Referat mavzu: Banklar va sug‘urta tashkilotlari o’rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishning zamonaviy yo’llari


Banklar va sug’urta tashkilotlari o’rtasidagi munosabatlarni


Download 47.33 Kb.
bet2/4
Sana20.11.2023
Hajmi47.33 Kb.
#1790118
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
Referat Moliya A.Maxkamov MMT 90-2

2. Banklar va sug’urta tashkilotlari o’rtasidagi munosabatlarni
rivojlantirishning zamonaviy yo’llari

Banklar va sug’urta kompaniyalarining o’zaro manfaatli hamkorliga umumiy biznes maqsadlariga erishishga qaratilgan bo’lib, sug’urtaning ipoteka sug’urtasi, avtosug’urta, bank va bank faoliyati sug’urtasi, lizing operatsiyalari sug’urtasi kabi turlarini rivojlantirish asoslarini mustahkamlaydi. Bundan tashqari sug’urta kompaniyalarining tijorat banklari bilan o’zaro manfaatli hamkorligi banklarning aktsiyadorlik kapitali va kredit resurslarini kengaytirish hamda banklarning bevosita risklari, shu jumladan, mijozlarni yo’qotishdek risklarning oldini olishga ko’mak beradi.


Shunday ekan, bugungi kunda sug’urtalovchilar va tijorat banklarining hamkorlik yo’nalishlarini rivojlantirish istiqbollari belgilash muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan kichik va o’rta biznesni, jismoniy shaxslarni kreditlash dasturlari doirasida mijozlarga xizmat ko’rsatish xarajatlarini kamaytirishning samarali yo’llaridan biri, bank bilan sug’urta kompaniyasi o’rtasidagi hamkorlikning yangi texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat. Bunday texnologiyalarga quyidagilar asos bo’ladi:
- sug’urta hujjatlarini rasmiylashtirishni soddalashtirish;
- elektron hujjatlar aylanishini joriy etish;
- kollektiv sug’urtalash sxemalarini joriy etish;
- sug’urtachilar bilan banklarning umumiy brend bo’yicha mahsulotlar yaratishi.
Ipotekani kreditlashni sug’urtalashda titulni sug’urtalashni yo’lga qo’yilishi maqsadga muvofiqdir sababi, titulni sug’urtalash shartnomasi kvartira egasining huquqlarini unga bo’lgan egalik huquqini yo’qotish xavfidan himoya qiladi. Masalan, agar oldi-sotdi bitimini rasmiylashtirish vaqtida xatoga yo’l qo’yilgan bo’lsa va shuning oqibatida bitim haqiqiy emas, deb topilsa, sug’urtalovchi qo’ldan ketgan kvartiraning bahosini to’laydi. Bu esa o’z navbatida sug’urtalovchi va mijoz o’rtasidagi munosabatlarning yaxshilanishi hamda mijozning boshqa sug’urta turlariga bo’lgan qiziqishning oshishiga olib keladi.
Sug’urta munosabatlarida baholovchi juda kata ahamiyat kasb etmoqda Shu sababli sug’urta sohasida sug’urta tashkilotlari uchun faliyat yuritayotgan aloxida baholvchilar aniqrogi adjaster va syurveyerlar faoliyatini yulga quyib ular faoliyatini rivojlantirishga intilish lozim. Albatta bu juda katta mexnat va sarfxarajatni talab qiladi.
Hozirgi kunda banklar, sug’urta tashkilotlari va iqtisodiyotning real sektoridagi korxonalar o’rtasidagi hamkorlikni yaqqol ko’rsatib beradigan strategiya agrosanoat majmui korxonalariga beriladigan kreditni sug’urtalashdan iborat. Sug’urta kompaniyalarini rivojlantirishning muhim yo’nalishlaridan biri, agrosanoat majmuiga qarashli korxonalarni kompleks sug’urtalashni yaxshi yo’lga qo’yishdan iborat bo’lishi mumkin.
Hozirgi kunda jahon bozorida polislar quyidagi kanallar orqali sotilmoqda:
 To’g’ridan-to’g’ri sotish orqali
Agentlar orqali
 Brokerlar oraqali
 «bancassurance» orqali
 Baoshqa yo’nalishlar orqali
Bancssurance kontseptsiyasi banklarning tijorat jarayonlari bilan sug’urta kompaniyalarining integratsiyasini, yagona axborot tizimini yaratish, sug’urta polislarini sotuvchilarni o’qitish va sotilgan ish hajmi uchun mukofotlashning samarali uslublarini qo’llashni o’z ichiga oladi. Bank tarmog’ida sug’urta faoliyati odatda bank jarayonlari bilan bog’liq bo’lgan mahsulotlarni sotishdan boshlanadi. Ya’ni, hayotni sug’urtalash dasturlari, bank va kredit bitimlarini sug’urtalash (garovga qo’yilgan mulkni sug’urtalash, iste’mol kreditini sug’urtalash, kredit kartochkalarini sug’urtalash kabi). Hayot sug’urtasi mahsulotlarini sotish bilan banklar o’zlarining uzoq muddatli foydalanishga yo’naltirilgan aktivlari ulushlarini oshirishga muvaffaq bo’ladilar. Sug’urta risklarini birlamchi qabul qilishda ularni ikkilamchi, uchlamchi va hokazo tartibda qabul qilish munosabatlari, ya’ni qayta sug’urtalashning taraqqiy etganligi katta ahamiyat kasb etadi. Qayta sug’urtalashning mamlakat miqyosida rivojlanganligi, sug’urta munosabatlarining iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga kirib borishiga hamda sug’urtalovchilar to’lov qobiliyatining barqaror bo’lishiga ta’sir ko’rsatuvchi omil hisoblanadi.


Download 47.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling