Referat kimyo mavzu: "Oltin gugurtni olinishi, kimyoviy xossalari va birikmalari"
Sulfat kislotaning xossalari va uning amaliy ahamiyati
Download 0.64 Mb.
|
1- Mavzu boyicha mustaqil ish
Sulfat kislotaning xossalari va uning amaliy ahamiyati
Fizikaviy xossalari. Sulfat kislota — og'ir, rangsiz moysimon suyuqlik. Juda gigroskopik. Namlikni yutib, ko'p miqdorda issiqlik chiqaradi, shu sababli suvni konsentrlangan kislotaga quyish yaramaydi — kislota sachrab ketadi. Suyultirish uchun sulfat kislotani oz-ozdan suvga quyish kerak.. Suvsiz sulfat kislota 70% ga qadar oltingugurt (VI) oksidni eritadi. Odatdagi temperaturada u uchuvchan emas va hidsiz. Qizdirilganda tarkibida 98,3% H2S0 4 bor eritma hosil bo‘lgunga qadar S03 ni ajratib chiqaradi. Suvsiz H2S04 elektr tokini deyarli o‘tkazmaydi. Kimyoviy xossalari. Konsentrlangan sulfat kislota organik moddalardan — shakar, qog'oz, yog‘och, tola va hokazo suv elementlarini tortib olib, ularni ko'mirga aylantiradi, Bunda sulfat kislotaning gidratlari hosil boiadai. Shakarning ko‘mirlanishini ushbu tenglama bilan ifodalash mumkin: C 12H 220 n + « H 2S 0 4 = 1 2 C + « H 2S 0 4 ‘ W H 20 Hosil bo‘lgan ko‘mir qisman kislota bilan reaksyaga kirishadi: C+2H2S04=C02+2S02+2H20 Shu sababli savdoga chiqariladigan kislota unga tasodifan tushib qolgan va ko‘mirga aylangan chang hamda organik moddalar tufayli qo‘ng‘ir rangli bo'ladi. Gazlarni quritish sulfat kislotaning suvni yutishiga asoslangan. Uchuvchan bo‘lmagan kuchli H ,S0 4 quruq tuzlardan boshqa kislotalarni siqib chiqaradi. Masalan: NaN03+H2S04=NaHS04+HN03 Lekin, agar H2S0 4 tuzlarning eritmalariga qo'shilsa, u holda kislotalarni siqib chiqarmaydi. Sulfat kislotaning juda muhim kimyoviy xossasi — uning metallarga munosabatidir. Suyultirilgan va konsentrlangan sulfat kislotalar metallar bilan turlicha reaksiyaga kirishadi. Suyultirilgan sulfat kislota standart elektrod potensiallar qatorida vodoroddan oldinda joylashgan metallarni eritadi. Lekin qo‘rg‘oshin sirtida PbS04 pardasi hosil boiadi, u metallni kislota bilan yana reaksiyaga kirishishidan muhofaza qiladi. Standart elektrod potensiallar qatorida vodoroddan keyin turgan metallar suyultirilgan H2S0 4 bilan reaksiyaga kirishmaydi. Konsentrlangan sulfat kislota odatdagi temperaturada ko'pchilik metallar bilan reaksiyaga kirishmaydi. Shu sababli suvsiz sulfat kislotani temir idishlarda saqlash va poiat sistemalarda tashish mumkin*. Lekin qizdirilganda konsentrlangan H2S04 deyarli barcha metallar bilan (Pt, Au va ba’zi boshqa metallardan tashqari, reaksiyaga kirishadi). Bunda u oksidlovchilar sifatida ta’sir etadi, o‘zi esa odatda S 0 2 ga qadar qaytariladi. Bunda vodorod ajralib chiqmaydi, balki suv hosil boiadi. Masalan: Cu+2H2S04=CuS04+S02+2H20 Sulfat kislotada kislotalarning barcha xossalari bor. Sulfat kislotaning ahamiyati. Sulfat kislota anorganik kislotalar, ishqorlar, tuzlar, mineral o‘g‘itlar va xlor ishlab chiqaradigan asosiy kimyo sanoatining muhim mahsuloti hisoblanadi. Turli-tuman maqsadlarda ishlatilishi jihatidan sulfat kislota kislotalar orasida birinchi o'rinda turadi. Uning eng ko‘p miqdori fosforli va azotli o‘g‘itlar olishga sarflanadi. Uchuvchan boimaganligi sababli sulfat kislotadan boshqa kislotalar — xlorid, ftorid, fosfat, sirka kislota va h.k olish uchun foydalaniladi. Uning anchagina miqdori neft mahsulotlarini — benzin, kerosin va surkov moylarini zararli qo'shimchalardan tozalashga sarflanadi. Mashinasozlikda sulfat kislota bilan metallarning sirtini qoplash (nikellash, xromlash va b.) oldidan oksidlardan tozalanadi. Sulfat kislota portlovchi moddalar, sun’iy tola, bo'yoqlar, plastmassalar va ko‘pgina boshqa moddalar ishlab chiqarishda ishlatiladi. U akkumulyatorlarga quyish uchun ham ishlatiladi. Qishloq xo‘jaligida sulfat kislotadan begona oilarga qarshi kurashda foydalaniladi. Sulfat kislota ishlab chiqarishning deyarli barcha sohalarida ishlatiladi, deyish mumkin, «Texnikada sulfat kislota kabi ko‘p ishlatiladigan boshqa, sun’iy ravishda olinadigan moddani topish qiyin, — deb yozgan edi D.I.Mendeleyev «Основы химии» kitobida. — Texnikaviy faoliyat qayerda rivojlangan boisa, o‘sha yerda ko‘p sulfat kislota ishlatiladi». Sulfat kislotaning xalq xo‘jaligidagi ahamiyatini shundan ham bilsa boiadi. Olinishi.Sulfat kislota ikki xil usulda nitroza va kotakt usulda olinadi.Sulfat kislota olishda asosiy xom ashyo pirit (FeS2), metal sulfidlari, oltingugurt hisoblanadi. Bu moddalarning yonishi natijasida SO2 hosil bo’ladi. Agar SO2 ni SO3 ga aylantirishda azot oksidlari(NO2) ishlatilsa sulfat kislota olishning bu usuli nitroza usuli deyiladi: SO2+NO2+H2O = H2SO4+NO Hosil bo’lgan oksidning kislorod bilan ta’siridan yana NO2 hosil boladi.SO3 sulfat kislota eritmasiga yuttirilib, dastlab oleum (H2SO4*SO3) keyin kerakli konsentrasiyali sulfat kislota olinadi. Odatda nitroza usulda olingan sulfat kislota konsentrasiyasi 80 % gacha bo’lib asosan mineral o’g’itlar olish uchun sarflanadi. Hozirgi paytda ko’proq kontakt usuli ishlatiladi.Bu usulda katalizator sifatida V2O5 yoki Pt qo’llaniladi.Bu usulda reaksion aralashmadan fosfor, mishyak birikmalari va boshqa katalizatorni zaharlaydigan moddalardan tozalash shart hisoblanadi. Aralashmada kislorod miqdorining ortirilishi va jarayonni 45O oS da olib boorish orqali reaksiya unumi 95-97 % ga etkaziladi. Bu usulda ham hosil bo’lgan SO3 oleumga yuttiriladi. Sulfat kislotaning eng muhim tuzlari. Natriy sulfati- Na2SO4. Suvdagi eritmalardan Na2SO4*10H2O hosil qilib kristallanadi. Shunday tuz Glauber tuzi deyiladi.Shisha tayyorlashda, soda olishda ishlatiladi. Tibbiyotda surgi sifatida tavsiya etilgan. Magniy sulfati – MgSO4. Dengiz suvida uchraydi .Qon bosimini tushuruvchi modda sifatida tibbiyotda ishlatiladi. Kalsiy sulfati -CaSO4. Tabiatda ko’p miqdorda CaSO4*2H2O- gips holatida uchraydi.150-170 oS gacha qizdirilganda 1,5 molekula suvini yo’qotib, alebastr- CaSO4*O,5*H2O hosil qiladi. Suv bilan qorilganda tezda yana CaSO4*2H2O hosil qilib qotadi. Ana shu xossasidan foydalanib qurilishda quyma buyumlar tayyorlanadi. Jarrohlikda undan singan joylarni ushlab turish uchun doka bilan birga bog’lab qo’yiladi. Mis kuporosi- CuSO4*5H2O. Ko’k kristall modda suvda eriydi. Mis va uning birikmalarini olishda, mineral bo’yoqlar tayyorlashda ishlatiladi. Qishloq xo’jaligida o’simliklarni zamburug’li kasalliklaridan himoyalashda keng qo’llaniladi. BaSO4-amalda suvda erimaydigan modda. Rentgen-kontrast modda sifatida ishlatiladi. Kvaslar. Sulfat kislotaning qo’sh tuzlari hisoblanadi, masalan, kaliy alyuminiyli achiqtosh- K2SO4*Al2(SO4)3* 12H2O yoki qisqartitirilgan holatda KAl(SO4)2*12H2O. Bu tuz tibbiyotda qon to’xtatuvchi modda sifatida tavsiya etilgan. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling