Referat mavzu: Bozor riskini baholashda "Zararsizlik nuqtasini aniqlash"
Bozorlarda faoliyat yuritish bilan bog`liq risklarni hisobga olish va baholashning ahamiyati
Download 30.44 Kb.
|
Moliya 1
Bozorlarda faoliyat yuritish bilan bog`liq risklarni hisobga olish va baholashning ahamiyati.
Bozor risklarini aniqlash ishlarini olib borishdagi izchillik bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan jarayon bo`lib, ular quyidagilarni o`z ichiga oladi: - muammolarning qo`yilishi; - kerakli ma`lumotlarni yig`ish va tahlil qilish; - baholash usullarini tanlash va ularni qo`llash; - bozor bahosiga ta`sir etuvchi omillarni tahlil qilish; - bozor risklarini faoliyatga ta’siri va uni jilovlash yuzasidan belgilangan shaklda hisobot tuzish. Bozor riskini baholashdan maqsad, eng avvalo, riskning oldini olishdir. Qaror qabul qilayotgan shaxs yuz berishi mumkin bo`lgan noxush voqealarning oqibatini yaqqol tasavvur etishi kerak. Bu uning keyingi harakatlarini belgilab beradi. Riskni baholashda xodimlari o`z ishlarini amalda joriy qilishlari uchun riskni oldini olish taktika va strategriyasini ishlab chiqishlari kerak. Bozor risklarini baholash, odatda, bir-birini to`ldiruvchi ikki turga, ya`ni: - risk turlarini, uni vujudga keltiruvchi omillarni va risklarni pasaytirish bo`yicha tashkiliy chora-tadbirlarni aniqlash maqsadini ko`zlovchi sifat tahlili; - loyiha risklarini sondagi ifodasini loyiha ko`rsatkichlari orqali hisoblash imkonini beruvchi miqdoriy tahlilga bo`linadi. Bozor risklarni tahlil qilish va baholashdan maqsad loyihaga ta`sir etuvchi risk turlarini aniqlab, ularni pasaytirish chora-tadbirlarini va usullarini qo`llashdan iboratdir. Bozor uchun korxonada baholashning har bir bosqichi quyidagi pog`onalarga bo`linadi: korxonaning to’liq baholash predmetini aniqlash; baholash vaqtini belgilash; baholanishining maqsad va vazifalarini aniqlash; baholanishning turlarini aniqlash; buyurtmachi va baholovchi manfaatlarini himoyalash. Korxonaning tashkiliy-huquqiy va qisqartirilgan nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, hisobga olingan joyi, joylashgan yeri, ishlab chiqarish tarmog`i, ishlab chiqariladigan mahsulotlarning asosiy turlari va hokazolar korxonaning tavsifnomasiga kiradi. Agar baholanayotgan korxona sho`ba korxona bo`lsa yoki qaram korxona bo`lsa, asosiy yoki ustun korxonani aniqlab olish zarur. Baholash predmetini aniqlash, ya`ni korxonada baholash mumkin bo`lgan barcha mulkiy huquqlar, aksionerlik jamiyatining aksiyalari kapitaliga egalik huquqi, korxona ustav kapitalida qatnashuvchilar ulushi, korxona aksiyalari paketiga egalik huquqi va boshqalar korxonani baholashning eng muhim bosqichlaridan hisoblanadi. Shunday qilib, qisqa qilib aytganda, baholash predmeti – bu baholanadigan mulkiy huquq turlaridir. Qiymatning bahosiga xavf-xatarning (risknning) ta`sir ko`rsatishi kelajakda daromad olishga o`z ta`sirini ko`rsatadi. Shuningdek, har qanday ob`ektning baholash jarayoniga talab va taklifning ta`siri bo`ladi. Agar talab taklifdan yuqori bo`lsa, unda xaridorlar maksimal narxni berishga tayyor. Talab narxining yuqori chegarasi tadbirkorning bu korxonani boshqarishdan oladigan daromadi bilan belgilanadi. Bu tabiiy imkoniyatlari cheklangan soha uchun xarakterli hisoblanadi. Bundan ma`lum bo`ladiki, ehtiyojning ortishi holati xom ashyo ishlab chiqaradigan tashkilotlarda narxning yuqori chegarasiga nisbatan yaqin bo`ladi. Ayni vaqtda talabning taklifga nisbatan ortishi ba`zi tarmoqlarda yangi tashkilotlarni paydo bo`lishi ham mumkin. Bu, o`z navbatida, ular sonining ortishiga olib keladi. Keyinchalik bu tashkilotlarning narxi ancha pastlashi mumkin. Bozor riskini baholash xalqaro tajribada korxona baholash faoliyatining bir turi bo`lib, turli – tuman bozor holatlarida unga extiyoj seziladi. Ular quyidagilardir: - inqirozga uchragan korxonani sotish uchun baholash; - normal ishlayotgan aksionerlik jamiyati o`z aksiyalarini qanday summaga sotish huquqiga egaligini aniqlash uchun baholash; - xususiylashtirilayotgan korxonani baholashda; - aksionerlik jamiyatlarni sotib olish narxlarini hisoblashda. Bozor riskini baholashning ikki predmeti bor: - mulk formalari turli bo`lgan korxonalarni baholash, bunday baholash ularning moddiy va nomoddiy aktivlarini baholash ishiga asoslanadi; - kelajakda kutilayotgan taxminiy foydani ta`minlovchi mulkka egalik qilish huquqi, texnologiyalar va aktivlar “biznes liniya”ni baholash majmui hisoblanadi.
Download 30.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling