Referat mavzu: Hisobot davridan keyingi hodisalar Topshirdi: 140-20 guruh talabasi A. Aliyev


Hisobot davridan keyingi, tuzatishlar kiritilishini talab etmaydigan hodisalar


Download 20.29 Kb.
bet2/2
Sana03.12.2023
Hajmi20.29 Kb.
#1799204
TuriReferat
1   2
Bog'liq
MHXS 2 topshiriq

2. Hisobot davridan keyingi, tuzatishlar kiritilishini talab etmaydigan hodisalar
Agar hisobot davri tugaganidan keyin tadbirkorlik sub’ektining rahbariyati tadbirkorlik sub’ektini tugatish yoki uning savdo faoliyatini to‘xtatish qaroriga kelsa yoki bunday yo‘l tutishdan boshqa chorasi yo‘q ekanligini aniqlasa, tadbirkorlik sub’ekti o‘z moliyaviy hisobotlarini faoliyat uzluksizligi asosida tayyorlamasligi kerak.
Tadbirkorlik sub’ekti moliyaviy hisobotlarni e’lon qilish uchun tasdiqlash sanasini hamda bu kim tomonidan tasdiqlanganligi haqidagi ma’lumotni ochib berishi kerak. Agar tadbirkorlik sub’ektining mulkdorlari yoki boshqa tomonlar moliyaviy hisobotlar e’lon qilinganidan keyin ularga o‘zgartirishlar kiritish vakolatlariga ega bo‘lsa, tadbirkorlik sub’ekti bu faktni ochib berishi kerak.
Agar hisobot davridan keyingi, tuzatishlar kiritilishini talab etmaydigan hodisalar muhim bo‘lsa, ular to‘g‘risida ma’lumotlarni ochib bermaslik foydalanuvchilarning moliyaviy hisobotlar asosida qabul qilinadigan iqtisodiy qarorlariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun ham, tadbirkorlik sub’ekti hisobot davridan keyingi, tuzatishlar kiritilishini talab etmaydigan hodisalarning har bir muhim toifasi bo‘yicha quyidagilarni ochib berishi kerak:
(a) hodisaning tabiati; va
(b) uning moliyaviy ta’sirini tahminan baholash , yoki bunday tahminiy baholashning imkoni yo‘qligini ta’kidlash.
BHXS (IAS) 10 “Hisobot davridan keyingi hodisalar” standartining maqsadi quyidagilarni belgilashdan iboratdir: (a) xo’jalik sub’ekti o’z hisobotlariga hisobot davridan keyingi hodisalar uchun tuzatishlar kiritishi kerak bo’lgan paytni; va (b) xo’jalik sub’ekti tomonidan uning moliyaviy hisobotlarini e’lon qilish uchun tasdiqlash sanasi hamda hisobot davridan keyingi hodisalar haqida oshkor 49 etilishi kerak bo’lgan ma’lumotlar. Ushbu Standart, agar hisobot davridan keyingi hodisalar faoliyat uzluksizligi to’g’risidagi farazning xo’jalik sub’ekti uchun o’rinli emasligini ko’rsatsa, bunday xo’jalik sub’ektining moliyaviy hisobotlari faoliyat uzluksizligi asosida tayyorlanmasligini ham talab etadi. BHXS (IAS) 10 “Hisobot davridan keyingi hodisalar” nomli standart hisobot davridan keyingi hodisalarni hisobga olishda va ularni oshkor etishda qo’llaniladi.
Ba’zi hollarda, xo’jalik sub’ekti o’z moliyaviy hisobotlarini moliyaviy hisobotlar e’lon qilinganidan so’ng aktsiyadorlarning tasdig’iga havola etishi talab qilinadi. Bunday hollarda, aktsiyadorlar moliyaviy hisobotlarni tasdiqlagan sanasida emas, balki moliyaviy hisobotlar e’lon qilingan sanasida ular e’lon qilish uchun tasdiqlangan bo’lib hisoblanadi.
Xo’jalik sub’ekti tuzatishlar kiritilishini talab etadigan hisobot davridan keyingi hodisalarni aks ettirish maqsadida o’z moliyaviy hisobotlarida tan olingan summalarga tuzatishlarni kiritishi shart. Quyida xo’jalik sub’ektidan o’z moliyaviy hisobotlarida tan olingan summalarga tuzatishlar kiritishni, yoki oldin tan olinmagan moddalarni tan olishni talab qiladigan hisobot davridan keyingi hodisalarga misollar keltirilgan:
(a) Xo’jalik sub’ektining hisobot davrining yakunida joriy majburiyati bor bo’lganligini tasdiqlagan, sud ishining hisobot davridan keyin hal bo’lishi. Xo’jalik sub’ekti ushbu sud ishi yuzasidan oldin tan olingan har qanday zaxiralarga MHXS 37 “Zaxiralar, shartli majburiyatlar va shartli aktivlar” ga muvofiq tuzatish kiritadi yoki yangi zaxirani tan oladi. Xo’jalik sub’ekti faqat shartli majburiyatni oshkor etish bilan chegaralanmaydi, chunki sud ishining hal bo’lishi natijasida MHXS 37ga muvofiq e’tiborga olinishi kerak bo’lgan qo’shimcha dalillar ta’minlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:



  1. IAS 10 (Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti 10) Hisobot davridan keyingi hodisalar (tarjima). www.mf.uz – O’zbekiston Resppublikasi Moliya Vazirligi

  2. Ibragimov A., Ochilov I., Qо‘ziev I. Moliyaviy va boshqaruv hisobi –T.: Iqtisod-moliya. 2008 y.

  3. Jo‘raev N., Bobojonov O., Abduvaxidov F., Sotvoldieva D. Moliyaviy va boshqaruv hisobi. Darslik. -T.: 2007 y.

  4. Kаrimоv A., Kurbanbayev J., Jumanazarov S. Buxgalteriya hisobi. Darslik. - T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2018 y.

Download 20.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling