Referat I mavzu: yaxlit pedagogik jarayon reja Pedagogik jarayon tizim sifatida
Download 47.86 Kb.
|
Yaxlit pedagogik jarayon
- Bu sahifa navigatsiya:
- BOSHLANG‘ICH TA‘LIM PEDAGOGIKASI INNOVATSIYA VA INTEGRATSIYASI FANIDAN ,,YAXLIT PEDAGOGIK JARAYON" mavzusida yozgan
- Tayanch so’z va iboralar: Pedagogik jarayon, pedagogic tizim, tarbiya ob’ekti, jadallashtirish, optimallashtirish, tarbiyachi 1. Pedagogik jarayon tizim sifatida.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI MAKTABGACHA VA BOSHLANG’ICH TA’LIM FAKULTETI BOSHLANG’ICH TA’LIM VA SPORT-TARBIYAVIY ISH TA‘LIMI YO‘NALISHI 9-4btu s_19 GURUH TALABASI Istatova Malikabonuning BOSHLANG‘ICH TA‘LIM PEDAGOGIKASI INNOVATSIYA VA INTEGRATSIYASI FANIDAN ,,YAXLIT PEDAGOGIK JARAYON" mavzusida yozgan R E F E R A T I MAVZU: YAXLIT PEDAGOGIK JARAYON Reja Pedagogik jarayon tizim sifatida. Yaxlit pedagogik jarayon haqida tushuncha. Pedagogik jarayon qonuniyatlari Pedagogik jarayon bosqichlari. Ta’lim va tarbiya ob’yekti va subyekti. Yaxlit pedagogik jarayonni jadalashtirish Yaxlit pedagogik jarayonni optimallashtirish. Pedagogik jarayonni harakatlantiruvchi kuchlar. Tayanch so’z va iboralar: Pedagogik jarayon, pedagogic tizim, tarbiya ob’ekti, jadallashtirish, optimallashtirish, tarbiyachi 1. Pedagogik jarayon tizim sifatida. Tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar o’zaro tashkiliy hamkorlikda faoliyat ko’rsatuvchi barcha ko’rinishdagi maktabgacha tarbiya, o’rta umumiy ta’lim maktablari, o’rta maxsus o’quv yurtlari, oliy o’quv yurtlari, maktabdan tashqari tarbiya muassasalarining o’zaro uzviylikdagi tizimi pedagogik tizim deyiladi. Tizim (mustaqil tushuncha sifatida) o’zaro bog`langan ko’plab elementlar (tarkibiy qismlar) o’rtasidagi mustahkam birlik va o’zaro yaxlitlikdir. Demak, ta’lim yaxlit tizim sifatida ko’plab o’zaro bog`liq quyidagi elementlarni o’z ichiga oladi: ta’lim maqsadi, o’quv axborotlari, o’qituvchi va o’quvchilarning ta’limiy faoliyatlari, uning shakllari, pedagogik muloqot vositalari, shuningdek, ta’lim jarayonini boshqarish usullari. Ta’lim jarayoni yaxlit tizim sifatida quyidagicha namoyon bo’ladi o’quvmateriali mazmuni ta’lim metodlari natija O’quvchi faoliyati O’quvchi faoliyati ta’lim maqsadi ta’lim vositalari ta’limning tashkiliy shakllari Ta’lim jarayoni tuzilishining andozasi(modeli) Ushbu tizim sharoitida ta’lim va tarbiya maqsadlarini amalga oshiruvchi jarayon pedagogik jarayon deyiladi. Pedagogik jarayonning rivojlanish dinamikasi uning ichki harakati, tarbiyachi bilan tarbiyalanuvchi o’rtasidagi o’zaro munosabatlar xarakteriga, o’zaro ta’sir kuchiga bog`liq. Pedagogik jarayonni tashkil etishning o’ziga xosligi: tarbiya obhekti bir vaqtning o’zida tarbiya subhekti ham hisoblanadi. O’zaro faollikka asoslangan pedagog va tarbiyalanuvchi o’rtasidagi hamkorlik pedagogik o’zaro ta’sir tushunchasini to’laroq aks ettiradi. Subhekt bilan obhekt o’rtasida turli-tuman aloqalar mavjud: .. Axborotxarakterida(o’zaroaxborotlaralmashinibturish). Tashkiliy faoliyat aloqalari(o’zaro birgalikdagi faoliyat). Kommunikativ aloqalar (muomala, munosabat). Boshqaruv va o’z-o’zini boshqaruv aloqalari.
Download 47.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling