1. Geografiyada tabiat va jamiyat munosabatining asoslari
Iqtisodiy geografiya tom ma’noda (masalan, AQSH-da) qishloq xo’jaligi,
tog’-kon, o’rmonchilik va baliq sanoatidan iborat.
Demak, uning tadqiqot doirasi bevosita tabiyat va tabiiy resurslar foydalanish
bilan bog’liq. Hozir ham tabiiy sharoit va boyliklarga iqtisodiy baho berish,
tabiyatdan foydalanish iqtisodiyoti:
iqtisodiy geografiya fanida muhim o’rinni egallaydi. Fransiyada vujudga
kelgan possibilizm (Fidal de La Blash ) tabiyatga bo’lgan munosabatni biroz
“yumshatilgan” yo’nalishi hisoblanadi.
Ushbu go’ya asosida tabiiy sharoitning undan foydalanish uchun imkoniyat
yaratishi, unga moslashgan va muvofiq holda xo’jalik yuritish yotadi.
Tabiat qonunlari ijtimoiy-iqtisodiyot taraqqiyot qonunlaridan vujudga
kelishi,davomiyligi,tezligi va boshqa jihatlari bilan farq qiladi.
Shu nuqtai nazardan tabiat jamiyat oldida zaif, passivga o’xshab
ko’rinadi.Ammo bu I.V.Michurin aytganidek, “Tabiatdan inom-ehson kutmasdan,
undan ko’proq olish kerak”degan ma’noni bildirmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |