Referat mavzu: Davlat moliyaviy nazoratining xorij tajribasi Bajardi: bhn-50 guruh talabasi Sharopova Sh
-chizma. Yaponiya va Germaniya moliyaviy nazorat tizimining
Download 102.54 Kb.
|
G’aznachilik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5 575 tasi (79,1%)
- 51,1 mlrd .so’mi (75%)
1-chizma. Yaponiya va Germaniya moliyaviy nazorat tizimining
umumiy jihati. Xulosa. Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, yuqorida ko`rdikki turli davlatlarda moliyaviy nazoratni olib borish, turli davlatlarda turlicha. Biroq, barcha rivojlangan davlatlarda bitta umumiyik xususiyatini ko`rishimiz mumkin, u ham bo`lsa davlat nazoratini o`tkazishda nazorat qiluvchi organlarning ustidan ham nazorat qiladigan organlarning borligidir. Bu nazorat jarayononi ochiq va haqqoniy o`tkazilishida muhim. Shuningdek o`tkazilgan nazorat jarayonlari haqida ochiq-oydin ma`lumotlar berilib turilishi xalqni xabardor qilib turilishi ularni ham bu jarayonga befarq bo`lmaslikka chorlaydi. “2017 - 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasinining 3-yo‘nalishi iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘lib uning asosiy vazifalaridan biri xarajatlarning ijtimoiy yo‘naltirilganini saqlab qolgan holda Davlat byudjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta’minlash, mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish, soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish va tegishli rag‘batlantiruvchi choralarni kengaytirish”3 hisoblanadi. Byudjet mablag’laridan oqilona foydalanishga samarali nazorat tizimini shakllantirmasdan turib erishib bo’lmaydi. Ma’lumki, budjet jarayonining asosiy bosqichlaridan biri davlatning moliyaviy nazorati hisoblanadi. Moliyaviy nazorat mamlakatimizda amalga oshirilayotgan nazorat faoliyatining tarkibiy qismi hisoblanadi. 2018 yilda Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan ish rejasi, Hukumat va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning topshiriqlari asosida 7 047 ta nazorat tadbirlari o’tkazilgan. Shuni ta’kidlash joizki, 2018 yilda o’tkazilgan nazorat tadbirlari soni o’tgan yilga nisbatan 2 martaga kamaydi. (2017 yilda – 14 296 tani tashkil etgan). O’tkazilgan nazorat tadbirlari natijasida 539,3 mlrd.so’m miqdorida budjet intizomini buzilish holatlari va boshqa noqonuniy xarajatlar aniqlangan va 2017 yilda o’tkazilgan nazorat tadbirlarida aniqlangan (534,1 mlrd.so’m) miqdorga teng bo’lgan.Nazorat tadbirlarining asosiy qismi, 5 575 tasi (79,1%) byudjet intizomiga rioya etilishi va mablag’larning maqsadli foydalanilishi yuzasidan o’tkazilgan bo’lib, nazorat tadbirlarida 68,1 mlrd.so’m byudjet intizomini buzish, pul va tovar moddiy boyliklar kamomadi, maqsadsiz va asossiz mablag’lar sarflanishi aniqlanib, 51,1 mlrd.so’mi (75%) byudjetga tiklanishi ta’minlandi.Ma’lumot uchun: Byudjet qonunchiligini buzish holatlari Davlat byudjeti xarajatlarning 2017 yilda 0,18 foiziga teng bo’lsa, bu ko’rsatkich 2018 yilda 0,09 foizni tashkil etib 2 martaga kamaygan.Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va hududiy boshqarmalari tomonidan “Davlat moliyasini boshqarish axborot dasturi” va byudjet tashkilotlari bevosita ishlaydigan “UzASBO dasturi” ma’lumotlaridan foydalangan holda 1691 ta muassasalarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzilishi yuzasidan kameral nazorati o’tkazilgan. Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi tomonidan davlat maqsadli jamg’armalari va Moliya vazirligi huzuridagi jamg’armalari mablag’larini maqsadli sarflanishi yuzasidan o’tkazilgan 1472 ta nazorat tadbirlarida 357,8 mlrd.so’m miqdorida moliyaviy qonun buzilish holatlari va asossiz xarajatlar aniqlangan bo’lib, shundan 236,7 mlrd.so’mni tiklanishi ta’minlangan. Iqtisodiyoti rivojlangan hech bir mamlakat yo’qki, moliya sohasida davlatning nazorat organlari mavjud bo’lmagan. Davlat moliyaviy nazorat organlari davlat moliyaviy mexanizmining asosiy elementi sifatida nomoyon bo’ladi. Download 102.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling