgarishi muhim degan xulosa kelib chiqadi.
Imkoniyatlarning matematik nazariyasi xuddi ehtimolliklarning muqobil matematik nazariyasi kabi - tasodifiylik fenomenining modeli.
Ehtimollar nazariyasi xuddi tasodiflik fenomenining matematik modeli kabi ikki muhim jihatiga ko'ra ham amaliy ham nazariy tadqiqotlarda ishlatiladi: birinchisi matematik jihati bo'lib, o'lcham va integrallar nazariyasiga asoslanadi, ikkinchisi empirik bo'lib, sodda, matematik asoslangan amallarga tayanadi.
Imkoniyatlarni modellashtirish, shak-shubhasiz, aniqlanmagan stoxastik obyektlarni tadqiq qilishga asoslangan deb hisoblash kerak emas. Aslida, imkoniyatlar modellari noaniq obyektlar uchun xarakterli, lekin stoxastik obyektlar uchun emas. Shu bilan birgalikda, imkoniyatlarni modellashtirish ehtimolli modellashtirishga xos bo'igan sohalar (optimal yechish, o'lchash tajribalarining
ma’ lumotlarini bashoratlash, tahlil qilish va aks ettirish kabilar) uchun ham juda
samarali bo'lib chiqdi.
Real dunyo qarorlarini qabul qilish masalalarida, biz kam holardagina aniq va ishonchli axborotga ega bo'lamiz. Aksincha, ochiq axborotlar aniqlanmagan, noaniq, qisman ishonchli va tabiy tilda tavsiflanadi [64,66]. Tabiiy tilda tavsiflangan axborot, odatda qaror qabul qilinadigan noaniq muhitni hosil qiladi. Qaror qabul qilishning
mavjud nazariyalari noaniq muhitda qo'llanilishga mo'ljallanmagan va o'z navbatida determinantlangan axborotlarni talab etadi.
Qaror qabul qilishga bo'igan qator noaniq yondashuvlar mavjud (masalan, iyerarxiyalarni tahlil qilishning noaniq usuli [16,27], noaniq TOPSIS [16,33], noaniq Kutilgan foydalilik [6 , 22, 23]). Biroq. bu - noaniq to'plamlar aniqlanmaganlik, noaniqlik va qisman ishonchlilikni hisobga olish uchun ishlatiladigan mavjud nazariyalarning matematik strukturalarini umumlashtirish. To'g'ridan-to'g'ri fazzifikatsiya (masalani noaniq mantiq bilan yechishga tayyorlash) ko'pincha nomuvofiqlik va xossalarni yo'qotishga olib keladi.
Ish lar [19, 29, 32, 35. 42, 46] foydalilikning noaniq funksiyalari modellari va noaniq aniqlanmaganlik sharoitda yechishga bag'ishlangan.
Ish [6 ] da afzalliklaming lingvistik munosabatlari (ALM ) uchun aksiomalar noaniq natijalar bo'yicha lingvistik ehtimolliklarning taqsimlanishi atamalarida keltirilgan. Afsuski, bu yerda foydalilikning noaniq funksiyalarini mavjudligi isbotlanmagan edi.
Ish [35] - bu ANM larini aks ettirishga bag'ishlangan, ko‘p rejali tadqiqot. Unda noaniq tartib aks ettirilgan foydalilikning funksiyasini mavjudligi isbotlangan. Biroq, bu ishda foydalilik funksiyasining o'zi noaniq bo'lmagan haqiqiy funksiya hisoblanadi.
Ish [22] da, ANM ning ba’zi standart sharoitlarida noaniq va sonli kutilgan foydalilikning mavjudligi va uzluksizlik shartlari bayon etilgan. M uallif tabiat holatlari haqidagi ehtimolli axborotlar holatida noaniq kutilgan foydalilikning mavjud bo'lishi haqidagi teoremalarni isbotlagan.
Tabiat holatlari haqidagi imkoniyatli axborotlarda qaror qabul qilishga bo'lgan yangi yondashuv [33] ishda ko'rib chiqilgan. [23] ishda ANM ni noaniq tasodifiy kattaliklar asosida noaniq kutilgan foydalilik orqali aks ettirish taklif etilgan. Biroq. foydalilikning noaniq funksiyasining mavjudligi isbotlanmagan. [29] ishda noaniq foydalilik, Shokening noaniq haqiqiy o'lchamli noaniq qiymatli integrali sifatida qaralgan. Ammo taklif etilgan noaniq foydalilik isbotlanmagan.
Bu yerda biz noaniq mantiqqa asoslangan nomukammal axborot sharoitlarida qaror qabul qilish nazariyasini keltirganmiz. Ushbu nazariya, noaniq va ehtimolli axborotlar kombinatsiyasi bilan berilgan struktura uchun ishlab chiqilgan bo'lib, Shokening noaniq qiymatli integrali kabi keltirilgan noaniq foydalilik funksiyasiga asoslangan.
Nomukammal axborotlar strukturasi uchun ishlab chiqilgan va taklif etilgan nazariya, Shokening kutilgan foydalilik nazariyasidan quyidagicha farqlanadi [36]:
1) noaniq to'plamlar fazosi [28, 47], natijalar va tabiat holatlarini modellashtirish uchun klassik struktura o'rnida ishlatiladi;

Download 35.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling