Referat mavzu: Hujayra nazariyasi, uning shakllari, kimyoviy tarkibi, biologik membranala va plazmalemma


Download 433.82 Kb.
Sana21.04.2023
Hajmi433.82 Kb.
#1374550
TuriReferat
Bog'liq
1-mavzu




NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT
DAVLAT PEDAGOGIKA
UNIVERSITETI

Biologiya yo’nalishi 101-guruh talabasi
Abdiraxmonova Qizlarxon
REFERAT
Mavzu: Hujayra nazariyasi, uning shakllari,
kimyoviy tarkibi, biologik membranala
va plazmalemma

Toshkent-2023
Reja:
KIRISH.
I bob.
II bob.
Xulosa.
Rivojlanish biologiyasi fani hujayra, tо’qima va organlarning taraqqiyoti, tuzilishi hamda ularning hayot faoliyatlarini о’rganadi. Rivojlanish biologiyasi anatomiya, zoologiya, fiziologiya, bioximiya, patologik anatomiya kabi biologiyaning turli sohalari hamda tibbiyot fanlari bilan uzviy bog’langan.
Birinchi mikroskop 1595yilda Gans va Zaxarius Yansenlar tomonidan (Z.Jansen) yasalgan. Italyan olimi G.Galiley, K.Drobbellar tomonidan dastlabki
kattalashtiruvchi asboblar yaratilgan. 1609–1610-yilda italyan olimi Galileo Galiley kattalashtirib ko‘rsatuvchi asboblardan birini konstruksiyasini ishlab chiqdi. Bu asbob 35–40 marta kattalashtirib ko‘rsatar va avvalgilaridan ancha takomillashgan edi. 1625-yilda F.Stelluti ham kattalashtirib ko‘rsatuvchi asbobni yaratadi. I.Faber bu kattalashtirib ko‘rsatuvchi asbobni «mikroskop» deb atashni taklif qildi. Bu davrga kelib kattalashtirib ko‘rsatuvchi asboblar bir qancha olimlar tomonidan yaratilgan. Sekin-asta kattalashtirib ko‘rsatuvchi asboblar takomillashib bordi. Natijada ko‘zga ko‘rinmas bo‘lgan jismlarni
ham ko‘rish imkoniyati tug‘ildi.G.Galiley tomonidan XVII asr boshlarida teleskop (kо’rish nayi) yaratildi. 1609 yilda esa u sodda holda bо’lsa ham mikroskop konstruksiyasini yaratadi. Mikroskopni ilmiy tekshirish ishlarida qо’llashda London qirol jamiyatining a’zosi – fizik, astronom, geolog va biolog Robert Guk (1635–1703) katta rol о’ynadi. U mikroskopning konstruksiyasini о’zgartirib, texnik jihatdan ancha murakkablashtirdi. 1665 yili ingliz fizigi R.Guk (1636–1703) о‘zi takomillashtirgan mikroskop orqali turli narsalarni: shivit, shakarqamish va marjon daraxti (buzina) kabi о‘simliklarning poya pо‘kagining tuzilishini tekshirdi va ularning hujayraviy tuzilishga ega ekanligini aniqlab, “Mikrografiya” asarini e’lon qildi. U 1665-yiIda shunday yozgandi: “yaxshi, toza daraxt pockagini oldim va undan kichik bo‘lagini pichoq yordamida kesib oldim, so‘ngra mikroskopda kuzatdim, ko‘rib turgan obyektim kichik hujralardek tuyuldi... ko‘proq asalari iniga o'xshash”. R.Guk ularni monastirda rohiblar yashaydigan hujralarga o‘xshatganligi sababli shunday atadi. R.Guk o‘lik o‘simlik to’qimasining hujayralar devorini kuzatgan edi.Buasarda “hujayrani” Cellula (lot.Sutas–xona,katakcha)deb atadi. Sitologiya (lat. cellula, yunon- cytos - hujayra, logos – ta'limot, fan) – hujayralarning tuzilishi, takomillashishi va funksiyasi haqidagi fan. Rus olimi P.F.Goryaninov (1796–1865) butun tabiatni ikki olamga: amorf– anorganik (о‘lik) va organik (tirik) olamga bо‘ldi.Ya’ni butun tiriklik hujayradan iborat degan fikrni ilgari surdi.1884 yili P.F.Goryaninov (1796-1856), keyinchalik chex olimi Purkinye va uning shogirdlari hujayra ichidagi tiriklik massaga katta ahamiyat berdilar.1830 yili Purkinye mazkur massani protoplazma deb atadi. 1831 yili R.Braun hujayra yadrosini aniqladi va yadro hujayra hayotida muhim ahamiyatga ega ekanligi haqidagi fikrni olg‘a surdi. 1876-yilda belgiyalik embriolog Eduard Van Beneden va1888-yilda nemis sitolog va embriolog olimi Teodor Boveri «hujayra markazini» aniqladi. 1882-yilda nemis gistologi va sitologi Valter Flemming hayvon hujayrasida, nemis botanigi Eduard Strasburger o‘simlik
hujayrasida xromosomalarni aniqladi. 1882-yilda Strasburger o‘simliklarda amitozini kashf qildi. 1884-yilda Strasburger profaza, metafaza, anafaza terminlarini fanga kiritdi. 1884-yilda Van Beneden meyozni kashf etdi. 1885-yilda nemis anatom va gistolog olimi Vilgelm Valdeyr fanga «xromosoma» terminini kiritdi. 1887-yilda Uitman «sitokinez»ni aniqladi. 1894-yilda nemis anatom va gistolog olimi Karl Benda mitoxondriya terminini kiritdi. 1894-yilda nemis fiziolog va gistolog olimi Geydengayn telofaza terminini kiritgan. 1898-yilda italyan gistologi Kamilo Golji «Golji apparati» ni aniqladi.
Hujayra – tiriklikning tuzilish, funksional, irsiy belgilarni о'zida saqlovchi va kо'payish orqali shu belgilarni ajdodlardan avlodlarga beruvchi eng kichik birligidir. U sitoplazma va yadrodan tashkil topgan sistema bо'lib, о'simlik va hayvon organizmining takomillashishi, tuzilishi va yashash jarayonlarining asosi hisoblanadi. Butun hayot davomida modda almashinishida ishtirok etishi, yangi hujayra hosil qilishi va doimo yangilanib turishi hujayralarning о'ziga xos xususiyatidir. Hujayra va unda kechadigan jarayonlarni o‘rganish natijasida, ko‘pgina kasalliklarda dastlab, hujayralarda o‘zgarishlar kuzatilishi aniqlandi va kasalliklarni davolashning hujayraviy asoslari ishlab chiqildi. Bundan tashqari, hujayra biologiyasi molekulyar biologiya, gen injenerligi, hujayra injenerligi,immunologiya kabi fanlarni rivojlanishiga zamin yaratdi. Ushbu fanlar yordamida genetika fanida, meditsina va farmokologiya fanlarida, oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik sohalarida ulkan yutuqlarga erishilmoqda. Hujayra va unda kechadigan jarayonlarni bilmasdan, atroflicha tushunchalarga ega bo‘lmasdan, to‘qima, organ, organizm yoki bir hujayralilar, prokariotlar haqida ham bilimga ega bo‘lmaymiz. Hujayra tuzilishiga, tarkibiy qismlariga va fiziologik jarayonlariga ko‘ra prokariot va eukariot hujayralarga bo‘linadi. Prokariotlarga bakteriyalar va ko‘k-yashil suvo‘tlari kirsa, eukariotlarga suvo‘tlar, zamburug‘lar, yuksak o‘simliklar va hayvonlar kiradi. Har qanday hujayra ham avval mavjud bo‘lgan hujayraning bo‘linishidan hosil bo‘ladi. Ko‘p hujayrali murakkab organizmning hujayralari, bir hujayralilarnikiga tuzilishi jihatdan birmuncha
o‘xshash bo‘ladi. Har qanday organizm hujayralardan tashkil topgan bo‘lib,
o‘simlik, zamburug‘, hayvon hujayrasi yoki bakteriya hujayralari ham kimyoviy tarkibi: biomolekulalar, nuklein kislotalar, oqsillar, uglevodlar va lipidlarning bo‘lishi bilan, sitoplazma, hujayra membranasining borligi va bir qancha tomonlari bilan o‘xshash bo‘lsa, farqli tomonlari ham anchaginadir. Sodda hujayralarning tuzilishi va funksional jarayonlari ham sodda bo‘ladi. Murakkab organizmlarda
kechadigan jarayonlar ham murakkab bo‘ladi. Hujayralar evolutsiya davomida tuzilishi va funksiyalari jihatidan takomillashib boradi. Ularning tuzilishi va ularda kechadigan jarayonlarni o‘rganish, ular haqidagi va ularda kechadigan jarayonlarni tushunishga yordam beradi.



Download 433.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling