Referat mavzu: biznes sub’ekti va strukturasi qabul qildi: Murodova M. Bajardi: Jahongir N


Kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlari (“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonun asosida)


Download 227.39 Kb.
bet5/5
Sana25.12.2022
Hajmi227.39 Kb.
#1064947
TuriReferat
1   2   3   4   5
Bog'liq
J.Narzullayev 93-2-guruh Biznes sub’ekti va strukturasi

Kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlari (“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonun asosida)



Kichik biznes sub’yektlari

Yakka tartibdagi tadbirkorlar




Мikrofirmalar

Ishlab chiqarish
tarmoqlari

Xodimlarning oʻrtacha yillik soni
koʻpi bilan 10 kishi

Savdo, xizmat koʻrsatish va noishlab chiqarish sohasining
boshqa tarmoqlarida

Xodimlarning oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan 5 kishi



Kichik korxonalar

Sanoat soxasida

Xodimlarning oʻrtacha yillik soni
koʻpi bilan 40 kishi

Qurilish, qishloq ho’jaligi va boshqa
ishlab chiqarish tarmoqlarida

Xodimlarning oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan 20 kishi

Fan, ilmiy xizmat кo’rsatish, chakana savdo va noishlab chiqarish soxasining
boshqa tarmoqlarida

Xodimlarning oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan 10 kishi



O’rta tadbirkorlik sub’yektlari

O’rta korxonalar

Sanoatda

Xodimlarning oʻrtacha yillik soni
kami bilan 41 kishi, koʻpi bilan 100 kishi

Qurilishda

Xodimlarning oʻrtacha yillik soni
kami bilan 21 kishi, koʻpi bilan 50 kishi

Qishloq ho’jaligi, boshqa ishlab chiqarish tarmoqlari, ulgurji savdo, umumiy ovqatlanish
tarmoqlarida

Xodimlarning oʻrtacha yillik soni kami bilan 21 kishi, koʻpi bilan 30 kishi

Chakana savdo, xizmat ko’rsatish sozasi va noishlab chiqarish soxasining boshqa
tarmoqlarida

Xodimlarning oʻrtacha yillik soni kami bilan 11 kishi, koʻpi bilan 20 kishi








Yakka tartibdagi tadbirkorlar

Kichik korxonalar








Biznes huquqi subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish


Oʻzbekistonda biznes subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartib-qoidalarini soddalashtirish, davlat roʻyxatidan oʻtkazish jarayo- nida maʼmuriy toʻsiqlarni kamaytirishga alohida eʼtibor qaratildi. Biznes subyektlarini “bir yoʻla” prinsipi boʻyicha davlat roʻyxatidan


oʻtkazish va hisobga qoʻyish joriy etildi. 2003-yildan tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish bilan bir paytda biznes faoliyati bilan shugʻullanish uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tizimi yoʻlga qoʻyildi. 2006-yilda roʻyxatdan oʻtkazishning xabardor qilish tartibi joriy etildi.



2011-yil mamlakatimizda Birinchi Prezident Islom Karimovning tashabbusi bilan “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” deb eʼlon qilindi. OʻzR Prezidentining 2011-yil 7-fevraldagi PQ-1474-son qarori bilan “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturi tasdiqlandi.


Biznes subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishdan maqsad nima?
Maqsad quyidagilardan iborat:
-xoʻjalik munosabatida alohida shaxs faoliyat koʻrsatayotgan- ligining qonuniyligini tasdiqlash;
-biznes subyektlarini hisobga olish;
-biznes subyektlari reyestrini yuritish;
-biznes subyektlarining huquqiy, mulkiy va tashkiliy holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni jamlash.
Fuqarolik kodeksining 44-moddasida yuridik shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi, davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqidagi maʼlumotlar esa barchaning tanishib
chiqishi uchun ochiq boʻlgan yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritilishi belgilangan.
Yuridik shaxsni tashkil etishning qonunda belgilab qoʻyilgan tartibini buzish yoki uning taʼsis hujjatlari qonunga mos kelmasligi yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazishning rad etilishiga sabab boʻladi. Davlat roʻyxatidan oʻtkazishning xabardor qilish tartibi belgilangan yuridik shaxslarni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Yuridik shaxsni tashkil etish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan uni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi. Davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish, shuningdek roʻyxatdan oʻtkazish muddatini buzish ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab tashkil etilgan hisoblanadi. Yuridik shaxs qonunda belgilangan hollardagina qayta roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim. Shuningdek, biznes subyektlari uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, rasmiylashtirishning bosqichma-bosqich roʻyxatdan oʻtkazish prinsipiga oʻtish va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishdagi byurok- ratik toʻsiqlarni olib tashlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi “Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun roʻyxatdan oʻtkazish tartibotlari tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 357-son qarori qabul qilinib shu qaror bilan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida Nizom” tasdiqlandi. Mazkur qaror asosida biznes faoliyati subyektlarini rasmiylashtirish va davlat roʻyxatidan oʻtkazishda birinchidan, rozilik beruvchi tashkilotlar soni keskin qisqartirilishi, ikkinchidan, barcha kelishib olish tartibotlari biznes subyektlarini amaldagi qonun hujjatlariga rioya qilgan holda roʻyxatdan oʻtka- zadigan faqat bitta tashkilot doirasida amalga oshirilishi taʼminlanishi belgilandi. Tuman (shahar) hokimliklari huzurida Tadbirkorlik sub- yektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyalari tashkil etildi. Bundan tashqari, biznes faoliyatini tashkil qilish uchun maʼmuriy sarf- xarajatlarni kamaytirish, biznes subyektlarini davlat roʻyxatiga olish va hisobga qoʻyishdagi byurokratik toʻsiqlar va gʻovlarni bartaraf etish yoʻli bilan yanada qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida

Oʻzbekiston

Respublikasi

Prezidentining 2006-yil

24-maydagi

“Tadbirkorlik

subyektlarini

davlat roʻyxatiga olish

va hisobga

qoʻyishning xabardor qilish tartibini joriy etish toʻgʻrisida”gi PQ-357- son qarori qabul qilinib “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatiga olish va hisobga qoʻyishning xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom” tasdiqlandi. Mazkur qarorda asosan 2006-yilning 1-sentyab- ridan boshlab biznes subyektlarini davlat roʻyxatiga olishning xabardor qilish tartibi oʻrnatilib, biznes subyektlarini davlat roʻyxatiga olish, tegishli ravishda, yustitsiya organlari yoki tuman (shahar)lar hokim- liklari huzuridagi Biznes subyektlarini roʻyxatga olish inspeksiyalari tomonidan bir vaqtning oʻzida ularni soliq va statistika organlarida hisobga qoʻygan holda amalga oshirilishi, ariza — xabarnomani bergan paytdan boshlab biznes subyektini davlat roʻyxatiga olib, unga davlat roʻyxatiga olinganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani berishgacha oʻtadigan muddat koʻpi bilan ikki ish kunini tashkil etishi belgilandi. Shu bilan birga, bu boradagi ishlar muntazam ravishda takomillashtirib borildi. Masalan, “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturiga muvofiq hamda biznes faoliyatini keng rivojlantirish uchun qoʻshimcha qulay shart-sharoitlar yaratish, biznes subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish va xarajatlarini kamaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011- yil 12-maydagi “Tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish va davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1529-son qarorini alohida qayd etib oʻtish lozim. Bundan tashqari, qator qonun hujjatlarida ham biznes subyektlarini davlat roʻyxatiga olishning oʻziga xos xususiyatlari koʻrsatib oʻtilgan. Masalan, “Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi, “Xususiy korxona toʻgʻrisida”gi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquq- larini himoya qilish toʻgʻrisida”gi, “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi va boshqa qonunlar shular jumlasidandir.
Xususiy korxanalar oʻzlarining mustaqil balanslariga, muhriga, hisob-kitob varagʻiga ega boʻladilar. Ular oʻzlari joylashgan joydagi tuman (shahar) hokimligida tegishli tarzda roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab yuridik shaxs maqomini oladilar. Yuridik shaxs maqomini olmasdan turib yakka tartibdagi biznes bilan shugʻullanish uchun tuman (shahar) hokimiyati tomonidan ruxsatnoma olinadi. Dav- lat soliq idoralari bunday shaxslarga ular roʻyxatdan oʻtkazilganligi va yuridik shaxs maqomini olmasdan turib biznes faoliyati bilanshugʻullanish huquqi berilganligi toʻgʻrisida OʻzR Moliya vazirligi belgilagan shakldagi guvohnomani taqdim etadilar.
Davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi va yuridik shaxs tashkil etmasdan turib, masalan, avtomobillarga transport xizmati koʻrsatish, suratkashlik, qurilish, uylarni taʼmirlash va obodonlashtirish, toʻylar va turli tantanalar vaqtida sanʼatkorlik va musiqiy xizmat koʻrsatish, mulkni (binolar, uylar, xonalar va avtomobillardan tashqari) ijaraga berish va shu kabi biznes faoliyati bilan shugʻullanish huquqi borligi toʻgʻrisidagi guvohnoma tegishli fuqaroning belgilangan miqdordagi soliqni toʻlaganidan soʻnggina beriladi.
Fuqarolik kodeksidan maʼlumki, yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab tashkil etilgan hisoblanadi. Yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uni tashkil etishdagi soʻnggi bosqichdir. Lekin bunga qadar xoʻjalik yurituvchi subyektlar tashkil etilishida bir qancha bosqichlar bosib oʻtilishi lozim.
Dastlab muassislar oʻzlarining umumiy yigʻilishlariga toʻpla- nadilar. Ana shu yigʻilishda ular oʻzlarining mulklarini birlashtirish asosida aniq maqsadlarga erishish yoʻlidagi barcha harakatlar doirasini belgilab oladilar, taʼsis hujjatlarini ishlab chiqib, ularni imzolaydilar va qaror qabul qiladilar. Xoʻjalik huquqi subyektini tashkil etish – bu tashkilot va shartnomaviy birlashmalarga huquqiy maqom berish uchun yuridik ahamiyatga molik boʻlgan barcha hujjatlarni qabul qilishga qaratilgan harakatlar majmuidir.
Xoʻjalik huquqi subyektlarini tashkil qilish taʼsis-farmoyish, taʼsis va shartnomaviy-taʼsis usullariga boʻlinadi.
Taʼsis-farmoyish usul bilan asosan davlat mulkiga asoslangan korxonalar tashkil qilinadi.
Taʼsis etish usuli bilan bitta shaxs ishtirokidagi tashkilot tuzilishi mumkin. Uning faoliyati xususiy mulkka asoslangan boʻladi.
Shartnomaviy taʼsis usuli bilan ikki yoki undan ortiq taʼsischilar tomonidan oʻzlarining mulkiy ulushlarini birlashtirish asosida taʼsis shartnomasini tuzish yoʻli bilan xoʻjalik yurituvchi subyekt faoliyatining yoʻnalishlari belgilanadi va tuziladi. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab yuridik shaxs maqomiga ega boʻladi va bu yuridik fakt huquqiy munosabatni belgilovchi ahamiyatga egadir. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni yuridik shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:

  1. Ariza. Dastlab tegishli shaxs ariza taqdim etadi. Arizada tashkil etilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyekt toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlar (xoʻjalik yurituvchi subyektning nomi, yuridik manzili, rahbarning ismi, sharifi, nizom jamgʻarmasining miqdori, muassislar, ularning nizom jamgʻarmasidagi ulushlari, davlat roʻyxatidan oʻtkazishni soʻrab murojaat etgan shaxsning ismi-sharifi) keltiriladi. Ariza bilan taʼsischining oʻzi murojaat etishi shart emas, balki uning nomidan notarial tasdiqlangan ishonchnoma asosida vakil qilingan shaxs ham murojaat qilishi mumkin.

  2. Taʼsis hujjatlarining notarial tasdiqlangan ikki asl nusxasi. Davlat korxonalari negizida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun notarial tasdiqlangan taʼsis hujjatlari talab etilmaydi. Taʼsis hujjatlarining asl nusxalari davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizaga ilova qilinadi.

  3. Xoʻjalik yurituvchi subyektning pochta manzilini tasdiqlovchi hujjat. Fermer, dehkon xoʻjaliklari, davlat korxonalari negizida tashkil etiladigan aksiyadorlik jamiyatlari bundan mustasno.

  4. Davlat bojining yoki roʻyxatdan oʻtkazish yigʻimining belgilangan miqdori toʻlanganligi toʻgʻrisidagi bank toʻlov hujjati. Dehkon xoʻjaliklari, davlat korxonalari negizida tashkil etiladigan aksiyadorlik jamiyatlari bundan mustasno.

  5. Belgilangan tartibda shaxsga hokimlikning vakolatli organlari tomonidan berilgan firma nomi toʻgʻrisidagi guvohnoma, muhr va shtamp eskizlari (3 nusxada).

Yakka tartibdagi tadbirkorlik (YATT) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxati” hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 28-martdagi PF- 3588-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “Xalq badiiy hunarmand- chiliklari va amaliy-bezak sanʼati buyumlari asosiy turlarining yangilangan roʻyxati” boʻyicha belgilangan faoliyat turlarini amalga oshirishi mumkin.
Yakka tadbirkor qatʼiy belgilangan soliq va sugʻurta badallarini toʻlaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 375-moddasiga
asosan, yakka tadbirkor kalendar oyida ishlagan kunlari sonidan qatʼi nazar, qatʼiy belgilangan soliq biznes faoliyatining turi va soliq toʻlovchining faoliyatni amalga oshirish joyiga qarab belgilangan stavkalar boʻyicha toʻlanadi. Demak, YATT uchun davlat xizmatlari agentligiga ariza (agentlik tomonidan beriladi), 3x4 hajmli 2 ta surat, davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisida hujjat (davlat boji eng kam ish haqining bir barobari miqdorida), pasport nusxasini taqdim etish kerak.
Biznes faoliyati subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tegishli davlat organi tomonidan “bir darcha” prinsipi boʻyicha va, qoida tariqasida, xabardor qilish asosida, qonun hujjatlarida belgilan- gan tartibda amalga oshiriladi (“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi yangi tahrirdagi qonunning 13-moddasi).
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 24-maydagi “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatiga olish va hisobga qoʻyishning xabardor qilish tartibini joriy etish toʻgʻrisida”gi PQ-357- son qaroriga muvofiq, biznes faoliyatini tashkil qilish uchun maʼmuriy sarf-xarajatlarni kamaytirish, biznes subyektlarini davlat roʻyxatiga olish va hisobga qoʻyishdagi byurokratik toʻsiqlar va gʻovlarni bartaraf etish yoʻli bilan yanada qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida 2006-yilning 1-sentyabridan boshlab biznes subyektlarini davlat roʻyxatiga olishning xabardor qilish tartibi oʻrnatildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatishni hisobga olgan holda Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portali faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2012-yil 30-dekabrdagi 378-son qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlangan boʻlib, internet tarmogʻida https://my.gov.uz manzilida Yagona portal davlat organlari tomonidan koʻrsatiladigan, shu jumladan pulli asosda koʻrsatiladigan interaktiv davlat xizmatlaridan erkin foydalanishning yagona nuqtasi joriy etildi. Bugungi kunga kelib, ushbu Yagona portal orqali interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatish qatoriga yuridik shaxs, jismoniy shaxslar uchun biznes subyektlari tashkil etish uchun onlayn tarzda ariza yuborish orqali roʻyxatdan oʻtish tartibi va xizmatlari keng yoʻlga qoʻyilgan.
Download 227.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling