Referat mavzu: Bolalar mexnati to’g’risida bajardi: gurux rahbari


Download 57.94 Kb.
Sana20.01.2023
Hajmi57.94 Kb.
#1105314
TuriReferat
Bog'liq
болалар мехнати



Samarqand Siyob Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat Salomatligi texnikumi
REFERAT

MAVZU: Bolalar mexnati to’g’risida

BAJARDI: __________________________
GURUX RAHBARI: _________________

Samarqand-2022
Bolalar mexnati to’g’risida
138-Konventsiya Ishga kabul kilish uchun eng kichik yosh tugrisidagi 1973 yilgi Konventsiya
(kiskacha mazmuni)
Konventsiya, uni ratifikatsiya kilgan davlatlarga bolalar mexnatini batamom bekor kilishni ta’minlashga yunaltirilgan va ishga kabul kilish uchun eng kichik yoshni usmirlarning tula jismoniy va akliy rivojlanish darajasiga mos keladigan yoshgacha boskichma-boskich oshirishga yunaltirilgan milliy siyosatni amalga oshirish majburiyatini yuklaydi.
Ushbu konventsiyani ratifikatsiya kilgan davlat xududi doirasida va xududida ruyxatga olingan transport vositalarida ishga kabul kilish uchun eng kichik yosh majburiy maktab ta’limini tugallash uchun zarur bulgan yoshdan kam bulmasligi kerak va xar kanday xolda un besh yoshdan kam bulmasligi zarur.
Konventsiya koidalariga binoan uz xususiyati yoki amalga oshiriladigan sharoitiga kura usmir sog’ligi, xavfsizligi yoki ma’naviyatiga ziyon yetkazishi mumkin bulgan xar kanday ish turiga yoki yollanma ish turiga kabul kilish uchun eng kichik yosh un sakkiz yoshdan kam bulmasligi kerak.
Konventsiya koidalari xech bulmaganda kuyidagi soxalarda kullanilishi lozim: shaxta va karьerlarda; ishlov berish sanoatida; kurilishda; elektr, gaz va suv ta’minoti xizmatlarida; sanitariya-texnik xizmatida; transport, omborlar va aloka xizmatida; ekinzorlar va tijorat maksadlari uchun maxsulot ishlab chikaradigan boshka kishlok xujaligi korxonalaridagi ishlarda, ammo maxalliy iste’mol uchun maxsulot ishlab chikaradigan, doimiy ravishda yollanma mexnatkashlardan foydalanmaydigan oilaviy va kichik xujaliklar bundan mustasno.
Ushbu Konventsiya bolalar va usmirlar tomonidan umumta’lim maktablari, kasb-xunar va texnika ta’limi yoki boshka ukuv muassasalarida bajariladigan ishlarga yoki kamida un turt yoshda bulgan shaxslar tomonidan vakolatli xokimiyat organlari - ish beruvchilar va mexnatkashlarning tegishli tashkilotlari bilan, agar bunday tashkilotlar mavjud bulsa, maslaxatlashilgandan sung - belgilab kuygan shartlarga muvofik korxonalarda bajaradigan ishlarga nisbatan va kuyidagilarning tarkibiy kismi xisoblanadigan ishlarga nisbatan kullanilmaydi:

  1. asosiy mas’uliyat maktab yoki kasbiy tayyorgarlik muassasasi zimmasida bulgan ta’lim yoki tayyorgarlik kursining;

  2. asosan yoki butunlay korxonada amalga oshiriladigan, vakolatli xokimiyat organi tomonidan ma’kullangan kasbiy tayyorgarlik dasturining;

s) kasbni yoki kasbiy tayyorgalik turini tanlashni yengillashtirishga karatilgan kasbga yunaltirish dasturlarining.
Ayni paytda milliy konun xujjatlari un uch yoshdan un besh yoshgacha bulgan shaxslarga yengil ishlarda ishlashga yoki yollanib ishlashga ruxsat etishi mumkin, agar bu:



  1. ularning sogligi va rivojlanishi uchun zararli bulmasa;

  2. ularning maktabga katnashiga, ularning vakolatli xokimiyat organlari tomonidan tasdiklangan kasbga yunaltirish, yoki ularning olgan ukuvlaridan foydalanish layokatiga zarar yetkazmaydigan bulsa.



Milliy konun xujjatlari kamida un besh yoshda bulgan, lekin majburiy maktab ta’limini tugallamagan shaxslarga, mazkur moddaning "a" va " b " kichik bandlari talablariga rioya etish sharti bilan ishlashga yoki yollanib ishlashga ruxsat etishi mumkin.
Mazkur Konventsiya XMTning asos soluvchi Konventsiyalaridan biri bulib, u Uzbekiston Respublikasi tomonidan 2008 yilning 4 aprelida ratifikatsiya kilingan.
Mexnat kodeksining 77-moddasiga binoan ishga kabul kilishga. un olti yoshdan yul kuyiladi. Un besh yoshga tulgan shaxslar ota-onasidan birining yoki ular urnini bosuvchi shaxsning yozma ravishdagi roziligi bilan ishga kabul kilinishi mumkin. Yoshlarni mexnatga tayyorlash uchun umumta’lim maktablari, urta maxsus, kasb-xunar ukuv yurtlarining ukuvchilarini ularning sogligiga xamda ma’naviy va axlokiy kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan, ta’lim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishni ukishdan bush vaktida bajarishi uchun - ular un besh yoshga tulganidan keyin ota-onasidan birining yoki ota-onasining urnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga kabul kilishga yul kuyiladi.
Uzbekiston Respublikasining 2007 yilda kabul kilingan "Bola xukuklarining kafolatlari tugrisida gi Krnunida un sakkiz yoshga tulgunga kadar bulgan shaxs bola deb xisoblanishi belgilab kuyilgan.
Uzbekiston Respublikasining "Ta’lim tugrisida”gi Konuni bilan barcha bolalar uchun 12 yillik majburiy ta’lim tizimi joriy etilgan bulib, bu bilan voyaga yetmaganlar mexnat bozoriga kirib kelishining oldi olingan.
Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2008 yil 12 sentyabrdagi 207-sonli karori bilan "Ishga kabul kilish uchun eng kichik yosh tugrisidagi Konventsiyani xamda Bolalar mexnatining ogir shakllarini takiklash va yuk kilishga. doir shoshilinch choralar tugrisidagi Konventsiyani amalga oshirish buyicha Milliy xarakatlar rejasi" tasdiklanib ushbu konventsiyalarni amalga oshirishga oid kushimcha choralar xamda nazorat va monitoring mexanizmlari belgilab berilgan.
Voyaga yetmaganlar urtasida nazoratsizlik va xukukbuzarliklarni profilaktika kilish soxasidagi munosabatlarni tartibga solish maksadida 2010 yilning 29 sentyabrida Uzbekiston Respublikasining "Voyaga yetmaganlar urtasida nazoratsizlik va xukukbuzarliklarning profilaktikasi tyG’risida"gi Konuni kabul kilindi (URK 263-son).
Ushbu Konunga binoan xamda voyaga yetmaganlarning xukuklari, erkinliklari va konuniy manfaatlari ximoyasini ta’minlash borasida voyaga yetmaganlar ishlari buyicha komissiyalar rolini yanada kuchaytirish maksadida Vazirlar Maxkamasining 2011 yil 17 yanvardagi 13-sonli "Voyaga yetmaganlar urtasida nazoratsizlik va xukukbuzarliklarning profilaktikasi tyG’risida"gi Karori kabul kilindi.
Uzbekiston Respublikasi Xalk ta’limi, Oliy va urta-maxsus ta’lim vazirliklari xamda "Kamolot" yoshlar ijtimoiy xarakati tomonidan 2008 yilning 3 noyabrida "Ishga kabul kilish uchun eng kichik yosh tyG’risidagi Konventsiyani xamda Bolalar mexnatining 0G’x shakllarini takiklash va yuk kilishga doir shoshilinch choralar tyG’risidagi Konventsiyani ta’lim tizimida amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar tyG’risida”gi kushma karori (№01-04/ 340,_№43, №322) kabul kilinib amalga oshirilmokda.
Ukuvchilar kontingentini saklash va ularning davomati uchun ta’lim muassasalari raxbarlarining shaxsiy javobgarligi belgilab kuyilgan.
Urta maxsus kasb-xunar ta’limi markazining 2009 yil 25 fevraldagi 44-sonli BuyruG’i bilan urta maxsus kasb-xunar ta’limi muassasalarida ukuvchilarning ukuv mashG’ulotlari davomati ustidan monitoring olib borish buyicha yuriknoma tasdikdangan va doimiy monitoring utkazish guruxi tashkil etilgan.
Majburiy yoki ixtiyoriy boʼlishidan qatʼi nazar, maʼlum mehnat turlarida voyaga yetmagan shaxslar mehnatidan foydalanish taqiqlanadi.

“Voyaga yetmaganlarning mehnatidan foydalanishga yoʼl qoʼymaslik boʼyicha talablar toʼgʼrisida” Nizomning 4-bandiga koʼra, belgilab qoʼyilgan normadan ortiq ogʼir yuk koʼtarish va tashish bilan bogʼliq boʼlgan ishlarda 18 yoshga toʼlmagan shaxslar mehnatidan foydalanishga yoʼl qoʼyilmaydi.


Bolalar koʼtarishi mumkin boʼlmagan ogʼirlik normalari 18 yoshga toʼlmagan shaxslar koʼtarishlari va tashishlari mumkin boʼlgan ogʼir yuk normalarining chegarasini belgilash toʼgʼrisidagi nizomni tasdiqlash toʼgʼrisidagi Qarorda belgilangan (Qarang: Voyaga etmagan shaxslar qanchagacha yuk koʼtarishi mumkin?).


Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksning 49-1-moddasiga koʼra, voyaga yetmagan shaxslarning mehnatidan foydalanishga yoʼl qoʼymaslik toʼgʼrisidagi talablarni buzgan, voyaga yetmagan shaxs mehnatidan uning sogʼligʼi, xavfsizligi yoki axloq-odobiga ziyon etkazishi mumkin boʼlgan ishlarda foydalangan shaxslarga nisbatan eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solinadi. Аgar bu majburiy mehnatga jalb etish huquqbuzarligi bilan birgalikda sodir etilsa, ogʼirlashtiruvchi holat hisoblanib, koʼriladigan jazo choralari shunga muvofiq yanada kuchaytiriladi.


Demak, qonunchilikka koʼra, voyaga yetmagan shaxslarning yuqorida belgilangan normalardan ogʼir yuk koʼtarish bilan bogʼliq ishlarga jalb etilishi, xoh oʼzlarining xohishlariga koʼra boʼlsin, xoh majburan jalb etilsin, qonunga xilof hisoblanadi va bunday mehnatga jalb qilgan shaxs javobgarlikka tortiladi.


Qonunchilikda qishloq xoʼjaligi mahsulotlarini yetishtirishda va yigʼishtirib olishda oʼquvchi va talabalar mehnatidan foydalanishni tartibga soluvchi qoidalar toʼplami mavjud. Mavzu boʼyicha barcha huquqiy normalardan yaxshi xabari boʼlmagan odam bu qoidalar toʼplamini goʼyoki bolalarning paxtaga olib chiqilishini tartibga soluv hujjatdek qabul qilishi mumkin. Аslida, bunday emas. Chunki bolalarning paxta terishi bir necha huquqiy normalarga asosan Oʼzbekistonda taqiqlanadi.


Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Sogʼliqni saqlash vazirligi 2009 yil 26 iyunda qabul qilgan “Oʼn sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qoʼllanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlari roʼyxati”da oʼn sakkiz yoshga toʼlmagan shaxslarning paxtani qoʼlda terish ishlariga jalb etilmasligi belgilangan. Demak, qishloq xoʼjaligi mahsulotlarini yetishtirishda va yigʼishtirib olishda oʼquvchi va talabalar mehnatidan foydalanishni tartibga soluvchi qoidalar toʼplami paxta terish ishlariga tatbiq etilmasligi maʼlum boʼladi. Chunki paxtani qoʼlda terish ishlari voyaga yetmagan shaxslar uchun noqulay mehnat sharoitlari roʼyxatiga kiritilgan.


Hujjatda qishloq xoʼjaligi ishlarining turlari haqida maʼlumot berilmagan. Qoidalarda bu hujjatning Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʼrib chiqish va ishlab chiqish toʼgʼrisida”gi (Oʼzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʼplami, 2000 y. , 7-son, 39-modda) va “Mehnatni muhofaza qilish boʼyicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish toʼgʼrisida”gi (Oʼzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʼplami, 2010 y. , 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq ishlab chiqilgani aytiladi.


Hujjatdagi 12-qoidaga koʼra, Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 77-bandiga muvofiq, ishga qabul qilishga oʼn olti yoshdan yoʼl qoʼyilishi taʼkidlangan. Аyni paytda yoshlarni mehnatga tayyorlash uchun umumtaʼlim maktablari, oʼrta maxsus, kasb-hunar oʼquv yurtlarining oʼquvchilari, ularning sogʼligʼiga hamda maʼnaviy va axloqiy kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan, taʼlim olish jarayonini buzmaydigan (Taʼkid Tashabbusniki) yengil ishlarni oʼqishdan boʼsh vaqtida bajarishlari uchun — ular oʼn besh yoshga toʼlganidan keyin ota-onasidan birining yoki ota-onasining oʼrnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilinishi belgilangan. Demak, voyaga yetmagan shaxslarni bunday ishlarga jalb qilish shartlaridan biri shuki, bunday mehnat bolalarning taʼlim olish jarayonini buzmasligi kerak, yaʼni ular har kuni maktab, kollej yoki akademik litseyga darsga borishi va darsdan soʼng uy vazifalarini qilish uchun qoʼshimcha, bizning hisobimizga koʼra, taxmimnan 1-2 soat vaqtga ega boʼlishi, shundan soʼng vaqti qolsa, chiqishi mumkin.


Yana bir jihati, bunday ishlarga chiqish uchun avvalambor, voyaga yetmagan shaxsning oʼzi rozi boʼlishi va qatnashishni xohlashi kerak. Аsk holda, bu majburiy mehnat boʼlib qoladi. Majburiy mehnat esa yuqorida aytib oʼtganimizdek, Mehnat kodeksi va boshqa bir qator qonuniy hujjatlar asosida taqiqlanadi. Bundan tashqari, voyaga yetmagan shaxsning ota-onasi mehnat ishlariga qatnashishga norozi boʼlsa, bola oʼzi xohlagan taqdirda ham ishtirok eta olmaydi. Demak, taqiqlanmagan qishloq xoʼjaligi ishlariga voyaga yetmagan shaxslar, avvalo, oʼz ixtiyorlari bilan, soʼng ota-onalarining roziligi bilan jalb qilinishi mumkin.


18-yoshga-to'lmaganlar-2Oʼzbekiston Respublikasi Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh toʼgʼrisidagi Konventsiya, Zoʼrlab ishlatish yoki majburiy mehnat toʼgʼrisidagi Konventsiya, Bolalar mehnatining ogʼir shakllarini taqiqlash va yoʼq qilishga doir shoshilinch choralar toʼgʼrisidagi Konventsiyalarni ratifikatsiya qilgan va 2008 yil 12 sentyabrda Vazirlar Mahkamasi “Oʼzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh toʼgʼrisidagi konventsiyani hamda bolalar mehnatiing ogʼir shakllarini taqiqlash va yoʼq qilishga doir shoshilinch choralar toʼgʼrisidagi konventsiyani amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” Qaror qabul qilgan. Mazkur qarorga koʼra, yuqorida aytilgan ikki konventsiyani ratifikatsiya qilish munosabati bilan undagi normalarni milliy qonunchilikka tatbiq qilish uchun Milliy Harakat Rejasi (bundan keyin MHR- Tashabbus izohi) ishlab chiqilgan.


MHRning 20-bandi 1-qismida 2008 yil sentyabrь, keyinchalik har yili –– avgustda paxta yigʼim-terimi ishlarida umumtaʼlim maktablari oʼquvchilarining majburiy mehnatidan foydalanishga yoʼl qoʼymaslik yuzasidan joylarda monitoring olib borish uchun ishchi guruh tashkil etilishi kerakligi belgilangan. 20-band 2-qismiga koʼra esa, har yili — avgust-noyabrь oylarida paxta yigʼim-terimi ishlarida umumtaʼlim maktablari oʼquvchilarining majburiy mehnatidan foydalanishga yoʼl qoʼymaslik yuzasidan joylarda monitoring olib borilishi kerak.


20-band 3-qismida har yili —‎‎ 10 sentyabrь, ‎‎10 oktyabrь, ‎10 noyabrya, ‎10 dekabrda monitoring natijalari toʼgʼrisidagi tahliliy maʼlumotnoma tegishli takliflar bilan birga Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi lozimligi va bu ishga Xalq taʼlimi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari masʼul ijrochilar ekani belgilangan.


MHR 20-bandidagi “umummtaʼlim maktablari” iborasiga alohida eʼtibor berish lozim. Chunki umumtaʼlim maktablari oʼquvchilari 15-16 yoshgacha boʼlgan bolalardan iborat boʼlib, undan keyingi taʼlim bosqichi hisoblangan akadamik litsey va kasb-hunar kollejlari talabalari umumtaʼlim maktab oʼquvchilari qatoriga kirmaydi. Аmmo ularning aksariyati 18 yoshga toʼlmagan shaxslardir. Hujjatda qoʼllangan soʼzlarga tayanadigan boʼlsak, MHR akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining 18 yoshga toʼlmagan talabalarini majburiy mehnatga jalb etilmaslik haqidagi qonuniy norma himoyasi bilan taʼminlamayapti. Bu esa MHRning voyaga yetmagan shaxslar mehnatini tartibga soluvchi boshqa huquqiy normalarga zid ekanini anglatadi. Аslida hujjat matnida “umumtaʼlim maktablari oʼquvchilari” emas, 18 yoshga toʼlmagan yoki voyaga yetmagan shaxslar atamasi qoʼllanilishi lozim edi. Xalqaro huquq normalariga koʼra, 18 yoshga toʼlmagan va emansipatsiya qilinmagan har qanday voyaga yetmagan shaxs bola hisoblanadi.


Yuqorida tilga olingan xalqaro konventsiyalar ijrosini taʼminlash yuzasidan Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2012 yil 26 martda ham “Oʼzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan zoʼrlab ishlatish yoki majburiy mehnat toʼgʼrisidagi konventsiyani hamda bolalar mehnatining ogʼir shakllarini taqiqlash va yoʼq qilishga doir shoshilinch choralar toʼgʼrisidagi konventsiyani 2012-2013 yilllarda amalga oshirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar haqida” Qaror qabul qildi. Qarorga koʼra, qabul qilingan Konventsiyalarni milliy qonunchilikka tadbiq qilish uchun 2012-2013 yillarda amalga oshirilishi rejalangan Qoʼshimcha Tadbirlar Rejasi (bundan keyin Tadbirlar Rejasi) qabul qilindi.


Mazkur Tadbirlar Rejasining 14-bandida avvalgi MHRda yoʼl qoʼyilgan xatolik toʼgʼrilab ketilgan. Unga koʼra, umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari oʼquvchilarining majburiy mehnatidan foydalanishga yoʼl qoʼymaslik uchun joylarda monitoring olib borish va nazorat qilish belgilangan. Demak, mazkur band 18 yoshdan yuqori, ammo akademik litsey yoki kollej talabasi boʼlgan shaxslarni ham majburiy mehnatdan himoyalashni koʼzda tutadi.
Tadbirlar Rejasining 18-bandiga muvofiq, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Bosh prokuratura, Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari har yili avgust-oktyabrь oylarida paxta yigʼim-terimi ishlarida umumtaʼlim maktablari oʼquvchilarining majburiy mehnatidan foydalanishga yoʼl qoʼymaslik uchun joylarda monitoring olib borishi hamda Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar bilan birgalikda monitoring natijalari toʼgʼrisida batafsil tahliliy maʼlumotnoma kiritishi lozim. Demak, oʼquvchilarning paxta terimiga jalb etilmasligini taʼminlovchi huquqiy normalarning qanday ijro etilayotganini yuqorida tilga olingan idoralar kuzatib borishlari lozim. Bu borada yoʼl qoʼyilgan qonunbuzarliklar haqida shikoyat qilib fuqarolar bevosita mazkur idoralarga murojaat etishlari mumkin. Bu idoralar oʼz navbatida bu haqda maʼlumotnoma tayyorlab, Vazirlar Mahkamasiga taqdim etishi lozim.
Аmmo qizigʼi shundaki, 18-bandda avvalroq tilga olingan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari nomi yana tushib qolgan. Yuqorida taʼkidlanganidek, 18 yoshga toʼlmagan barcha shaxslar voyaga yetmaganlar hisoblanib, bolalar huquqlarini himoya qiluvchi xalqaro va milliy qonunchilik himoyasiga olingan.
Milliy Harakat Rejasi hamda Tadbirlar Rejasining ahamiyatli jihati shundaki, ularda Oʼzbekiston paxta yigʼim-terim ishlarida bolalar mehnatidan foydalanish majburiy mehnat turiga kirishi tan olingan hamda bunga qarshi tegishli choralar koʼrilishi belgilangan. Tadbirlar Rejasida, shuningdek, umumtaʼlim maktablari oʼquvchilari, akademik litsey yoki kasb-hunar kolleji talabalarini majburiy mehnatga jalb etmaslik alohida taʼkidlangan. Demak, nafaqat voyaga yetmagan, balki 18 yoshdan katta, lekin akademik litsey yoki kasb-hunar kolleji talabasi boʼlgan shaxslarni paxta yigʼim-terim ishlariga majburan olib chiqish qonunga muvofiq taqiqlanadi.


Download 57.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling