Referat mavzu: Germaniya Bajardi: Qabul qildi: Germaniya
Download 0.64 Mb.
|
1 2
Bog'liqvatikan geografiya
REFERAT
Mavzu: Germaniya Bajardi:_________________ Qabul qildi:______________ Germaniya Rasmiy nomi — Germaniya Federativ Respublikasi. Poytaxti-Berlin. Hududi — 357041 km.kv. Aholisi- 81 mln.dan ortiq kishi (2012). Davlat tili-nemis. Dini — xristianlik. Pul birligi — yevro. Geografik joylashuvi va tabiati. Markaziy Yevropada joylashgan davlat. Janubda Avstriya va Shveysariya, g‘arbda Niderlandiya, Belgiya, Lyuksemburg va Fransiya, sharqda Polsha va Chexiya, shimolda Daniya bilan chegaradosh. Bundan tashqari shimolda Germaniya sohillari Shimoliy dengiz va Boltiq dengizi bilan tutashgan. Germaniyaning shimoliy hududlari asosan tekisliklardan iborat. Markaziy Germaniya adirlar va daryo vohalaridan tashkil topgan bo‘lib, mamlakat janubida Alp tog‘lari bo‘y cho‘zgan. Mamlakat shimolida Boltiq dengizida Germaniyaga qarashli bo‘lgan shimoliy va sharqiy Frizsk orollari va Shimoliy dengizda Femarn va Ryugen orollari joylashgan. Germaniyaning eng baland nuqtasi Zyugshpitse tog‘laridir (2963 m). Eng yirik daryolari: Reyn, Rur, Mozel, Dunay, Elba. Eng yirik ko‘li Boden ko‘lidir. Mamlakat tabiiy qazilma boyliklarga o‘ta boy. Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — Federativ Respublika. Germaniya 16 ta federal yerlaming birlashuvidan tashkil topgan. Bular: Baden-Vyurtemberg, Bavariya, Berlin, Brandenburg, Bremen, Gamburg, Gessen, Meklenburg-old Pomeraniya, shimoliy Reyn-Vestfaliya, Reynland-Pfal, Saar, Saksoniya, Saksoniya-Anxalt, Quyi Saksoniya, Shlezvig-Golshteyn, Tyuringiya. Markazlashgan mustaqil Germaniya davlati 1871-yil 18-yanvarda tashkil topgan. Davlat boshlig‘i — prezident. Lekin ijroiya hokimiyat federal kansler rahbarligidagi hukumatga tegishli. Qonun chiqaruvchi hokimiyat Bundestag deb nomlanadi. Eng yirik siyosiy partiyalari: Xristian-Demokratik ittifoq (XDI), Ozod Demokratik partiya (ODP), Germaniya Sotsial-Demokratik partiyasi (GSDP), Milliy Demokratik partiya (MDP). Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Germaniya dunyoning rivojlangan va moliyaviy jihatdan boy davlatlaridan biridir. Lekin Sharqiy va G‘arbiy Germaniyaning iqtisodiy rivojlanishida ma’lum bir ziddiyatlar mavjud. Bunga sabab GDR va GFR xo‘jaligining 1990-yilgacha turli siyosiy tuzumlarda rivojlanganligidir. 1990-yilning 3-oktabrida yagona Germaniya tashkil topganidan so‘ng, bu ziddiyatlarga barham berish maqsadida GFR GDR xo‘jaligiga 390 mlrd marka sarfladi. Sanoatning rivojlangan sohalari: metallurgiya, kimyo, avtomobilsozlik, kemasozlik va elektrotexnika. Germaniya avtomobilsozlik va kema-sozlik bo’yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turadi. Qishloq xo‘jaligi umumiy milliy mahsulotning 15% ini yetkazib beradi. Chorvachilik ayniqsa yaxshi rivojlangan. Qishloq xo‘jaligidagi asosiy ekinlar: qandlavlagi, kartoshka va boshoqli ekinlar. Germaniya o‘z xalqining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojining 90% ini ichki imkoniyatlar hisobida qoplaydi. 2012-yil YIM miqdori 2782,7 mlrdAQSH dollarni (aholi jon boshiga – 33,8 ming AQSH doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: Rossiya, AQSH va YI davlatlari. Tarixi. Qadimda bugungi Germaniya hududlarida turli german qabilalari yashashgan. Bu qabilalar V asrda Rimni mag‘lubiyatga uchratib, Rim imperiyasi inqiroziga sabab bo‘lishgan. Rimning inqirozidan so‘ng frank qabilalari sardori Xlodvig hozirgi Fransiya va janubiy-g’arbiy Germaniya hududlarida franklar davlatiga asos soldi. Bu davlat Buyuk Karl hukmronligi yillarida butun german yerlarini o‘z tarkibiga qo‘shib oldi. 843-yil franklar imperiyasi parchalandi va uning sharqiy hududlarida german qirolligi tashkil topdi. Lekin ko‘p o‘tmay nemis knyazlarining o‘zaro nizolari natijasida zaiflashib inqirozga uchradi. X asrda Sakson sulolasi Muqaddas Rim imperiyasiga asos soldi. Fridrix I Barbarossa hukmronligi yillarida imperiya hududlari kengaydi. Ko‘p yillik o‘zaro kurashlardan so‘ng, 1438-yil Gabsburglar xonadoni hokimiyatga keldi. XVI asrda Martin Lyuter tomonidan amalga oshirilgan reformatsiya diniy qarashlarga ko‘ra mamlakatni parchaladi. Diniy nizolar Yevangeliya ittifoqi va Muqaddas Liga o‘rtasida «30 yillik urush»ning boshlanishiga sabab bo‘ldi (1618-1648). Urush natijasida mamlakat 350 ta mayda davlatchalarga bo‘linib ketdi. 1815-yil 39 ta nemis davlatchalarini o‘z ichiga olgan German konfederatsiyasi tashkil topdi. Markazlashgan nemis davlatining tashkil topishida Prussiya kansleri Otto fon Bismark juda katta hissa qo‘shdi. U 1871-yilda Prussiya qiroli Vilgelm I ni Germaniya imperatori deb e’lon qildi. Germaniya 1914-yil I jahon urushining boshlanishiga sababchilaridan biri bo‘ldi. Urushdan mag‘lub davlat sifatida chiqdi. 1918-yil 9-noyabrda imperator Vilgelm II taxtdan ag‘dariidi, Germaniyada Veymar respublikasi e’lon qilindi. 1933-yil Gitler boshchiligidag] fashistlar hokimiyatni qo‘lga olishdi. 1939-yil 1-sentabrda Germaniyaning Polshaga hujumi bilan II jahon urushi boshlanib ketdi. Germaniya II jahon urushini ham mag‘lubiyat bilan yakunladi. 1945-yilda AQSH, Angliya, Fransiya va SSSR nazorati ostidagi to‘rt qismga bo’lindi. 1949-yili uning hududida GDR va GFR davlatlari tashkil topdi. 1990-yil 3-oktabrda bu ikki davlat yagona Germaniyaga birlashdi. 1991-yil 20-iyunda Berlin Germaniyaning poytaxti deb e’lon qilindi. Germaniya Federativ Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi bilan 1992-yilda diplomatiya munosabatlari o‘rnatdi. REFERAT Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling