Referat Mavzu: Dastlabki davrlarda psixalogya fanining rivojlanishi Bajardi: Tekshirdi


V-XI asrlarda Yevropa psixologiyasining rivojlanishi


Download 74.89 Kb.
bet3/3
Sana14.03.2023
Hajmi74.89 Kb.
#1268361
TuriReferat
1   2   3
Bog'liq
O’RTA ASRLARDA PSIXALOGIK FIKRLARNI RIVOJLANISHI

3. V-XI asrlarda Yevropa psixologiyasining rivojlanishi. Butun
O‘rta asr tarixi mobaynida, undan keyingi vaqtlarda ham, falsafa
va psixologiyada iroda erkinligi haqidagi tortishuv juda katta o‘rin
egalladi. Bu masala bo‘yicha V asrdayoq ikkita oqim – determinism va indeterminizm paydo bo‘lgan.

Deterministlar (lotinchadan determinare — belgilamoq) inson


irodasi ham, dunyodagi hamma narsalar singari, sababiyat qonuniga
bo‘ysunadi, binobarin, insonning barcha irodaviy harakatlari ham erkin emas, balki zaruriyat bilan, o‘z sabablari bilan belgilanadi, deb ta’lim berdilar.

Indeterministlar, aksincha, inson irodasi va uning xatti-harakatlari


har qanday sababiyatdan xoli hamda zaruriyatga bog‘liq emas, deb
ta’lim berdilar. Indeterminizm sof idealistik ta’limot edi.

Determinizmda esa idealistik tendensiyalar ifodalangan edi. Umumiy va mavxum tushunchalar haqidagi masala ham iroda erkinligi haqidagi masaladan kam tortishuvlarga sababchi bo‘lmaydi. Bunda ikki oqim – realistlar bilan nominalistlar o‘rtasida tortishuv ketadi.


Realistlar — umumiy tushunchalar (≪universaliyalar≫ o‘sha vaqtda
shunday deb atashardi) real, obyektiv xolda mavjuddir va inson aqlida
yakka narsalarga bog‘liq bo‘lmagan holda aks etadi, deb da’vo qildilar.

Shunday qilib, realistlar faqat Platonning narigi dunyo ideya (g‘oya)


lar dunyosi haqidagi, har bir kishi aqlidagi bu g‘oyalaming tug‘ma
ekanligi haqidagi ta’limotini takrorladilar, xolos. Realizm ilk bora 0 ‘rta asrlar falsafasida hukm surdi. O‘rta asrlarning ravnaq topish davrida (taxminan 1250-yillar) Foma Akvinskiy mo‘tadil realizm gfcoyasini avval surdi. Universaliyalar Xudoning fikrlashida, yakka narsalarda va inson tafakkuridagi abstraksiya tarzida mavjud bo‘ladi. Ammo tugab borayotgan O‘rta asrlarda birinchi o‘ringa nominalistlar, masalan, Okkam va keyinroq Lyuter ko‘tarildi.


F. Akvinskiy hayoti: Foma Neapol shahri yaqinidagi Akvino
qishlog‘ida dunyoga keldi. U Monte Kassino benediktchilar monastirida
tarbiyalandi, Neapol universitetida tahsil oldi. Ota-onasining istagiga
qarshi o‘laroq, u yaqinda tashkil qilingan ≪Dominikanlik≫ ordenining
monaxi bo‘ldi. Uning otasi graf Landolf Akvinskiy qirol Fridrix II
saroyida ritsar bo‘lgan.
Foma Neapol dorilfununining tayyorlov kulliyotida falsafa va
mantiq ilmini o‘rgandi. U 17 yoshida Parijga jo ‘nadi va uch yil
davomida o‘z davrining nihoyatda mashhur olimi Buyuk Albert fon
Bolshtedt qo‘lida tahsil oldi. Foma 1249—1251-yillarda ustozi Buyuk
Albertga ergashib, Kyoln shahriga boradi va u yerda talabalarga
ilohiyotdan saboq beradi. 1252-yilda esa Parijga qaytadi va Parij
dorilfununida yirik ilohiyotchi olim sifatida ish boshlaydi. Oradan
ko‘p o‘tmay shogird ustozidan o‘zib ketadi. Foma Buyuk Albertni
yo‘lda qoldirib, o‘z ilmi bilan hammani hayratga soldi. Dunyoning
turli burchaklaridan ko‘plab nasroniy o‘spirinlar uning huzuriga
oqib kela boshlashadi. 0 ‘ta muloyimligi va yuvoshligi uchun
Fomaga ≪farishta doktor≫ deb nom berishgan.
Foma 1272-yili Italiyaga jo‘naydi va qadrdon Neapol dorilfununida
ilohiyotdan dars bera boshlaydi. Shunisi hayratlanarli-ki, bu ilohiyotchi
olimning ilmiy asarlari lug'ati qariyb 13000000 atamadan iborat. Bu
raqamning salmog‘ini anglab yetishingiz uchun mana bu dallilarga
diqqat qiling:
— rus tili ilmgohining ma’lumotlariga qaraganda, rus tilida jami
440000 ta so‘z mavjud:
— sermahsul ijodkor A.S.Pushkinning asarlarida jami 60000 ta so‘z
ishlatilgan.
20 yoshida Foma Parij universitetiga tahsil olish uchun yo‘l old;
va ma’lum vaqt Kyolnda bo‘lgach, bu yerga yana tahsilni davom
ettirish uchun qaytib keldi. 1245-1248-yillarda u xristianlik bilan
aristotelizmni birlashtirish ustida ish olib borgan Albert Buyukning
qo‘lida tahsil oldi.
Foma bir umr ishlab va o'qib o‘rganish uchun sayohat qilib
yashadi. U 50-yilgina umr ko‘rganiga qaramay juda ko‘p asarlar
yaratdi. U 1323-yilda o‘limidan so‘ng 49-yil o‘tib cherkov tomonidan
ilohiylashtirildi. 1879-yilda uning ta’limoti Rim katolik cherkovining
rasmiy falsafasi sifatida tan olindi.
Fomaning eng mashhur asarlari bo‘lib, ≪Teologiya summasi≫ va
≪Katolik e’tiqodining majusiylikka qarshi haqiqatlari summasi≫ nomli teologiya bo‘yicha darsliklari hisoblanadi. Bu katta va tez yozilgan asarlarga qo‘shimcha ravishda u falsafiy va teologik mazmunda juda ko‘p asarlar yaratdi. Ular orasida ≪Bibliyaga sharhlar≫, ≪Knyazlar hukmronligi haqida≫ va ≪Bahsli masalalar≫ asarlari ham bo‘lib, ular yovuzlik, haqiqat, ruh va boshqa shu kabi muammolami ko‘taradi.

Fomaning quyidagi asarlari bizgacha yetib kelgan: ≪Tafakkuming


yaxlitligi xususida ibn Rushdga qarshi mulohazalar≫, ≪Olamning
manguligi haqida vaysaqilarga qarshi mulohazalar≫, ≪Mo‘jizalar
xususida≫, ≪Ollohning qudrati xususida≫, ≪Farishtalar xususida≫,
≪Iblislar xususida≫, ≪Tabiatning sirli ishlari xususida≫, Arastuning
Metafizika kitobiga sharh≫ va hokazo. Foma 1274-yilning bahorida
vafot etdi.

Anzelm Kenterbenskiy (1033—1109-y.) va Shampolik Vilgelm


(1121—1170-y.) lar realizmning eng ko‘zga ko‘ringan vakillari edi.
Nominalistlar (lotinchadan. nominale — nom, ot) umumiy tushunchalarni faqat predmetlaming nomlaridir, deb hisoblaydilar.
Realistlarga qarama-qarshi o ‘laroq, nominalistlar faqat individual
sifatlarga ega bo‘lgan alohida-alohida narsalarnigina real mavjuddir,
deb da’vo qildilar. Umumiy tushunchalar esa faqat biz butun bir sinfga kiritadigan predmetlaming hammasiga tatbiq qilinadigan so‘zlardir.

Nominalistlaming ta’limotlarida ba’zi bir O‘rta asr mutafakkirlarining


materialistik tendensiyalari ham ifodalangan.

Nominalizmning eng ko‘zga ko‘ringan vakillari I. Rosselin


(1050-1125-y.), Duns Skott (1265-1308 y.), Vilyam Okkam (1285—
349-y.) lar edilar. Ayrim psixik jarayonlami tushuntirishda ham ba’zi
bir psixologlarda materialistik element va tendensiyalar namoyon
bo‘ldi. Masalan, Ocrta 0 ‘siyolik shifokor va faylasuf Ibn Sino (980-
1037-y.) va Arab mutaifakiri Ibn Rashid (1125—1198-y.)lar Aristotelga ergashib, ≪sezuvchi ruhning harakatlanuvchi va jozibador kuchlarini≫ o‘rganish uchun harakat qildilar. Ular sezgilami keltirib chiqargan qo‘zg‘оvchilardan farq qilish zamrligi haqidagi masalani qo‘yadilar, ong faoliyati bilan fiziologik jarayonlar o‘rtasida yaqin aloqa va bog‘lanishlar o‘matishga intiladilar.
Uilyam Okkam hayoti: Ingliz faylasufi Uilyam Okkam Londonning
janubiy g‘arbida joylashgan Okkam shaharchasida tug‘ilib
o‘sdi. U Oksford dorilfununining ilohiyotchi olimi Duns Skott
(1266-1308) qo‘lida ta’lim oldi. Uilyam 1324-yilga qadar Oksford
dorilfununida tahsil oldi va o‘qituvchilik qildi. Bu ilm dargohida teztez ilmiy munozaralar, mubohasa, himoyalar o‘tkazilib turilardi. Ilmiy bahslarda odatda talabalar o'zlarining muayyan fikrlarini o'rtaga
tashlashar, boshqa qatnashchilar esa unga e’tiroz bildirishardi. Talaba
o‘z fikrini qa’tiy himoya qilib, ularga munosib javob berishi munozara
ishtirokchilarining asosiy sharti hisoblanardi. Bunday bahslar odatda
keskin, hayajonli bir vaziyatda o‘tar va ko‘pincha mushtlashuv biian
tugardi.

Uilyam ilohiyot magistri darajasiga erishgan olim. U fan tarixida


yangi uslubiy qoidalar muallifi sifatida nom qoldirdi. Faylasufning bu
qoidalari keyinchalik ≪Okkam ustarasi≫ deb nom olgan. Okkamning
mashhur ≪ustarasi≫ni o‘simlikning ortiqcha novdalarini kesib tashlovchi
(okqaychi kabi bilish, anglash daraxtidagi tekinxo‘r atamalami
yo‘qotishga xizmat qilgan. Okkam ilmiy bilish uslubida oddiylik,
soddalik tamoyillariga rioya etishni afzal hisoblagan.

Okkam 1323-yilda Oksford dorilfununi kansleri bilan janjallashib


qoladi. Kansler faylasufga qator ayblar taqab, Papa Ioann XXII ga
xabarnoma yo‘llaydi. 1324-yilda Okkam Papa Ioann XXII ning
Avinondagi qarorgohiga jo ‘natiladi. U Avinon ibodatxonasining
lurmasida to‘rt yil sud hukmini kutib yotadi va 1328-yilning may
oyida olmon imperatori Lyudvig IX Bavarskiy huzuriga qochib
boradi. Faylasuf umrining oxirigacha Olmoniyada yashaydi. 1349-
yili Uilyam Okkam Myunxen shahrida vabo bilan og‘rib, vafot
etadi. Bizning bilimimiz sezgilar tufayli hosil bo'ladi,deydi Okkam.
Ayrim psixik jarayonlarni tushuntirishda ham ba’zi bir psixologlarda
materialistik element va tendensiyalar namoyon bo‘ldi. Masalan,
0 ‘rta 0 ‘siyolik shifokor va faylasuf Abu Ali ibn Sino (980-1037-
y.) va arab mutaffakiri ibn Rashid (1125-1198-y.)lar Aristotelga
ergashib, ≪sezuvchi ruhning harakatlanuvchi va jozibador kuchlari≫ni o‘rganish uchun harakat qildilar. Ular sezgilarni keltirib chiqargan qo‘zg‘ovchilardan farq qilish zamrligi haqidagi masalani qo‘yadilar, ong faoliyati bilan fiziologik jarayonlar o‘rtasida yaqin aloqa va bog‘lanishlar o‘rnatishga intiladilar.

Qadimgi Rossiyada kitob madaniyati boshlanishi bilan (X—XI


asrlarda) psixologiya sohasida G‘arb va Sharq mutafakkirlarida
qanday tarkib topgan bo‘lsa, xuddi o ‘sha holda fikr va bilimlar
tarqala boshlaydi. Bu bilimlaming eng muhim manbai Vizantiya
mutafakkirlari Ioann Damaskning (673-777-y.) grek tilidan slavyan
tiliga tarjima qilingan ≪Dialektika≫ va ≪Haqiqiy iymon haqida≫
degan asarlari edi.

I. Damaskin ta’limotiga ko‘ra, ruh alohida ilohiy substansiyadir. U


so'z, aql-idrok hamda erkin irodaga ega bo‘lgan g‘ayri jismoniy, oddiy, tirik va abadiy mohiyatdir. Ayni vaqtda ruh inson tanasi bilan birikib bitta mavjudotni tashkil qiladi. Uni insonning o‘sish va ko‘payish kabi funksiyalaridan ajratish mumkin emas. Ruh tana organlaridan o‘z qurollari sifatida foydalanadi va xulq hamda xatti-harakatlarida namoyon bo‘ladi. Ayni vaqtda Damaskin ruh tanaga bog‘liq: masalan, u biologik o‘sishga va boshqa tashqi sabablarga qarab o‘zgaradi deb ta’kidlaydi. Biroq Damaskin ruh va tananing birligini yashirin, qanday birlashganligi sirli bir hodisa va insonning aqli buni bilishga ojizlik qiladi, deb hisoblaydi. Bu fikrlarda Aristotelning ta’siri va xissasi ko‘rinib turibdi.

Ratsionalistik psixologiya fan taraqqiyotidagi bosqichlardan biridir.


Hozirgi vaqtda bu psixologiyani bilish tarixiy jihatdan qiziqarli, xolos.
Bu psixologiya qandaydir ilmiy yoki amaliy ahamiyatga ega emas.
Shu psixologiya negizida ishlab chiqilgan terminologiyanigina undan
qolgan meros deb xisoblash mumkin.

O‘rta asrlarda psixologiya falsafaning bir qismi edi. Falsafaning


esa mustaqil ahamiyati yo‘q edi: u teologiyaning — dinning xizmatkori deb hisoblanardi. Psixologik ta’limotlar ham shulardan kelib chiqqan edi, chunki faqat mulohaza qilish yo‘li bilan dinning ba’zi qonunqoidalarini-ruhning abadiyligi, odamning kelib chiqishi, narigi dunyodagi hayot va hokazolami asoslash mumkin edi. Binobarin, ilmiy metodlarning kelib chiqishi mukammalashuvi tufayli sxolastik falsafa bilan birga ratsionalistik psixologiya ham o‘z o‘mi va ahamiyatini yo‘qotgan.
Download 74.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling