Buxgalteriya balansining maqsadi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning buxgalteriya balansi uning resurslarini va moliyaviy tarkibini anglab yetishga imkoniyat berishi uchun hisobot vaqtidagi moliyaviy ahvolni aks ettirishi kerak.
Asosiy vositalar uzoq muddatli aktivlar bo‘lib, undan ishlab chiqarish, ma’muriy maqsadda foydalaniladi yoki ijaraga beriladi, ammo qayta sotish uchun mo‘ljallanmagan. Asosiy vositalar balansda «Boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymati» (010-satr) moddasi bo‘yicha o‘z asosiy vositalari (ishlab turgan hamda konservatsiyada bo‘lgan) va moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymati bo‘yicha aks ettiriladi va ularning hisobi asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlarda (0100) va 0310 «Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar» hisobida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |