Referat mavzu: Bag‘rikenglik tushunchasining turli talqinlari haqida. Reja Bag'rikenglik nima?


Download 397 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi397 Kb.
#198259
TuriReferat
Bog'liq
referat bag'rikenglik haqida


Toshkent Viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Tarix va tillar fakulteti 20.1 guruhi talabasi Abdusamatov Sanjar

REFERAT


Mavzu:Bag‘rikenglik tushunchasining turli talqinlari haqida.

Reja


1.Bag'rikenglik nima?

2.Dunyo davlatlarining bag'rikenglik siyosati haqida?

3.O'zbekistonda bag'rikenglik?

4.Xulosa


Bag‘rikenglik tushunchasini ifodalashda adolat va bardosh, e’tiqodlilik kabi muhim va asosiy sifatlarga to‘xtalib o‘tish zarur. Shu bilan birga ba’zi kishilar tomonidan qo‘llanib kelayotgan bag‘rikenglik haqidagi bir yoqlama tushunchani ham muolaja qilish lozim. Chunki bag‘rikenglik faqat bardosh ya’ni boshqa din vakillari tomonidan amalga oshirilayotgan har qanday ishga sabr qilib toqatni mahkam etish deb, baholab ham, ta’riflab ham bo‘lmaydi. Bag‘rikenglikning asosi adolat. Shu ma’noda bag‘rikenglik tushunchasiga qo‘yidagicha ta’rif berish mumkin: Bag‘rikenglik deb, jamiyatdagi qonun – qoidalar va huquqiy normalarni jamiyat a’zolari orasidagi turli din, millat hamda irq vakillari orasida ham birdek adolat bilan qo‘llash, bag‘rikenglik va bardosh jihatdan ushbuni qo‘shish mumkin: ularning diniy yoki ma’lum o‘zlariga xos, qonunga xilof bo‘lmagan harakat va tadbirlariga chiroyli munosabatda bo‘lib, g‘azab yoki nafratni “izhor” qilmaslik deganidir.Bugungi kunda xalqlar va dinlar orasidagi bag‘rikenglik, tolerantlik g‘oyasi dunyoda eng dolzarb masalalardan biridir. Bu borada YUNESKO tomonidan 1995-yil Parijda “Bag‘rikenglik tamoyillari deklaratsiyasi” qabul qilingan. Birlashgan millatlar tashkiloti esa 16-noyabr “Bag‘rikenglik kuni” deb e'lon qilgan.Ko'plab davlatlar bag'rikenglik siyosati yuritib bormoqdalar. Qiynaloyotgan davlatlarga o'z yordamlarini berishyapti. Ko'plab muhojirlarga boshpana beryapti. Bu davlatlarini bag'rikenglik siyosati hisoblanadi. Birgina 2020 yil dunyo ham jamiyatdagi covid 19 inqirozi ko'plab davlatlar bir birlariga bag'rikenglik yordamlarini yubordi. Bir birlarini qo'llab quvvatladi. Bir birlariga yordam berdi. Jaxon davlatlari bag'rikenglik siyosatini birgalikda, tinchlik da yurityaptilar. Bugungi kunda o'zbekiston respublikasining 80% axolisini o'zbekalar, 4.9 % Tojiklar, 3.8% rus, 3.6 % qozoq, 7.7 % boshqa millat vakillari egalaydi. O'zbekistonda 138 tadan ortiq milliy va madaniy markazlar faoliyat yuritmoqda. Asosiy O‘zbek xalqining bag‘rikenglik va olijanoblik fazilatlarining ijtimoiy ahamiyatiO‘zbek xalqining bag‘rikenglik va olijanoblik fazilatlarining ijtimoiy ahamiyati.

Bugungi kunda xalqlar va dinlar orasidagi bag‘rikenglik, tolerantlik g‘oyasi dunyoda eng dolzarb masalalardan biridir. Bu borada YUNESKO tomonidan 1995-yil Parijda “Bag‘rikenglik tamoyillari deklaratsiyasi” qabul qilingan. Birlashgan millatlar tashkiloti esa 16-noyabr “Bag‘rikenglik kuni” deb e'lon qilgan.

Ma'lumki, bag‘rikenglik g‘oyasi - turli millat va elatlar vakillarining bir zamin, bir vatanda olijanob g‘oya va niyatlar yo‘lida hamkor va hamjihat bo‘lib yashashini anglatadi. Qadim-qadimdan milliy qadriyatlarimiz ezgulik g‘oyalariga asoslanib, yaxshilik, tinchlik, do‘stlik kabi fazilatlarga tayanib kelgan. Odamlarni halollik, poklik, mehr-oqibat va bag‘rikenglikka chorlagan.

Mustaqillik sharofati bilan 130 dan ortiq millat va elat vakillari yashaydigan O‘zbekistonda turli millat va elat vakillari farovon yashashi, osoyishta hayot kechirishi uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Etnik munosobatlar va din sohasida olib borilayotgan izchil va oqilona siyosat tufayli mamlakatimizda millatlararo totuvlik, dinlar va konfessiyalararo hamkorlik qaror topdi. Konstitutsiyamizda «O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqyeidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar», degan tamoyilning mustahkamlab qo‘yilishi esa, bu boradagi ishlarning qonuniy asosi bo‘lib xizmat qilmoqda.

Milliy qadriyatlar diniy bag‘rikenglikni rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Tolerantlik - o‘zligini anglagan millat vakillarini boshqa millat vakillarining kamsitishiga yo‘l qo‘ymaslik, ular bilan tinch-totuv hayot kechirishidir. Tolerantlik tuyg‘usi insonning xulq atvori, odob-axloqi, siyosiy-ma'naviy pokligi, o‘z xalqiga va milliy-tarixiy qadriyatlariga munosabatini belgilab beradi. Bu xususiyatlar esa har bir insonda bag‘rikenglik, baynalmilallik tuyg‘ularini uyg‘otadi.Mazkur masalalarni kengroq tushuntirish va bu borada xodimlarning bilim va madaniyatini yanada oshirish maqsadida bugun Iqtisodiyot vazirligida “O‘zbek xalqining bag‘rikenglik va olijanoblik fazilatlarining ijtimoiy ahamiyati” mavzusiga bag‘ishlangan ma'naviyat-ma'rifat soati bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlikning markaziy apparati hamda tasarrufidagi tashkilotlari xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbarining birinchi o‘rinbosari shayx Abdulaziz Mansur, Rus pravoslav cherkovining O‘rta Osiyo okrugi Toshkent va O‘zbekiston Yeparxiyasining vakili Protoiyerey Sergiy Alaxtayev, O‘zbekiston Respublikasi baynalmilal madaniyat markazi raisi Nasriddin Muhammadiyev, Rus madaniyat markazining raisi Aleksandr Aristov hamda Qozoq madaniyat markazining raisi Serikbay Usenovlar O‘zbekistonda bag‘rikenglikka doir ma'ruzalari bilan qatnashdilar.

Tadbirni vazir o‘rinbosari Sh.Fayzullayev ochib berib, birinchi so‘zni Protoiyerey Sergiy Alaxtayevga berdi. S.Alaxtayev o‘z ma'ruzasida bag‘rikenglik tushunchasini Xristian dini nuqtai nazaridan izohlab berib, u, birinchi navbatda, ota-bobolardan qolgan urf-odatlarga tayanishini, agar insoniyat ham madaniy, ham diniy urf-odatlarini saqlab qololmasa, natijada o‘zligini butkul yo‘qotishini aytib o‘tdi.

Navbatdagi so‘z O‘zbekiston Respublikasi baynalmilal madaniyat markazi raisi Nasriddin Muhammadiyevga berildi. Nasriddin Misriddinovich Respublika baynalmilal madaniyat markazi haqida gapirib, bu tashkilot mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning uzoqni ko‘ra bilish siyosati asosida vujudga kelgan tashabbusi bilan 1992-yil 3-yanvarda ta'sis etilganligini, hamda 2017-yilda tashkilotning 25 yilligi nishonlanishini aytib o‘tdi. Shuningdek, “baynalmilal” atamasiga izoh beraturib, bu - “internatsional” so‘zining arab tilidagi tarjimasidan olinganligini va “millatlararo” ma'nosiga egaligini tinglovchilarga tushuntirdi. Notiqning ta'kidlashicha, ushbu markazning vazifasi mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan milliy madaniy markazlar ishini muvofiqlashtirish va ularga amaliy-metodik yordam ko‘rsatishdan iboratdir. Bugungi kunda Respublika baynalmilal madaniyat markazi 140 ga yaqin milliy madaniy markazlar ishini muvofiqlashtirmoqda. N.Muhammadiyev, shuningdek o‘z nutqida respublikada faoliyat olib borayotgan milliy madaniy markazlar bilan birgalikda yil davomida turli tadbirlar o‘tkazilishini, jumladan, bu yil “O‘zbekiston umumiy uyimiz” deb nomlangan do‘stlik va madaniyat festivali oltinchi marotaba tashkil etilayotganligi haqida so‘zlab berdi.



Shayx Abdulaziz Mansur Islom dini bag‘rikenglik dini ekanligi, uning negizida o‘zga din vakillariga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lish g‘oyasi yotganligini aytib o‘tdi. Qaysi bir din bo‘lishiga qaramay, ularning barchasi insonlarni ezgulikka chaqirishini, ammo shunga qaramay turli tajovuzkor kuchlarning qo‘poruvchilik ishlari natijasida bugungi kunda diniy ekstremizm va terrorizm tushunchalari vujudga kelganligini, Alqoida, Xizb ut-Tahrir va ISHID kabi terrorchilik tashkilotlarining tahdidlari haqida to‘xtalib o‘tdi.Tadbirda shuningdek Rus va Qozoq milliy madaniy markazlari rahbarlari ham so‘zga chiqib, markazlarning yurtimizda olib borayotgan faoliyatlari, o‘zaro munosabatlari va madaniy hamkorliklari haqida so‘zlab berdilar.Tadbirning katta qismi suhbat tarzida o‘tkazilib, unda vazirlik xodimlari tomonidan mehmonlarga berilgan savollar muhokama qilindi. Jumladan, yoshlarimizni, kelajak avlodni turli qo‘poruvchilik yo‘llariga kirib qolmasliklari uchun mamlakatimizda qanday ishlar amalga oshirilayotganligi, ushbu yo‘nalishda Internet tizimi imkoniyatlaridan qay darajada foydalanilayotganligi, bugungi kunda yosh oilalarda ajrashish holatlari ko‘p kuzatilayotganligi va bunga qarshi qanday choralar ko‘rilayotganligi, Respublika baynalminal madaniyat markazi faoliyatida oxirgi yillarda qanday o‘zgarishlar bo‘lganligi kabi savollarga atroflicha javoblar berildi.Xulosa Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, bugungi kunda kishilik jamiyati turli etnik hamda diniy nizolar va ziddiyatlar, to‘qnashuvlar girdobi ostida qolgan davrda, bir tomondan, insoniyat o‘zining bir butunligini, ikkinchi tomondan, alohida olingan har bir jamiyatda ichki birlik, totuvlik va hamkorlik bo‘lgandagina mavjud muammolarni hal qilish, yangilari paydo bo‘lishining oldini olish va taraqqiyotni ta’minlash mumkinligini tobora chuqur anglab bormoqda. Shu nuqtai nazardan qaraganda, jamiyatda ijtimoiy bag‘rikenglik muhitini qaror toptirish muhim ahamiyatga ega. Bag‘rikenglik omillarini avvalo oilada farzandlar tarbiyasida ham singdirib borish, o‘sib kelayotgan yosh avlodda Vatan kelajagiga daxldorlik hissi shakllanishiga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

"11 sinf o'zbekiston tarixi"

"Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch"

"Ziyo. net. uz"

"Aniq. uz"



I. Karimov "O'zbekiston mustaqilik ostonasida"
Download 397 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling