AL-BUKHARI UNIVERSITY
Pedagogika va psixologiya fakulteti.
Oliy matematika fanidan
REFERAT
Mavzu: Elementar hodisalar fazosi.
Topshirdi: PP(M)-1-5 Lutfullayeva Ezozaxon
Qabul qildi:
Reja:
Elementar hodisalar fazosi.
Adabiyotlar.
Elementar hodisalar fazosi
Eslatib o`tamiz, natijalarini oldindan aytib bo`lmaydigan tajribalarni, tasodifiy natijalarga ega bo`lgan stoxastik tajribalar deb ataladi. Bu tajribalarni matematik ma`noda tasarruf etish uchun bizga elementar hodisalar fazosi tushunchasi zarur bo`ladi. Bu fazo sifatida o`rganilayotgan tajribalarni bir-birini istisno qiladigan natijalar to`plami tushuniladi. Shunday qilib to`plamning elementlari elementar hodisa hisoblanib, unga ta`rif berilmaydi, uni faqat tushuntiriladi. Formal nuqtai nazardan elementar hodisalar fazosi – bu tajribaning “mayda” (elementar), “parchalanmaydigan”, birgalikda ro`y bermaydigan natijalaridir. Elementar hodisalar fazosi -elementar hodisalar (natijalar) larning to`plami, ya`ni
.
to`plamning elementlari sonini shartli ravishda deb belgilaymiz.
Misollar 1. Tanga tashlash. Bu tajriba uchun 2 ta elementar hodisa mavjud, ya`ni , tangani “gerb” (G) tomoni bilan, tangani “raqam” (R) tomoni bilan tushish hodisalari, .
2. Kubik tashlash, ya`ni yoqlari raqamlar bilan belgilangan kubni tashlash.
Bu holda , , kubni raqami yozilgan yog’i bilan tushish hodisasi.
3. Tangani 2 marta tashlash. Bu holda
,
GG-har ikki holda ham tanga “G” tomoni bilan,
GR-birinchi tashlashda “G”, ikkinchisida “R” tomonlari bilan,
RG-birinchi tashlashda “R”, ikkinchi tashlashda “G” tomoni bilan,
RR-har ikki holda ham “R” tomoni bilan tushish hodisalari.
Bu yerda , GR va RG larni har xil elementar hodisalar deb tushunish kerak. Eslatib o`tamizki tangani 2 marta tashlash tajribasi yoki 2 ta tangani birdaniga tashlash tajribasi bilan teng kuchli, chunki bu tajribalar uchun elementar hodisalar to`plami bir xil bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |