Referat mavzu: Din falsafasining predmeti, maqsad va vazifalari. Bajardi: Usmonov Jahongir
Download 25.43 Kb.
|
Din falsafasining predmeti, maqsad va vazifalari (1)
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti REFERAT Mavzu: Din falsafasining predmeti, maqsad va vazifalari. Bajardi: Usmonov Jahongir Tekshirdi:Bayaliye Jahongir Reja:
Din falsafasi o‘z predmetini o‘rganishda tayanadigan metodologiya Din falsafasining vazifalari xristian teologi Anselm Kenterberiyskiy (Anselm of Canterbury, 1033–1109).«Xudo uning buyukligidan tashqari biror narsa noma’lum bo‘lgan zot» degan fikri Din falsafasi o‘z predmetini o‘rganishda tayanadigan metodologiya aniq falsafiy tizim, ta’limotning o‘ziga xosligi bilan belgilanadi. Shunday ekan, dinning falsafiy talqinini mantiqiy asoslash bilan birga bilishning haqiqiyligini ta’minlash ham alohida ahamiyat kasb etadi. Bilishning haqiqiy (adekvat)ligini ta’minlashda olingan natijalarning mantiqiy va nazariy jihatdan ziddiyatli bo‘lmasligi gnoseologiyaning muhim qoidalaridan biri hisoblanadi. Ammo umuman to‘g‘ri bo‘lgan mazkur qoida konkret falsafiy tizim, ta’limot doirasida yaratilgan va unga zid bo‘lmagan, uning asosiy talablaridan tashqariga chiqmaydigan din haqidagi qarashlarni adekvat deb hisoblashga zamin yaratadi. Zero, bunday holatda biz din haqidagi bilimlardan ko‘ra ushbu konkret falsafiy tizim, ta’limot va uning dinga bo‘lgan munosabati haqida ko‘proq bilimga ega bo‘lamiz. Chunki tadqiqotchining shakllanib bo‘lgan qarashlari va yondashuvlari ta’sirida dinning o‘zi emas, balki unga bo‘lgan munosabat yoritiladi. Demak, din falsafasida mantiqiy ziddiyat yo‘q bo‘lgan xulosa, qarashlarni haqiqat, deb qabul qilish yetarli emas. Haqiqat deb qabul qilingan bilimlarda dinning mohiyati aks etishi lozim. Shundagina din falsafasidan din haqidagi ahamiyatli natijalarni kutish mumkin. Bunda obyektivlik tamoyiliga rioya qilish nihoyatda muhim. Obyektivlik tamoyili din falsafasini o‘z predmetiga real mavjud hodisa sifatida qarashni, tan olishni talab etadi. Biroq obyektivlikni xolislik bilan chalkashtirish kerak emas. Xolislik tadqiqotchining o‘rganayotgan predmetidan muayyan darajada begonalashuviga va shu tufayli uning yetarlicha anglanmay qolishiga zamin yaratishini inobatga olsak, din falsafasi nuqtayi nazaridan obyektivlik va xolislik bir xil mazmunga ega emasligi oydinlashadi. Bilish predmetini tushunishda subyektivlik tamoyili ham muhim ahamiyatga ega. Ushbu tamoyil bilish predmetiga u yoki bu shaklda daxldorlikni talab etadi va unga nisbatan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noxolis unosabatning oldini olishga xizmat qiladi. Din falsafasining maqsadi dinni obyektiv ham, subyektiv ham talqin etish emas, balki uni adekvat nazariy tadqiq etish, tahlil qilish va tasvirlashdan iborat. Bu oxiroqibatda falsafiydiniy tadqiqotlar natijalarining umuman va barcha uchun tushunarli hamda ahamiyatli bo‘lishiga zamin yaratadi. Yagona falsafiy tilning bo‘lishi ehtimoldan nihoyatda uzoq bo‘lsada, bilish natijalarining boshqalaruchun ham tushunarli bo‘lishini ta’minlash nihoyatda muhimligini ta’kidlash zarur. Har qanday fan o‘z tadqiqot predmeti va vazifalariga ega. Din falsafasining vazifalaridan biri – dinning ijtimoiy hodisa sifatidagi mohiyatiga eski andozalardan xoli holda yondashish, uni doimiy rivojlanib boruvchi tizim sifatida o‘rganishdan iborat. Din falsafasining tadqiqot obyektlari Din falsafasi to‘g‘risida to‘liqroq ma’lumot beradigan bo‘lsak, bu fan falsafa va din o‘rtasidagi o‘ziga xoslikdan va diniy tushunchalarning falsafiy tanqidini birinchi o‘ringa qo‘ygan G‘arb qarashlari asosida kelib chiqdi. Bu soha G‘arbda rivojlanish boshlagandan beri diniy mavzular bilan shug‘ullanish uning asosiy vazifasi bo‘lib qoldi. Bu soha xudoning mavjudligi, uning sifatlari borasida ilgari surilgan ratsional dalillarni tahlil qilish bilan shug‘ullandi. Masalan, xristian teologi Anselm Kenterberiyskiy (Anselm of Canterbury, 1033–1109).«Xudo uning buyukligidan tashqari biror narsa noma’lum bo‘lgan zot» degan fikrni ilgari surgan. Lekin, Kant bunday qarashni rad etadi. Uning fikricha, masalan, «stul mavjud» deyilganda, unga qo‘shimcha qilinmaydi, endi yuqoridagi kabi fikr bildirilsa, «stul» tushunchasini izohlash uchun qo‘shimcha ma’lumot talab qilinadi. «Xudo» tushunchasi kabi narsalarni tanishtirishda xudoni mavjud qilib yoki uning imkoniyatini ifodalab ko‘rsatib berish mushkul. Kant bunday fikrlash oxiroqibat hech qayerga olib bormaydi, deb hisoblaydi. Unga ko‘ra, bu kabi tushunchalar inson tajribasi yoki biror jihozlar orqali o‘tkaziladigan sinovlardan o‘zgacha kategoriyalar bilan baholanadi. Xudoning mavjudligi bahs qilingan yana bir fikrlardan biri «san’atkor» («argument from design») deb nomlangan. Bunga ko‘ra, borliqdagi nozik tartibli faoliyat, sayyoralarning harakati, mavsumiy o‘zgarishlar va boshqa inson aqlini lol qoldiruvchi jarayonlar insoniy ong xususiyatlariga o‘xshash, ammo undan ancha ustun qudratli kuch mavjudligini namoyon qiladi. Bu tartibli faoliyat tasodifan paydo bo‘lishi mumkin emas, shuning uchun, biz borliqning kundalik faoliyatida «buyuk san’atkorning qo‘li» bor deb ochiq aytsak bo‘laveradi. Ushbu tartibli xilqat xudoning mavjudligiga amaliy dalil sanaladi. Devid Yum (David Hume, 1711–1776) borliq tartibini «ilohiy zot» bilan bog‘lamay, balki tabiat qonunlari deb izohlashni taklif qiladi. Shu o‘rinda aytish mumkinki, Yumning qarashlari JanubiSharqiy Osiyo diniyfalsafiy ta’limotlari tushunchalari – xudo Brahmaning tabiiy dunyoning ortida deb biluvchi hinduizmdagi panenteistik (xudoni borliqdan ko‘ra buyukroq deb bilish) e’tiqod yoki mutlaq qudratli kuch e’tiborga olinmagan buddizm ta’limotiga mos Anselm Kenterberiyskiy tushadi. Bunday sharqiy qarashlar «ong omili» (xudo yoki uyg‘oq ong) yaratilishdan ajratilmaganligi, bu holat esa ong ostida (olim va faylasuflar orqali) o‘rganilishi bilan G‘arbdan farq qilib turadi. Bundan tashqari, Yum odatiy teistik qarashlardagi bir qator nomuvofiqliklarni ko‘rsatib o‘tdi. Masalan, dindorlar ko‘pincha «xudo cheksiz qudrat va barcha ezguliklarning sohibi» ekanligini bildiradilar. Ayni paytda, ular yaratishda yovuzlik bo‘lganligini ham inkor qilmaydilar. Yumning fikricha, agar xudo yomonlikni oldini olishga qodir bo‘lsayu, buni qilmasa, u haqida «yaxshilik sohibi» emas, «badniyat» yoki xudoni yomonlikni oldini olishni xohlasayu, buni uddasidan chiqa olmasa, u qudrat egasi emas, yoki xudo ikkisiga ham qodir ekan, unda yovuzlik bo‘lmasligi kerak, degan xulosa shakllanadi. Bu singari fikrlarga javob o‘laroq, teologlar xudoning qudrati va ezgulik sohibi ekanligi qarshida yovuzlikni mavjud bo‘lishi «antiisbot» ekanligini qayd qiladilar. Ularning xudoning mavjudligini isbotlashga urinishlari natijasida teologiya tarkibida «teoditsiya» sohasi vujudga keldi. Endi, yuqoridagi xudoning qudratiga shubha bildirilgan fikrga kelsak, uni shunday talqin qilish mumkinki, insonning cheklangan ongida yomon bo‘lib ko‘ringan holat xudoning nazdida yaxshi bo‘lib chiqadi. Shu bilan bir qatorda, yuqoridagi kabi «antiteistik» qarashlar «erkin istak» tushunchasi bilan bog‘liq bo‘lib, xudo insonga muayyan qarorlarni qabul qilishi uchun ma’lum darajada erkinlikni tortiq qilgandir. Lekin, bunday «siylash» xudoning qudratini so‘roq ostiga solib qo‘ymaydi. Din falsafasi qachonki Sharq dinlari qarashlari bilan yanada chuqurroq tanishishni boshlasa, uning mazmuni ham boyib boradi. Kashmir shivaizmining nodualistik oqim qarashlari, xususan, o‘rta asr hind diniy falsafasiga ko‘ra, xudo har ishga qodir qudrat sohibi, biroq, ayni paytda, u qudratining namunasi sifatida o‘ziga muayyan cheklovlarni belgilashi mumkin. Yaratilish ham ushbu cheklovlardan biri bo‘lib, xudo qudratli bo‘lishiga qaramay o‘zi ham shu yaratilish ichida mavjuddir. Shunga ko‘ra, xudoning bevosita tajribasi har bir inson uchun xos hisoblanadi. Yaxshilik va yomonlik nisbiy va birbiriga bog‘liq tushunchalar sanalib, qachonki biri o‘zining asl tabiatini to‘liq namoyon qilganda ular o‘rtasidagi farq ochiq ko‘zga tashlanadi. Bu holat «moksha» yoki «erkinlik» nomi bilan yuritiladi. Bu yerda biz qudrat va ojizlik, nafs va xudo, yaxshilik va yomonlik hamda boshqa G‘arb diniy tafakkurining asosini tashkil qilgan bir qator g‘oyalar orasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ko‘rishimiz mumkin. Kant fikricha, faylasufning vazifasi biror diniy e’tiqodning haqligini isbotlash yoki unga ma’lum o‘zgartirish kiritish emas, balki ularning (diniy e’tiqod) qarashlari, xulosalarini, undagi nomuvofiqliklarni o‘rganishdan iborat. Din falsafasi tomonidan umumiy ravishda qabul qilingan bunday yondashuv, o‘z davrida, ko‘plab G‘arb universitetlarining Falsafa kafedralarida o‘qitib kelindi. Shu bilan birga, faylasuflarning barchasi ham diniy an’analarga nisbatan neytral tahliliy yondashmay, balki Fridrix Nitsshe (1844–1900) kabi shaxslar dinga, jumladan, xristianlikka nisbatan reaksion pozitsiyani egallab, hatto bildirgan «xudo o‘ldi» iborasi bilan mashhur bo‘lib ketdi. Nitsshening qarashlari zamonaviy dunyoda axloq masalalari yoki xudo haqidagi an’anaviy qarashlarning zaiflashuviga ta’sir ko‘rsatmay qolmadi. Shuningdek, xristianlikning ba’zi e’tiqodlariga nisbatan yanada shiddatliroq munosabat Bertran Rassel (1872–1970)ning «Nega men xristian emasman?» nomli ma’ruzasida ko‘zga tashlanadi. Foydalanilgan adabiyotlar: https://fayllar.org/axmedova-m-a-umumiy-muxarrirligi-ostida-v4.html?page=37 https://fayllar.org/download/din-falsafasining-predmeti-maqsad-va-vazifalari.doc https://uz.zahn-info-portal.de/wiki/Philosophy_of_religion Download 25.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling