Referat mavzu: Korrupsiya tushunchasining mazmun mohiyati va namoyon bo’lish xususiyatlari
partiyalarning vujudga kelishi va ularning mamlakat hayotidagi o‘rnining oshib
Download 185.45 Kb. Pdf ko'rish
|
Referat Asil 2
partiyalarning vujudga kelishi va ularning mamlakat hayotidagi o‘rnining oshib borishi XIX-XX asrlarda rivojlangan davlatlarda korrupsiyaning dunyoning boshqa mamlakatlariga nisbatan ancha kamayishiga olib keldi. Ushbu illatni tadqiq qilgan bir qator yirik mutaxassislar quyidagi faktorlarni korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillar sifatida ko‘rsatadi. Ikki xil ma’noni anglatuvchi qonunlar — ushbu vaziyat huquqni qo‘llovchi mansabdor shaxs tomonidan qonunlarni turlicha qo‘llash imkonini yaratadi. Shuningdek, ayrim mutaxassislar jinoyat, ma’muriy qonunchilikdagi “vilka” sanksiyalarni ham korrupsiyaga qulay sharoit yaratishi mumkinligi haqida fikr yuritishgan. Ya’ni, sanksiyaning aniq miqdori yo‘qligi sudyada uni o‘z hohishiga qarab qo‘llashga sharoit yaratib beradi. Aholi huquqiy savodxonligining pastligi — aholi tomonidan qonunlarni bilmaslik yoki tushunmaslik mansabdor shaxsga o‘zining shaxsiy manfaati yo‘lida qonunlardan foydanishga qulay sharoit yaratadi. Mamlakatdagi siyosiy vaziyatning notinchligi — mamlakatdagi notinchlik birinchi navbatda aholi ongida hayotda yuksak turmush darajasiga erishishning asosiy usuli qonunga xilof faoliyat bilan bog‘liq, degan mutlaqo axloqqa zid nuqtai nazar shakllanishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida korrupsiyaga qulay sharoit yaratadi. Ijro hokimiyatining birligi tamoyilinining buzilishi — aynan bitta faoliyatning turli instansiyalar tomonidan tartibga solinishi: aholining davlatni nazorat qilishdagi sust ishtiroki; davlat sektoridagi xizmat qilayotgan xizmatchilar daromadlarining xususiy sektorda topish mumkin bo‘lgan daromadlardan kamligi; iqtisodiyotning davlat tomonidan tartibga solinishi; inflyasiyaning yuqori darajasi; mamlakat yuqori boshqaruv organlarining aholidan uzilib qolganligi; mamlakatdagi diniy va axloq qoidalari. Jahon mamlakatlarida korrupsiyaga qarshi kurashning quyidagi usullari mavjud. Ichki nazorat —bu usul boshqaruv apparatining o‘zida nazoratni kuchaytiruvchi tuzilmalar (har xil ichki inspeksiyalar va boshqa nazorat organlari tuzish orqali) yaratishni taqazo etadi. Bu tuzilmaning asosiy vazifasi xodimlarning ichki etiket qoidalariga rioya qilishini nazorat qilishdir. Hozirgi kunda bizning yurtimizda ham bir qator huquqni muhofaza qilish organlarida aynan shu vazifani bajaruvchi ichki tuzilmalar yaratilgan. Tashqi nazorat — bu usulda ijro apparatidan mustaqil tuzilmalarning mustaqilligini oshirish nazarda tutilib, aynan ushbu tuzilmalar orqali korrupsiyaga qarshi samarali kurash olib boriladi. Ya’ni, sud hokimiyatining maksimal darajada mustaqilligiga erishish ommaviy axborot vositalariga ko‘proq erkinlik berish va h.k. Saylov tizimi orqali kurashish — demokratik davlatlarda saylangan vakillarni korrupsiya uchun jazolashning asosiy usullaridan biri keyingi saylovlarda unga ovoz bermaslik hisoblanadi. Korrupsiyaga saylovlar orqali ta’sir o‘tkazish eng samarali usul hisoblanadi. Korrupsiyaga qarshi kurashda yuqori natijalarga erishgan Shvetsiya, Singapur, Gonkong, Portugaliya kabi davlatlarning tajribasini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillarni bartaraf etish korrupsiyaga qarshi kurashda muhim o‘rin egallaydi. Bunda Konstitutsiyaviy nazorat organlari, huquq-tartibot organlarining ahamiyati ortadi. Ya’ni, korrupsiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan normalarni konstitutsiyaviy nazorat organi tomonidan konstitutsiyaga zid deb topish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish kabi metodlardan unumli foydalanish ushbu davlatlarni korrupsiya darajasi juda past bo‘lgan davlatlar qatoriga olib chiqqan. Abu Nasr Forobiy “Fozil odamlar shahri” asarida fuqarolik jamiyatini qurishda toʻgʻanoq boʻladigan muammolardan biri korrupsiyadir, deb qayd etgan. Bozor iqtisodiyoti tizimi kushandasi, davlatlar oʻrtasida ikki va koʻp tomonlama hamkorlik, biznes hamda investitsiya rivojida shafqatsiz toʻsiq ham ayni shu korrupsiya hisoblanadi. Har yili oʻnlab qoʻshma korxonalarning ochilishi va yopilishi zamirida ana shu “koʻrinmas qoʻllar” yotadi. Korrupsiya darajasi yuqorilashgan davlatga chet el investitsiyasini kiritish kamayib borayotganining asl sabablarini ham shu xavfli illatdan izlash lozimga oʻxshaydi. Oldin Gʻarb, keyinroq Osiyo davlatlarida bu masala chuqurlashib, jamiyatda “kasallik” hududi, koʻlami va darajasi kuchayib borayotgan ekan, nima qilmoq kerak, degan doimiy savol paydo boʻladi. Nima qilsa, dunyoni egallab, mamlakatlar iqtisodiyotiga raxna solayotgan bunday balo-qazoning taʼsir doirasi kamayadi?! Korrupsiya keng qamrovli tushuncha boʻlib, u jamiyatning ayrim qatlamlari, toifalari, guruhlarikundalik faoliyatiga aylanib, oʻzaro bir-biriga bogʻlanib, chirmashib ketganligidan koʻz yumib boʻlmaydi. “Nozik”, “chigalroq” ushbu masalada davlatning huquq-tartibot idoralari birmuncha hushyor, ziyrak boʻlishi, shuningdek, nodavlat tashkilotlari, turli komissiyalar, jurnalistlar, mustaqil sudlar tizimi faolroq ishlashi haqida tadqiqotchilar anchadan beri yozib keladi. Siyosatchilar, sotsiologlar, psixologlar, tarixchilar, davlat hamda jamoat organlari, siyosiy partiyalar, eng muhimi, amaliyotchilar masalani tahlil etish va yechimini topish ustida bosh qotirishi lozim. Keyingi yillarda xorij, jumladan, MDH mamlakatlari matbuotida korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻllari haqida maqolalar paydo boʻla boshladi. MDHga aʼzo mamlakatlarda olib borilgan tadqiqotlar tahlili shundan dalolat beradiki, biz shoʻrolar tuzumidan qutulganimizga oʻttiz yilboʻlganiga qaramay, sud-huquq organlari hamon davlat hokimiyatining itoatkor organiga aylanganicha turibdi. Bu jamiyat kushandasi, yaramas illat haqida davlatimiz rahbari deyarli har bir chiqishida taʼkidlab oʻtadi. Biz viloyatlar sessiyalarida tashkiliy masala koʻrilganda, birinchi navbatda, mazkur masalaga roʻbaroʻ kelmoqdamiz. Poraxoʻrlik va korrupsiya oʻzbek jamiyatining rivojlanishiga, xususan, demokratik yangilanish hamda modernizatsiyalash jarayoniga har jihatdan xalaqit bermoqda. Garchi bu masala uzoq yillardan beri taʼkidlanib, “qoʻlga tushgan” amaldorlar televideniye va matbuotda namoyish etilganiga qaramasdan, sud, prokuratura, idora rahbarlari hamda oddiy fuqarolarning qon-qoniga singib ketgan feodalizm sarqitlari, tamagirlik, byurokratiya jamiyatimiz hayotidan yoʻqolib ketmayapti. Korrupsiya, birinchidan, jamiyatda adolatsizlik, tengsizlik va aholining noroziligiga olib keladi, bu esa barcha sohadagi islohotlarning natijasiga salbiy taʼsir etmay qolmaydi; ikkinchidan, fuqarolarimizda huquqiy ong hamda huquqiy madaniyatning yetarli darajada emasligi, oʻz haq-huquqini himoya qila olmasligi jamiyatda adolat mezonining buzilishini koʻpaytiradi; uchinchidan, siyosiy institutlar, jamoat tashkilotlari shaklan demokratik mezon, oʻarb andozasiga oʻxshasa-da, mazmun- mohiyatiga koʻra, zamon talabidan orqada qolmoqda, bu kamchilik esa oldinga siljishimizga xalaqit beradi. Bizningcha, bu borada bitta tashkilot — adliya organlari roli kuchayib, imtiyozlari koʻpayib borishi kerak. Yangi tashkil etilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ham Adliya vazirligi bilan qonun ustuvorligini toʻliq taʼminlagan holda, barcha ishni birga olib borishi davr talabi. Davlat va jamiyatda inson ongi, dunyoqarashi bilan bogʻliq muammolar tahlilidan kelib chiqsak, sobiq ittifoqdan meros qolgan korrupsiya illatiga qarshi kurashda hali ancha aziyat chekishga toʻgʻri keladi. Sababi Xitoy va Singapurnikiga oʻxshagan yuqoridan quyigacha qatʼiy ishlaydigan iyerarxiya tizimi hali toʻliq ishga tushmagan. Lekin bu tabiiy jarayonni sunʼiy ravishda sekinlashtirmaslik yoki ayrim kuchlarning tazyiqi ostida “toʻxtatmaslik” lozim. Bu borada rivojlangan davlatlar boy tajribasidan unumli foydalanish zarur. Masalan, AQSHda reportyor-jurnalistlar korrupsiyaga qarshi kurashda eng samarali jamoat nazoratini oʻrnatgan. MDHda, jumladan, Oʻzbekistonda surishtiruv jurnalistikasi sayoz holatda boʻlib, bugungi davr ehtiyojidan orqada qolmoqda. Aniqroq aytadigan boʻlsak, jinoyatchilar “kirdikor”larini fosh etishga urinib, mustaqil surishtiruv olib boradigan fidoyi jurnalistlar himoyasi ishlamaydi. Bundan ham achinarlisi, hozirgi kunda biron-bir rahbarning yashirin boylik orttirishini isbotlagan maqola matbuotda chop qilinsa-da, unga qatʼiy choralar koʻrilmaydi, ahvol ham oʻzgarmaydi. Masalan, bir vaqtlar rahbar haqida felyeton chiqsa, partiyadan oʻchirilar, qamalar, shuning uchun amaldorlar “toʻrtinchi hokimiyat”dan hayiqardi. Demak, “Mushtum”ga oʻxshagan ikki-uchta kuchli vaqtli matbuot nashri faoliyati qoʻllab-quvvatlansa va televideniyeda maxsus koʻrsatuvlar deyarli har kuni (xoh katta, xoh kichik tamagirlik holati boʻlsin) berib borilsa, koʻpchilik hushyor tortishi aniq. Tanqidsiz taraqqiyot boʻlmasligi fuqarolar ongiga singdirib borilishi -kerak, deb hisoblaymiz. Jamiyatda ustuvor soha — taʼlim tizimida tahsil oladigan oʻsmirlar, yoshlar ongida tolerantlikni uygʻotish muammosi oldimizda koʻndalang turibdi. “Jamiyatda poraxoʻrlik illatini yengib boʻlmaydi”, degan fikr yoshlar ongida shakllanib qolgani (Yaponiya yoki Xitoy fuqarosi ongida nega u shakllanmaganligi alohida mavzu) eng katta kamchiligimiz. Bu borada oʻnglanish, siljish qilmasak, millatimiz obroʻsiga korrupsiya illati soya solib turaveradi. Toki, biz oilada, bogʻchada, maktabda oʻgʻil-qizlarimiz ongiga, ruhiyatiga tamagirlik, poraxoʻrlik yomon illatgina emas, balki u jamiyatimiz tanazzuli, iqtisodiyotimiz orqaga ketishi sababi ekanligi haqida koʻproq tarbiyaviy va targʻibot ishlarini olib bormasak, maqsad-muddaoga erisha olishimiz qiyin. Soʻnggi yillarda Yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan davlat xalqqa xizmat qilishi kerak, degan ulkan gʻoya fuqarolik jamiyati institutlariga tizim va dasturlarni ishlab chiqish imkoniyatini bergan edi. Ammo nodavlat notijorat tashkilotlari, siyosiy Download 185.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling