Referat mavzu: Aholining bo’sh turgan mablag’larini tijorat banklariga jalb etish masalalari
TIJORAT BANKLARI DEPOZITLARIGA AHOLI VA XO‘JALIK SUBYEKTLARI BO‘SH PUL MABLAG‘LARINI JALB ETISHNI YANADA RAG‘BATLANTIRISH QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Download 27.7 Kb.
|
Referat mavzu Aholining bo’sh turgan mablag’larini tijorat bank-fayllar.org
3.TIJORAT BANKLARI DEPOZITLARIGA AHOLI VA XO‘JALIK SUBYEKTLARI BO‘SH PUL MABLAG‘LARINI JALB ETISHNI YANADA RAG‘BATLANTIRISH QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Tijorat banklari depozitlariga aholi va xo‘jalik subyektlari bo‘sh pul mablag‘larini jalb etishni yanada rag‘batlantirish, pul mablag‘larini bank aylanmasiga yo‘naltirish, naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini kengaytirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligining tijorat banklari bilan birgalikda ishlab chiqqan Tijorat banklari depozitlariga aholi va xo‘jalik subyektlari bo‘sh pul mablag‘larini jalb etishni yanada rag‘batlantirish qo‘shimcha chora-tadbirlari kompleksi ilovaga muvofiq ma’qullansin. Mazkur qaror ilovasida ko‘rsatilgan Kompleks chora-tadbirlarni belgilangan muddatlarda bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik Markaziy bank, tijorat banklari va boshqa tuzilmalar rahbarlari zimmasiga yuklansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari mijozning birinchi talabiga binoan banklarning barcha filiallari tomonidan aholi omonatlari bo‘yicha naqd pul mablag‘lari berilishini ta’minlash yuzasidan qat’iy nazoratni o‘rnatsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda: Vazirlar Mahkamasining “Plastik kartochkalar asosida hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 24-sentabrdagi 445-son qaroriga muvofiq plastik kartochkalar yordamida to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha terminallar bilan jihozlanishi kerak bo‘lgan chakana savdo va pullik xizmatlar sohasi obyektlari ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqsin hamda kengaytirsin; Toshkent shahri, viloyat va tuman markazlari, viloyatlarga qarashli shaharlardagi savdo hamda to‘lov xizmatlari sohasi obyektlarini bosqichma-bosqich to‘lov terminallari bilan jihozlash jadvalini tasdiqlasin. Belgilansinki, mazkur ro‘yxatga kiritilgan savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi korxonalari tomonidan to‘lov terminallari bilan jihozlash hamda ulardan foydalanish talablariga rioya etilmaganligi nazorat-kassa mashinalarini o‘rnatish hamda foydalanish tartibi, savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzishga tenglashtiriladi, shuningdek ular zimmasiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlik yuklanadi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tuman hokimliklari: savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarida to‘lovlarni plastik kartochkalar orqali qabul qilish bo‘yicha hisob-kitob terminallarining mavjudligi hamda ulardan majburiy ravishda foydalanish ustidan qattiq nazorat o‘rnatsin; Savdo va nazorat-kassa mashinalaridan foydalanish hamda hisob-kitob terminallaridan foydalanish qoidalari buzilishi, shuningdek plastik kartochkalardan foydalangan holda to‘lovlarni qabul qilishdan noqonuniy bo‘yin tovlash holatlari aniqlangan taqdirda aybdor shaxslarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralari qo‘llasin; Savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalar tomonidan to‘lovlarni plastik kartochkalar orqali amalga oshirishda hisob-kitob terminallaridan foydalanish masalalari bo‘yicha tezkor ravishda chora ko‘rish uchun xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banki bilan birgalikda har bir mintaqada mijozlarning arizalarini, shu jumladan “ishonch telefonlari” orqali murojaatlari ko‘rib chiqilishini hamda kelib tushadigan murojaatlarning zudlik bilan tekshirilishini tashkil etsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi bir oy muddatda tovarlar hamda xizmatlarni chek bermasdan sotish, nazorat-kassa mashinalari va hisob-kitob terminallaridan foydalanishning belgilangan tartibini buzganligi uchun chakana savdo subyektlari javobgarligini jinoiy javobgarlikkacha qat’iy kuchaytirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin. «Kreditlar ishlab chiqarish va infratuzilmani rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda zarur manba hisoblanadi. Bo‘sh mablag‘larni jalb qilib, ularni kredit sifatida tadbirkor va investorlarga taqdim etadigan tijorat banklarining iqtisodiy jarayonlardagi roli juda katta. Shu borada ko‘rilgan tizimli choralar natijasida oxirgi ikki yilda banklar tomonidan investitsiya loyihalarini kreditlash ko‘lami sezilarli darajada kengayib, kredit portfeli hajmi 3,2 barobar oshdi. Hududlarni rivojlantirish dasturlari doirasida 6 ming 400 ta loyiha uchun 27 trillion so‘m kredit ajratildi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida. Uy-joy fondini ta'mirlash va turar joy binolarini barpo etishga qaytarish manbalari va imkoniyatlari to‘liq o‘rganilmasdan kredit ajratilishi oqibatida umidsiz qarzlar ko‘paymoqda. Jumladan, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi bo‘yicha katta miqdorda muammoli kreditlar mavjud. Ulardan eng ko‘plari – Toshkent shahrida 32 milliard so‘m, Qashqadaryo viloyatida 27 milliard so‘m, Andijon viloyatida qariyb 20 milliard so‘m va Buxoro viloyatida 14 milliard so‘mdir. Davlatimiz rahbari muammoli kreditlarni qaytarish banklarning imkoniyatlarini yanada kengaytirishini, ularni undirish bo‘yicha banklar, qarzdor korxonalar, kompaniya va uyushmalar, hududlar rahbarlari birgalikda ish olib borishi zarurligini ta'kidladi. Download 27.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling