Referat I mavzu: O’quv lug‘ati tuzish reja: kirish


O’quv lug’atlaridan ta’lim jarayonida foydalanish usullari


Download 18.37 Kb.
bet4/5
Sana09.02.2023
Hajmi18.37 Kb.
#1181524
TuriReferat
1   2   3   4   5
Bog'liq
AROFAT REFARAT

O’quv lug’atlaridan ta’lim jarayonida foydalanish usullari.
Modomiki, o’quvchilarning soz’ boyligini oshirish ona tili mashg’ulotlarining asosiy vazifalaridan biri ekan, ularni turli lug’atlar bilan tanishtirish va bu lug’atlardan foydalanish malakalarini shakllantirish ayniqsa muhim masala hisoblanadi. Lug’at imlo savodxonligini oshirish, so’z boyligini kengaytirishning muhim manbai, o’quvchining asosiy maslahatchisidir. Lug’atlardan foydalanish malakalarini shakllantirish avvalo ularda ehtiyojni tarbiyalashdan boshlanadi. Chunki ehtiyoj sezilmasa, o’quvchi lug’atga murojaat qilmaydi. Ma’lum bir so’zning imlosi, ma’nosi, ma’nodoshi, qarama-qarshi ma’nosi, uyadoshini bilish zaruriyati ehtiyojni vujudga keltiradi. O’quvchilarni ular faoliyatida zarur bo’ladigan lug’at turlari bilan tanishtirishga alohida e’tibor berish kerak. Chunki turli lug’atlar bilan tanishgan o’quvchi nimani qayerdan izlash kerakligini ham yaxshi biladi. Ma’lumki, keyingi yillarda o’zbek leksikografiyasi katta muvaffaqiyatlari qo’lga kiritdi. Ayniqsa, 14 tomlik entsiklopediya lug’ati, 2 tomlik izohli lug’at, imlo lug’ati morfem lug’at, frazeologik lug’at, sinonim so’zlarning izohli lug’ati, antonym so’zlarning izohli lug’ati, paremeologik lug’at, turli sohalarga oid atamalarning izohli lug’atlari (masalan, paxtachilik atamalarining izohli lug’ati, matematik atamalarning ozohli lug’ati kabi)ning nashr etilganligi o’zbek leksikografiyasining taraqqiyotidan dalolat beradi. Ammo bu lug’atlarning asosiy qismi akademik lug’atlar bo’lib, ular o’rta maktab o’quvchilari uchun ancha qiyinlik qiladi. Bugungi ona tili mashg’ulotlari o’quvchilar uchun ixtisoslashtirilgan “O’zbek tilining izohli lug’ati”, “O’zbek tilining uyadosh so’zlar lug’ati. Bu hozirgi kunda kechiktirib bo’lmaydigan dolzarb vazifalardan biridir. Keyinchalik esa bu lug’atlar sirasi “O’zbek tilining tovushdosh so’zlar lug’ati”, “O’zbek tilidagi eskirgan soz’lar lug’ati”, “O’zbek tili va adabiyoti: o’rta maktab o’quvchilari uchun entsiklopediya” va hoqazolar bilan to’ldirilishi kerak.Lug’atlardan tez va to’g’ri foydalanish uchun o’quvchi zarur malakalarga ega bo’lishi lozim. Bu malakalardan eng muhimi alfavit tartibini yaxshi bilishdir. Alfavitni yoddan bilmagan o’quvchi lug’atdan zarur so’zni tez topa olmaydi. Shuning uchun boshlang’ich sinflardayoq o’quvchilarning alfavit tartibini yaxshi bilishlariga erishish va izchil kursni o’rganish jarayonida bu borada muntazam ish olib borishga to’g’ri keladi.
Lug’at bilan ishlash uchun zarur malakalardan yana biri ulardan maqsadga muvofiq ravishda foydalanishdir. Masalan, sininimik qatorlar hosil qilish zarur bo’lsa, imlo lug’atiga murojaat etilmaydi. Topshiriqni bajarish uchun qaysi lug’atga murojaat etish kerakligini bilgan bola, shubhasiz, undan samarali foydalana oladi.lug’atlar turli tuman bo’lgani kabi, ular bilan ushlash usullari ham rang-barangdir. O’quvchilarning lug’at bilan ishlash malakalarini shakllantirish uchun muayyan ish turlari talab etilsa, ularning imlo savodxonligini oshirish uchun tamoman bohsqa, so’z boyligini rivojlantirish uchun esa o’ziga xos maxsus mustaqil ish turlaridan foydalanish talab qilinadi.“Imlo lug’ati” bilan ishlash. “Imlo lug’ati” faqat o’quvchilarning imlo savodxonligini emas, balki so’z boyligini oshirishda ham muhim qo’llanmadir.O’zbek tilining barcha bo’limlarini o’rganishda “Imlo lug’ati” dan unumli foydalanish kerak. Masalan, “Fonetika, orfoepiya, grafika va orfografiya” bo’limini o’rganishda a, i, u, o’ harflari ishtirok etgan so’zlar topish, u – o’, i – u, a – i va h.k. juftlar bilan farqlanuvchi so’zlar tanlash, birinchi bo’g’inida u, o’, ikkinchi bo’g’inida u yoki i kelgan so’z juftlari (urush – urish, tushum - tushim va h.k.) ustida ishlash, i-u tovushlari (harflari)ning tushib qolishi, bu tovushlar tushib qolgan so’zlar ro’yxatini tuzish: o–a bilan farqlanuvchi so’z juftlar (ana–ona, ata–ota va h.k.)tanlash, i-e (e) bilan farqlanuvchi so’z juftlarini topish (ish –esh, bil –bel, tish – tesh kabi) ishlarini bajarishda “Imlo lug’ati” zarurdir.
Leksikografiya sohasi bu har qanday mamlakatning qay darajada rivojlanganligini ko’rsatuvchi asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Chunki mamlakatning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, milliy va madaniy sohalaridagi har qanday taraqqiyot va rivojlanish ushbu millat vakillariga tegishli lug’atlarda o’z aksini topadi. O’quv lug’atchiligi bugungi kunda lug’atshunoslikning jadal rivojlanayotgan sohalaridan biridir. V.V.Morkovkin umumiy lug’atlarni ikki turga ajratgan. Bular antroposentrik va lingvosentrik lug’at turlari hisoblanadi. Antroposentik lug’atlarda asosiy urg’u inson ongida tilni yoritish, undan to’g’ri va samarali samarali foydalana olishga yordam berishdir. Lingvosentrik lug’atlarda til asosiy markazda bo’lib, asosiy vazifasi ushbu tildagi faktlarni yoritish hisoblanad. Hozirda o’quv lug’atlari antroposentrik xususiyatga ega bo’lgan lug’atlar tipiga kiritilmoqda. O’quv lug’atlari ta’lim sohasi uchun mo’ljallangan bo’lib, bu turdagi luig’atlar o’quvchilarga nafaqat so’z boyligini kuchaytirish, nutqiy yoki yozma savodxonligini oshirish balki ularning ijodiy fikrlash qobiliyatini o’stirish va dunyoqarashini kengaytirish uchun ham hizmat qiladi.
Xulosa
Xulosa o’rinda shuni aytish mumkinki, leksikografiya sohasida o’quv lug’atlari ta’lim jarayoni uchun eng muhim omil hisoblanadi. Tilshunoslikda o’quv lug’atlaridan unumli foydalanish o’quvchilar uchun har tomonlama bilim saviyasini kengaytirishga xizmat qiladi. Shunday qilib, yuqorida tilga olingan ish usullari gapni ixchamlashtirish va kengaytirish, mazmunni saqlagan holda shaklini o’zgartirish, matnni gaplarga ajratish, ikki va undan ortiq soda gapni turli yo’llar bilan birlashtirish, gapni tahrir qilish va takomillashtirish, maqsadni to’g’ri ifodalab, gap yaratish kabilar bolalarning nutqiy taraqqiyotiga samarali ta’sir ko’rsatadi. Yuqori sinflarda yana bir ish turi–ayni bir yozma ma’lumot, axborot (bayonnoma, maqola)ni og’zaki (ma’ruza, chiqish) shaklda tayyorlashdir. O’quvchilar og’zaki o’qib eshittirishga mo’ljallangan matn gaplari qisqa, ixcham, lo’nda bo’lishiga, soda gaplar miqdorini ko’paytirishga, gap tarkibida uzundan-uzoq murakkab sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi birikmalarini qo’llamaslikka harakat qiladilar. Gap ustida ishlash og’zaki va yozma nutqni o’stirishning eng muhim tarkibiy qismi bo’lganligi sababli, bu ish uzluksiz ravishda- boshlang’ich sinflardan tortib bitirish imtihonlariga tayyorlanish davrigacha amalga oshirilmog’i kerak.


Download 18.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling