Referat ishi Mavzu; Seminar va maruza mashgʻulotlari Reja


Download 19.23 Kb.
bet2/2
Sana22.06.2023
Hajmi19.23 Kb.
#1647819
TuriReferat
1   2
Bog'liq
Munisa

Ikkinchi guruh shartlari ma'ruzachini sifatlariga qaratilgan talablardir:
1. Ma'ruzachi aniq g'oyaviy va ilmiy bilimlarga ega bo'lishi.
2. Ma'ruzachi umumiy va ilmiy, intellektual salohiyatga ega bo'lishi kerak.
3. Ma'ruzachi ma'ruzadagi ma'lumotlarni erkin holda o'zlashtirgan bo'lishi zarur.
4. Ma'ruzachi o'z predmetini chuqur bilishi va ilmiy ijodga qiziquvchan bo'lishi zarur.
5. Ma'ruzachida lektorlik mahorati, bilim va malakalar uzviyligi, bog'liqligi (o'quvchi
talabalar diqqatini o'ziga jalb etish, talabalarni fikrlash faoliyatlarni yo'lga solish va
boshqalar) mavjud bo'lishi kerak.
6. Ma'ruzachida muloqotga kiritish malakalari va tashkilotchilik sifatlari mavjud bo'lishi
kerak.

7. Ma'ruzachini nutqi grammatik va orfoepik jihatdan savodxon va to'g'ri bo'lishi, uning
nutqi aniq, ifodali, tushunarli va auditoriyadagilar uchun eshitilarli bo'lishi zarur.
8. Ma'ruzachini nutq sur'ati (tempi) talabalarga ma'ruzani tushunishlari va asosiy
mazmunni yozib olishlari uchun mos bo'lishi kerak.
9. Ma'ruzachi talabalar bilan xushmuomila va shu bilan birga talabchan munosabatda
bo'lishi lozim.


Uchinchi guruh shartlariga quyidagilar kiradi:
1. Ma'ruza soatlarini to'g'ri taqsimlanishi.
2. O'quv jarayonini o'z vaqtida, sifatli materiallar bilan ta'minlash.
Yuqorida sanab o'tilgan uch guruh shartlari birgalikda amalga oshirilsagina,
hamma talablarga javob beradigan ma'ruzani o'tish mumkin bo'ladi.
Ma'ruza, asosan ijtimoiy fanlarni o'qitish jarayonida qullanmoqda. Ma'ruza
darslarini tashkil etish ancha murakkab va ko'p mehnat talab qiladigan ishdir. Ma'ruza
darsi tajribali, yuksak darajada pedagogik mahorat asosida tashkil etiladi. Ma'ruzadan
faqat fan, o'quv predmeti asoslari borasidagi ma'lumotlar berib qolmasdan, balki
o`quvchilarni ijtimoiy-g'oyaviy jihatdan tarbiyalab borish talab etiladi. Ma'ruza
jarayonida asosiy e'tibor o`quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish,
bilim va faoliyat malakasini oshirishga qaratilgan.
Maktab amaliyotida ma'ruzaning quyidagi turlaridan keng foydalanilmoqda:
ma'ruza-hikoya, ma`ruza-suhbat, ma'ruza-munozara hamda ommaviy ma'ruza.
Ma'ruzalar yozma shaklda ifoda etiladi. Shu bois ma'ruzachi-o'qituvchida ma'ruza
mavzusi yuzasidan reja hamda konspekt bo'lishi lozim.
Ma'ruza umumiy o'rta ta'lim maktablari hamda yangi turdagi o'quv
muassasalarida 45 daqiqalik bir akademik soatdan iborat bo'ladi. Umumiy qoidaga
muvofiq ma'ruza bir dars davomida oxiriga yetkazilmay qolgan bo'lsa, u yangi
mashg'ulotda davom ettiriladi. Har bir mavzu bo'yicha ma'ruza materiallari tushuntirib
bo'lingach, o'quvchilar bilan savol-javob o'tkaziladi. Har bir mavzu yuzasidan
foydalanish lozim bo'lgan adabiyotlar ro'yxati taqdim etiladi.
Download 19.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling