Referat mavzu: Evolyutsiya jarayonini harakatga keltiruvchi omillar va mexanizimlar
Download 1.02 Mb.
|
Evolyutsiya jarayoni
Evolyutsion taʼlimot, evolyutsiya nazariyasi — tirik organizmlar evolyutsiyasi sabablari, harakatlantiruvchi kuchlari, mexanizmlari va umumiy qonuniyatlari toʻgʻrisidagi fan. Evolyutsion taʼlimot biologiyaning nazariy asosi, xususiy biol. fanlaridan olgan natijalarni umumlashtiradi. Evolyutsion taʼlimot rivojlanishining mushohidaga asoslangan 1-davri qadimiy dunyo faylasuflari Geraklit, Empedokl, Demokrit, Lukretsiy va boshqalarning ishlari bilan bogʻliq. Ular birinchi boʻlib butun borliqning , jumladan, organizmlarning tarixiy oʻzgarishi toʻgʻrisida fikr bildirishgan. Bunday qarashlar 17— 19-asrlar boshlarida yashagan transformizm tarafdorlari R.Guk, E.Darvin, D.Didro, J.Byuffon, E.Joffrua SentIler, I.V.Gyote va K.F.Rulye ishlarida yanada rivojlantirildi. Transformistlar yagona sistemaga ega boʻlgan taʼlimot yarata olmagan boʻlsalarda, Evolyutsion taʼlimot oʻrganadigan asosiy muammolarni koʻrsatib berishdi. Bu muammolar organizmlar tuzilishi va xilmaxilligi, turlar oʻrtasidagi oʻxshashlik va tafovutlar, tiriklikning progressiv evolyutsiyasi bilan bir qatorda turli tuzilish darajasiga ega boʻlgan organizmlarning yashab kelayotganligi; ayrim turlar va guruxdarning qirilib ketishi sabablarini aniqlashdan iborat. Bu muammolarning tushunib olinishi va ilm-fanning rivojlanishi Evolyutsion taʼlimotning yangi tarixiy davri — evolyutsiyaning dastlabki konsepsiyalari shakllanishiga zamin tayyorladi. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling