Referat Mavzu: Kasbiy muloqot odobi Bajardi: Boyqo’ziyeva o tekshirdi: Boboxonov L. A
O'qituvchining kommunikativ muloqoti
Download 81.78 Kb.
|
kasbiy muloqot
O'qituvchining kommunikativ muloqoti ko'plab funksiyalarga ega bo'lgan tizimdir:
axborot-kommunikativ; reguiyatsion-kommunikativ; affektiv-kommunikativ. Kommunikativ vazifalami bajarish jarayonida bu funksiyalar yaxlit, kompleks tarzda amalga oshirilishi kerak, aks holda, o'qituvchining o'quvchilar bilan muloqot olib borish samaradorligi past bo'ladi vabelgilangan natijalami bermaydi. Kasbiy faoliyatini endigina boshlayotgan yosh o'qituvchilar o'z-o'zini muntazam tahlil qilib borishi, dars jarayoniga pedagogik jihatdan samarali tayyorgarlik ko'rishi uchun har tomonlama chuqur bilimga ega bo'lishi talab qilinadi. Jumladan: • o'z o'quv predmeti yuzasidan chuqur bilimga ega bo'lishi va o'rganilayotgan materialni puxta va mukammal bilishi; pedagogik-psixologik va metodik jihatdan o'quvchilar bilan muloqotga jiddiy tayyorgarlik ko'rishi; har bir o'quvchini va sinf jamoasining ichki psixologik xususiyatlarini o'rgangan bo'lishi; muloqotda o'zini erkin tutishi va ruhiy psixologik bis-tuyg'ularini jilovlay olishi; sinf jamoasi bilan muloqot qilishning kasbiy ko'nikma va malakalarini egallashi: pedagogik madaniyat va pedagogik taktning yuksak namunalarini namoyish yeta olishi, pedagogik tafakkur va dunyoqarashning rivojlanganligi; fanlarni o'qitish maqsadi, vazifasi va mazmuniga mos vosita va metodlarni tanlash mezonlari asosida mashg'ulotning texnologik xaritasini tuza olishi; sodir bo'lishi mumkin bo'lgan tasodifiy pedagogik vaziyatlarni oldindan bilishi va unga nisbatan keskin choralar ko'rishi. O'quvchilar bilan muloqotda pedagogik tayyorgarlikning muvaffaqiyatli bo'lishi ko'p jihatdan o'qituvchining kommunikativ ko'nikma va malakalami egallashiga va uniqo'llay olish layoqatiga bog'liq. Kasbiy pedagogik kommunikativ muloqotning muhim komponenti, o'qituvchining oz fikr va mulohazalarmi, emotsional his-tuyg'ularini aniq ifoda eta olish mahoratidir. Turli tasodifiy pedagogik vaziyatlarda o'qituvchi g'azablanganda, quvonganda, xafa bo'lganida, tushkun bir ahvolga tushganida ichki his-tuyg'ularini bir holatdan boshqa holatga, bir shakldan boshqa shaklga aktyorlarga xos iqtidor bilan rol o'ynab vaziyatdan chiqishni ham bilishi lozim. Shu ma'noda taniqli rus pedagogi A.S.Makarenko o'zasarlarida o'qituvchining kasbiy fazilati to'g'risida fikrlarini quyidagicha bayon qiladi: "Pedagog darsda ma'lum bir o'ziga xos rolni o'ynamasligi mumkin emas. Sinf sahnasida rol o'ynashni bilmaydigan o'qituvchi kasbiy faoliyat olib borolmaydi. U ma'lum ma'noda aktyor. Bizning xulq-atvorimiz, fe'limiz, xarakterimiz biz uchun pedagogik qurol bo'lishi ham aslo mumkin emas. Bolalami qalb va ko'ngil azoblari bilan, hijronli his-tuyg'ularimiz yordamida tarbiyalashga umuman yo'l qo'yib boimaydi. Axir biz insonmiz. Har qanday boshqa kasb egalarida ko'ngil zahmatisiz ish bitirish mumkin bo'lsa, pedagog ham ko'ngil azobisiz faoliyat olib borishi lozim bo'ladi. O'quvchiga ba'zan muloqotda ko'ngil azobini namoyish etishga to'g'ri keladi. Buning uchun pedagog sahnadagi aktyordek ijobiy rol o'ynashni ham bilishi kerak. Download 81.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling