Referat mavzu: Internet evolyutsiyasi va uning imkoniyatlari va xizmatlari Bajardi
INTERNET VA UNDAN FOYDALANISH MADANIYATI
Download 149 Kb.
|
Internet evolyutsiyasi va uning imkoniyatlari va xizmatlari
INTERNET VA UNDAN FOYDALANISH MADANIYATI
Inernet bu – xozirgi zamon talabidagi yagona ommabop kompyuter tarmog'i hisoblanib, bizga barcha sohalarga oid noaniqlik ya'ni ongimizga mavhum bo'lgan tushunchalar haqida ochiq, oddiy va ravon ma'lumot beruvchi axborot manbaidir. Tabiyki, hozrgi kunda ushbu omilga bo'lgan ehtiyojmandlar soni kundan kunga ortib bormoqda. Mazkur tarmoq butun dunyo miqyosida global tarmoqdir. Zero unda mavjud yangiliklardan xabardor etuvchi matinlar, tasvir hamda ovoz hizmatlari va bir qator imkoniyatlar barcha jabhada katta yengilliklarni yuzaga keltirayotgan bo'lsa-da, ammo ikkinchi tomondan insoniyatni beixtiyor vertual olamga jalb etib bormoqda. Ayniqsa bu ta'sir doirasidan o'smir yoshlar ham yo'q emas. Bu borada mutahasislarning so'zlari quydagi natijalarni isbotlamoqda: internet tarmog'idagi ijobiylik insonning fan, soha va faoliyatiga bog'liq muhim aniq dalillarga ega bo'lishida har tomonlama qulayligi va tegishli vaqt miqdorining tejalishiga olib kelishi kundek ravshan, lekin qiziquvchanlik sababli Internet axborotlaridagi ortiqcha ma'lumotlarga haddan ziyod berilib ketishlaridir. Izlanuvchanlik, fikriy rivojlanish, mushoxada, taxlil qilish qobilyati va xotiraning o'tkirlik darajasini susaytirishga sabab bo'lmoqda. Ma'lumki, Internet vositasidan foydalanish hech kimga majburiy bo'lmagan va insonning o'z tafakkuridan kelib chiqqan qonun qoidalar asosida bo'lishi kerakligi hamda undagi me'yor talablari, ya'ni Internet tarmog'idan axborotlarni to'g'ri tanlash har jihatdan o'rinlidir. Bundan ko'rinib turibdiki, ushbu tarmoq vositasining o'z ichiga qamrab olgan axborotlar miqyosi shu qadar keng va ko'p ekanligi gohida o'zimizga kerakli bo'lgan ma'lumotlarni ajratib olishimizda ham qiyinchilik tug'dirmoqda. Barchamzga ma'lumki, Internetda ishlashimiz uchun qidiruv tizimining o'rni beqiyos. O'zingizga kerakli barcha ma'lumotlarni shu kabi biron bir saytning “izlash” katakchasiga yozib, chiqarilgan ko'pgina ma'lumotlar ichidan o'zingizga keraklisini tanlab olaverasiz yoki ma'lum bir saytning manzili yodingizdan ko'tarildimi, yana o'sha qidiruv sistemalari yordamga keladigan saytga aloqador kalit so'zlarini terasiz va qarabsizki o'sha sayt qarshingizda namayon bo'ladi. Internet tarmog'ida: Yahoo, Google, Ref.uz singari yana boshqa nomlar bilan ataluvchi qidiruv tizimlari mavjud. Yuqoridagi qidiruv dasturlari haqida batafsil va umumiy ta'rif berishda ularni biror bir tizim orqali masalan, Google tizimini tushuntirish maqsadga muvofiq bo'ladi. Bu kompaniya Internetdagi yetakchi qidiruv tizimi hisoblanadi, dunyo bo'ylab tarmoq foydalanuvchilarning o'ntadan yettitasi u yoki bu ma'lumotlarni topish ilinjida aynan mana shu saytga murojat qilishadi. Tizim har kuni 50 mlionga yaqin so'rovlarni qabul qiladi, sakkiz milyardlab veb-sahifalarni ideksatsiya qiladi. U 101 tildagi axborotni izlab topishi mumkin. Keyingi yillarda butun dunyo internet foydalanuvchilari orasida keng ommalashib borayotgan Google tizimi 1998 – yil sentyabrda ishga tushgan. Hozirda bu kompaniyaning qidiruv tizimlaridan tashqari yana bir qator foydali va qulay hizmatlari mavjud va ular soni ortib bormoqda. Darhaqiqat, hozirda nafaqat Internet tarmog'i vujudga kelganligi, bundan tashqari shu kabi jahonaro rivojlanib keayotgan turli – tuman axborot texnologiyalar yosh avlodga ijobiy ta'sir kuchini o'tkazayotganligini bir tomondan quvonarli bo'lsa – da, ikkinchi tomondan ularni turli salbiy saboqlardan asrash maqsadida tarbiyaviy muhitni kuchaytirishga undaydi. Bugungi kunda xarbiy hizmatchilar radio–televidenie, matbuot Internet kabi vositalar orqali rang barang axborot va ma'lumotlarni olmoqda. Jaxon axborot maydoni tobora kengayib borayotgan shunday bir sharoitda xarbiylarimiz ongini o'rab–chirmab, uni o'qima, buni ko'rma deb bir tomonlama tarbiya berish, ularning atrofini temir devor bilan orab olish hech shubhasiz zamonning talabiga ham bizning ezgu maqsad – muddaolarimizga xam to'g'ri kelmaydi. Nega deganda biz yurtimizda ochiq va erkin demokratik jamiyat qurish vazifasini o'z oldimizga qat'iy maqsad qilib qo'yganmiz va bu yo'ldan hech qachon qaytmaymiz. Binobarin, biz davlatimiz kelajagi o'z qobig'imizga o'ralib qolgan holda emas, balki umumbashariy va demokratik qadriyatlarni chuqur o'zlashtirgan holda tasavvur etamiz. Biz istiqbolimizni taraqqiy topgan mamlakatlar tajribasidan foydalanib, davlat va jamiyat boshqaruvini erkinlashtirish inson huquqi va erkinliklarini fikrlar rang – barangligini o'z hayotimizda yanada kengroq joriy qilishda ko'ramiz. Biz butun ma'rifatli xalqaro hamjamiyat bilan tinch – totuv, erkin va farovon hayot kechirish o'zaro manfaatli xamkorlik qilish tarafdorimiz. Xozirgi zamon axborot tizimi uning, juda keng imkoniyatlaridan kelib chiqib aytish mumkinki, O'zbekistonda axborot olish, saqlash, foydalanish va tarqatishning umumiy manfaat va umumiy taraqqiyot nuqtai nazaridan boshqaruv mexanizmini yaratish, uning moxiyati va unsurlarini chuqur anglash zarur bo'lib qolmoqda. Ana shu hayotiy extiyojdan kelib chiqib axborot sohasida milliy xavfsizlikni ta'minlash tizimini yaratishning quydagi usullarini qo'llash madaniyatini zarur deb hisoblaymiz: Birinchidan, sotsiologik yo'nalish. Bunda axborot olish va tarqatish jarayonida jamiyat taraqqiyotining axborotini ijtimoiy voqelik sifatidagi rolidan kelib chiqib, jamiyatda shakillanayotgan ijtimoiy ong yo'nalishlari ijtimoiy tafakkur darajasi va uning oqimlarini o'rganishni yo'lga qo'yish kerak. Aholi turli qatlamlari, qarashlari, kasbiy va boshqa ijtimoiy holatlari asosidagi fikirlash tarzini aniqlab borish zarur. Ikkinchidan, statistik yo'nalish. Ko'p millatli mamlakatda, hususan, 130 dan ortiq millat va elat yashayotgan, 20 ga yaqin diniy konfessiyalar faoliyat ko'rsatayotgan O'zbekistonda millatlararo va dinlararo mojorolarni turli siyosiy manfaatlar va buzg'unchi g'oyalar tasirida kelib chiqishi mumkin bo'lgan nizolar manbalarini o'rganib borish, bu borada aniq hisob – kitoblarga tahliliy yechimlarga ega bo'lish. Uchinchidan, siyosiy konfiktologiya va siyosiy psixologiya. Axborot psixologik xavf avj olayotgan bir paytda, turli buzg'unchi g'oyalar inson ongi va tafakkuriga o'z ta'sirini o'tkazayotgan bir sharoitda siyosiy mojorolar kelib chiqish mumkin bo'lgan manbalarni o'rganish, omillarini aniqlash hamda siyosiy qarashlari, ruhiyati, ijtimoiy – siyosiy psixologik izchil ravishda o'rganib borilmog'i lozim. To'rtinchidan, mantiqiy tizimiy va funktsional tahlil. Axborot tizimi, xususan, axborot psixologik ta'sir axborot siyosati tizimi va vositasining muxim qismi sifatida baxolashi lozim. Voqelikka ana shu tarzda yondashib, ilmiy – taxliliy nazariy va amaliy xulosalar chiqarish kerak. Tig'iz axborotlashgan jamiyatda axborot oqimi ta'sirida shakillanayotgan ijtimoiy fikr fan nuqtai nazaridan izchil o'rganilmog'i lozim. Beshinchidan, axborot tizimida milliy istiqlol g'oyasining ustuvorligi. Har qanday fuqoro axborot bazasidan “maxsulot” tanlash jarayonida uning qalbida, ruxiyatida, kayfiyatida, fe'l atvorida, bularning barchasining oqibati sifatidagi hatti – xarakati va munosabatida mafkuraviy immunitet ustuvorligini ta'minlash. Albatta, O'zbeksiton mustaqillikning 23yili mobaynida ommaviy axborot komunikatsiyasi soxasida jiddiy o'zgarishlar yuz berdi. Eng avvalo har bir fuqaroning so'z va fikr erkinligi, axborot olish va tarqatish huquqi Konstitutsiya bilan kafolatlangan. Ommaviy axborot vositalari to'g'risidagi bir qator qonunlar yaratildi va amalda qo'llanilmoqda. Mustaqil nashrlar soni keskin ko'paydi. Bularning hammasi mamlakat ichki hayotida milliy axborot tizimining o'ziga xos taraqqiyotidan dalolat beradi. Yana shuni takidlash lozimki, Internet vositalaridan o'rin olgan jamiki axborot va ma'lumotlarning hammasi ham real haqqoniy emasligi ayni paytda ayon bo'lmoqda. Bundan kelib chiqib aytish joizki, olinayotgan dalillarning qay darajada to'g'riligini ongli ravishda mushohada etish maqsadga muvofiqdir. Shundagina Internet orqali egallayotgan bilimlarimiz hayotimizda ijobiy samara berishiga ishonch xosil qilish mumkin. Muxtasar qilib aytganda, harbiy xizmatchilarimizning ma'naviy olamida bo'shliq vujudga kelmasligi uchun ularning qalbi va ongida sog'lom hayot tarzi milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat – ehtirom tuyg'usini har doim shakillantirishimiz zarur. Shuni unutmaslik kerakki, bugungi kunda inson ma'naviyatiga qarshi yo'naltirilgan bir qarashda arzimas bo'lib tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi glaballashuv shiddatidan kuch olib, ko'zga ko'rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bo'lmaydigan ulkan ziyon yetkazishi mumkin. ANNOTATSIYA Internet 1969 yilda AQSH mudofaa departamenti tomonidan ishga tushirilgan, keyinchalik u mudofaga ko`maklashuvchi ilmiy markaz (DARPA)ga berildi. DARPA birinchi internet programmani ishlab chiqdi. DARPA 4 ta kompyuter o`rtasidagi taqmoqqa asos soldi va uni ARPANet deb atadi. Undagi dasturning vazifasi DARPA tomonida tuzilgan ma’lumot hujjatlarni bir biriga uzatishdan iborat edi. Kompyuterlar o`rtasidagi tarmoq yaratsih g`oyasi tezda ommalashdi. Bir qancha universitet va tadqiqot markazlari o`zlarining kompyuter tarmoqlarini yaratishdi. Ular o`zlarining tarmoqlarini ARPANetga ulashdi. ARPAnet tarmoqlar orasida asosiysiga aylandi. Bu kompyuterlar tarmog`i ineternet deb ataldi. 1986-yil National Science Foundation (NSF) va boshqa AQShning federal agentlikllari o`zlarining taqmoqlarini yaratishdi va uni NSFNet deb atashdi. Bu tarmoq ilmiy maqsadlar uchun yaratildi va unga barchaning kirish imkoniyati mavjud edi. Keyinchalik bu tarmoq mamlakat bo`ylab tarqaldi, ko`p sonly universitetlar va ilmiy tadqiqot markazlari bu tarmoqqa ulanishdi. Shu tariqa Akademik tarmoq tashkil qilinib, o`zaro bog`lanish orqali ma’lumotlar almashinildi. Bir tarmoqning boshqasiga ulanishi “internetworking” deb ataldi, internet so`zi ham shu jumladan ajratib olindi. NSF faqatgina ilmiy tadqiqot markazlarinigina o`rtasidagi bog`lanishni ta’minladi. Shundan so`ng juda ko`plab aloqa operatorlari NFS qolipidek o`z tarmoqlarini yaratishdi va shaxsiy foydalanuvchilari o`rtasida bog`lanishga imkoniyat yaratishdi. Bugungu kunda internet mahalliy, hududiy, milliy va xalqaro tarmoqlardan iborat. Internetning dasturlari va xizmatlari 1.World Wide Web World Wide Web oddiy qilib web deb ataladi. Bu unternetda ma’lumot almashishga mo`ljallangan so`nggi dastur. U HTTP dasturlarining keng tarmog`i bo`lib, unda saqlanayotgan fayllar web sahifalar deb ataladi va www yoki 3w korinishida qisqartiriladi. Bu internetda ma’lumot qidirish va olishning eng oson yo`li. 2.Qidiruv tizimlari Qidiruv xizmatlari internetda ma’lumot qidirish uchun foydalaniladi. Bu xizmat qidiruv natijalarini natijalar ro`yxatida beradi. Bular web sahifalar, rasmlar, videolar yoki faylning boshqa turlari bo`lishi mumkin. Izlangan ma’lumotni yig`ish va taqdim etish uchun har bir qidiruv daturining o`z ketma-ketligi va moslashuvchanligi mavjud. Hozirgi kunda google.com eng ommabob va tez qidiruv xizmati hisoblanadi. 3.Web brouzerlar Web brouzerlar internetdan ma’lumot resurslarini qayta ishlash va taqdim qilish uchun mo`ljallangan dasturlardan biri. Ma`lumot resurslari matn, rasm, ovoz, video ko`rinishida bo`lishi mimkin. Oddiy qilib aytganda, Web brouzerlarni biz internetda ishlash uchun zarur bo`lgan dastur turi deb izohlashimiz mumkin. Web brouzerlarning quyidagi turlari mavjud : -Mic Int Explorer -Mozilla FireFox -Opera -Safari -Google 4.Yangilik guruhlari Yangilik guruhlari bu internetda biror bir mavzu haqida yozishmalar, maslahatlashishlar forumidir. Bu jarayon internetda “News servers” kabi maxsus serverlar tomonidan boshqariladi, turli xil yangilik guruhlari turli maqsadlar uchun mavjud. Masalan, biror bir yangilik guruhu biznes haqida ma’lumot bersa, boshqasi servis aloqalari haqida ma’lumot beradi. FTP FTP (File Transfer Pratacol) bu fayllarni boshqalarga internet orqali yuborish imkoniyatidir. Fayllar FTP server deb nomlangan serverga joylanadi va brouserlar FTP serveridan fayllarni yuborilishi kerak bo`lgan kompyuterlarga yuborishadi, ammo bu fayllar yuborilishining juda sekin usuli. Muloqot qilish Internet o`z foydalanuvchilariga onlayn tarzda dunyo bo`ylab odamlar bilan muloqot qilish imkoniyatini beradi. MSN Messenger, Yahoo Messenger, ICQ, AOL va boshqa turli xil dasturlar internetda muloqot qilish uchun mavjud. Bu dasturlar internetda kim onlaynligi va yozishmalar yozishga yoki alohida suhbat qurishga imkoniyat yaratadi. Chat roomlar foydalanuvchilarga onlayn suhbatlar uyishtirish imkoniyatini beradi. Chat room bu boshqalar bilan muloqot o`rnatsa bo`ladigan tarmoqdagi hudud. Elektron savdolar Elektron savdolar internetning eng muhum xizmatlaridan biri bo`lib, bunda moliyaviy operatsiyalar internet orqali amalga oshiriladi. Bu xalqaro biznes yuritishning zamonaviy usulu hisoblanadi. Agar biror bir biznes faoliyat tarmoqqa ulangan kompyuter orqali amalga oshirilsa, bu jarayon odatda electron savdo deb yuritiladi. Elektron savdo orqali dunyoning istalgan yeridan maxsulotlar sotib olish va sotish imkoniyati mavjud. Kredit kartalar ham to`lov uchun ishlatiladi. Bu shundan dalolatki, electron savdo hajmi dunyo bo`yicha har oyda 10% - 15% ga o`smoqda. Elektron savdoga misol qilib, onlayn shopping, onlayn reklamalar, onlayn banking va boshqalarni keltirishimiz mumkin. 5.Telnet Telnet shunday imkoniyatki, u orqali uzoqda joylashgan serverga kirish va buyruqlar kiritish mumkin. Bu xizmat turi orqali siz internetdagi axborotlardan ham foydalansangiz bo`ladi. Siz kompyuteringizda Telnetning mijoz dasturini ishga solasiz, Telnet sizning ekranigizda tezkor oyna hosil qiladi va shu tezkor oyna orqali host (mezbon) kompyuteriga buyruq yuborganingizda, ma’lumot host kompyuterdan olinib sizning ekranigizda paydo bo`ladi. Siz Telnetning mijoz dasturidan foydalanishingiz va operatsiyalar bajarishingiz uchun foydalanuvchi ismingiz va maxfiy kodingizni kiritishingiz zarur. Internetda bo`ladigan jarayonlar 9.1-jadvalda keltirilgan. 6.Gopher Gopher bu internetdagi ko`p darajali menyular bazasidan ma’lumotlarni osonroq topishga imkon beruvchi xizmat turi. Gopher yaratilishidan avval, internetdan ma’lumot qidirish qiyin bo`lgan. 7.E-mail Bu internetning eng ommabop xizmatlaridan biri bo`lib, dunyoning istalgan nuqtasidan electron xatlarni qabul qilish va yuborish imkoniyatini beradi. E-mail aloqaning eng tez va samarali uslubi. Bu deyarli bepul xizmat. Elektron xatlar bir necha soniyalar ichida o`z manziliga yetadi. Electron xatga ilova qilingan xolatlarda e-maildan hujjatlar, fayllar, audio va video yozuvlar yuborishingiz mumkin. Hozirgi kunda electron xatlarni mobil qurilmalar orqali ham yuborish va qabul qilish mumkin. 8.Bloglar Bloginternetwebsaytlariningbirturi,odatdaindividualshaxsyokikichik kompaniyalarning o`z qiziqishlari, voqealari, yangiliklari, o`yinlari, filmlari yoki biror bir odamga o`z qarashlarini ifodalovchi yozishmalar, matn, grafiklar, audio-video yozuvlar kabi materiallar bloglar orqali tarqatilishi mumkin. Blog foydalanuvchi o`z fikrlarini blog saytda bera oladigan aloqa o`rnatishning normal ko`rinishi. Juda ham ko`p turdagi blog saytlar bor. Kompyuter tarmoqlari va ularning ahamiyati Kompyuterlarni bir-biri bilan bog‘lash.Kompyuterlar orasida ma'lumot almashish va umumiy masalalarni birgalikda yechish uchun komyuterlarni bir-biri bilan bog‘lash ehtiyoji paydo bo‘ladi. Kompyuterlarni bir-biri bilan bog‘lashda ikki xil usuldan foydalaniladi: 1.Kabel yordamida bog‘lash.Bunda kompyuterlar bir-biri bilan koaksial, o‘ralgan juftlik kabeli (UTP) yoki shisha tolali kabellar orqali maxsus tarmoq plata yordamida bog‘lanadi. 2.Simsiz bog‘lanish. Bunda kompyuterlar bir-biri bilan simsiz aloqa vositalar yordamida, ya'ni radio to‘lqinlar, infraqizil nurlar, WiFi va Bluetooth texnologiyalari yordamida bog‘lanadi. Bir-biri bilan bog‘langan kompyuterlarning bunday majmuasi kompyuter tarmog‘ini tashkil etadi. Tarmoq - kompyuterlar, terminallar va boshqa qurilmalarning ma'lumot almashishni ta'minlaydigan aloqa kanallari bilan o‘zaro bog‘langan majmui. Kompyuterlar aro ma'lumotlarni almashishni ta'minlab beruvchi bunday tarmoqlar kompyuter tarmoqlari deb ataladi. Tarmoq orqali axborotlarni uzoq masofalarga uzatish imkoniyati vujudga keldi. Tarmoq axborotlarni uzatish, alohida foydalanilayotgan kompyuterlarni birgalikda ishlashini tashkil qilish, bitta masalani bir nechta kompyuter yordamida yechish imkoniyatlarini beradi. Bundan tashqari har bir kompyuterni ma'lum bir vazifani bajarishga ixtisoslashtirish va kompyuterlarning resurslaridan (ma'lumotlari, xotirasi) birgalikda foydalanish, hamda butun dunyo kompyuterlarini o‘zida birlashtirgan Internet tarmog‘iga bog‘lanish mumkin. Hozirgi kunda kompyuter o‘qitishning qudratli vositasiga aylangan. Kompyuterli texnologiyada o‘qituvchinng ishi, V. K. Selefko ta’kidlaganidek, quyidagilardan iborat: a) butun sinf o‘quv predmeti darajasida o‘quv jarayonini tashkillashtirish (o‘quv jarayoni grafigi, sirtqi tashhis, yakuniy nazorat); b) sinf ichida o‘quvchilarni faollashtirish va ularning ishini muvofiqlashtirish, ish o‘rinlarini joylashtirish, yo‘riqnoma berish, sinf ichkarisidagi tarmoqni boshqarish kabilar v) o‘quvchilarni individual kuzatish, individual yordam ko‘rsatish, bolalar bilan individual «insoniy» munosabat. Kompyuter yordamida individual o‘qitishning ko‘rish va eshitish obrazlarini foydalanuvchi mukammal variantiga erishiladi; g) axborot muhiti tarkibiy qismlarini tayyorlash, ularning ma’lum bir o‘quv fani mazmuni bilan bog‘liqligidan iborat. Xususan, multimediya texnologiyalaridan foydalanib interfaol darslarni o‘tkazish yaxshi samara beradi. Odatdagi darsda o‘qituvchi dars mavzusi mazmunini bayon qiladi, o‘quvchilar esa tinglab, ko‘rib, eslab qoladilar, kerakli yozuvlarni daftarlariga yozadilar. Ular har qanday ma’lumotni tayyor holda qabul qiladilar. Aksincha, interfaollik o‘quvchilarga o‘qitish jarayoniga faol kirishishga imkon beradi. Bolalar shunchaki tinglamaydilar. Ular savollar berib, o‘z fikrlarini bildiradilar, o‘quv materialining tushunarsiz qismlarini batafsilroq anglab olishga intiladilar, baxslashadilar, o‘zlari to‘g‘risida xulosalarga va yechimlarga keladilar. Interfaollikda har ikki tomon: o‘qituvchi ham, o‘quvchilar ham faollik ko‘rsatadi, birgalashib, hamkorlikda darsda qo‘yilgan maqsadlarga erishadilar. Biron bir o‘quvchi darsdagi asosiy ishdan chekkada qolmaydi. Hamma o‘qiydi, hamma bir — birini o‘qitadi. Interfaol dars o‘qituvchi boshchiligi bilan amalga oshiriladigan an’anaviy o‘qitish usullarining va yakka tartibdagi kompyuterli o‘qitishning yaxshi tomonlarini birlashtiradi. Kompyuter o‘qituvchining faol yordamchisiga aylanadi. Kompyuter slaydlarini foydalanish evaziga interfaol darslar bilishga taqdim etiladigan axborot mazmuni bilan birga, ta’sirchanligi bilan ajralib turadi. Dars mavzusini bayon qilishda o‘qituvchi illyustratsiya sifatida slaydlardagi axborotni kerak joylarda taqdim etib boradi. Rasmlar, grafiklar, jadvallar, diagrammalar, formulalar ovoz jo‘rligida, multiplikatsiya elementlari hamkorligida taqdim etilib, o‘qituvchining izohlari bilan beriladi. Download 149 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling