Закрепить панель задач – masalalar panelini “qulflab” qo’yish;
Автоматически скрывать панель задач – masalalar panelini berkitish;
Отображать панель задач поверх остальных окон – маsаlalar paneli boshqa oynalarning ustida ko’rinadi;
Группировать сходные кнопки панели задач – bir hil dasturning tugmalarini guruhlaydi;
Отображать панель быстрого запуска – dasturlarni tez ishga tushiruvchi panelni chiqarish;
Отображать часы – qaydlar sohasida soatni ko’rsatish;
Скрывать неиспользуемые значки – qaydlar sohasidagi ishlatilmayotgan belgilarni berkitish.
Настроить – tugmasi esa qaydlar sohasida chiqishi mumkin bo’lgan belgilarni qanday chiqishi yoki chiqmasligini belgilab qo’yish mumkin (1.10 – rasm).
Shu bandlarning oldida belgi bo’lsa, shu band ishlayotgan bo’ladi. [A-1.129 p]
Menylar tizimida ishlatiladigan shartli belgilashlar:
– agar menyu bandi davomida uch nuqta (...) berilsa, shu band bajarilganda muloqot oynasi ochiladi;
– agar menyu bandi davomida uchburchak () berilsa, shu band bajarilganda qism menyu ochiladi;
– agar menyu bandi kulrang harflarda yozilgan bo`lsa, menyning shu bandi ayni vaqtda faol emasligini bildiradi;
– agar menyu bandi davomida tugma yoki tugmalar kombinatsiyasi ko`rsatilgan bo`lsa, u holda menyning shu bandini menyga kirmasdan turib klaviatura yordamida ko`rsatilgan tugmalarni bosib bajarish mumkin. Bu tugmalar akselerator tugmalar (shortcut keys) deyiladi;
– menyu bandidagi tagiga chizilgan harf tezkor tugma (hot key) deb nomlanadi. Menyu faol vaqtda klaviaturadan shu harfni bosib tegishli buyrug`ni bajarish mumkin;
– agar menyu bandi oldida qalin nuqta (*) yoki (3) belgisi bor bo`lsa, muqobil (alternativ) variantlardan birortasi tanlanganligini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |