Referat I mavzu: Kompyuter viruslari va ulardan himoyalanish usullari. Reja: Virus va uning turlari


Download 36.6 Kb.
bet1/4
Sana24.03.2023
Hajmi36.6 Kb.
#1291868
TuriReferat
  1   2   3   4
Bog'liq
mustaqil 2


Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot tehnologiyalari universitetining 1-bosqich 023-021 gurux talabasi Sharipov Olloberganning Akademik yozuv fanidan yozgan

R E F E R A T I

Mavzu: Kompyuter viruslari va ulardan himoyalanish usullari.


Reja:



  1. Virus va uning turlari

  2. Antivirus dasturlari

  3. Viruslarga qarshi chora-tadbirlar

Hozirgi kunda kompyuter viruslari g‘arazli maqsadlarda ishlatiluvchi turli xil dasturlarni olib kelib tatbiq etishda eng samarali vositalardan biri hisoblanadi. Kompyuter viruslarini dasturli viruslar deb atash tugriroq bo‘ladi.


Dasturli virus deb avtonom ravishda ishlash, boshqa dastur tarkibiga o‘z-o‘zidan qo’shiluvchi, ishga qodir va kompyuter tarmoqlari va alohida kompyuterlarda o’z-o’zidan tarqalish xususiyatiga ega bo’lgan dasturga aytiladi.
Viruslar bilan zararlangan dasturlar virus tashuvchi yoki zararlangan dasturlar deyiladi.
Virus, xavfsiz, xavfli, juda xavfli, fayllar tarkibini buzmaydigan, fayllar tarkibini buzadigan, qurilmalarni buzadigan, operator sog’ligiga ta’sir ko’rsatuvchi degan turlarga bo’linadi.
Zararlangan disk – bu ishga tushirish sektorida virus dastur joylashib olgan diskdir. Hozirgi paytda kompyuterlar uchun ko’pgina noqulayliklar tug’dirayotgan xar xil turlardagi kompyuter viruslari keng tarqalgan. Shuning uchun xam ulardan saqlanish usullarini ishlab chiqish muxim masalalardan biri xisoblanadi. Hozirgi vaqtda 65000 dan ko’p bulgan virus dasturlari borligi aniqlangan. Bu viruslarning katta guruxini kompyuterning ish bajarish tartibini buzmaydigan, ya’ni «ta’sirchan bo’lmagan» viruslar guruxi tashkil etadi.Viruslarning boshqa guruxiga kompyuterning ish tartibini buzuvchi viruslar kiradi. Bu viruslarni quyidagi turlarga bulish mumkin: xavfsiz viruslar (fayllar tarkibini buzmaydigan), xavfli viruslar (fayllar tarkibini buzuvchi) xamda juda xavfli viruslar (kompyuter qurilmalarini buzuvchi va opera­tor sog’ligiga ta’sir etuvchi). Bu kabi viruslar odatda professional dasturchilar tomonidan tuziladi. Kompyuter virusi – bu maxsus yozilgan dastur bo’lib, boshqa dasturlar tarkibiga yoziladi, ya’ni zararlaydi va kompyuterlarda o’zining g’arazli maqsadlarini amalga oshiradi. Kompyuter virusi orqali zararlanish oqibatida kompyuterlarda quyidagi uzgarishlar paydo buladi: ayrim dasturlar ishlamaydi yoki xato ishlay boshlaydi;
bajariluvchi faylning xajmi va uning yaratilgan vaqti o’zgaradi;
ekranda anglab bo’lmaydigan belgilar, turli xil tasvir va tovushlar paydo bo’ladi;
kompyuterning ishlashi sekinlashadi va tezkor xotiradagi bo’sh joy xajmi kamayadi;
disk yoki diskdagi bir necha fayllar zararlanadi (ba’zi xollarda disk va fayllarni tiklab bo’lmaydi): vinchester orqali kompyuterning ishga tushishi yo’qoladi.
Viruslar asosan disklarning yuklanuvchi sektorlarini va exe, som, sys va bat kengaytmali fayllarni zararlaydi. Xozirgi kunda bular qatoriga ofis dasturlari yaratadigan faylarni ham kiritish mumkin. Oddiy matnli fayllarni zararlaydigan viruslar kamdan – kam uchraydi.

Download 36.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling