Referat Mavzu: Bajardi: Dinning jamiyat hayotida tutgan o’rni


Download 26.71 Kb.
Sana03.11.2019
Hajmi26.71 Kb.
TuriReferat


Referat

Mavzu:
Bajardi:

Dinning jamiyat hayotida tutgan o’rni
Dinning mohiyati va jamiyat hayotida tutgan o’rni ilohiyot va fanda turlicha talqin etiladi. Ilohiyotshunoslar fikricha – din xudo tomonidan o’z payg’ambarlari orqali bashariyat olamiga joriy qilinishi zarur bo’lgan ilohiy qonunlardir. U azaldan insonning xudo bilan aloqa qilish ehtiyojidir.

Din – tabiat, jamiyat, inson va uning ongini, yashashdan maqsadi hamda taqdirini bevosita qurshab olgan, atrof-muhitdan tashqarida bo’lgan, insonni yaratgan, ayni zamonda unga birdan-bir «to’g’ri», «haqiqat» va «odil» hayot yo’lini ko’rsatadigan va o’rganadigan ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarash ta’limotdir.

Dunyoviy, ilmiy nuqtai nazar bo’yicha esa din, ijtimoiy – tarixiy hodisa. Kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotining ma’lum bosqichida paydo bo’lgan ijtimoiy ong shakllaridan biri. Din – muayyan ta’limotlar, his-tuyg’ular, toat – ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon bo’ladigan, odam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tarzi, uni idrok etishning o’ziga xos usuli. Olamda odamlar jamoasi paydo bo’lganidan to bizgacha o’tgan davrlarni ilohiy tasavvurda aks ettirishdir. Dinning nima ekanligi turlicha izohlansa – da, umumiy nuqtai nazar shuki, din ishonmoqlik tuyg’usidir. Bu tuyg’u insonning eng teran va go’zal ruhiy-ma’naviy ehtiyojlaridandir. Darhaqiqat, «dunyoda dini, ishonchi, ehtiqodi bo’lmagan xalq, elat, millat yo’q. Chunki biron – bir xalq dinsiz, e’tiqodsiz, biror – bir narsaga ishonchsiz yashay olmaydi. Shuning uchun har qanday din jamiyatda ma’lum ijtimoiy, ma’naviy, ruxiy va ko’pgina boshqa vazifalarini bajaradi.

Dinning funksiyalari hozirgi dinshunoslik fanida juda keng turli konsepsiyalarga ko’rsatiladi. Din kishilar hayotida o’z qavmlari uchun to’ldiruvchi, ovutuvchi (kopensatorlik) funksiyani bajaradi. Masalan, insonda doimiy ehtiyoj paydo bo’lib turadi. U o’z hayoti, turmush tarzi, tabiat va jamiyat, o’zga insonlar bilan bo’lgan munosabatlari jarayonida hayotiy ehtiyoji, maqsadlariga yetishishi ilojsiz bo’lib qolganda, unda qandaydir ma’naviy-ruhiy ehtiyojga zarurat sezadi. Shu paytda u xudoga, payg’ambarlar, farishtalar, avliyolar 20


ajdodlarining ruhlariga murojaat» qilib, ishonch bilan ulardan madad so’raydi va ko’nglida «Xudo xohlasa yaxshi bo’ladi, dunyo baumed» deb, o’ziga tasalli beradi, o’zini ruhiy-ma’naviy tinchitadi. Dinning to’ldiruvchanlik funksiyasi uning ijtimoiyligida eng asosiy vazifa hisoblanadi va shu bois din o’tmishda ham, hozirda ham jamiyat a’zolari hayotida mustahkam o’rin egallagan. Shu sababdan dindorlar va dindor bo’lmagan odamlar ham dinning kompensatorlik kuchiga ishonadilar, o’zlariga ma’naviy-ruxiy taskin berib qurbonlik qiladilar, chiroq yoqadilar, muqaddas joylarga ziyoratga boradilar, sadaqa beradilar va hokazo.

Ya’ni din insonlar hayotida ma’naviy-ruhiy kuch, odamlarning irodasini, iymonini baquvvat qiladigan omil sifatida jamiyatda xizmat qiladi.

Hozirgi zamon dinshunoslik fanida dinning kompensatorlik funksiyasini bayon qilishda mutaxassislar har xil yondashib, uni «dushespasitelnaya»1 (ya’ni shaxsga nisbatan «jonni qutqazish» , «najot berish», «ruhni baquvvat qilmoq») ma’nolarida ishlatgan. Dinning bu funksiyasini nemis sosiologi M.Veber «smыslopologayuщaya» (ya’ni «mazmunga ega») deb, uni asosiy va hamma dinlar uchun umumiy sifatida e’tirof etadi. Bu funksiyasi odamni «biroz to’xtab, orqaga nazar tashlash», «hayot mazmuni», «ruhni, jonni qutqazish» haqida uylashga vodor qiladi. Irodasi kuchsiz odamlarga taskin beradi, ularning hayot qiyinchiliklarini yengishga psixoterapevtik vosita bo’lib xizmat qiladi2. Dinni tadqiq etuvchilar uni ma’naviy omil sifatida inson hayotiga mazmun baxsh etadi deb, ta’kid qilganlar masalan, Z.Freyd ta’limotining davomchisi va keyinchalik uni tanqid qiluvchisi Shveysariyalik psixolog K.Yung ham shu mavqyeidan turib, dinning funksiyasini tushuntiradi. Uning fikricha din inson hayotini mazmunli qiladi, uning ko’nglini ochadi, yorug’lik beradi, hayotdan bahramand bo’lishga undaydi, insonni narsalar dunyosi ta’siridan, iste’molchilik hirsidan qutqazadi va bugun ham individlarni kundalik hayotlarida ularni doimo himoya qiladi3. Mualliflar dinning madaniyatga nisbatan funksiyasini – «ma’naviy» deb bayon etganlar. Yagona diniy mentalitet madaniyatning asosini tashkil qilib, odamlarning tafakkuri va odobini,

1 Ильин В., А.Кармин, Н.Носович. Религиоведение. Спб, 2008, 35-б.

2 Ўша жойда. с.-36.

3 Юнг К.Р.Архитик и символ. М., 1992, с.-81. 21


munosabatini mehnati, turmush tarziga, ijtimoiy – siyosiy hayotga muayyan qilgan. Diiny ibodatxonalarning ramziy tasviri, xristian cherkovlarining simvolikasi, musulmonlarning madrasa, maqbara va masjidining mo’xtashamligi va rangli go’zalligi odamlarda ulug’vorlik hissiyotini paydo qiladi, ularda go’zallik, mukammallik, buyuklik va sehrlik haqida tafakkurini uyg’otadi, ruhiy-hissiy ta’sir yetkazadi. Butun madaniyatning din zaminida integrasiyasi xususan O’rta asrlarda kuchli ekanligi ma’lum. Shuningdek, G’arbda O’rta asrlarda maktablar cherkov qoshida bo’lgan, kutubxonalar monastirlarda joylashgan eng katta kitoblar xazinasi XII asrdayoq Praga monastirida edi, qo’lyozma kitoblarni monarxlar ko’chirilgan, birinchi slavyan alifbosini monarxlar Kirill va Mifodiylar tuzganlar (IX asr). Birinchi Universitet – Parijda badavlat ruhoniy Sorbonna tomonidan bunyod etilgan. Me’morchilik inshootlarining bezatishida diniy mavzular asosiy o’rin egallagan. Uyg’onish davrining Buyuk rassomlari – Rafael, Mikelanjello, Leonardo da Vinchi, Rembrant, Andriy Rublev va boshqalar diniy binolarning bunyodi va bezashida katta hissa qo’shganlar. Yevropada dastlabki sahna asarlari misteriya va pastorale nomlanib, madaniyati syujetlarni aks etgan. Diniy ibdoat va marosimlarning Yevropada musiqa va qo’shiq aytish bilan o’tkazilishi, ibodatxonalarning haykallar va ikonalar bilan jihozi, musulmonlarning Qur’on qiroati va ibodat qilishdagi chiroyli amallari dindor va g’ayri dindorlarga chuqur ma’naviy-hissiy ta’sir yetkazadi.

Nemis sosiologi M.Veber dinning jamiyatga nisbatan munosabatini deb, «Mirskaya funksiya» bayon qilib, uni uch tipini ko’rsatadi: Birinchidan, dunyoga, hayotga moslashadigan dinlar – konfusiychilik, daosizm; Ikkinchidan, - hayotdan uzoqlashga undaydigan dinlar – hinduizmiylik va buddaviylik; Uchinchidan, - dunyoni o’ziga singdiruvchi dinlar – yahudiylik va nasroniylik. Dinlarning har qaysi tipii hayotiy – dunyoviy funksiyasini o’ziga xos tarzda bajaradi. Ammo bu dinlarning barchasi jamiyatda ijtimoiy tartibni saqlash va tashkillashtirish maqsadida ma’naviy kuch omili bo’lib xizmat qiladi. Yagona e’tiqod kishilarni 22


birlashtiradi1. Islomda bu funksiyani amalda shariat – islom huquqiy – axloqiy kodeksi bajaradi.

1 Ильин В., А.Кармин ва бошқалар. Религиоведение, с.-38.

Dinning yana bir muhim funksiyasi – bu, uning birlashtiruvchiligida (integrasion) funksiyasida namoyon bo’ladi. Har bir din o’ziga e’tiqod qiluvchilarni o’z ta’limotiga amal qilishga undaydi. Ularni o’z ta’limoti doirasida saqlashga harakat qiladi. Har qaysi din hamisha muayyan ijtimoiy, etnik va ma’naviy hayotni o’z ta’sirida tutishga harakat qiladi. Bu ta’sirning muntazamligini ta’minlash maqsadida xalqlarning ijtimoiy hayotiga, axloqiy munosabatlariga, shuningdek, hatto adabiyoti va san’atiga ham ta’sir o’tkazadi.

Dinning integrasion funksiyasi o’tmishda ham, bugungi kunda ham ko’pgina olimlarning diqqat markazida bo’lib kelgan. Darhaqiqat, har qaysi din unda e’tiqod qiluvchilarni o’zining g’oyalari atrofida birlashtirishga harakat qiladi. Ikkinchidan, zamon talabiga binoan va global muammolar yuzaga kelgani bilan dinlararo integrasiya ham kuchayib bormoqda.

Dinning integrasion funksiyasi muhim ijtimoiy ahamiyatga ega. Bu sifat turli tarixiy davrlarda, har qaysi dinda o’ziga xos tarzda namoyon bo’lgan. Masalan, xristianlik yuzaga kelganda uning g’oyalari atrofida dastaval qullar va kambag’allar o’z ruhiy ehtiyojlarini qondirish uchun muttahid bo’lganlar. Bu integrasion jarayon Rim imperiyasining zodagonlarini ham asta – sekin o’ziga tortgan. Bu hodisaning mohiyatini yaxshi fahmlangan imperator Konstantin 313 yil xristianlikni saltanatning rasmiy davlat dini deb e’lon qilgan, o’zi ham uni qabul qilgan. Xristianlik tufaydi Rim imperiyasi birlashgan va kuchli davlatga aylangan. Keyinchalik O’rta asrlarda ko’pgina yevropa davlatlarida, 988 yili rusda ham xristianlik yagona e’tiqodga aylangan, ya’ni o’zining tub ma’noda integrasion funksiyasini bajargan va bugun ham keng ma’noda bajarib kelmoqda.

Yuqoridagi hodisani islom tarixida ham ko’rish mumkin. Uning vujudga kelishi arafasida og’ir iqlim sharoitida yashovchi arab qabilalari parokandalikni boshdan kechirganlar. Muhammad (s.a.v.) faoliyati tufayli ular yagona xudo Alloh g’oyasi ostida muttahid bo’lganlar. 23


Dinning integrasion funksiyasini tadqiq etib, uning jamiyat hayotida abadiy qolishini bashorat qilgan Fransuz sosiologi E.Dyurkgeym, kapitalizm sivilizasiyasining vujudga kelishiga xristianlikning protestantlik yo’nalishi va uning axloqiy normalari turtki bo’lganini aytgan nemis sosiologi M.Veber katta ilmiy ahamiyatga ega1.

1 Радугин F. Введение в религиоведение. М., «Центр», 2000, с.22.

2 Ўша жойда. 46-бет.

Xristianlikning uchinchi, so’nggi yo’nalishi bo’lgan protestantlik (XVI asr) katolisizmdagi ko’pgina ortiqcha diniy ibodat va ko’rsatmalarini isloh qilib, indulgensiyadan voz kechib, diniy erkinlikni keng joriy etishga muvaffaq bo’ldi. Natijada protestantlikni yoqlaganlarning soni ortib bordi, uning lyuteranlik (Martin Lyuter nomidan), kalvinistik (Djon Kalvin) va anglikanlik cherkovlari vujudga kelib jahon bo’ylab yoyilib ketdi. Protestantlik cherkovlari jamiyatda ro’y berayotgan yangi burjua tartiblarni himoya qilardi va Yevropada Refermasiyaga asos soldi.

Dinning jamiyat hayotida tutgan o’rni masalasi bilan ko’proq din sosiologiyasi shug’ullanadi. Sosiologiya mavqyeidan turib dinning ijtimoiy funksiyalari tadqiqi etishda din jamiyat hayotining ajralmas tarkibiy qismi, odamlar uchun zarur ma’naviy-axloqiy kuch ekanligi nuqtai nazardan yondashadi, uni ijtimoiy munosabatlarning vujud kelishi va rivojlanishining omili sifatida tushuntiradi2.

Dinning ijtimoiy funksiyasi haqidagi ta’limotni funksiyaanalizm nisbatan faol tadqiq etadi. Uning namoyandalaridan biri sosiolog E.Dyurkgeyn fikricha din odamlarda ularning axloqiy umumiyligini anglashga yordam beradi, jamiyatni barqarorligini ta’minlaydi. Barqarorlik integrasiya asosida dindorlar, dindor bo’lmaganlar, ijtimoi guruhlar, institutlar, uyushmalar ittifoqi va hamkorligining samarasidir.

Darhaqiqat, har bir din aloqa bog’lashlik funksiyasini bajaradi, ya’ni har bir din o’z qavmlarining birligini, jamiyat va shaxsning o’zaro aloqada bo’lishini ta’minlashga intiladi. Bunda u yoki bu dinga e’tiqod qiluvchi kishilarning o’z 24
dinidagi boshqa kishilar bilan bog’liqlikda bo’lishi, urf-odat, marosim va bayramlarni, ibodatlarni jamoa bo’lib bajarishi nazarda tutiladi.

Tadqiqotchilar dinning dunyoqarash, falsafiy funksiyasi ham mavjud deb qayd etadilar. Bu vazifa – insonga yashashdan maqsad, hayot mazmunini, bu dunyo va narigi dunyo masalalariga o’z munosabatini bildirib turishni o’z ichiga oladi. Bundan tashqari, jamiyat, guruh va shaxs ma’naviy hayotining muayyan sohasi bo’lgan din umuminsoniy axloq me’yorlarini o’ziga singdirib olgan, ularni jonlantirilgan va hamma uchun bajarishi majburiy imperativ xulq-atvor qoidasiga aylantirgan.

Dinshunos olim D.M.Ugrinovichning fikricha dinning ijtimoiy roli uning turli davrlarda jamiyatda tutgan o’rni bilan belgilanadi, chunki zamon va jamiyatda sodir bo’ladigan o’zgarishlarda din ta’sirining darajasi va mavqyei turlicha bo’lishi mumkin. O’rta asrlardagi feodal jamiyatida din jamiyat hayotining hamma soholarini o’z ta’siriga tutgan va ijtimoiy munosabatlarda diniy normalarni qonunlashtirilgan. Osiyoning ayrim mamlakatlarida (Eron, Saudiya Arabistoni) din avvalgidek odamlar hayotida mustahkam mavqyega ega. Kishilar xulq-atvori va ijtimoiy institutlar faoliyatida ta’sir yetkazib turadi. Yevropa va Amerika mamlakatlarida esa sekulyarizasiya jarayoni tufayli dinning roli o’zgargan. Din jamiyatning ko’p sohalaridan xoli bo’lgan va faqat kishilar ma’naviy xatti-harakatlarining sababini ifoda etuvchi omildir1.

1 Угринович Д.М. Введение в религиоведение. М., 1985, с.-55.

Taniqli amerikalik faylasuf va sosiolog E.Fromm o’zining «Psixoanaliz va din» nomli asarida dinning ijtimoiy roliga har tomonlama yondashib, uning gumanistik va avtoritar tamoyillariga e’tibor bergan. Birinchisiga dastlabki buddaviylik, daosizm va Isoi Masehning ta’limotini taaluqli deb topgan. Uningcha, Budda xudo emas, balki ulug’ ustozdirkim «Uyg’onib», ison borligining haqiqatini birinchi bo’lib anglagan. U g’ayri tabiiy kuch nomidan emas, balki aql nuqtai nazaridan har bir kishiga murojaat qilib, o’qtiradiki o’z aqlu farosati bilan haqiqatni bilishiga shaxsan intilsin. Shu bois, Nirvana konsepsiyasi ojiz va gunohkor odam holati bo’lmasdan, insonning to’liq uyg’ongan, o’zligini anglagan 25
holati hisoblanadi. Shuning uchun, buddaviylikda ilohiylikdan ko’ra, insoniylik tamoyillari kuchliroqdir2.

2 Иқтибос юқорида келтирилган А.Радугин китобидан, 57-бет.

Dinning insonparvarlik (gumanistik) tamoyili yoki funksiyasi, shubhasiz insonni ma’naviy-ruhiy shakllantirish orqali amalga oshadi. Bu jihatdan islom ta’limoti ham o’zining insonparvarlik tamyoili bilan jahon dinlari tizimida alohida mavqyega ega. Islomning gumanistik tamoyili uning muqaddas kitobi Qur’oni Karim va hadisda ifodasini topgan. Islom, uning gumanistik g’oyalari inson va jamiyatni ma’naviy poklanishiga yo’l ochadi. Zero, uning ta’limotida ezgulik va insoniylikka da’vat etuvchi, inson ruhiyatiga ta’sir qiluvchi boy va sermazmun o’gitlar bisyor. Jumladan, Yurtboshimiz I.A.Karimov islom dini haqida bunday deb yozgan edilar: «Islom dini… biz uchun ham imon, ham axloq, ham diyonat, ma’rifat ekanligini unutmaylik. Ana shu ma’rifatni kishilarimiz jon-jon deb qabul qiladilar va yaxshi o’gitlarga amal qiladilar. Mehr – oqibatli, nomusli, oriyatli bo’lishga, izzat-ehtirom tushunchalariga rioya etishga harakat qiladilar. Din xalq ma’naviyatining, ma’rifatining yuksalishiga katta hissa qo’shib kelgan ekan, bugungi davlatchiligimiz haqida so’z yuritganda, rejalar tuzganda dinni, eng avvalo, ham milliy, ham umuminsoniy qadriyat sifatida e’tiborda tutishimiz kerak»1. Mana shu ma’noda islom dini tarixiga nazar tashlasak, ko’ramizki, «bu dinni anglash, uni tushunish, tushuntirish, targ’ib va pokligini saqlash borasida asrlar mobaynida ko’p-ko’p bahs-munozara va tortishuvlar, hatto jangu-jadallar ham bo’lib o’tganligini ko’ramiz» - deb ta’kidladi I.A.Karimov Imom Motrudiy tavalludining 1130 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimda so’zlagan nutqida. Darhaqiqat, islom dinining ta’limoti insonparvarlik mohiyatiga ko’ra, insonning hayoti va taraqqiyotini yaxshilash, poklik sari, adolat sari yo’naltirishda, odamlarni millati, tili, dinidan qat’iy nazar, o’zaro ahil, bahamjihat, mehr-oqibatli bo’lib yashashga da’vat etadi.

Islom dining mintaqamiz xalqlari hayotiga kirib kelishi islom qadriyatlarining odamlar ongi va shuuri, turmush tarzidan o’rin olishi bilan shaxs 26


ma’naviyatining shakllanishi va yuksalishida yangi bosqichni boshlab berdi. Chunki «.. Din o’z mazmuni mohiyati bilan azaldan jamiyat taraqqiyotiga, kishilarning tafakkuri va ma’naviyatiga, shu jamiyatga xolisona xizmat qiladigan ma’naviy komil insonlarni tarbiyalashdek sharafli ishga xizmat qilib kelgan»1.

1 Уватов У. Иймон нури. Т., «Ёзувчи», 1996, 4-бет

Qayd qilish joizki jamiyatda integrasion jarayon va barqarorlik, totuvlikni saqlash bilan birga ayrim tarixiy davrlarda jamiyat taraqqiyotining sustlashiga, nizolar kelib chiqishiga, odamlar hayotini xavf ostida qolishiga ham sabab bo’lgan.

Bunga tarixda sodir bo’lgan Salib yurishlari, Fransiyadagi diniy urushlar (XVI) va «Varfolomey kechasi» - gugenotlar (protestantlar) qirg’ini, hinduiylikdagi odamlarni kastalarga bo’linishi, yaxudiylikning yahudiy millatini xudo nazarida tushgan millat deb e’lon qilinishi, shuningdek, hozirgi fundamentalizm va eskterimizmning xavfsizlikka tahdidi kabi hodisalar misol bo’la oladi. Ammo ravshanki bu harakatlar dinning haqiqiy mohiyati bo’lmasdan, ayrim diniy tashkilotlar va ashaddiy aqidaparastlarning qora niyatilari va manfaatlari bilan bog’liq hodisadir.

XX asrning oxirgi choragida Markaziy Osiyo xalqlarining siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy va ma’naviy hayotida ulkan o’zgarishlar sodir bo’lib, mustaqil davlatlar hamdo’stligi vujudga keldi. Bunday sharoitda xalqaro miqyosida dinlarning faollashuvi, ularning siyosiylashib borishi bilan bir qatorda, turli diniy konferensiyalarning insoniyat ma’naviy boyligi ekanligidan foydalanadigan, hokimiyat uchun kurashda qurol sifatida ishlatishga urunuvchi turli diniy haarkatlar yuzaga kela boshladi. Ular o’z g’oyalarini dindorlarga tez singdirish yo’llarini axtarib, ham siyosiy, ham ma’naviy jihatdan turli diniy konfessiyalar o’rtasida qarama-qarshilikni keltirib chiqarish bilan cheklanmasdan, so’iqasd va terror usullarini qo’llanadilar.

O’tgan davr ichida turli ekstremistik diniy uyushmalar milliy xavfsizligimizga, xalqimiz va davlatimiz borqarorligini buzishga harakat qilib ko’rdilar. 27


Bunday harakatlarni boshqaradigan siyosiy kuchlar, diniy tashkilotlar va ularning missionerlari, guruhlar mavjud bo’lib, goh yashirin, goh oshkora faoliyat ko’rsatadilar. Keyingi yillarda terrorizm va diniy eksterimizm bir-biri bilan qovushib ketdi ham. «Islom bayrog’i ostida ro’y berayotgan hodisalar g’oyat xilma-xil, ko’pqirrali, ba’zan ziddiyatli va hatto qarama-qarshi qutbli ekanligiga qaratmoqchiman», - deb yozadi I.A.Karimov «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida» nomli asarida va shu kabi hodisalarni asl mohiyati va maqsadlarini ko’rsatadi1.

1 Каримов И.А. Хавфсизлик ва барқарорлик тараққиѐти йўлида. Т.6, Т.: «Ўзбекистон», 1998, 34-бет.

2 Ўзбекистон Республикасининг 2000 йил 15 декабрда қабул қилинган «Терроризмга қарши кураш қонуни, 2004 йил 30 апрель мазкур қонунга ўзгартишлар киритди ва 06.07.2004 йил кучга кирди».

3 «Халқ сўзи» газетаси, 10 октябрь 2000 йил.

O’zbekiston hukumati terrorchilik va uning diniy eksterimizm shaklidagi noxush hodisalarni o’z vaqtida oldini olish va mamlakatda tinchlik va barqarorlikni saqlash maqsadida zaruriy chora tadbirlarni amalga oshirdi2.

O’zbekistonda tashrif buyurgan Amerika Oliy Islom Kengashining raisi Shayx Muhammad Hishom Qabboniy shunday aytgan edi: «… Islom dini birodarlik, mehr-muhabbat va rahmdillik dini bo’lib, terrorchilik buzg’unchilikning har qanday ko’rinishini rad etadi va keskin qoralaydi. Bugungi kunda namoyon bo’layotgan diniy niqobdagi terrorchilik va turli buzg’unchilik xatti-harakatlarini islom nomidan gapirib, yovuz maqsadlarini oqlashga o’rinishdan o’zga narsa emas»3.

Dinning yana bir muhim funksiyasi – bu uning boshqaruv, odamlar o’rtasidagi munosabatlarni, turmush tarzini tartibga solish va nazorat qilishdan iborat. Din axloqiy va normalarga rioya qilishni talab qiladi va dindorlarni yaxshi fazilatli bo’lishga, diyonatli bo’lishga da’vat etadi. Jamiyat, guruh va shaxs ma’naviy hayotining muayayn sohasi bo’lgan din umuminsoniy axloq ma’yorlarini o’ziga singdirib olgan, ularni jonlantirgan va hamma uchun majburiy xulq-atvor qoidalarsiga anlantirgan. Odamning odamlar bilan hamkorlikda, muloqotda, do’st bo’lib yashashiga ko’maklashgan va hamon ko’maklashib kelmoqda. Shuning uchun dinda xususan, jahon dinlari – buddaviylik, xristianlik va islom ta’limotlarida odob-axloq muammolari juda katta o’rin olgan. Bejis emaski keyingi yillar dinshunosligida jahon dinlarini «ma’naviy dinlar» («duxovnыye religii») deb 28
ataganlar. Shu sababdan din asrlar davomida odamlar ongida ma’naviy qadriyat sifatida singib, jamiyat uchun zarur bo’lgan. Shuning uchun dinni qattiq qilgan. B.Spinoza, dinga umuman ishonmagan buyuk Volter dinni jamiyat va insonlar uchun zarurligini e’tirof etganlar.

Diniy ko’rsatmalar va muqaddas axloqiy qoida va talablar dindorlar tomonidan uzoq yillar davomida yaxlit holda qabul qilindi va jamiyatda odamlar munosabatini tartibga solishga xizmat qilmoqda.

IX asrdan IV asrga qadar tuzilgan «Avesto» diniy mazmunda bo’lishiga qaramay, ma’naviy-axloqiy o’git va tartib qoidalarni bajo keltirishni insonning muqaddas burchi deb e’lon qiladi.

Biroq zardushtiylikda axloqiy tushunchalar insoniy tus berilgan obrazlar shaklida bayon qilinadi. Zardushtiylik ta’limotiga ko’ra «iymonli kishi o’g’rilik va tolonchilikdan, o’zgaralarning mol-mulkiga ko’z olaytirishdan, birovning haqqiga xiyonat qilishdan tikiladigan komil insondir. Tanalaringizga nisbatan qalbingiz haqida ko’proq qayg’uring, ya’ni avvalo ma’naviy dunyoning musaffo bo’lsa, moddiy turmushingiz ham yaxshilanib boraveradi, deydi Ahuramazda o’z o’gitlarida»1.

1 Oqmurodov T. Din va hurfikrlilik tarixi. T., «O’qituvchi», 1995, 54-bet.

Zardusht o’z ta’limotida qabilalar o’rtasidagi nizolarning oldini olish, adolat o’rnanish, g’ayriinsoniy urf-odatlarga, qon to’kilishiga yo’l qo’ymaslik kabi illatlarni bartaraf qilish bilan ezgulik ishlarni amalga oshirishni maqsad qilib olgan. «Yaxshi niyat, yaxshi so’z, yaxshi amallar» shioridan ma’lumki zardushtiylik qadim zamondan oliy ma’naviy qadriyatlarni turli xalqlar ongiga singdirib kelmoqda.

Zardushtiylik ta’limotiga binoan dunyoni azaliy ezgulik bag’riga qaytarishning birdan-bir yo’li – bu, pok hayot, halol mehnat, yaratuvchilik, yovuzlikni qalbidan chiqarib tashlash, iymon – e’tiqodli bo’lish, yetim-yesir va miskinlarga yordam berish hamda yaxshi niyat va yaxshi so’z edi.

Tuproq, suv, havoni bulg’ash, ifloslantirish, eng og’ir gunoh deb belgilangan. Zardushtning xususan, «tarbiya hayotning eng muhim tayanchi bo’lib 29


hisoblanishi lozim, - deb o’qtiradi. Bolalarni nafaqat jismonan barkamol, ayni paytda, ma’naviy jihatdan pok, xush axloqli bo’lishi masalasi ham alohida o’rin tutadi. Ma’naviy – axloqiy tarbiyada bolalarning mehnatsevar, kasb-hunar egasi bo’lishiga, mehnatga inson kamoloti va axloqiy sog’lomligining manbai deb qarashga katta urg’u berilgan. Bularsiz inson rohat-farog’at hayot kechira olmaydi., ezgulik va yaxshilik ishlarining sohibi bo’la olmaydi. Ana shu axloqiy tamoyillar bu dinning keng yoyilishiga yo’l ochib berdi.

Zardusht yashagan zamon urug’-qabilachilik munosabatlari yemirilayotgan, uning o’rnida dastlabki davlatchilik asoslari qaror topayotgan davr edi. Biroq mahalliy-qabilaviy diniy e’tiqodlar jamiyat taraqqiyotidagi bu yangi bosqichning to’la qaror topishiga to’sqinlik qilmoqda edi. Bundan tashqari, zardusht yashagan murakkab davrda o’lkaning turli qabilalarini birlashtirish va ularni ilk markazlashgan davlatchilik g’oyasi atrofida uyushtirish ham zaruratga aylangan edi. Bularning barchasi jamiyat uchun yangi mafkuraga muhtojlikni vujudga keltirgan. Bu muhtojlikni hammadan ko’proq donishmand Zardusht anglab yetgan edi. U inqirozdan qutulish, xalqlar, qabilalarni birlashtirib, yagona davlatchilikka erishishning birdan-bir yo’li yangi din bo’lishi zarurligini anglab yetdi.

Zardushtiylik ta’limoti o’zining ezgulik va insonparvarlik g’oyalari tufayli nafaqat O’rta Osiyo va Eron, balki ko’pgina boshqa hududlarga ham yoyildi. Buni taniqli G’arb olimlari e’tirof qilganlar. Jumladan fransuz olimi Jan Dyushe yozadi: «Osiyoning barcha farzandlari ichidan G’arb birinchi o’rinda Zardushtni o’ziga ma’naviy ustoz qilib tanladi. Uning g’oyalari ISO Masih ta’limotidan ilgari Yunonistonni boyitgan ed. Zardushtni Platon ham bilar edi. Budda va Konfusiylarning ovozlari Yevropaga yetib kelishi uchun ko’p vaqtlar kerak bo’ldi. Shu sababli Zardusht G’arbda Qadimgi Osiyoning yagona donishmandi bo’lib qoldi»1.S.F.Oldenburg esa zardushtiylik o’z davrining «eng oqilona dinidir», deb e’tirof etadi, Yu.A.Rapoportning fikricha «Zardushtiylik o’tmish dinlarining eng kuchlilaridandir. Uning buddaviylik, xristianlik va islomga ma’lum darajada ta’siri bor». (yuqoridagi asar, 32-bet) Darhaqiqat, zardushtiylik zamon talabini,

1 Jo’rayev U., I.Saidjanov. Dunyo dinlari tarixi. 33-bet. 30


odamlarning ma’naviy ehtiyojini to’la qondirgan dinlardan hisoblanadi. Uning ta’limoti kelajakka ishonch bilan qarashni targ’ib etadi va insoniyat tarixida muhim o’ringa ega bo’ldi.

Dinning boshqaruv va jamiyat hayotini tartibga solish (regulyativ) funksiyasi xususan konfusiychilik dinida o’ziga xos tarzda namoyon bo’lib kelgan. Xalqni mavjud tartib-qoidalarni rioya va hurmat qilish ruhida tarbiyalash konfusiychilik dinining asosiy maqsadi edi. Aslida bu falsafiy ta’limot bo’lib, milodning boshlarida uning asosida Xitoyda konfusiychilik dini vujudga keldi1.

1 Jo’rayev U., I.Saidjanov. Dunyo dinlari tarixi. 60-бет.

2 O’sha joyda. 62-бет.

Konfusiychilik ta’limoti markazida inson, uning aqliy va ma’naviy qiyofasi, olamdagi hamda jamiyatdagi o’rni, vazifasi kabi muammolari turadi. Chunki, jamiyatning qanday bo’lishi insonlar xatti-harakatiga ko’p bog’liqdir. Shu bois Konfusiy kamolotga yetish inson idealini (UZYuN-UZ) yaratgan va birga fuqarolar ana shu ideal insonday bo’lishga intilishi zarur deb hisoblagan. Konfusiy tasavvur etgan ideal inson eng muhimi ikki fazilat-insonparvarlik va o’z burchini his etishga ega bo’lishi lozim edi2. Insonparvarlik deyilganda – odamiylik, rahm-shafqatli bo’lish, o’zaro bir-biriga yordam berishga tayyor turish, kamtarlik, adolatli bo’lish, qadr-qimatni hurmatlash, beg’arazlik, insonlarga mehr-muhabbat kabilar tushunilgan.

Burchni his etish deyilganda esa – bilimga intilish, o’tmish meroslarini, marosimlarini hurmat qilish, sadoqatli, ochiq ko’ngilli bo’lish kabilar tushunilgan. Shuning uchun burchni his etish masalasiga axloqiy majburiyat, deb qaralgan.

Konfusiychilikning ideal inson ta’limoti ayni paytda, o’z ichiga «munosib fuqaro» tushunchasini ham oladi. «Munosib fuqaro» deb, har tomonlama an’anaviy va axloqiy komil inson tushuniladi. Ideal inson to’g’rsidagi ta’limot Xitoy jamiyatining barqarorlashuvida, Xitoy xalqi mentalitetining shakllanishida juda katta ijobiy ta’sir yetkazgan. Bu ta’limotga ko’ra jamiyat barqarorligini, taraqqiyotini faqat axloqli va ma’naviyati yuksak shaxslar ta’minlaydi. 31
Konfusiychilik davlat hokimiyatiga yuqori malakali, o’z vataniga sadoqatli, o’z vazifasini vijdonan bajaradigan amaldorlar zarur deb hisoblaydi.

Konfusiy ta’limotiga binoan davlat ishlarida qabul qilinadigan bo’lajak mansabdorlarning ijtimoiy kelib chiqishinidan qat’iy nazar, birinchi o’rinda qobiliyat va etikasi qo’yilishi zarur hisoblanadi. Konfusiychilik Xitoy xalqining ongiga urf-odatiga, turmush tarziga butun singib ketgan, boshqa qo’shni Janubiy Osiyo mamlakatlariga ham ta’siri bor. Shuning uchun taniqli sharqshuno olim L.S.Vasilyevning Xitoy diniy hayoti, jumladan konfusiychilik integrasion kuchi haqida yozganlariga ko’ra, bu ta’limot yuqori ahamiyatga ega. Unda butun Xitoy xalqining milliy madaniyati, ruhiyati, dunyoqarashi, e’tiqodi jamiyat oldidagi burchi ifodasini topgan. Konfusiychilik ijobiy ta’sirini o’zida singdirgan Uzoq Sharq va Janubiy – Sharqiy Osiyo mamlakatlari bugungi taraqqiyoti darajasi bilan dunyoni hayratga solgan1.

1 Васильев Л.С. История религий Востока. М., 1999, 309-бет.

2 Бозоров О., А.Худойқулов. Ахлоқий қадриятлар ва ислом, 13-бет.

Shuni ham qayd qilish joizki fanda axloqiy qadriyatlar dinniki emas, axloq diniy tasavvurlardan oldin paydo bo’lgan va o’z paydoishi jihatidan insoniy hodisa degan qarashlar ham mavjud. Darhaqiqat, «Ilm-fan axloqqa tarixiy hodisa sifatida qaraydi. Chunki axloqiy tartib-qoidalar minglab yillar davomida insoniyat jamiyatining rivojlanishi insoniy munosabatlarning taraqqiyoti jarayonida yaratildi. Shu bilar birga jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichida tarixiy hodisa sifatida paydo bo’lgan din jamiyatda yuzaga kelgan axloqiy tartib-qoidalarga jiddiy ta’sir ko’rsatadi»2. Har holda mualliflarning e’tirof etilishicha, jamiyat tomonidan qabul qilingan va o’zlashtirilgan, foydali bo’lgan axloqiy tartib-qoidalar, garchi diniy aqida sifatida bo’lsa ham, shu jamiyat hayotidagi ijobiy hodisadir.

Din umuminsoniy va milliy qadriyatlarni saqlab qolish hamda avloddan-avlodga yetkazish ishiga yordam berib kelgan va bugun ham odamlarga hayotdagi muammo va qiyinchiliklarni yengib o’tishda ruhiy kuch-quvvat bag’ishlab kelmoqda. Din-ming yillardan beri odamlarda ishonch hissini, ertangi kunga umid hissini mustahkamlab kelmoqda. Prezidentimiz I.A.Karimov hozirgi zamonda 32


dinning insoniyat hayotidagi ahamiyati haqida bunday degan edilar: «Insoniyat murakkab jarayonni boshidan kechirayotgan hozirgi davrda dinning turli xalqlar o’rtasida muloqot o’rnatish, ularni ma’naviy va jihatdan yaqinlashtirish, zulm va zo’ravonlikka qarshi birgalikda kurashga da’vat etish borasidagi ahamiyati beqiyosdir».

Shundan qilib, ma’naviy-ruhiy qadriyat sifatida dinning jamiyat hayotida tutgan o’rni uning funksiyasi ko’p qirralidir. Inson o’zining tub mohiyati bo’lmish ma’naviyligi bilan o’zga jonzotlardan farq qiladi. Buning uchun insoniyat ma’naviyligining bosh negizi bo’lmish diniy ta’limotning insoniy tamoyillariga nazar tashlashi lozim. Chunki «Din odamzotni hyech qachon yomon yo’lga boshlamaydi. Din bu dunyoning o’tkinchi ekanini, oxiratni eslatib turadi, odam bolasini hushyor bo’lishga, harom yo’llardan uzoq yurishga, yaxshi bo’lishga, yaxshi iz qoldirishga undab turadi»1 – deb yozadi I.A.Karimov.
Download 26.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling